Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007


Nutqni tushunishni rivojlantirish



Download 2,99 Mb.
bet131/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

Nutqni tushunishni rivojlantirish


Tavsiya qilinuvchi vazifalar bolalarni so’zlarning ayrim grammatik shakllarini farqlashga, shuningdek jaranglashi bo’yicha yaqin yoki predmetli vaziyat bilan o’xshash so’zlarni farqlashga o’rgatishga qaratiladi. Dastlab bolalar tushunishda logoped savolining nutqiy kontekstidan mo’ljal oladilar. Bolalar qiyinchiliksiz barcha topshiriqlarni tushunishni va bajarishni o’rganib olganlaridan so’ng, logoped sekin-asta barcha yordam beruvchi so’zlarni olib tashlashi mumkin va bolaga so’zning alohida qismlaridagi turlicha jaranglanishga tayanib mo’ljal olish imkoniyatini beradi. Agar bolalarda so’zlarning grammatik shakllarini farqlash qobiliyati aniqlansa, bunday ketma-ketlikning zarurati bo’lmaydi.

Ikki bo’g’inli sodda gaplarni shakllantirish


Nutqning to’liq rivojlanmaganligida, nutq rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalarni predmet va uning harakati o’rtasidagi grammatik aloqani o’rnatishga o’rgatish birinchi darajali ahamiyatga ega. Shu sababli bolalarni ikki so’zdan iborat gaplar tuzishga o’rgatish zarur. Bu gaplarda ot-ega bosh kelishik, birlikda, fe’l – kesim esa 3 shaxs, birlikda, hozirgi zamon buyruq maylida qo’llanilishi lozim.
Dastlab 2 shaxs birlikda, buyruq maylidagi fel’llarini takrorlash tavsiya qilinadi.
Boshlang’ich davrida shunday fe’llar beriladiki, bunda aniqlik mayli, 3 shaxs birlikdagi shakllarning hosil bo’lishida negiz o’zgarmaydi yoki o’zgarishlar sezilarsiz va bola uchun qulay bo’ladi. Fe’llarini bunday tanlashda «d» tovushni «o’stirish» sodir bo’ladi: ber-berdi, ol-oldi, ko’rko’rdi.
Ishlanayotgan gapdan oldindan harakat ob’ekti olib tashlanadi, chunki bolaning asosiy diqqatini fe’lga qaratish lozim. Bunga sabab bola fe’llarni goh tushirib qoldiradi, goh egaga moslashtira olmaydi.
Ega va kesimli gaplarning bunday chegaralangan hajmi sun’iy ko’rinadi, chunki so’zlashuv nutqida bunday konstruksiyalar kam uchraydi. Bundan tashqari, ko’pgina bolalar uch va undan ortiq so’zdan iborat gaplardan foydalanishlari mumkin. Shunday bo’lsa ham, diqqat avval ega va kesimning grammatik bog’liqligiga qaratilishi, so’ngra esa gaplar hajmini kengaytirish maqsadga muvofiqdir.
Sodda, keng tarqalmagan gaplarni shakllantirish bo’yicha ishni so’zlarning bo’g’in tarkibini shakllantirish va tovush talaffuzini shakllantirish bo’yicha olib boriladigan ish elementlari bilan birga olib borish mumkin. Ayrim bolalarda tovush talaffuzining shakllanmaganligi yaqqol ko’rinadi. Tovush talaffuzini to’g’rilash bo’yicha olib boriluvchi muddatidan ilgarigi logopedik ish ba’zi bolalarda nutqiy negativizmni keltirib chiqaradi, chunki nutq rivojlanishining bu darajasida ular aniq artikulyatsion tuzilmalarni egallash holatida bo’lmaydilar. Iloji bo’lsa so’zlarda bo’g’inlarning ohang-ritmik sur’ati saqlanishi kerak. Agar so’zning uch bo’g’inli tarkibi bolagi murakkablik qilsa, ikki bo’g’inlilar bilan chegaralanish mumkin. Bu bosqichda tovush talaffuzida turli xil kamchiliklar kuzatiladi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish