Dizelli dvigatellar uchun asosiy motor moylari va ularning tavsifi
|
Ko‘rsatkichlar
|
|
|
Moy markasi
|
|
|
|
|
M–8Г2
|
M–10Г2
|
М–8Г2к
|
M–10Г2к
|
|
|
|
|
|
|
Kinematik qovushoqligi, mm2/s
|
|
|
|
|
|
100°C
|
dagi (ko‘pi
|
bilan)
|
|
8±0,5
|
11 ± 0,5
|
8±0,5
|
11 + 0,5
|
|
0°C dagi
|
|
|
1200
|
–
|
1200
|
–
|
|
Qovushoqlik indeksi (kamida)
|
|
90
|
90
|
95
|
90
|
|
O‘t olish harorati, °C (kamida)
|
|
200
|
205
|
200
|
205
|
|
Qolish harorati, °C (ko‘pi bilan)
|
|
–25
|
–15
|
–30
|
–15
|
|
Ishqor soni, mg KOH/g (kamida)
|
|
6,0
|
6,0
|
6,0
|
6,0
|
|
Kul hosil qilishi, % (ko‘pi bilan)
|
|
1,65
|
1,65
|
1,15
|
1,15
|
|
Mexanik aralashmalar
|
miqdori,
|
%
|
|
|
|
|
|
(ko‘pi
|
bilan)
|
|
|
0,015
|
0,015
|
0,015
|
0,015
|
|
O‘rtacha kuchaytirilgan avtotraktor dizellarida ishlatiladigan B2 guruhidagi moylar: M–8B2 (qishki) va M–10B2 (yozgi) moylar-dan keng foydalaniladi. Bir qator holatlarda M–8B1 moyidan qishgi universal moy sifatida foydalanish mumkin.
Yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellarida ish sharoiti og‘ir bo‘lganligi tufayli ularda ishlatiladigan Г guruhidagi motor moylariga 14 foizgacha qo‘shilmalar kompozitsiyasi qo‘shiladi. Qishda М–8Г2, yozda esa М–10Г2 markali moylarni ishlatishga
(ЯМЗ–238М, ЯМЗ–240N va boshqa dvigatellarda) ruxsat etiladi.
КамАЗ yuk avtomobillari va «Ikarus» avtobuslarida yuqori sifatli М–8Г2k va M-10Г2k markali moylardan foydalaniladi. Havo turbi-na yordamida bosim bilan kiritiladigan yuqori darajada kuchaytiril-gan dizellarda (БелАЗ–549В, БелАЗ–549В) М–8Дм va М–10Дм markali moylardan foydalaniladi.
MDH mamlakatlari va xorijda ishlatiladigan motor moylarining o‘zaro almashinuvchanligi bo‘yicha tavsiyalar 5. 7- jadvalda kel tirilgan.
5. 7- jadval
Yengil avtomobillarning kuchaytirilgan dvigatellarida
ishlatiladigan motor moylari
Mam-
|
|
|
Moy markasi
|
|
|
|
|
|
Barcha mavsum-
|
Barcha mav-
|
|
lakat,
|
Qishki
|
Yozgi
|
|
larda ishlatiladi-
|
sumlarda ishla-
|
|
firma
|
|
gan (minus 20°C
|
tiladigan (minus
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
gacha)
|
30°C gacha)
|
|
MDH
|
М–8Г1М–
|
М–12Г1
|
|
М–63/12Г1
|
М–5/10Г1
|
|
8Ги
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Bolgariya
|
M–6WD2/E1
|
M–10D2/E1
|
|
M–5W/16E1
|
–
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Vengriya
|
–
|
|
|
MultizuperM–
|
–
|
|
|
|
SE15W–50
|
|
|
|
|
|
|
|
Polsha
|
–
|
–
|
|
Selekto l15W–
|
Srezial
|
|
|
4020W–40
|
SD10W–30
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
M–7AD Madit
|
|
Chexiya
|
|
|
|
M–8AD Mogul
|
SuperM–7ADx-
|
|
|
|
|
Super
|
Modul Super
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Stobic
|
|
British
|
|
BP HD
|
|
HD (SE) Route
|
|
|
HD 20W
|
30BP
|
|
10W–4010W–30
|
|
Petroleum
|
|
Coraucla
|
|
|
Visko
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
HDSAE 20W–30
|
|
|
Mobil Oil
|
SAE
|
Mobil
|
|
Spezia l20W–
|
10W–3010W–
|
|
20W–20
|
SAE–30
|
|
50 Super 15W–
|
4010W–50
|
|
|
|
|
|
|
|
|
40 15W–50
|
|
|
|
|
|
5. 7- jadvalning davomi
|
|
|
|
Seell
|
X–100SAE
|
SAE 10W–
|
|
|
|
SAE–
|
20W–40Motor
|
|
Shell
|
SAE 20W
|
30SAE 10W–
|
|
30 Shell
|
Oil SAE 15W–
|
|
|
|
40SAE 10W–50
|
|
|
|
Super Plus
|
40SAE 15W–50
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Motor moylarining unifikatsiyasi. Tarkibida samaradorligi yuqori qo‘shilmalar kompozitsiyalari bo‘lgan yuqori sifatli motor moylaridan foydalanish qulay bo‘lgan sharoitlarda moylarni tako-millashtirishda motor moylari va boshqa moylash materiallarini unifikatsiya qilish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Moylar assor-timentining turli-tumanligi ularni ishlab chiqarishdagina qiyin-chiliklarni keltirib chiqarib qolmay, balki, ayniqsa, tashish, saqlash va ishlatish (ayniqsa, korxonada turli xil markadagi avtomobillar bo‘lganida) jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni kel tirib chiqaradi.
Bu jihatdan moylarning assortimentini kamaytirish va moylar-ni unifikatsiya qilish bo‘yicha ish dasturi istiqbolli hisoblanadi. Birinchi bosqichda A va Б guruh moylarini yuqori guruh moylar-iga almashtirish, shuningdek, transmission va gidravlik moylar ning sifatini oshirish ko‘zda tutiladi. Bunda bir xil xususiyatlarga ega bo‘lgan, bir-birini o‘zaro aynan almashtiruvchi moylar ishlab chiqarishga barham beriladi. Natijada ishlab chiqarilayotgan moy-lar markalari soni ikki barobarga qisqaradi.
Ikkinchi bosqichda barcha mavsumlarda ishlatiladigan va uni-versal moylardan keng ko‘lamda foydalanish rejalashtiriladi. Bu ning natijasida ham moy assortimenti taxminan ikki barobarga qis-qaradi.
Yuqori darajada kuchaytirilgan dvigatellar uchun past haroratlar-da qotadigan М–43/6Г2; М–43/8Г2; М–43/6В2; М–8ДМ; М–43/8Д markali moylarni, shuningdek, yagona motor-transmission moylar-ni ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Benzinli va dizelli dvigatel-larda barcha mavsumlarda ishlatiladigan universal moy sifatida M–63/10B markali moydan foydalanish mumkin. Bu moyning ish
muddati odatdagi tavsiya etilgan moylarga nisbatan 2–3 barobar ortiq bo‘lishi bilan birga, bu muddatda dvigatelning texnik-iqti-sodiy ko‘rsatkichlari yomonlashmaydi. M–63/10B moyini 10 ta markadagi moy o‘rnida ishlatish mumkin. Bu moy odatdagi moy-larga nisbatan qimmatbaho bo‘lishiga qaramay, iqtisodiy jihatdan samaralidir.
Sintetik moylardan foydalanish muhim yangi yo‘nalish bo‘lib, ular moyning ish muddatini 3,5 barobargacha oshiruvchi yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ularni benzinli va dizel-li dvigatellarda ishlatishdan tashqari, tarkibiga tegishli qo‘shilma qo‘shib gidravlik tizimlarda va gidromexanik transmissiyalarda foydalanish mumkin.
Sintetik moylar yuqori qovushoqlik indeksiga ega (150–170), oquvchanlik xususiyatini yo‘qotish harorati mineral moylarga nis-batan past (minus 65°C gacha). Sintetik moylarni almashtirmay 20 ming km gacha masofani bosib o‘tish mumkin, alohida olingan navlaridan foydalanilganida esa bu ko‘rsatkich 80–100 ming km ni tashkil etadi.
Sintetik motor moylari bir tomondan, mashinalarning ishonch-li ishlashini ta’minlasa, ikkinchi tomondan moylarni unifikatsiya qilinishini yaxshilaydi.
Moylash materiallarining ekspluatatsion xususiyatlarini baho lash pasport ma’lumotlarining Davlat standarti talablariga mos-ligini tekshirishdan boshlanadi va moyning umumiy holdagi ish sharoiti yoki ma’lum bir agregat yoki uzelda ishlashga yaroqli ligini aniqlash bilan tugallanadi. Bunda dvigatelni qizdirmay ish-ga tushirishga ruxsat etilgan kritik qovushoqlik miqdoriga binoan eng past harorat (motor moylari uchun) yoki avtomobilning ravon harakatlana olishini ta’minlovchi harorat (transmission moylar uchun) aniqlanishi talab etiladi.
Motor moylari va boshqa moylash materiallarining tarkibi, xu susiyatlari va ishlatilish sharoitlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar zarur bo‘lganida maxsus (spravochnik) adabiyotlardan foydala-niladi.
1. 11. Dvigatelning ishlash jarayonida moylarning boshlang‘ich xossalarining o‘zgarishi
Har qanday mexanizm yoki ishqalanish jufti ishlaganida, surkov moylarining xossalari o‘zgaradi: ular mexanik aralashmalar, suv bi-lan ifloslanadi, ularda erigan va erimagan oksidlanish mahsulotlari to‘planadi. Bu holda ish jarayonida moy «eskirdi» deyiladi. Ozgina vaqt ishlaganida dvigatel karteridan olingan moy tashqi ko‘rinishi va xossalari jihatidan yangi moydan ancha farq qiladi.
Moyning sifati oksidlanish jarayoni va undagi uglevodorodlar ning issiqlik ta’sirida parchalanishi hisobiga anchagina o‘zgaradi.
Ba’zi oksidlanish mahsulotlari (smolalar, organik kislotalar) moyda erigan holda bo‘ladi. Ular moyning qovushoqligini va kis-lota sonini oshiradi. Asfalt birikmalari ko‘rinishidagi boshqa oksid lanish mahsulotlari loklar, yopishqoq cho‘kindilar hosil qiladi. Bu lok va cho‘kindilar porshen halqalariga yopishib, ularni kuydiradi va katta zarar yetkazadi. Oksidlanish mahsulotlarining anchagina qismi erimagan barqaror juda mayda mexanik aralashma ko‘ri nishida bo‘lib, qurum hosil bo‘lishida qatnashadi. Filtrlash yo‘li bilan moyni ulardan batamom tozalab bo‘lmaydi, shuning uchun dvigatel ishlaganida uglerod zarralarining miqdori ortadi.
Motor moylari ifloslangan yonilg‘idan foydalanilganida, shu ningdek, yonilg‘i yonishi uchun havo so‘rilganida u bilan birga ki-radigan changlar hisobiga ham ifloslanadi.
Ishqalanish natijasida sirtlardan qirilib tushadigan metallar hiso-biga mexanik aralashmalar miqdori ko‘payadi.
Metalldan ham qattiq bu abraziv mexanik aralashmalar detallar ning yeyilishini tezlashtiradi. Ularning asosiy qismi dvigatelning moy tozalash qurilmalarida ushlanib qoladi, lekin juda maydalari moylash tizimida uzoq vaqt aylanib yurishi natijasida detallar jadal yeyiladi. Moyning haddan tashqari ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun dvigateldagi moy tozalash qurilmalari holatini sinchiklab tekshirib turish, mayin tozalash filtrlarini o‘z vaqtida almashtirib turish zarur.
Ishlayotgan moylarda hamisha suv to‘planadi. U ko‘pincha yonish kamerasidan kiradigan gazlar bilan birga tushadi. Bundan tashqari, suv dvigatel karteriga ba’zan suv bilan sovitish tizimida-gi nozichliklar orqali, harorat pasayganida havo bug‘lari konden-satsiyalanishi hisobiga ham tushishi mumkin. Suv moyning kor-roziyalash xususiyatini oshiradi. Shu sababli suv to‘planmasligi uchun karter ventilatsiyasi tizimining benuqsonligini kuzatib turish zarur.
Ishlatilgan moylarda sulfat va sulfit kislotalari ham uchrashi mumkin. Ular yonilg‘idagi oltingugurt yonganida hosil bo‘ladi. Bu kislotalar korrozion yeyilishni tezlashtiradi. Aytib o‘tilgan o‘zga rishlar har qanday dvigatellarda ishlatiladigan moylar uchun xos-dir. Lekin ulardan har birining o‘ziga xos xususiyatlari ham bor. Masalan, benzinli dvigatellarda moyning xossalari ifloslanish va oksidlanish hisobiga yomonlashishidan tashqari, ularda og‘ir ben-zin qoldiqlari to‘planishi tufayli ham yomonlashishi mumkin. Bu ning natijasida moyning qovushoqligi pasayadi, moylash xususiya-ti yomonlashadi va suyuqlikli ishqalanish buziladi.
Yonilg‘ining chala yonish mahsulotlari (qurum zarralari), shuningdek, oltingugurt oksidlari bilan ifloslanish natijasida ham moyning sifati ancha o‘zgaradi. Mineral kislotalar to‘planishi nati-jasida bu yerda moyning korroziyalash xususiyati ortadi.
Dvigatelning texnik holati ham moy xossalarining o‘zgarishiga ancha ta’sir ko‘rsatadi.
Moy eskirishi va ifloslanishi natijasida uning tashqi ko‘rini-shi ham o‘zgaradi – u qorayadi. Ishlatilgan moy tomchisini kat-talashtirib qaraganda, erimagan turli o‘lchamdagi ko‘plab zarralar ko‘rinadi. Dvigatelda ancha iflos moydan foydalanilganida unda tezda qurum va loklar hosil bo‘ladi va ular dvigatelning ish jarayo-niga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Dvigatel ishlayotganida moyning kuyishi oqibatida moyga qo‘shilgan qo‘shilmalar kamayadi. Qo‘shilmalarning kamayishi natijasida moyning ko‘pgina ko‘rsatkichlari o‘zgaradi: ishqor soni kamayadi, yuvish xossalari yomonlashadi, korroziyalash xususiya-ti ortadi va hokazo.
Shunday qilib, ishlatilgan moyda katta o‘zgarishlar bo‘ladi: moy-dagi uglevodorodlarning o‘zgarish mahsulotlari to‘planadi, havo va yonilg‘i bilan birga kiradigan begona moddalar hisobiga ifloslanadi, agressiv birikmalar miqdori ko‘payadi. Agar dvigatel uchun moy noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa va uning sifati tegishli standart talablari ga javob bermasa, moyning sifati tezroq yomonlashadi.
Dvigatellarda ishlatilgan moy sifatida katta o‘zgarishlar bo‘lishi-ga qaramasdan, uning asosiy uglevodorod tarkibi juda kam o‘zga-radi. Moydan umumiy miqdorda 4–6 foiz dan oshmaydigan barcha mexanik aralashmalar va oksidlanish mahsulotlarini chiqarib tash-lab, yana yaxshi sifatli baza moy olish mumkin.
1. 12. Motor moylarini almashtirish muddatlari
Dvigatel ishlaganida, moyning sifati asta-sekin yomonlashib boradi, shuning uchun ma’lum vaqtdan so‘ng uni yangisi bilan al-mashtirish zarur. Avtomobil xo‘jaliklarida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishning belgilangan tizimi qabul qilingan. Motor moylarini almashtirsh muddatlari texnik xizmat ko‘rsatishgacha bosib o‘tiladigan masofa davriyligiga binoan belgilanadi. Masalan, KpAЗ–260 avtomobillarida har 1-TXKda, ГАЗ–66, ЗИЛ–130, КамАЗ (barcha modellari), МАЗ, ЯМЗ–235, ЯМЗ–238 avtomo-billarida, КАвЗ–685 va ЛАЗ (barcha modellari) avtobuslarida har galgi 2-TXKda moy almashtiriladi. Bu tizim turli-tuman markada-gi avtomobillarga ega bo‘lgan korxonalar uchun juda noqulaydir. Haqiqatan ham, moyni o‘z vaqtida almashtirish uchun har bir trans-port vositasining bosib o‘tgan masofasini hisobga olib borish lozim. Moylarni almashtirish muddatlari avtomobillarni sinash natijalari asosida belgilangan.
Shuningdek, moy uning ekspluatatsion xossalarini hisobga ol-gan holda ham almashtiriladi. Buning uchun ma’lum vaqt o‘tgani-dan keyin karterdan namuna olib, uning sifatini tezda aniqlash va sifati yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada yomonlashgan bo‘lsa, yangi moy bilan almashtirish kerak.
1. 13. Ishlatilgan moylarni regeneratsiya qilish
Yuqorida aytib o‘tilganidek, motor moylari ish jarayonida me xanik aralashmalar, suv, organik birkmalar bilan ifloslanib, qovu shoqlik, korroziyaga hamda oksidlanishga qarshi, yuvuvchanlik va boshqa ko‘rsatkichlari yomonlashadi. Bunda moyning uglevodorod tarkibi ko‘p o‘zgarmaydi. Agar yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar qayta tiklansa, moyni dvigatelda qayta ishlatish mumkin.
«Regeneratsiya» (qayta tiklash) atamasi moyning foydalanish xususiyatlarini qayta tiklash ma’nosini beradi. Ma’lumki, avvalgi paytlarda (1940- yillargacha) moy tarkibiga qo‘shilmalar deyarli qo‘shilmas edi. Shu boisdan qayta tiklash deganda, asosan, me xanik aralashmalardan, suvdan, yonilg‘i aralashmasidan va or-ganik birikmalardan tozalash tushunilar edi. Lekin hozirgi paytga kelib dvigatellarning yuklanishi, tirsakli valning aylanishlar soni, dvigatelning siqish darajasi va boshqa ko‘rsatkichlari shu daraja-da ortib ketdiki, bu dvigatellarda ishlatiladigan moylarning bun-day ish sharoitlarida ishonchli ishlashini ta’minlash uchun ularning tarkibiga 25 foizgacha qo‘shilmalar qo‘shilmoqda. Demak, qayta tiklangan moylar tarkibida bu qo‘shilmalar o‘z funksiyasini qayta tiklashi lozim.
Hozirgi paytda moylarni qayta tiklashda, asosan, ikkita tex-nologiyadan foydalaniladi: birinchisi – mexanik aralashmalardan tozalash → suvdan tozalash → yonilg‘idan tozalash → organik iflosliklardan tozalash → qo‘shimchalardan tozalash → qo‘shim-chalar qo‘shish; ikkinchisi – moyni mexanik aralashmalardan tozalash → suvdan tozalash → yonilg‘idan tozalash → organik if-losliklardan tozalash → qo‘shimchalar qo‘shish yoki yangi moy bilan aralashtirish.
Birinchi texnologiya, asosan, zavod sharoitida qo‘llaniladi, uning natijasida yuqori sifatli motor moylari olinishi mumkin.
Bunda samaradorligi yuqori kimyoviy usullar qo‘llanilishi hi-sobiga moy baza moy holatigacha tozalanadi va yangi moyga qan-cha miqdorda qo‘shilma qo‘shilsa, tozalangan moyga ham shuncha miqdorda qo‘shiladi. Bu texnologiyaning asosiy kamchiligi, moy
tarkibidagi mavjud aktiv qo‘shimchalar ham chiqarib tashlanadi, vaholanki, ishlatilgan moyning tarkibida 50–60 foiz aktiv qo‘shil-malar bo‘lib, ular hali ishga yaroqli hisoblanadi.
Ikkinchi texnologiya, asosan, ko‘chma mobil moyini qayta tiklash qurilmalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, avtotransport kor xonalari sharoitida qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Moylarni qayta tiklash ВИМ–25, ВИМЕ–30, УРМ–100, УРИМ–100, СУРМ–250 kabi qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Xorijda «Kavakama» (Yaponiya), «Rejelyub» (Fransiya) va FIN (Italiya) kabi firmalar ning moyni qayta tiklash qurilmalari muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
asrning 80- yillarida suyuqliklarni tozalash sohasida tub bu-rilish bo‘lib, murakkab kimyoviy usullar o‘rniga membrana usuli kirib keldi. Membrana usulining kimyoviy usuldan afzalligi shun-dan iboratki, moy tarkibidagi iflosliklarning tarkibiga qarab teskari osmos, ultrafiltratsiya yoki mikrofiltratsiya jarayonlarini qo‘llash mumkin. Bunda qo‘shilmalarning o‘lchamlariga qarab membrana filtrining tirqish o‘lchamlarini tanlash mumkin. Bu esa, o‘z navbati-da, moyning tarkibida aktiv qo‘shilmalarni saqlab qolishga imkon beradi.
Qayta tiklangan moylarning kukun miqdori va ishqor soni kam-ligi ularni dvigatelda ishlatishga imkon bermaydi. Shuning uchun bu ko‘rsatkichlarni tiklash maqsadida tozalangan moylarga har xil qo‘shilmalar qo‘shiladi.
Qayta tiklangan moy barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha yangi moy-ga deyarli yaqin bo‘lib, Davlat standarti talablariga javob beradi.
Yuqorida qayd etilgan usul asosida moy xususiyatlarini kamida
80 foizgacha qayta tiklash mumkin.
2. Transmission moylar
2. 1. Transmission moylar va ularning xaususiyatlari
Avtomobil agregatlaridagi tishli uzatmalarni (uzatmalar qutisi, bosh uzatma, tarqatish qutisi, differensiallar, rul boshqarmasidagi
silindrik, konussimon, chervyakli, gipoidli va boshqa uzatmalar-ni) moylash uchun ishlatiladigan moylar transmission moylar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – tishli g‘ildiraklar ish sirt-larining yeyilishini va transmissiya agregatlarida ishqalanishga bo‘ladigan isroflarni kamaytirishdir. Bundan tashqari, bu moylar ishqalanib ishlaydigan detallardan chiqadigan issiqlikni olib keti-shi, korroziyadan saqlashi, avtomobillardan foydalanish jarayoni-da esa ularning uzoq muddat ishga yaroqliligini saqlashi lozim. Shuningdek, transmission moylar zarbiy yuklanishlar ta’sirini, tishli g‘ildiraklardan chiqadigan shovqinni va ularning titrashi-ni pasaytirishi, salniklar turli birikmalardagi tirqishlarni zichlashi lozim. Transmission moylar, asosan, neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan qoldiq mahsulotlar (gudronlar va chala gudronlar)dan olinadi. Transmission moylarning zichligi 900–935 g/sm3 bo‘lgan juda qovushoq qora rangli suyuqlikdir.
Transmission moylarning ish sharoiti motor moylarining ish sharoitidan keskin farq qiladi. Transmissiyalarning tishli uzatma-lari katta solishtirma yuklanishlar ta’sirida ishlaydi. Chervyakli va konussimon uzatmalarda tishli g‘ildiraklarning ish sirtlariga tusha digan yuklanishlar 1500–2000 MPa, gipoidli uzatmalarda esa hatto 3000–4000 MPa gacha yetadi. Bunday katta yuklanishlar ta’sirida transmissiya agregatlari harorati 125–140°C ga yetadi. Tishli uzat-malar bir-biriga tegadigan joylarda esa qisqa vaqtli mahalliy qizish natijasida bu harorat 250°C va bundan ham yuqori bo‘lishi mum-kin. Haroratning o‘zgarishiga sirtlarning sirpanish tezligi sezilarli darajada ta’sir etadi. Sirpanish tezligi silindrik va konussimon uzat malar uchun 1,5–3 m/s; gipoidli uzatmalar uchun esa 15 m/ s va undan yuqori bo‘ladi.
Transmission moylarga quyidagi ekspluatatsion talablar qo‘yi ladi:
– yeyilishga va tirnalishga qarshi xossalari yuqori bo‘lishi (moy-lash xususiyati yuqori bo‘lib, tishli ilashmalarda mustahkam parda hosil qilishi);
– qovushoqlik-harorat xossalari va qotish harorati yetarli da-rajada bo‘lishi (manfiy haroratlarda agregatlarning ish rejimiga
tez o‘tishini va ishqalanuvchi juftlarning ishonchli moylanishini ta’minlashi;
– harorat ta’sirida va vaqt o‘tishi bilan xossalarini kam o‘zgar tirishi;
– tarkibidagi abraziv mexanik aralashmalar va suv, shuningdek, korroziyalovchi aktiv birikmalar bo‘lmasligi (detallarning mexanik va kimyoviy yeyilishini kamaytirishi);
– rezina zichlamalarni yemirmasligi va ko‘pirishga turg‘un bo‘lishi.
17479. 2–85- sonli Davlat standartiga binoan, transmission moylar qovushoqligi va ekspluatatsion xususiyatlari bo‘yicha sinf va guruhlarga ajratiladi.
Transmission moylar to‘rtta qovushoqlik sinfiga bo‘linadi:
9- qovushoqlik sinfi uchun 100°C dagi kinematik qovushoqligi 70–10,9 mm2/s; 12- qovushoqlik sinfi uchun 11,0–13,9 mm2/s; 18-qovushoqlik sinfi uchun 14,0–24,9 mm2/s; 31- qovushoqlik sinfi uchun 25,0–41,0 mm2/s.
Tishli uzatmalarning ish jarayonida yuklanishiga yoki moylar ning ekspluatatsion xususiyatlariga ko‘ra transmission moylarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
– qo‘shilmalarsiz yoki yumshoq yeyilishga qarshi qo‘shilma-lar qo‘shilgan moylar. Bunday moylarning urinish kuchlanishi 1000 MPa gacha va ish harorati 90°C gacha bo‘lgan silindrik, konussimon va chervyakli uzatmalarda (uzatmalar qutisi), orqa ko‘prik, bort uzatmalari) ishlatish mumkin;
– o‘rtacha aktivlikdagi tirnalishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shil-gan moylar. Bunday moylarni kuchlanishi 2000 MPa gacha va ish harorati 12°C gacha bo‘lgan konussimon va boshqa turdagi uzat-malarda (gipoidli uzatmalardan tashqari) ishlatish mumkin (bunda moyning aosiy vazifasi uzatma tishlari sirtini yemirilishdan asrash-dan iborat);
– yuqori aktivlikdagi tirnalishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shilgan moylar. Bunday moylar yengil va yuk avtomobillarining gipoidli uzatmalarida ishlatiladi;
– avtomobillarning gidromexanik va gidrohajmiy uzatmalari uchun moylar;
– umiversal moylar. Bunday moylar barcha turdagi tishli uzat-malar va transmissiya agregatlarining boshqa sirpanib ishlaydigan detallarining normal ishlashini ta’minlaydi.
Iqlim sharoitiga qarab yuqorida keltirilgan barcha guruhdagi moylarning yozgi, qishki, barcha mavsumlarda ishlatiladigan, shi-moliy va arktik turlari ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |