161-modda. Mehnatga haq to‘lash muddatlari
Mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ
hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas. Xodimlarning
ayrim toifalari uchun alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi
to‘lashning boshqa muddatlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
Haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat
haqi shu kun arafasida to‘lanadi.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli barcha summalarni to‘lash
ushbu Kodeksning 110-moddasiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq to‘lash belgilangan
muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |