Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007



Download 2,99 Mb.
bet99/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

Birinchi chorak korreksion vazifalari barcha mashg’ulotlarda sodda vaziyatli nutq
malakalaridan foydalanishga o’rgatishdan iborat.
Lug’at bilan ishlash asosiy o’rinni egallaydi: lug’atni kengaytirib borish, so’zlarni mazmunini aniqlashtirish, passiv lug’at boyligini faollashtirish. Logopedning o’zini nutqiga alohida talab qo’yiladi: savollar aniq bo’lishi, nutq har xil variantda qisqa, aniq jumlalardan tashkil topishi, ertak so’zlash ko’rgazmali bo’lishi, shoshilmagan suratda bo’lishi talab qilinadi.
Ikkinchi chorakdagi korreksion vazifalar mustaqil nutqdan foydalanish ko’nikmalarini mustahkamlash, asta-sekin mustaqil nutqning sodda ko’rinishlarini egallashi, logopedning savoli yordamida va savolsiz ham hikoya to‘zishga o’rgatishdan iborat. Jumla tuzish ustida ishlash muhim o’rin egallaydi: oddiy, keng tarqalgan jumlalar tuzish, ularni grammatik joylashtirish, murakkab gap tuzish, mazmunini so’zlab berishga o’tish. Dasturdagi materialni o’rganishdagi ketma-ketlik o’zgaradi. Agar birinchi chorakda bolalar hamma mashg’ulotlarda bir predmet bilan tanishgan bo’lsalar, ikkinchi chorakda esa predmetlar takrorlanmaydi, mavzu va topshiriqdagi umumiylik belgisi bo’yicha yaqin ob’ektlar tanlangan bo’ladi.
Uchinchi chorakdagi korreksion vazifalar oldin o’zlashtirilgan nutq shakllaridan foydalanish ko’nikmalarini mustahkamlash va mustaqil matn bo’yicha nutqiy so’zlashni egallashdan iborat. So’z tuzishga anchagina o’rin beriladi: so’z ko’rgazmali vositalarga qarab, logopedning savollari bo’yicha va mustaqil tuzilishi mumkin. Uchinchi chorakda dasturni oldingi bosqichlarga xos bo’lgan asta-sekinlik bilan o’rganish zarurati yo’qolib boradi va mashg’ulotlar ommaviy bolalar bog’chalaridagi darajasiga yaqinlashib boradi.
To’rtinchi chorakdagi korreksion vazifalar turli murakkablikdagi mustaqil nutqdan foydalanish ko’nikmalarini mustahkamlashga yo’naltirilgan. Ijodiy so’zlash ustida ish olib borish katta o’rin egallaydi. Shuning bilan bir qatorda oldingi bosqichlarda boshlangan lug’at jamg’arish davom etadi. Jumlalar tuzish takomillashtirilib boriladi. Bolalar o’z nutqida logoped savollariga, mustaqil kuzatishlariga tayanadi, o’z fikrlarini bayon qiladi, xulosalar qiladi. Ko’rgazmali qurol deyarli qo’llanmaydi. Logopedning savollari bolalar o’zi o’ylab topgan, kutilayotgan ish jarayoniga taalluqli bo’ladi. Kamchilikni tuzatish o’qitish, berilayotgan syujet-mazmunining mantiqiy ketmaketligiga rioya qilish, tushuntirishlar, aniqlashtirishlarni berishni bilishga yo’naltirilgandir.
N.A. Cheveleva va S.A. Mironovalarning duduqlanuvchi bolalarni nutqini qayta tarbiyalash
metodikalarini sodda vaziyatli nutq shaklidan mustaqil nutqqa o’tish orqali erkin nutqqa erishishga asoslangan. Faqatgina N.A. Cheveleva bu ishni qo’l mehnati jarayonida amalga oshirishni taklif etsa, S.A.Mironova esa bolalar bog’chasi dasturining turli bo’limlarini o’tish jarayonida amalga oshiradi. Umuman, duduqlanadigan bolalar bilan kamchiliklarni tuzatish (korreksion) va tarbiyaviy ish olib borish vazifalarini birlashtirish tizimini zarurligi to’g’ri deb hisoblasa bo’ladi va uni logopedik amaliyotda qo’llash zarur deb hisoblanadi.
V.I. Seliverstov metodikasi esa ko’proq tabobat muassasalarida bolalar bilan ish olib borishga mo’ljallangan (ambulatoriya va statsionar sharoitda). Muallif tomonidan taklif etilgan bolalar bilan ketma-ket murakkablashib boruvchi logopedik mashg’ulotlar sxemasi uch bosqichga bo’linadi: tayyorlov, mashq qilish va mustahkamlash bosqichlari.
Bu davrlar jarayonida nutqiy mashqlar bir tomondan, mustaqil nutqning darajasi uning baland-pastligi, ritmikligi, tuzilishigacha murakkablashtirilsa, ikkinchi tomondan turli murakkablikdagi nutqiy vaziyatlar: ijtimoiy qurshovi, bola faoliyati turlarigacha murakkablashtirilib boriladi.
Logopedik mashg’ulotlarning majburiy sharti bo’lib, ularning «Bolalar bog’chasida bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturi»ning hamma bo’limlari bilan bog’lab olib borish hisoblanadi va eng avvalo, maktabgacha bolalar faoliyatining asosiy turi hisoblangan o’yin bilan bog’lash zarur.
Tarbiya va o’qitishning tabaqalashtirilgan psiholo-pedagogik metodning ahamiyati G.A.Volkova metodikasida yoritib berilgan.
2-7 yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan kompleks ish olib borish tizimi quyidagi
bo’limlardan tashkil topadi:

  1. O’yin faoliyati tizimi

  2. Logoritmik mashg’ulotlar

  3. Tarbiyaviy mashg’ulotlar 4. Bolalarning mikroijtimoiy muhitiga ta’sir etish.

Logopedik mashg’ulotning mazmunini tashkil etadigan, o’yin tizimi o’ziga quyidagi o’yin
turlarini kiritadi: didaktik, ashula bilan o’yin, harakatli, qoidali o’yinlar, she’r va prozaik matnlar asosida drammatizatsiyalashtirilgan o’yin, stol tennisi o’yini, barmoq teatri, logoped maslahati bilan va bolalar o’zi o’ylab topgan ijodiy o’yinlar. Mashg’ulotlarda bolalar bilan birinchi navbatda o’yin faoliyatining tamoyiliga tayaniladi.
Ushbu metodika quyidagi bosqichlarga bo’linadi: bola nutqini tekshirish, nutqini cheklab qo’yish, logoped bilan birgalikdagi va aks ettirilgan nutq, savol-javob nutqi, turli vaziyatlarda bolalarning mustaqil muloqoti. Har bir mashg’ulot bog’cha dasturi materiallarini inobatga olgan holda, korreksion, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda tuziladi.
O’yin faoliyati metodikasi shaxs xususiyatlarini shakllantirishga va uning asosida
nuqsonni bartaraf etishga yo’naltirilgan.
Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar amaliyotida o’yin va o’yin
usullari logopedik ta’sirning bosqichlariga ko’ra bolada toliqish holatlarini oldini olish maqsadida foydalaniladi.
4 yoshdan 7 yoshgacha duduqlanuvchi bolalar bilan ish olib borishda kamchiliklarni tuzatishga qaratilgan logopedik ta’sir Etakchi ahamiyat kasb etadi, chunki yakka holda rivojlanish jarayonida shakllangan shaxsiy xususiyatlar duduqlanuvchining nutq faoliyati harakteriga ta’sir qiladi va defekt tarkibini aniqlab beradi.
O’yin faoliyati metodi shaxsni tarbiyalashga yo’naltirilgan bo’lib uni asosida esa
kamchilikni (defekt) bartaraf qilishga qaratilgan.
Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni duduqlanishni bartaraf qilish bo’yicha
logopedik ishlarni takomillashtirish XX asrning 80-yillarida turli uslubiy ishlanmalar yaratilishga olib keldi. Logopedik mashg’ulotlardagi nutq bo’yicha materiallar bosqichma-bosqich nutq tarbiyasi sharoitida bolalar tomonidan o’zlashtiriladi. So’zni birgalikda qaytarishdan to tanish rasmlarni tushuntirishda mustaqil so’zlab berishgacha, tinglagan katta bo’lmagan ertakni qayta so’zllab berish, she’r aytib berish, tanish rasmga qarab savollarga javob berish, bola hayotining ayrim lavhalarini mustaqil so’zlab berish, bayramlar haqida so’zlash va boshqalar; nutqni bosqichmabosqich tarbiyalash sharoitida sukut saqlash (gapirmaslik) tartibidan o’yin faoliyati yordamida ijodiy so’zlab berish, 2 yoshdan 7 yoshgacha bolalar bilan ishda tabaqalashtirishdan foydalanish, qo’l faoliyati yordamida mustaqil nutqni tarbiyalash asosida logopedik ishlar amalga oshiriladi.
Albatta, amaliy faoliyatda logoped logopedik mashg’ulotlarni tuzishga ijodiy yondoshishga haqli va majbur. U duduqlanuvchi bolalar kontingenti, ularning individual-psihologik xususiyatlariga muvofiq ma’lum metodlarni qo’llashi mumkin. Yuqorida qayd etilgan maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalarga logopedik ta’sir qilish metodlari «Bolalar bog’chasida bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturi»ga muvofiq ishlab chiqilgan. Chunki, bu dastur ommaviy bolalar bog’chalari tarkibidagi nutq guruhlari uchun ham majburiy hujjat hisoblanadi.
Metodikalar logopedik ishlarni tashkil qilishni «Bolalar bog’chasida bolalar tarbiyasi dasturi» doirasida amalga oshirishga yo’naltirilgan. Chunki, duduqlanuvchi bolalar oxir-oqibatda dasturda belgilangan to’g’ri nutq va bilimlar ko’nikmalarini o’zlashtirib olib kelgusida normal gapiradigan tengdoshlari bilan bir sharoitda o’qiydilar va tarbiyalanadilar. Nutqni buzilishi va unga bog’liq bo’lgan bolalar axloqidagi o’zgarishlariga qarata yo’naltirilgan logopedik ta’sir duduqlanuvchi bolalarni to’g’ri gapiruvchi tengdoshlari va kattalar orasida ijtimoiy jihatdan moslashuviga yordam beradi.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin olimlar va mutaxassislar yuqorida ko’rsatilgan metodikalarni yanada takomillashtirishga va milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda bu muammoni Echimini topishga harakat qilmoqdalar. Jumladan, prof.L.R.Mo’minova, ilmiy-pedagogik faoliyatida duduqlanuvchi bolalar bilan logopedik ish olib borish metodini respublikamiz xususiyatidan kelib chiqqan holda ishlanmalarni tavsiya qilgan. Bo‘lar hozirda amaliy faoliyatda foydalanilmoqda.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish