Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007


Bola doimiy ko’ruvchi predmet nomlari



Download 2,99 Mb.
bet128/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

Bola doimiy ko’ruvchi predmet nomlari.

  • O‘zi yoki tanish kishilari bajargan xatti-harakatlar nomlari.

  • Ayrim holatlar nomlari (issiq, sovuq, iliq)

    Bolalarda kattalar so’ziga taqlid qilish ehtiyojini paydo qilish zarur. So’z taqlidi faoliyati kattalar tomonidan hech qanday tuzatish kiritilmay, istalgan nutqtovushlarda ifodalanib namoyon bo’ladi.
    O‘qitishning ikkinchi bosqichi – dastlabki so’z shakllari
    Logopedik ta’sir ko’rsatishning asosiy vazifalari:

    1. Bolalarni quyidagi turdagi ikki so’zli gaplarni to’g’ri tuzishga o’rgatish: murojaat + buyruq

    (buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan), buyruq+predmet nomi (tushum kelishigidagi ot)

    1. Ayrim kundalik so’z birikmalarini yodlatish.

    2. So’zning urg’uli bo’g’inini talaffuz qilish.

    3. O‘zgalar nutqini tushunish hajmini kengaytirish.

    Bu bosqich bayon qilishda (gapda) ikki-uchta, ba’zan to’rtta amorf so’zlarni hech bir grammatik bog’lovchilarsiz bog‘lash imkoniyati mavjud bolalar bilan logopeik ish olib borishga mo’ljallangan. Bolalarning amorf so’zlari bir-ikki, kamdan-kam uch bo’g’indan, shuningdek so’z tovush taqlididan iborat bo’ladi.
    So’z boyligi miqdori va amorf gaplar hajmi tarli xil bo’lishi mumkin, ammo ushbu davrning xarakterli belgisi – so’z o’zgartirish qobiliyatining butunlay yo’qligidan iborat. Bolalar o’z nutqlarida atrofdagilar nutqidan o’zlashtirilgan, «asoslangan» shakldagi so’zlarni qo’llaydilar. Masalan, barcha kelishik shakllari o’rnida bosh kelishik, birlikdagi shakl qo’llaniladi. Birmuncha nutqi rivojlangan bolalarda gohida aynan bir so’zning ikki shaklini uchratamiz. Masalan: mashinani «dit» deb nomlaydi, ammo nimada ketyapmiz? Savoliga «ditta» deb javob beradi. Bu davrda nutq holati sintaktik konstruksiyalarining butunlay yo’qligi bilan xarakterlanadi. Darak gaplarni tuzishda harakat nomlari yo butunlay bo’lmaydi yoki infinitiv-imperativ shakllarda va uning fragmentlari bilan ifodalanadi yoki «tugallanmagan» aniqlik fe’lida aks ettiriladi. Bola nutqida so’zlar – harakat nomlari qanchalik ko’p bo’lsa, uning rivojlanishi darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
    Ayrim hollarda, so’z o’zgartirishning to’la shakllanmaganligi holatida ham grmmatik jihatdan to’g’ri tuzilgan so’z birikmalari uchrashi mumkin.
    Ayrim bolalar ko’proq bir so’zdan yoki ikki so’zdan iborat gaplardan foydalanishni davom ettiradilar, boshqalari esa to’rt va undan ortiq so’zli gaplar hajmini va lug’at boyligini kengaytiradilar. Eslatib o’tamizki, normada 3 va undan ortiq so’zlardan tuzilgan gaplar grammatik jihatdan to’ldirilmay qolishi mumkin emas
    Agar nutqning normal rivojlanishi uchun ohangni juda erta va nihoyatda aniq amalga oshirish xarakterli xususiyat hisoblansa (bu holatda so’zdagi urg’u o’rnini juda erta o’zlashtirish mumkin), u holda rivojlanmagan bolalar nutqi bo’g’in eliziyasi deb nomlanuvchi, so’zlardagi bo’g’inlar miqdorini qisqartirish bilan to’lib toshadi.
    Nutq tuzilishi ritmikligini idrok qila olmaslik bolani so’zning ritmik-ohang tomonini qiyinchilik bilan o’zlashtirishiga olib keladi. Buning natijasida so’z uzoq vaqtga qadar o’zining bo’g’inma-bo’g’in ifodasini topa olmaydi.
    Keyinchalik ayrim bolalar she’rlarni qiyinchilik bilan yodlaydilar, chunki ular she’riy shaklning ritm va qofiyasini payqay olmaydilar.
    Ko’pdan buyon ma’lumki, o’rganilayotgan nutqiy rivojlanish darajasidagi bolalarning turli bo’g’in tuzilmasiga ega so’zlarni talaffuz qilish qobiliyati, so’zlarni gapga birlashtirish imkoniyati bilan uzviy bog’likdir. Ikki, so’ngra uch so’zni jumla (hatto amorf-o’zak so’zlardan iborat) paydo bo’lgani zahoti, taqlid bo’yicha avval ikki, so’ng uch bo’g’inli so’zlarni talaffuz qilish imkoniyati yuzaga keladi, masalan: Mashina so’zi-«mosina», «osina», «posina».
    Qoidagi ko’ra, qo’llanuvchi so’zlarning fonetik tarkibi erta nutq ontogenezidagi tovushlar bilan chegaralangan buladi, ammo nutq rivojlanishining bu bosqichida normaga qaraganda ularning to’plami kambag’alroqdir.
    So’z o’zgartirishni qo’llay olmaydigan bolalar bilan olib boriladigan logopediya ishining asosiy shartlaridan biri nutqning mazmun tomonini rivojlantirishga yordam beruvchi tadbirlar o’tkazishdir. Ekspressiv nutqqa bolaga tushunari va uning imperessiv nutqida mavjud bo’lgan narsalar o’tkaziladi.

    Download 2,99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   142




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish