Nutqning to’liq rivojlanmaganligini bartaraf etishda korreksion-pedagogik ish tizimi
O‘qitishning birinchi bosqichi bir so’zdan va morf-o’zak so’zdan iborat gaplar
Logopedik ta’sir ko’rsatishning asosiy vazifasi-istalgan tovushning nomayon bo’lishi shaklida bolalarning taqlidiy nutqni faoliyatini hosil qilish, nutqni tushunish hajmini kengaytirishdan iborat.
Bu bosqich gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish uchun mo’ljallangan. Bunday bolalarning faol nutqi alohida so’zlardan iborat: bolaga yaqin tanish kishilarni nomlash,tovush taqlidi, so’z qismlaridan iborat («da» yoki «dada», «bo» yoki «bobo», «bi-bi»-mashina va xokazolar).
Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko’ra kattalar so’ziga taqlid qilish extiyoji xali bo’lmaydi. Agar nutqiy taqlid faoliyati mavjud bo’lsa, u holda bu jarayon ikki-uch noto’g’ri artikulyatsiyalanuvchi tovushlardan tuzilgan bo’g’in kamplekslari orqali amalga oshiriladi: undosh+unli yoki aksincha unli+undosh.
Gapirmaydigan bolalarning faol lug’atida ayrim hollarda 5-10 ta, ba’zida esa 25-27 ta so’z birliklari bo’ladi. Nutq rivojlanishi mobaynida bola tomonidan faqat shunday alohida so’zlardan foydalanish davri so’z-gap yoki bir so’zdan iborat gap davri deb nomlanadi.
Bir so’zdan iborat gaplar nutqning normal shakllanishi jarayonidagi singari nutq rivojlanishi buzilishining barcha shakllarida ham bolalar nutqi rivojlanishining boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi.
Bir so’zdan va amorf so’zlardan iborat gaplar davrida nutqni tushunish darajasi turlicha bo’lishi mumkin: bolaning o’ziga qaratilgan oddiy iltimoslarni qiyinchilik bilan tushunuvchi eng past darajadan so’zlarning alohida grammatik shakllari ahamiyatini tushunishgacha, masalan, otlarning birlik va ko’plik shakllarini farqlashga qiynaladilar. Ayrim gapirmaydigan bolalar sodda ko’makchili konstruksiyalar ma’nosini tushunadilar. Bunga ikki predmetning fazoviy munosabatini misol qilib ko’rsatish mumkin: quti ichida, quti ustida, quti ostida quti yonida.
Ba’zi bir bolalar yetarlicha passiv lug’atga ega bo’ladilar, ular ota-onasi, logoped va boshqalar iltimosiga ko’ra og’zaki ifodalangan, yetarlicha murakkab va turli xil topshiriqlarni bajarish qobiliyatiga egadirlar. Bunday bolalar xaqida ota-onalari odatda shunday deydilar: «Hamma narsani tushunadilar, biroq gapirmaydilar». Ayrim bolalarda nutqni tushunish juda chegaralangan bo’ladi.
Bolalarning nutqni yaxshi tushunishi va yetarli darajada passiv lug’atga ega ekanligi haqida tasavvur tug‘ilganda ham qo’shimcha tekshiruvlar orqali shu yoshdagi sog‘lom bolalarga nisbatan nutqni tushunishning chegaralanganligini aniqlashga erishiladi.
Agar gapirmaydigan bolalarning nutqni tushunishi darajasi past bo’lsa, u holda logopedik ishni birinchi navbatda nutqni tushunishni kengaytirishdan boshlash lozim. Logopediya amaliyotidan ma’lumki, nutqni yetarlicha yaxshi tushunish tufayligina bola gapira boshlashi mumkin. Agar nutqni tushunish darajasi birmuncha yuqori bo’lsa, istalmagan tovush nutq ko‘rinishlarini hosil qilish vazifasi birinchi o’ringa chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |