Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007


Hikoya, sayl, ekskurtsiyalar, rasmlar, mavzu bo’yicha olingan taassurotlarni mustaqil gapirib berish



Download 2,99 Mb.
bet94/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

Hikoya, sayl, ekskurtsiyalar, rasmlar, mavzu bo’yicha olingan taassurotlarni mustaqil gapirib berish.

  • Mustaqil nutq – duduqlanuvchilar uchun eng murakkab nutq shakli. Bu nutq tabiiy

    sharoitda atrofdagilar bilan erkin munosabatga kirishishi – savolllar, iltimos, murojaat, fikr almashish, istak bildirish va hakazolarda namoyon bo’ladi.
    Shunday qilib, duduqlanuvchilarda erkin, mustaqil nutq mashg’ulotlarda quyidagi
    izchillikda tarbiyalanishi mumkin:

    1. logoped bilan birga va logoped ketidan qaytariladigan nutq;

    2. nutqning savol va javob shakli; 3) so’zlab berish va hikoya; 4) mustaqil nutq.

    Duduqlanuvchi nutqining holatiga ta’sir qiluvchi omillardan biri, uning turli xil nutqiy tayyorgarlik darajasidir. Agar duduqlanuvchi matnni yoddan bilsa yoki kerakli materialni oldindan takrorlab, u bilan tanish bo’lsa, nima demoqchi ekanligini oldindan fikran o’ylab va uni qanday ketma-ketlikda aytmoqchi ekanligini rejalashtirgan bo’lsa u oson gapiradi. Duduqlanishni kuchayishi notanish matn bilan ishlashda va fikran tayyorlanmasdan so’zlash vaqtida namoyon bo’ladi.
    Nutqiy mashqlar quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi:

    1. yod olingan matn;

    2. o’qib eshittirilgan matn; 3) fikran o’ylab qo’yilgan matn; 4) notanish matn.

    Duduqlanuvchida nutqiy pay tortishishlar ta’sir qiluvchi omilardan biri, nutqiy tizimning murakkablik darajsi.
    Odatda, duduqlanuvchilar alohida tovushlarni ko’pincha unlilarni oson talaffuz qiladilar. Bo’g’inlar so’ng so’zlarni talaffuz qilish unli tovushlarga nisbatan murakkablashadi. Ularda asosiy qiyinchilik fikrni bayon etishni boshlashda (so’zlashni boshlashdagi qiyinchilik) paydo bo’ladi.
    Duduqlanuvchilar nutqining erkinligi va balandligi nutqiy mashqlarning aniq ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi: ovoz chiqarmay, sekin, shivirlab, baland va odatlangan ovoz bilan gapirish.
    Duduqlanuvchilar nutqiga nutqning ravonligi, bir maromdaligi ham samarali ta’sir ko’rsatadi. Ashula aytishda, ritmik she’riy nutq va cho’zib so’zlashda nutqiy pay tortishishlar ancha kamayadi, yoki butunlay yo’qoladi. Nutqiy so’zlashish ritmik harakatlar jo’rligida bo’lsa, duduqlanuvchi so’zlash jarayonida ma’lum bir Engillikni his etadi. Keyinchalik muloqotda bo’lish ko’nikmalari bir maromdagi nutqdan har xil to’lqindagi oddiy nutqqa o’tiladi.
    Shunday qilib, duduqlanuvchilarda nutqning ravonligi va bir maromdaligini quyidagi ketmaketlikda (izchillikda) tarbiyalash mumkin:
    1) Ashula; 2) ashula jo’rligidagi harakat; 3) ritmiklashgan nutq (she’r, keyinchalik proza
    (nasr)) harakatlar bilan; 4) ritmiklashgan nutq (she’r, proza (nasr)) harakatsiz; 5) unli tovushlarga tayanish; 6) turli to’lqindagi nutq.
    Duduqlanuvchilarda to’g’ri nutqni tarbiyalash vazifasi turli emotsional holatlarda to’g’ri so’zlashni mashq qilishdan iborat. Logoped duduqlanuvchilarga turli kayfiyat, emotsional hayajonlanish, ruhiy tushkunliklar bo’lishidan qat’iy nazar o’zini tuta bilish va nutqini nazorat qilib borishga o’rgatadi. Inson nutqi va emotsional holatiga atrof-muhit, uning xarakter faoliyati va odamlar ta’sir etadi. Shuning uchun mashg’ulotlarda nafaqat nutqiy mashqlarni balki, turli vaziyatlarni ham asta-sekin murakkablashtirib borishni ko’rib chiqmoq lozim.
    Sharoitdan kelib chiqqan holda nutqiy mashqlarni ketma-ketligini (izchiligini) quyidagicha
    belgilash mumkin:

    1. tanish, birlamchi sharoitda;

    2. kam tanish bo’lgan;

    v) tanish bo’lmagan, begona sharoitda to’g’ri nutqni mashq qilish.
    Atrofdagi jamoatchilikni hisobga olib – yolg’izlikda, yaqinlari va o’rtoqlari; tarbiyachilar bilan; kam tanish bo’lgan insonlar bilan; notanish, begonalar bilan, garchi bu Erda duduqlanuvchilarning ishtirokchilar muloqot sharoitiga qaratilgan reaksiyasiga bog’liq ravishda, turli variantlar bo’lishi mumkin.
    Nihoyat, duduqlanuvchi bola faoliyati quyidagilarga bog’liq ravishda nutq sifatiga ta’sir etishi mumkin:

    1. uni ko’rinishiga bog’liq;

    2. murakkablik darajasiga (elementar harakatlar, harakatlar majmui);

    v) vaqtga munosabatiga bog’liq (hozirni, o’tganni yoki kelajakni ta’riflash).
    Duduqlanuvchi bola nutqi holatiga ta’sir etuvchi turli xil omillarning mavjudligi,
    logopedga nutqiy tortishishlarning kelib chiqishi va oldini olishni, oldindan payqash uchun turli ko’rinishdagi nutqiy mashqlar va vaziyatlarni qo’shish imkonini beradi.
    Sistemalilik va ketma-ketlilik tamoyili duduqlanuvchilarga logopedik ta’sirning faqat mantiqiy tomonini emas, balki, tashkiliy tomonini ham o’z ichiga oladi, chunki ma’lum bilim, ko’nikma va malakalarni egallash sistemali tarzda, doimiy va reja bo’yicha amalga oshiriladi. Nevrozlarni davolash asosida yotuvchi nerv jarayonlarini doimiy mashq qildirish faqat shu holda sodir etiladi.
    Logopedik mashg’ulotlar kursi duduqlanuvchilar bilan olib boriladigan, vaqt, vazifa va mazmun bo’yicha yaxlit, tugallangan ish tizimidan iborat va davrlarga bo’linadi (tayyorlov, mashq qiluvchi, mustahkamlovchi). Har bir davrda bir qator bosqichlarga ajratish mumkin (masalan, gapirmaslik, uyg’unlashgan, aks ettirilgan nutq, nutq o’rgatuv tartibi va h.k.). Logopedik ishning har bir bosqichi o’zaro bog’liq mashg’ulotlardan tashkil topadi.
    Tayyorlov bosqichi vazifalariga avaylovchi tartib yaratish, bolani mashg’ulotlarga
    tayyorlash, to’g’ri nutq namunalarini ko’rsatish kiradi.
    Avaylovchi tartib quyidagilardan iborat: salbiy ta’sir etuvchi omillardan bola psixikasini himoyalash; tinch, osuda muhit, do’stona va to’g’ri munosabat yaratish; noto’g’ri nutqqa o’rganib qolishga yo’l qo’ymaslik; kun tartibini belgilash va rioya qilish; tinch va turlicha mashg’ulotlarni nazarga olish; shovqinli, harakatli o’yinlar, mashg’ulotlar bilan ko’mib tashlashga yo’l qo’ymaslik.
    Shuningdek, duduqlanuvchi bolani tinchlantirish, o’z nuqsoniga qaratilgan tushkun e’tiborni chalg’itish va shu bilan bog’liq taranglikni yo’qotish muhim. Imkoniyatga qarab duduqlanuvchining nutqiy faollligini cheklash va shu orqali noto’g’ri nutqiy stereotipni susaytirish maqsadga muvofiqdir.
    Bolani mashg’ulotlarga jalb etish uchun, radioko’rsatuvlar, magnitofon yozuvlar, plastinkalar, adabiy asarlar haqidagi suhbatlardan foydalanish, atrofdagi odamlarning ifodali nutqiga ijobiy belgilariga duduqlanuvchining e’tiborini qaratish, mashg’ulotgacha va mashg’ulotdan so’ng bolalar nutqining magnitafon yozuvlari orqali namoyish qilish (ayniqsa, mavjud duduqlanishni ular tomonidan ongli anglash hollarida) lozim.
    Mashg’ulot boshidagi yomon nutq va mashg’ulot so’ngidagi to’g’ri, erkin nutq orasidagi qarama-qarshiliklar, bolalarda yaxshi gapirishga o’rganish istagini tug’diradi. Shu maqsad uchun mashg’ulotlar kursini o’tab bo’lgan bolalar chiqishlari va sahna ko’rinishlaridan foydalanish mumkin. Logoped birinchi mashg’ulotlardan bola bilan to’g’ri nutqning muhim sifatlarini ishlay
    boshlashdi: balandlik, ifodalilik, shoshmaslik, to’g’ri ibora to‘zish fikrlarni ketma-ket bayon qilish, suhbatlashganda erkin va ishonch bilan gaplashish va boshqalar.
    Mashq qiluvchi bosqich vazifalariga bola uchun murakkab bo’lgan barcha nutq shakllari
    va nutqiy vaziyatlarni egallash kiradi. Bolaning birinchi bosqichda qo’lga kiritgan bilim, ko’nikma va malakalariga tayangan holda, erkin nutq malakalarini tarbiyalash va nutqning turli shakllarida va turli xil nutqiy vaziyatlarda to’g’ri xatti-harakatlarni tarbiyalash bo’yicha ish olib boriladi.
    Duduqlanishning birmuncha murakkab ko’rinishlarida mashq qiluvchi bosqich uyg’unlashgan aks ettiruvchi nutqdan boshlanadi. Agar to’g’ri nutqning barcha talablari bu bosqichda oson va yaxshi bajarilsa, logoped bola bilan iboralarni birgalikda takrorlashdan voz kechadi va unga iboradan mustaqil nusxa olish imkoniyatini beradi.

    Download 2,99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   142




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish