MAKTABGAChA YOShDAGI DUDUQLANUVChI BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKTSION-PEDAGOGIK IShLAR METODIKASI Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan logopedik metodikaning birinchi mualliflari N.A. Vlasova va E.F. Rau o’z metodikalarini murakkablashtirib boriladigan nutqiy mashqlar, bolaning mustaqil nutqi darajasiga ko’ra tashkil etadilar. N.A. Vlasova nutqning 7 xil ko’rinishini farqlaydi. Bular:
logoped bilan birgalikdagi nutq;
aks etgan nutq;
tanish rasmlar asosida savollarga javob berish;
tanish rasmlarni mustaqil ta’riflab berish;
eshitilgan kichik hikoyani qayta hikoya qilib berish; 6) mustaqil nutq (notanish rasmlar asosida hikoya to‘zish); 7) me’yordagi nutq (suhbat, taklif va iltimoslar).
E.F. Rau logopedik mashg’ulotlar vazifasini quyidagicha tasavvur etadi, «duduqlanuvchi bolalar nutqini yuklamadan sistemali rejali mashg’ulotlar yo’li bilan xalos qilish, shuningdek, noto’g’ri talaffuzni bartaraf etish va aniq, to’g’ri artikulyatsiyani tarbiyalash». Duduqlanuvchi bolalar nutqini qayta tarbiyalash uchun mo’ljallangan barcha mashg’ulotlar murakkablashib boruvchi 3 bosqichga bo’linadi:
Birinchi bosqichda mashqlar logoped bilan birgalikdagi nutq va aks ettirilgan nutqni
tarbiyalash uchun maxsus ishlar olib boriladi.
Ikkinchi bosqichda bolalar rasmlarni savollar asosida ta’riflab berish, berilgan mavzuga oid yoki seriyali rasmlar asosida mustaqil hikoya tuzish, logoped o’qib bergan hikoyani qayta hikoya qilib berishga o’rgatib boriladi.
Uchinchi, yakunlovchi bosqichda bolalarga egallagan malakalarini o’yin, suhbat, mashg’ulot va boshqa bolalar hayotiy daqiqalarida do’stlari, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot davomida mustahkamlash imkoniyati taklif etiladi.
N.A. Vlasova va E.F. Rau metodikasi asosini bolalar mustaqil nutqini turli darajalari tashkil etadi. Uzoq vaqtlar mobaynida berilgan metodika duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlar metodikasi ommaviy usullardan biri bo’lib hisoblanib kelinardi. Hozirgi kunda logopedlar mazkur metodikaning ayrim tarkibiy qismlaridan foydalanmoqda.
N.A.Chevelyova qo‘l faloliyati jarayonida duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning o’ziga xos tizimini taklif etadi. Muallif psihologik konseptsiyadan kelib chiqib, bolaning bog’langan nutqini vaziyatli nutqdan mustaqil nutqqa o’tish yo’li bilan rivojlantirishni taklif etadi. Shundan kelib chiqib, u nutqni quyidagi shakllarini farqlaydi:
Kuzatuvchi nutq
Yakunlovchi nutq
Amalga oshiruvchi nutq
Bolalarda duduqlanishning bartaraf etishning 5 bosqichi farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |