4. MAVZU: BALIQ KASALLIKLARIGA QARSHI KURASH
Reja:
Baliq kasalliklariga qarshi kurash usullari to’g’risida tushuncha.
Baliqchilik-meliorativ usul, agromeliorativ usul, veterinar-sanitar va profilaktik-davolash usullari
Suv havzalarida baliqlar hayotiga ta’sir etuvchi omillar.
Suv havzasining gidrologik sharoitlari.
Gidrokimyoviy omillar.
Baliqlar sifatiga ta’sir etuvchi omillar.
Tayanch iboralar: meliorativ, agromeliorativ, veterinar, sanitar, profilaktika.
Baliq kasalliklariga qarshi kurash usullari to’g’risida tushuncha. Baliq kasalliklariga qarshi kurash usullariga baliqchilik-meliorativ, agromeliorativ, veterinar-sanitar va profilaktik-davolash usullari kiradi. Baliq kasalliklariga qarshi kurash chora-tadbirlariga asosan, baliqchilikda intensifakatsiya sharoitida ish olib boradigan xo’jaliklarda quyidagicha amalga oshiriladi.
Profilaktik chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
Baliqlarni normal o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish, baliq organizmining kasaliklarga nisbatan yuqori darajali qarshilik ko’rsatish qobiliyatini oshirish.
Suv havzasiga kasal tarqatuvchi vositalarning kirib qolishiga yo’l qo’ymaslik.
Kasallik tarkalishiga yo’l kuymaslik, kasallikning paydo bo’lishiga sharoit yaratilishini oldini olish.
Suv havzasida kasallikning paydo bo’lishi bilan unga qarshi kurash olib borib dar xol yo’qotish choralarini ko’rish.
Bu yunalishlarning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun quyidagi kompleks tadbirlarni amalga oshirish kerak.
1) Suv havzasining normal harorati, gidroximiyasi, suv almashinuvi va sanitariya-gigiena holatini yaxshilash va saqlash.
2) Baliqlarni to’la qimmatli ozuqa bilan boqish.
3) Baliqlarning ixtiopatalogiya holatini hamma vaqt nazorat qilib turish.
4) Normaga asoslangan baliq zichligi monokulturasi, hamda qo’shimcha va polikulьtura sharoitida boqishda baliqlar soniga e’tiborni qaratish.
5) Baliqlar orasida kasallik ko’zg’atuvchilarni, ya’ni oraliq xo’jayinlarni yo’qotish.
6) Kuchli immun xususiyatiga ega bo’lgan zotlarni yaratish.
7) Baliqlarni profilaktik ishlov berish ishlarini almalga oshirish.
8) Veterenariya tashkilotining ruxsatisiz xo’jalikka baliq kiritmaslik va chiqarmaslik.
9) Keltirilgan baliqlarni qaysi yoshda bo’lishidan qat’iy nazar, albatta izolyatsiyaga (karantin xovuzga) saqlash.
10) Keltirilgan baliqlarni karantindan so’ng antiparazitar vannalar orqali hovuzlarga qo’yish.
11) Suv tushadigan sarjinalarda filьtr qo’yish, axlatlarni xovuzga o’tkazmaslik.
12) Hovuzga kiradigan suv dezenfektsiya va suvni gidroximiyaviy analiz namunalari olinishi shart.
13) Suv havzasiga suv oqimlarini qo’ymaslik.
14) Baliqlar degelьmintizatsiyasi uchun maxsus hovuzlar tayyorlash.
15) Ovlash qurollari va ishlatiladigan qurollarni olib o’tishga yo’l qo’ymaslik.
16) Baliqlarni va baxorgi profilaktik jixatdan qayta ishlash, kasal baliqlarni davolash, shularni xo’jalik hovuzlarining o’zida bajarish. Baliqlarni o’tkazish paytida tana haroratining pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik.
17) Tabiiy suvliklarda leskali (Xitoy, Tailand maxsuloti) turlarni ishlatishdan voz kechish.
18) Tabiiy ko’llarning har 1000 gektar suvlik uchun bitta qayiq va 800-1000 metr uzunlikda kapron to’r ishlatish.
19) Tabiiy ko’llarda qayiqlar va to’rlar sonini belgilangan normadan oshirmaslik.
20) Hovuzlarni balchiqlashib ketishiga va yuksak suv o’simliklari bosib ketishiga yo’l qo’ymaslik.
Hamisha suv xavzalarida yuqumli kasalliklarni oldini olish va tarqalib ketmasligi uchun quyidagidarni bajarish; 1) karantin qoidalariga so’zsiz rioya qilish. 2) Hovuz suvini to’liq chiqarish va dezenfektsiyalash va hovuz tubini dezinfeksiyalashtirish, suv quyadigan va chiqadigan joylarni biotexnologiyasiga asoslangan holda joylashtirish. 3) Barcha ov anjomlarini va kiyim kechaklarni dezinfeksiyalash, maxsus kiyimlarni ham. 4) Hovuzlarni insolyasiya, ya’ni letovaniya usullardan foydalanib hovuzlarni biomeliortiv holatini yaxshilash. Demak baliq boqiladigan hovuzlarni biomeliortiv holatini yaxshilash maqsadida hovuzlarga dam berish qoidalariga amal qilish. SHuni esda saqlash kerakki, sog’lom baliq mahsuloti olish uchun hovuzlarni qarovsiz qoldirib yuborishga yo’l qo’ymaslik, baliqlarni parazitlarga yo’liqishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Xo’jalikda ixtiopatolog mutaxassis nixoyatda zarur. Veterenariya maslahatisiz biror ishni bajarmaslik kerak.
Xar bir MCHJ balikchilik xo’jaligi o’zining ovlangan baliqlarini kasal yoki ekto va endo parazitlardan xoli ekanligiga ishonch hosil qilishi uchun "Uzstandart" agentligi va baliq mahsulotlarini sertifikatlash idorasi "Ixtioservis"dan, MCHJ baliqchilik xo’jaliklari baliq ovlash uchun ruxsat yaьni sertifikat olishlari zarur. Buning uchun har bir baliq turidan 5-6 dona namunalar olib labaratoriya analizdan o’tkazilishi kerak. Agarda bunday sertifikat bo’lmasa, MCHJ baliqchilik xo’jaligi baliq ovlash xuquqiga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |