Baliq kasalliklari fanidan ma’ruzalar to’plami termiz- 2021


Fanning maqsad va vazifalari



Download 210 Kb.
bet2/87
Sana17.01.2022
Hajmi210 Kb.
#379940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
baliq kasalliklaridan ma'ruza

Fanning maqsad va vazifalari. Baliq kasalliklari fanining o’qitishdan maqsad talabalarga baliq kasalliklari, uning sabablari, kasallik keltiruvchi organizmlar, ya’ni parazitlar, parazitlarni patogen xususiyatlari, baliqlarning kasallikka beriluvchanliklari va kasallikka chidamligi, profilaktik choralar hamda parazitlarga qarshi kurash usullari bo’yicha bilim berish. Baliq kasalliklari fani hayvonat dunyosini o’rganishda nazariy va amaliy masalalarni hal etib biologiyaniig ayrim yo’nalishlarini va xalq xo’jaligini rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Baliq kasalliklari fanining vazifalari xalq xo’jaligining iqdisodiy rivojlanishi bilan bog’liq ekanligini tushuntirish; talabalar baliq parazitlari, ular keltirib chiqaradigan kasaliklarni o’rganish asosida hayvon (baliq) organizmlarining parazitlar keltiradigan kasallikka chidamligini oshirishni o’rganish; parazitlarni kamaytirish, rivojlanish intensivligini va organizmni zararlash darajalarini pasaytirish; parazitlarga qarshi kurash chora tadbirlarni ishlab chiqish; xalq xo’jaligi amaliyotida bu fanning usul va yutuqlaridan foydalanishni o’rganish.



Zamonaviy ixtiopatologiyaning vazifalari. So’nggi bir necha o’n yilliklar davomida baliqchilik xo’jaliklarida baliqlarni intensiv tarzda yetishtirish usuli bilan bog’liq holatda su’niy ozuqalardan foydalanish va zich holatda yetishtirish holatlarida avitaminoz (vitaminlar yetishmovchiligi) va moddalar almashinuvi buzilishi va shuningdek ayrim infektsion va invazion kasalliklarning rivojlanishi kuzatiladi. Ayniqsa, baliqchilik xo’jaliklarida arzon va to’liq qimmatli tarkibga ega bo’lmagan ozuqalardan foydalanilganda kasallikka beriluvchanlik darajasi ortib ketishi kuzatiladi. Ixtiopatologiyaning asosiy vazifasi – baliqlar kasalliklarining etiologiyasini aniqlash va unga qarshi chora – tadbirlarni ishlab chiqish, ularni bartaraf qilishdan iborat hisoblanadi. Ko’pgina baliq turlari kasalliklari etiologiyasi baliqlarning yoppasiga nobud bo’lishi bilan amalga oshib, bir vaqtning o’zida baliqlarga bir nechta omillarning ta’sir ko’rsatishi qayd qilinadi. SHu sababli baliqlarning nobud bo’lishi sabablarini birgina omil ta’siri bilan izohlashning o’zi ayrim holatlarda yetarli hisoblanmaydi va samarali natijalarga olib kelmaydi. Masalan, 1957-1959 yillar davomida Volga daryosi quyilish sohasida qish mavsumida baliqlarning yoppasiga qirilishi hodisasi kuzatilib, buning sabablari hozirgi kunga qadar to’liq aniqlanmagan, shuningdek 1936 yilda Azov dengizi suvlarida va ko’pgina baliq xo’jaliklarida karp baliqlarining suzgich pufagi kasalligi oqibatida yoppasiga qirilishi holatlarining sabablari to’liq o’rganilmagan.

Ixtiopatolog mutaxassislarning asosiy vazifasi shundan iboratki, ular baliqlarga ta’sir ko’rsatuvchi barcha omillarni sinchiklab o’rganishlari va baliqlar kasalliklari etiologiyasini aniqlashlari hamda ushbu kasalliklarga qarshi chora – tadbirlarni ishlab chiqish, baliqlarning yoppasiga kasallanishining oldini olish yo’llarini ishlab chiqishdan tashkil topgan. SHuningdek, ixtiopatolog mutaxassislarning vazifalaridan yana biri – baliqchilik xo’jaliklarida baliq kasalliklarini davolash va kelgusida ushbu kasalliklarning oldini olishda davolash va profilaktik chora – tadbirlar majmuasini ishlab chiqish, ushbu kasalliklar qo’zg’atuvchilarini butunlay yo’q qilishga qaratiladi.




Download 210 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish