169-modda. O‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish
Xodimga tegishli bo‘lgan o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibi barcha hollarda
(kafolatli to‘lovlarni berish, ta’til vaqti uchun haq to‘lash, vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda,
zararni qoplashda, majburiy progul qilinganda va boshqa hollarda ish haqi to‘lash), pensiya
tayinlash uchun o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishni istisno etganda, O‘zbekiston
Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori
bilan tasdiqlangan O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi (6-ilova).
Do'stlaringiz bilan baham: |