159-modda. Yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqt uchun
haq to‘lash
Xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqtda
uning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Xodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun kamaytirilgan
ishbay baholar bo‘yicha haq to‘lanadi, bunday baholar jamoa shartnomasida belgilab qo‘yiladi,
agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki
xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Xodimning aybi bilan tayyorlangan to‘liq yaroqsiz mahsulot va bekor turib qolingan
vaqt uchun haq to‘lanmaydi.
160-modda. Bir necha kasbda (lavozimda) va o‘rindoshlik asosida ishlaganlik
Do'stlaringiz bilan baham: |