Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007


BO‘G’IN ANALIZ VA SINTEZINI RIVOJLANTIRISh



Download 2,99 Mb.
bet111/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

BO‘G’IN ANALIZ VA SINTEZINI RIVOJLANTIRISh


Bo’g’in analiz va sintezini rivojlantirish ustida ishlarini yordamchi usullardan foydalanishdan boshlash lozim. Bo’g’in analizini shakllantirishda quyidagi yordamchi vositalar taklif qilinadi, masalan, so’zlarni bo’g’inlarga ajratganda qarsak chalish va so’zdagi bo’g’in sonini aytish.
Nutqda bo’g’in analizini rivojlantirish jarayoni so’zlarda unli tovushlarni ajratish hamda bo’g’inlarga ajratishning asosiy qoidalarini o’zlashtirishga asosiy e’tibor beriladi: so’z necha unli tovushdan iborat bo’lsa, unda shuncha bo’g’in bo’ladi. So’zni bo’g’inlarga bo’lishda unli tovushlarga tayanish o’qish va yozuvda unli tovushlarni tushirib qoldirish, unlilarni o’qish kabi xatolarning oldini olish va bartaraf etishga imkoniyat beradi.
Unli tovushlar asosida so’zlarda bo’g’in tarkibini aniqlash malakasini shakllantirish uchun unli va undosh tovushlar differensiatsiyasi hamda nutqda unli tovushlarni ajratish bo’yicha dastlabki ishlarni olib borish zarur.
Unli va undosh tovushlar haqida, ularni farqlashning (ular artikulyatsiya usuli va jarangdorligi bo‘yicha farqlash) asosiy belgilari haqida tasavvurlar xosil qilindi. Mustahkamlash uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya etiladi: logoped unli tovushlarni talaffuz etganda bolalar qizil, undosh tovushlarni talaffuz etganda ko’k bayroqchani ko’taradilar.
Keyinchalik unli tovushlarni bo’g’in va so’zlarda ajratish bo’yicha ish olib boriladi. Buning uchun avval bir bo’g’inli so’zlar (uy, oy, non, nok, ot) taklif etiladi. Bolalar so’zlarda unli tovush va uning o’rnini (so’z boshida, o’rtasida, oxirida) aniqlaydilar. Buning uchun so’zning grafik sxemasidan foydalanish mumkin. Bolalar unli tovushning so’zdagi o’rniga qarab sxemaning boshi, o’rtasi, oxirida belgiaylanacha qo’yadilar:

Keyin ikki va uch bo’g’inli so’zlar ustida ish olib boriladi. Buning uchun quyidagi topshiriqlarni berish tavsiya etiladi:

  1. So’zdagi unli tovushlarni aytish. Buning uchun talaffuz etilishi yozilishidan farq qilmaydigan so’zlar.

  2. Berilgan so’zda faqat unlilarni yozish (olma – O____A).

  3. Unli tovushlarni ajratish va shu tovushga taalluqli harflarni topish.

  4. Berilgan unli tovushlarga taalluqli rasmlarni ajratish.

Bo’g’inlarda analiz va sintezni mustahkamlash uchun quyidagi topshiriqlarni berish mumkin:

  1. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib qaytarish. Bo’g’inlar sonini sanash.

  2. Aytilgan so’zlardagi bo’g’in sonini aniqlash va shu songa taalluqli raqamni ko’rsatish.

  3. Nomlangan rasmlarni ikki qatorga bo’g’inlar soniga qarab ajratish. Aytilishida 2 va 3 bo’g’indan iborat rasmlar (anor, anjir, olxo’ri) tavsiya etiladi.

  4. Nomalangan rasmlardan birinchi bo’g’inni ajratish va uni yozish, so’ng ajratilgan bo’g’inlarni biriktirib so’zlar, gaplar tuzish va hosil bo’lgan so’z va gaplarni o’qish. Masalan: "oltin", "malina", "radio", "kesak", "tabiat". Berilgan so’zlarning birinchi bo’g’inlarini biriktirilganda quyidagi so’zlar hosil bo’ladi: olma, raketa.

  5. So’zlarda tushurib qoldirilgan bo’g’inni rasmlar yordamida aniqlash.

ar______; _______los; ka______; ol_____ri.

  1. Tartibsiz berilgan bo’g’inlardan so’z tuzish (tar, gi, ki, be, vuz, lam, tob, щi).

  2. Gaplardagi ma’lum sondagi bo’g’inli so’zlarni ajratish.


Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish