Asos solingan yil



Download 188,73 Kb.
bet12/12
Sana24.04.2022
Hajmi188,73 Kb.
#580040
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Termin

Elektron armiya. ingl: electronic army, rus: электронная армия
Informatika va telekommunikasiya tizimlaridan harbiy ishda foydalanish texnologiyasiю
Chip. ingl: chip, rus: чип.
Integral sxema o‘rnatilgan yarimo‘tkazgich moddaning (odatda silikon) kichik bo‘lagi. Oddiy chip millionlab elektron tarkibiy qismlardan (tranzistorlardan) iborat bo‘lishi mumkin. Kompyuterlar choplangan sxemaviy plata deb nomlangan elektron asosga o‘rnatilgan ko‘plab chiplardan iborat.
Chit. ingl: cheat, rus: чит.
Asosan kompyuter o‘yinlarida o‘yinni sinovdan o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan maxsus kodlar. Ushbu kodlar, masalan, o‘yinda qahramon o‘lmasligi uchun, keyingi bosqichlarga o‘tish uchun imkoniyat beradi. Odatda chitlarni Internetda osonlik bilan topish mumkin.
CMS.Content Management System.
Tarkib (kontent)ni boshqarish tizimi. Matn va multimedia hujjatlarini yaratish, tahrirlash va boshqarishning qo‘shma jarayonini ta’minlash va tashkillashtirish uchun ishlatiladigan kompyuter dasturi yoki tizimi.
Gradiyent. ingl: gradient, rus: градиент.
Kompyuter grafikasida qurish usuli. Muayyan (asosiy) nuqtalarning rangi va shaffofligi belgilanib, qolgan nuqtalarning rangi va shaffofligi ularga nisbatan yoki muayyan matematik algoritmlar asosida hisoblanadi. Shu tarzda dastlabki va so‘nggi nuqtalarning koordinatalari va rangini belgilab, bitta rangdan boshqa rangga tekis o‘tishlarni hosil qilish mumkin.
IDE

1. Integrated Development Environment


Ishlab chiqishning birlashgan muhiti. Dasturlovchi tomonidan dasturni ishlab chiqishda ishlatiladigan dasturiy moslamalar tizimi. Ishlab chiqarish muhiti odatda matn tahririni, kompilyator va/yoki interpretatorni, yig‘ish avtomatlashtiruvchisini va sozlagichni o‘z ichiga oladi. Ba’zi hollarda nazorat tizimlari integrasiyasi uchun ishlatiladigan moslamalardan foydalanuvchining grafik interfeysda ishlashini yengillashtiruvchi turli moslamalardan iborat.


Ko‘pgina zamonaviy ishlab chiqarish muhitlari, shuningdek, klass brauzerlarini, obyekt kontrolleri va klasslarning iyerarxik diagrammasini (dasturiy ta’minotni ob’yektga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishda ishlatiladi) o‘z ichiga oladi. Ba’zi ishlab chiqarish muhitlari bir nechta tillarga moslangan bo‘lishiga qaramasdan (Eclipse yoki Microsoft Visual Studio), odatda, ishlab chiqish muhiti dasturlashning bitta tiliga moslashtirilgan bo‘ladi (Visual Basic).


2. Integrated Drive Electronics – IDE diskli qurilmalari interfeysi. Birlashgan boshqaruv elektronikasiga ega diskli to‘plovchilari uchun interfeys turi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.04.20 10:45]


ISBN
International Standard Book Number
Kitob uchun xalqaro standart tartib raqami. Kitobga nashriyot tomonidan beriladigan 10 xonalik noyob tartib raqami. Tartib raqamlash tamoyillari ISO 2108 ko‘rsatmalarida keltirilgan.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.04.20 13:02]


Java

1. Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturali dasturlash tili. Java tili 1992-yili paydo bo‘lgan va SUN Misrosystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan. U avvaliga OAK deb atalib, elektron-maishiy asboblarning boshqarish tili sifatida ishlab chiqilgan. Ammo, 1995-yili nomini Javaga almashtirib, tarmoqda foydalanilayotgan platformadan mustaqil ravishda amaliy dasturlarni yaratish imkonini beradigan vosita bo‘lib qoldi. Shu sababli, bu til bir platformadan boshqasiga yengil ko‘chirilishi bilan tavsiflanadi, axborotni muhofazalashning rivojlangan vositalariga ega va tarmoqda ishlash imkoniyatiga ega. Bu birinchi navbatda Internet tarmog‘iga va uning global ulanish xizmatiga tegishli. Java tili sintaksisi C++ ning sintaksisiga o‘xshash bo‘lib, u maxsus ochiq tarmoq muhitida ishlashga mo‘ljallangan. Java tilining texnologiyasiga tayanib SUN Misrosystems korporatsiyasi operatsion tizim ishlab chiqdi. Java asosida, shuningdek JavaOS operatsion tizimi hamda Java texnologiyasi yaratilgan va xilma-xil operatsion tizimlar ishlab chiqilmoqda.


2. «Appletlarni» yaratish texnologiyasi - foydalanuvchining kompyuteriga saytning sahifasi bilan birga yuklanib, shu sahifani «jonlantirish» imkonini beradi. Appletlar sahifaga qo‘shimcha funksionallikni


taʼminlashi mumkin, animatsion reklamani amalga oshirishi va hattoki, sahifaning ichiga o‘rnatilgan katta bo‘lmagan o‘yinni ifodalashi mumkin.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.04.20 14:08]


Bilasizmi?
Koʻpchilik Oʻzbekiston sunʼiy yoʻldosh uchirib, internetni tezligini bir necha barobarga oshirish mumkin deb fikr yuritadi. Bu aslida notoʻgʻri fikr! Sababi, sunʼiy yoʻldosh orqali maʼlumot almashish tannarxi juda qimmat va ishonchsiz (tashqi omillarga taʼsirchan) sanaladi.

Fakt: Dunyo boʻylab Internet tarmogʻida almashinuvchi maʼlumotlarning 99% koʻp ulushi kabelli internet tarmogʻi hissasiga toʻgʻri keladi. Sunʼiy yoʻldosh Internet tarmogʻi orqali oʻtuvchi maʼlumotlarning ulushi nol butundan sal kattaroq son hisoblanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [13.04.20 19:35]


JAR
Java ARchive
Java arxivi, JAR fayli. Java klassi fayllarini taxlangan shaklda, ko‘makchi klasslarni va metaaxborotni (“manifest”) o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari raqamli imzolarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.04.20 09:03]


GUI
Graphical User Interface

Foydalanuvchining grafik interfeysi.


Foydalanuvchi va kompyuter o‘zaro ishlashi uchun maxsus tizim. U foydalanuvchiga barcha mavjud obyektlar va ekran (oyna, belgi, menyu, knopka, ro‘yxat)ning grafik komponenti sifatidagi funksiyalarni tasvirlashga asoslangan. Nazorat qatori interfeysidan farqli o‘laroq, foydalanuvchi (klaviatura yoki boshqa kiritish uskunasi orqali) ekranda ko‘ringan barcha obyektlarni ixtiyoriy ishlatish imkoniyatiga ega.

Foydalanuvchining grafik interfeysining quyidagi ko‘rinishlari mavjud:


- oddiy: ekran shaklida va kiritish-chiqarish standart elementlari;
- grafik, ikki o‘lchamli: kiritish-chiqarish
nostandart elementlari va metaforalar;
- uch o‘lchamli.

Foydalanuvchining grafik interfeysi 1970-yillarda birinchi marta Xerox PARS ilmiy laboratoriya olimlari tomonidan taklif qilingan va Apple Somputer korporatsiyasi


mahsulotlarida tijoratga qo‘yilgan. AmigaOS operatsion tizimda ko‘p vazifali foydalanuvchining grafik interfeysi 1985-yilda ishlatilgan. Hozirgi paytda foydalanuvchining grafik interfeysi sotuvdagi ko‘pchilik operatsion tizimlarda va qo‘llanmalarda standart holatda tarkibiga kiradi.
👉🏻 @TerminUz

TerminUz, [14.04.20 09:21]


Ethernet

Lokal kompyuter tarmog‘ini tashkil qilish uchun qo‘llaniladigan texnologiya. Ethernet texnologiyasi yordamida “umumiy shina” va “yulduz” sxemalari bo‘yicha tarmoqlarni yaratish mumkin. Ethernet tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 Mbit/sekundgacha bo‘ladi. Ethernet standarti IEEE 802.3 hujjati bilan belgilangan.


Ethernet ajrata olinuvchan muhit va keng eshittirishli uzatish tarmoqlari arxitekturasini belgilaydi (barcha bog‘lamalar paketni bir paytning o‘zida qabul qiladi), foydalanish uslubi – CSMA/CD. Fizik topologiyasi – ekranlashtirilgan koaksial kabel uchun shina, o‘rama juft uchun yulduz, optik tolali kabel uchun ikki nuqtali ulanish.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.04.20 11:13]


DRAM
Dynamic Random Access Memory

To‘g‘ri foydalana olishning dinamik xotirasi – sxemotexnika nuqtai nazaridan kondensatorlarning ikki o‘lchamli matrisasi (qatorlar x ustunlar) shaklida yaratilgan xotira.


Juda arzon, lekin kondensatorlardagi zaryadlarning doimiy “yangilanib turishini” yoki qayta yaralishini (refresh) talab qiladi. Qayta yaralish xotirani “bo‘sh” o‘qish sifatida bajariladi. Ushbu jarayon ancha vaqt talab qiladi, chunki bu paytda regenerasiya kontrolleridan tashqari hech bir qurilma xotiradan foydalana olmaydi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.04.20 13:15]


CSA
Canada Standards Association
Kanadada joylashgan tashkilot, elektron vositalarni xavfsizlikka sertifikatlash uchun javobgar

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 12:07]


Demping (Dumping)

Tovarlarni tashqi va ichki bozorda sunʼiy arzonlashtirilgan, oʻrtacha chakana narxlardan, baʼzan tannarxdan past narxlarda sotish; tashqi bozorni egallash uchun raqobat kurashi vositalaridan biri.


Microsoft kompaniyasi IBM bilan brouzerlar raqobatida demping qoʻllab, Internet Explorer brouzerini tekin qilib Windows OS tarkibiga joylashtirgan.


👉🏻 @TerminUz

TerminUz, [15.04.20 12:38]


TCP/IP
Transmission Control Protocol/Internet Protocol

TCP/IP protokollari oilasi. Internetda ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan protokollar to‘plami. Dastlab UNIX operasion tizimlari uchun yaratilgan. Hozirgi paytda barcha asosiy operasion tizimlarga o‘rnatiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 14:22]


Telnet
TELecommunication NETwork

Tarmoq orqali matnli interfeysni ta’minlovchi tarmoq protokoli (zamonaviy shaklida TCP transporti yordamida). Protokolning mijoz qismini bajaruvchi ba’zi utilitalar ham telnet deyiladi. Protokolning asosiy vazifasi – terminal qurilmalar va terminal jarayonlar o‘zaro ishini ta’minlash. Protokol shifrlash yoki ma’lumotlar haqiqiyligini tekshirishni ko‘zda tutmaydi. Shuning uchun u TCP protokoli zaif bo‘lgan barcha turdagi hujumlarga zaif. Tizimga uzoqdan xavfsiz ulanish uchun SSH tarmoq protokoli qo‘llaniladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 18:32]


FAT
File Allocation Table

1. FAT fayl tizimi. Fayllarni joylashtirish jadvali (FAT)ga asoslangan oddiy disk fayl tizimi. FAT-32 fayl


tizimining paydo bo‘lishi bilan FAT, FAT-16 deb belgilana boshladi.

2. Fayllarni joylashtirish jadvali. Fayl tizimining disk joyining taqsimlanishi to‘g‘risidagi axborot saqlanuvchi xizmat sohasi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 18:35]


UML
Unified Modeling Language

Modellashning birlashtiruvchi tili. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sohasidagi obyektli modellashning grafik izohlash tili. UML keng ko‘lamli til hisoblanadi. Tizimning abstrakt modelini yaratish uchun grafik belgilarini ishlatadigan ochiq standart. UML asosan dasturlash tizimlarini aniqlash, vizualizasiya, loyihalash va hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UMLni ishlatish dasturiy ta’minotni modellash bilangina chegaralanib qolmaydi. Uni shuningdek, biznes jarayonlarini modellashda, tizimni loyihalashda va korxona shaklini ko‘rsatishda ham ishlatishadi.


UML dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga umumiy tushunchalarni taqdim qilishda (klass, komponent, umumlashtirish, birlashtirish va xulq-atvor) grafik belgilarda kelishtirishga imkoniyat beradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.04.20 09:32]


FTP
File Transfer Protocol

Fayllarni uzatish protokoli hamda uni amalga oshiruvchi dastur. Protokol fayllarni TCP/IP asosida tarmoqdan, jumladan, Internetdan ham foydalanuvchi kompyuterlar orasida fayllar uzatish uchun ishlab chiqilgan. Biror axborotdan FTP yordamida foydalanish amalga oshirilayotgan kompyuterda FTP mijoz, boshqa kompyuterda esa FTP serveri o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Veb amaliyotida FTP orqali foydalanish odatda provayder serverida joylashgan veb-sayt sahifalarini o‘qish uchun ishlatiladi.


Protokol shifrlanmaydi, mualliflash paytida login va parol ochiq matn sifatida uzatiladi. Sniffer yordamida ularni osonlik bilan “tutib olish” mumkin. Ushbu usul tarmoqning bitta qismida joylashganda yaroqlidir. Maxsus dasturlar yordamida uzatiladigan fayllarni muallifflash bo‘lmasa tutib olish mumkin. Trafikni tutib olishdan muhofaza qilish uchun SSHdan foydalanish mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.04.20 13:34]


HTTP holati kodi
ingl. HTTP status code

HTTP holati kodi server javobi birinchi qatorining bo‘lagi.


Uchta arab raqamlaridan iborat butun son. Birinchi raqam holat klassni ko‘rsatadi. Hozirgi paytda holat kodlarning 5 ta klassi belgilangan:

1xx Informational (Axborot beruvchi) - so‘rov olingan va tushunilgan, ishlov davom etayapti.


2xx Success (Muvaffaqiyat) - so‘rov muvaffaqiyatli olindi, tushunildi va ishlovlandi.


3xx Redirection (Qayta marshrutlash) - so‘rovni bajarish uchun keyingi harakatlar qilinishi kerak.


4xx Client Error (Mijoz xatosi) - so‘rov yomon sintaksisga ega yoki bajarilishi mumkin emas.


5xx Server Error (Server xatosi) - server ushbu so‘rovni bajarish qobiliyatiga ega emas.


Quyida IANA holati kodlari ro‘yxatidan ba’zi javob kodlari keltirilgan:


301 - Resurs doimiy ravishda ko‘chirilgan - hujjat server tomonidan ishlatilmaydi, ishorat esa boshqa sahifaga yo‘naltiradi.


303 - Boshqa resursga qarang - so‘ralgan resurs boshqa manzilda joylashgan va uni GET usulidan foydalangan holda so‘rov qilish kerak.


307 - Vaqtinchalik qayta marshrutlash - so‘ralgan resurs vaqtinchalik boshqa manzilga o‘tkazilgan.
403 - Resursga kirish taqiqlangan - ko‘pgina holatlarda hujjatga kirish uchun maxfiy so‘z kiritish yoki ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi bo‘lishi kerak.

404 - Resurs topilmadi - hujjat mavjud emas.


500 - Serverning ichki xatosi - server oldindan kutilmagan shart bilan to‘qnashdi va bu so‘rovni bajarish imkoniyatini bermayapti.


503 - Xizmatdan foydalanish mumkin emas


- vaqtinchalik yuklanganligi yoki o‘chganligi sababli xato kelib chiqdi va serverga texnik yordam ko‘rsatilmoqda.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [18.04.20 10:42]


Yashirin reklama
ingl: hidden advertising
rus: скрытая реклама

Reklama deb belgilanmagan, joylashtirilishi va ko‘rinishi bo‘yicha boshqa materiallardan farq qilmaydigan, shaxsiy xabar sifatida yuborilgan va shularga o‘xshash axborot. Yashirin reklama foydalanuvchi anglay olmaydigan holda uning ongiga ta’sir qiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [19.04.20 23:32]


Elektron qo‘lqop
ingl: electronic glove
rus: электронная перчатка

Virtual borliqqa kirish uchun qo‘lga kiyiladigan qurilma. Elektron qo‘lqop foydalanuvchi qo‘llarining kafti va barmoqlari yordamida virtual borliq obyektlarini boshqarishni amalga oshiradi. Elektron qo‘lqopga qo‘shimcha shlem yoki shlem-displey tizimi qo‘llanilishi mumkin.


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [20.04.20 08:02]


O‘zak
ingl: kernel
rus: ядро

Operasion tizimning markaziy bo‘lagi. U moslamalarga kompyuter resurslariga (prosyessor vaqti, xotira va tashqi apparat ta’minoti) kirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, o‘zak aktiv tizimi va tarmoq protokollari servisini amalga oshiradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.04.20 09:15]


Xot-spot
ingl: hotspot
rus: хот-спот

1. Telekommunikasiya: Wi-Fi simsiz tarmog‘i bilan qoplangan joy. Kirish nuqtasi WLAN orqali mobil tashrifchilarga ommaviy simsiz keng ko‘lamli tarmoq xizmatlarini ko‘rsatadigan aniq geografik joy. Xot-spotlar aholi zich joylarda, jumladan aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari, kutubxonalar, kemalar to‘xtaydigan joylar, yig‘inlar o‘tkazish markazlarida va mehmonxonalarda joylashadi. Xot-spotlardan foydalanish oralig‘i, odatda, cheklangan bo‘ladi.


2. Dasturlash: Kodning nozik joyi; dasturdagi bajarilishi ko‘p vaqtni talab qiladigan joy.


3. Grafika: Ekran, dasturning grafik interfeysi yoki veb-saytdagi joy, uni bosganda ma’lum harakatlarni keltirib chiqaradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.04.20 14:57]


Xalqaro telekommunikasiyalar ittifoqi (XTI)
ingl: International telecommunications union (ITU)
rus: Международный союз электросвязи (МСЭ)

Elektr aloqasidan foydalanish va uni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot. XTI Jeneva (Shveysariya)da joylashgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan boshqariladi.


XTI 1865 - yilda yaratilib, 1932 yilgacha Xalqaro telegraf ittifoqi deb atalgan. XTI maqsadi barcha aloqa turlaridan mintaqaviy foydalanishda xalqaro hamkorlikni ta’minlash va kengaytirish, texnik vositalarini mukamallashtirish va ulardan samarali foydalanishdir. XTI, shuningdek, simsiz tarmoqlar uchun chastotalarni ro‘yxatga olishga ham javobgardir.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [23.04.20 08:02]


Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?

Telegram kanalini tozalash uchun davriy tarzda bir oydan ortiq kirmagan hamda o‘chgan akkauntlarni o‘chirib turish lozim.


Qoida bo‘yicha Telegram’dagi kanal muallifi o‘z kanalida faqat 200 obunachini yoki barchasini yulduzcha orqali qidiruv maydonida so‘rov bergan holda ko‘ra oladi. Har bir foydalanuvchining o‘ng tomonida u qachon oxirgi marta tarmoqda bo‘lganligini ko‘rsatuvchi sana va vaqt ko‘rinib turadi.


♻️ Kanalni tozalashingiz mumkin:


- Qo‘lda. Obunachilarni izlashda yulduzcha bilan so‘rov berasiz va Telegram’ga bir oydan ko‘proq kirmaganlarni (ular katta ehtimol bilan qaytib kirishmaydi) va o‘chgan akkauntlarni o‘chirib tashlaysiz.


- Bu uchun maxsus ishlab chiqarilgan @crosser_bot boti yordamida.


📲 Buning uchun kerakli qadamlar:


1️⃣. Ushbu botni o‘z kanalingiz adminlari safiga qo‘shasiz, unga “adminlarni qo‘shish” huquqini berasiz.


2️⃣. Botning o‘zida “Аудитория” funksiyasini tanlaysiz.
3️⃣. Unga o‘z kanalingiz havolasini yuborasiz.
4️⃣. Hisobotni olasiz.
5️⃣. Hisobotda ko‘rsatilgan o‘chgan yoki nofaol akkauntlarni tanlagan holda, barchasini yoki bir qismini o‘chirasiz.

Bu bir oydan ortiq kanalga kirmagan obunachilar bo‘ladi.


Obunachilar sonining kamayishi sizni har qancha tashvishga solmasin, kanalning qatnashchilarini onda-sonda shunday tozalab turish maqsadga muvofiqdir.


🤔 Keling bu nima uchun kerakligini keltirib o‘tamiz:


✔️ Bu faqat raqamlardir, agar odamlar Telegram’dan foydalanmayotgan va unga anchadan buyon kirmayotgan bo‘lishsa, ular shunchaki statistikani buzishadi va ulardan shunchaki foyda bo‘lmaydi;


✔️ Reklama uchun belgilangan narxga bu ta’sir ko‘rsatmaydi (rus segmentida ko‘proq uchraydigan holat), chunki odamlar obunachilarning soniga emas, balki postlardagi kuzatishlar soni va auditoriyaning qanchalik jalb etilganligini kuzatishadi (har doim ham emas, o‘zbek segmentida ko‘pchilik reklamaga buyurtma berishda avvalambor kanal obunachilari soniga qaraydi va ko‘p holatlarda shunchaki aldanadi);
✔️ Boz ustiga siz mahsulotingizni reklama qilish orqali, u qanchalik zo‘r bo‘lmasin, shunchaki o‘tkaza olmaysiz - bu shunchaki raqamlar va ular sizga hech narsa bermaydi.

Siz uchun nima muhim, ko‘p obunachilarga ega bo‘lish - lekin ularning kam jalb etilganligimi yoki kam bo‘lsa ham - lekin e’tiborli, postlaringizni intiqlik bilan kutadiganlarimi?


Hamma o‘zi uchun o‘zi qaror chiqaradi. Yaxshi kanal vaqt o‘tishi bilan baribir o‘sib ketadi.


Ko‘rib turganingizdek, kanalni tozalab turish muhim! Bu yaxshi kanal rivojlanib borishining zaruriy shartidir. Kamaygan auditoriyaning o‘rnini esa har doim yangi auditoriya hisobiga to‘ldirish mumkin.


P.S. Botning yana bir foydali jihati, bu botni ikki kanalga admin qilgan holda, shu ikki kanalni solishtirib, u va bu kanalda jami nechi kishi bir vaqtning o‘zida a’zo bo‘lganligini aniqlay olish imkoniyatidir. Masalan, Azamat Bahodirov (kimningdir ismi va familiyasiga mos kelib qolsa, oldindan uzr so‘raymiz) har ikki kanalda obuna bo‘lgan bo‘lsa, qidiruv natijasida bir inson deb chiqib keladi. Buni har ikki kanalda admin bo‘lgan taqdiringizdagina tekshira olasiz.


Manba (http://t.me/itspecuz)

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [23.04.20 19:19]


InshaAlloh, hali xiyobon va bozorlarimiz odamga, maktab va bog‘chalar bola kulgusiga, ko‘chalarimiz avtomobillarga yana to‘ladi. Va o‘shanda hamkasbimiz bilan kafe ayvonida qahva ichib suhbatlashib o‘tirish, jazirama kunda metroning salqin bekatiga tushib zamondoshlar qatori bir vagonda ketish, choyxonada sinfdosh do‘stlar bilan hazil-huzul qilish odatiy holdek, shundoq ham bo‘lishi kerak voqeadek qabul qilinmaydi. Har nafasdan bahra olish va har qadamdan zavqlanishga o‘rgatib ketyapti virus. Faqat... yomon tarafi, bir yil o‘tmay bu kunlarni esdan chiqarib, takror xudbinlik ko‘rsatib qo‘yishimiz. Zero, inson o‘z fitrati bilan “unutuvchi”dir. Har birimizni olgan nafasi, ichgan suvi, kechirgan kuniga shukr qiluvchilar qatorida qilsin.

©Davron Kabulov


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [24.04.20 20:36]


400 million foydalanuvchi, oʻquv testlari yaratuvchilari uchun 400 ming yevro, yangilangan soʻrovnomalar va 20000 ta stiker

Telegram oylik faol foydalanuvchilari soni 400 million nafarga yetdi, bu bir yil oldingiga nisbatan 100 millionga koʻproq.


Har kuni kamida 1,5 million yangi foydalanuvchi Telegramdan roʻyxatdan oʻtadi. Jildlar, bulut xotirasi va kompyuterdan kirish imkoniyati Telegramni karantin davrida masofadan turib ishlash va oʻqish uchun ideal vositaga aylantiradi. Telegram dunyoda 20 dan ortiq mamlakatlarda eng koʻp yuklab olingan ijtimoiy tarmoq ilovalari roʻyxatida birinchi oʻrinda turganligining ajablanarli tomoni yoʻq – dunyo boʻylab odamlar katta tezlik bilan Telegramga oʻtishmoqda.

Kelgusida nimalarni rejalashtirmoqdamiz?


Ayni paytdagi butun dunyo boʻyicha yakkalanish videomuloqot uchun ishonchli vositalar qanchalik yetmayotganini koʻrsatdi. 2020-yilda videochaqiruvlar huddi 2013-yilda xabarlar kabi hayotning bir qismiga aylandi. Xavfsizlik yoki qulaylikni taklif qiladigan ilovalar mavjud, lekin har doim ulardan birini tanlashga toʻgʻri keladi. Biz buni tuzatishga umid qilamiz va 2020-yilda xavfsiz guruh videochaqiruvlarini ishga tushirmoqchimiz.


U paydo boʻlishi bilan, biz u haqida blogda yozamiz. Shunday ekan, soʻrashni toʻxtating. 😈


© Telegram


Batafsil oʻqish... (https://telegram.org/blog/400-million/uz)


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [25.04.20 08:02]


VDS
Virtual Dedicated Server

Virtual ajratilgan server. Foydalanuvchiga virtual ajratilgan server xizmatlarini ko‘rsatish. Operasion tizimni boshqarish nuqtai nazaridan fizik ajratilgan serverga o‘xshaydi. Bularga root akkaunti ostida kira olish, o‘z IP-manzillari, portlari, filtrlash qoidalari va marshrutizasiya jadvallari kiradi. Virtual server ichida tizim kutubxonalarining o‘z versiyalarini yaratish va mavjud kutubxonalarni o‘zgartirish, xohlagan fayllarni, jumladan, bosh va boshqa xizmat direktoriyalaridagi fayllarni, o‘chirish, qo‘shish, o‘zgartirish mumkin. Shuningdek, o‘z qo‘llanmalarini o‘rnatish yoki mavjud bo‘lgan dasturiy ta’minotni sozlash va o‘zgartirish ham mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.04.20 04:01]


SUN Microsystems

Apparatli va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya. SUN (Stanford University Networking) 1982 yilda yaratilgan bo‘lib, AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan.


SUN superkompyuterlar, tarmoqlar uchun jihozlar, jumladan serverlar, ishchi stansiyalari, tashqi xotira qurilmalari, elektron pochta va tarmoqni boshqarish uchun dasturiy ta’minot, mikroprosyessorlar, Internet tarmog‘ining kabel televideniyesi tarmoqlari bilan o‘zaro ishlash qurilmalarini ishlab chiqaradi. Kompaniya UNIX operasion tizimi muhiti uchun ishchi stansiyalarini yaratish va Java dasturlash tilini rivojlantirishga oid ishlari bilan mashhur. Kompaniya mahsulotlari qatoriga SPARC ishchi stansiyalari va Solaris operasion muhiti ham kiradi.


Asos solingan yil: 1982


Joylashuvi: AQSH, Santa-Klara, Kaliforniya shtati
Muhim shaxslar: Skott Maknili!(direktorlar kengashi raisi), Djonatan Shvars (bosh/ijrochi direktor)
Soha: Kompyuter texnikasini, dasturiy ta’minotini ishlab chiqarish
Veb-sayt: www.sun.com

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.04.20 08:04]


IPsec
IP Security

IP xavfsizligi. Tarmoqlararo IP protokoli orqali uzatilayotgan ma’lumotlarning himoyasini ta’minlovchi protokollar to‘plami. IP paketlarining haqiqiyligini tasdiqlash va/yoki ularni shifrlashni amalga oshirishga imkon beradi. IPsec, shuningdek, Internet tarmog‘ida kalitlarni xavfsiz almashish uchun protokollarni ham o‘z ichiga oladi. IPsec IPv6ning ajralmas qismidir. IPsec TCP va UDPga asoslangan barcha protokollarning himoyasi uchun qo‘llanilishi mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.04.20 10:52]


GUID
Globally Unique Identifier

Global noyob identifikator. O‘n olti baytli (128 bitli), noyobligi kafolatlangan identifikator. Ikkita bir xil GUIDni yaratish ehtimoli shunchalik kamki, uni hisobga olmasa ham bo‘ladi. GUID COM-obyektlarining noyob interfeys nomlarini yaratish uchun ishlatiladi (CLSID).


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.04.20 19:16]


FIFO
First Input First Output

Birinchi bo‘lib kirdi, birinchi bo‘lib chiqdi. Bu degani avval yozilgan (ya’ni kirgan) ma’lumotlar undan so‘ng yangi ma’lumotlar kiritilganda oldi tomonga siljishini nazarda tutuvchi xotirani tashkillashtirish usuli. Odatda bunday tashkil etilgan xotira ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish paytida bufer xotirasi sifatida qo‘llaniladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [27.04.20 12:33]


DWDM
Dense Wavelength Division Multiplexing

Spektral zichlashtirish texnologiyasi. Optik tola aloqa liniyalarining o‘tkazish tezligini oshirish imkonini beradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [30.04.20 04:02]


Android’da internetni tejash 📲

Internetni iqtisod qilish funksiyasi ilovalarga orqa fondan turib internetdan foydalanishini cheklaydi. Ushbu imkoniyatni faollashtirish tartibi esa quyidagicha:


1️⃣. “Настройки”ni oching. ⚙️


2️⃣. “Подключения”ga o‘ting.
3️⃣. “Использование данных” va “Экономия трафика”ga bosing.
4️⃣. Trafikni iqtisod qilish funksiyasini faollashtiring.

Lozim bo‘lgan taqdirda “Использ.прилож.при эконом.траф.”ga o‘tish orqali ushbu cheklov ta’siridan ba’zi ilovalarni chiqarib qo‘yishingiz mumkin.


📌 Izoh: Proshivkadan qat’iy nazar, sozlamalarning joylashuvi va nomlanishi farqlanishi mumkin.


Manba (http://t.me/itspecuz)

👉🏻@TerminUz


TerminUz, [30.04.20 13:24]


CSD
Circuit Switched Data

GSM standartli mobil telefonlar uchun ishlab chiqilgan ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. CSD ma’lumotlarni 9,6 Kbit/sekund tezlikda tarmoq va kommutasiya nimtizimiga (Network and Switching Subsystem, NSS) uzatish uchun bitta davriy intervaldan foydalanadi. NSSda ma’lumotlar normal modem aloqasi ekvivalenti orqali telefon tarmog‘iga uzatilishi mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [30.04.20 13:52]


Fayl nomi kengaytmasi
ingl: filename extension
rus: расширение имени файла

Fayl nomidan keyin joylashadigan fayl nomining bir qismi. Masalan, “def.exe” fayl nomidagi “exe” qismi kengaytma bo‘lib hisoblanadi. Kengaytmalar fayllar oilasini belgilash uchun ishlatiladi.bOdatda operatsion tizim kengaytmaga qarab fayl bilan nima qilish mumkinligini bilib oladi.


Masalan:
EXE (ingl: executable) – bajariluvchi fayl
BAS – BASIC tilidagi fayl,
BAT – ishga tushirilayotgan buyruq fayli,
COM – tushirilayotgan DOS fayli,
DAT – matn fayli,
DOC – Microsoft Word formatidagi fayl,
GIF – grafik fayl
HTM – HTML formatidagi fayl.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [02.05.20 07:19]


Utilita
ingl: utility
rus: утилита

Kompyuter va kompyuter dasturlariga texnik xizmat ko‘rsatish quroli bo‘lmish xizmat dasturi. Utilitalar kompyuter tizimlarini sinovdan o‘tkazish, operasion tizim yoki uning qismlarini testlash va qayta tiklash, buzilgan yoki yo‘qotilgan fayllarni qayta tiklash va h.k. uchun xizmat qiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [04.05.20 08:15]


Trafik
ingl: traffic
rus: трафик

Telekommunikasiyalar tarmog‘i orqali uzatilayotgan xabarlar to‘plami. Trafik vaqt birligida uzatilayotgan, kompyuter xotirasining o‘lcham birligida ifodalangan (bit sekundiga) axborot hajmi bilan aniqlanadi. Trafik kanalning yoki kommunikasiya tarmog‘ining yuklanganligini


belgilaydi.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [04.05.20 08:31]


Tovush platasi
ingl: sound board
rus: звуковая плата

Kompyuter yordamida tovushlarni yozish va eshittirish, musiqani sintezlash, kompyuterga ulangan tashqi akustika apparatlarini boshqarish imkonini beradigan plata


(foydalanuvchi tizimining bo‘lagi). Tovush platasi o‘z mikroprosyessoriga ega bo‘lib, tovushni tizimga kiritishda analog-raqamli o‘zgartirish va chiqarishda diskret-analog o‘zgartirishni ta’minlaydi. Ko‘pincha plata ma’lumotlarni zichlashtirishni ham amalga oshiradi.

1 - Raqamli chiqish


2 - Mikrofon kirish
3 - Analog liniya kirishi
4 - Oldingi chapdagi / o‘ndagi va quloq uchun
moslama
5 - Sabvufer
6 - Chapdagi / o‘ndagi
7 - Orqadagi chap / o‘ng

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [04.05.20 16:08]


Tizim ma’muri
ingl: system administrator
rus: системный администратор

Tashkilot yoki muassasa tizim dasturiy ta’minotining ahvoli, rivojlanishi va foydalanilishi uchun javobgar inson yoki shaxslar guruhi. Tizim ma’muri foydalanuvchilarning qayd yozuvlarini olib boradi, qayd yozuvlari siyosatini belgilaydi, operasion tizimlarning faoliyati va ma’lumotlar muhofazasining kerakli pog‘onasini ta’minlaydi. U ushbu tashkilotning tizim muhandislari, tizimli dasturlashtiruvchilar va foydalanuvchilari bilan o‘zaro aloqada ishlaydi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [05.05.20 08:43]


Terminal
ingl: terminal
rus: терминал

1. Axborot tizimiga ma’lumot va buyruqlarni kiritish-chiqarish qurilmasi. Terminallar ishlatiladigan xillar ro‘yxati katta bo‘lib, ularning eng oddiysi telefon apparati hisoblanadi. Informatikada, banklarda, savdoda ixtisoslashgan funksiyalarni bajaradigan terminallardan foydalaniladi.


2. Telefon liniyasining yakuniy yoki uning boshqa liniya yoki tarmoq bilan ulanadigan nuqtasi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [05.05.20 11:37]


Soʻrovlar tili
ingl: query language
rus: язык запросов

Ma’lumotlar bazasidan axborot chiqarib olish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan til. So‘rovlar tiliga de-fakto standart bo‘lib SQL tili hisoblanadi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [06.05.20 00:34]


URL
Uniform Resource Locator

Kompyuter tarmog‘idagi manzilni va uni olish mexanizmini aniqlaydigan veb-resurs uchun havola. URL manzil esa, yagona manba identifikatori (URI) ning o‘ziga xos turi. Ko‘p hollarda ushbu atamalar fayllarni uzatish (ftp), elektron pochta (mailto), maʼlumotlar bazasiga kirish (JDBC) va boshqa ko‘plab ilovalar uchun ishlatiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [06.05.20 08:40]


Subdomen
ingl: subdomain
rus: субдомен

Asosiy domenda uchinchi pog‘onali qo‘shimcha domen nomi. Ildiz katalogi hujjatlari yoki asosiy serverning istalgan ichki katalogiga ko‘rsatishi mumkin. Ko‘rinishi: site.domain.uz.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [06.05.20 14:26]


Subnoutbuk
ingl: subnotebook
rus: субноутбук

Kichik o‘lchamlar va vazn hamda oddiy noutbukning ko‘pgina xarakterli xususiyatlariga ega bo‘lgan o‘ta ixcham kompyuter. Subnoutbuklar displeyi 10-13,3 dyuymga teng bo‘ladi. Kichik o‘lchamlari sababli tashqi portlar va diskovodga ega bo‘lmaydi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [08.05.20 12:08]


Server
ingl: server
rus: сервер
1. Tarmoqda joylashgan fayllar va boshqa resurslardan foydalanishni taqdim etuvchi tarmoqdagi kompyuter. Internetda server deganda, veb-sahifalar joylashgan va veb-brauzerlar so‘rovlariga javob beruvchi kompyuter tushuniladi.

2. Mijoz dasturlariga ma’lum xizmatlarni ko‘rsatuvchi dastur. Server dasturi va mijoz dasturlari bitta yoki turli kompyuterlarda bajarilishi mumkin. Masalan, kompyuterda o‘rnatilgan elektron pochta dasturi mijoz dasturidir. U pochta qutisi vositasida ushbu quti joylashgan kompyuter bilan server dasturi orqali muloqotda bo‘ladi.


Serverlarning eng muhim turlari quyidagicha:


- WWW serverlari multimediali axborot va ma’lumotlar bazalari tarkibini taqdim etish uchun mo‘ljallangan;


- elektron pochta serverlari;
- fayllarni almashish uchun mo‘ljallangan FTP serverlari;
- voqey vaqtda muloqot qilish serverlari (chatlar);
- Internet telefoniyasi faoliyatini ta’minlovchi serverlar;
- Internet orqali radio va videoni uzatish tizimlari.

3. Server dasturi bajarilayotgan kompyuter.


q: Mijoz-server arxitekturasi

👉🏻 @TerminUzTerminUz, [08.03.20 20:51]


Xost
ingl: host
rus: хост

Kommunikasiya va tarmoq resurslaridan (modemlar, faks-modemlar, katta kompyuterlar va h.k.) foydalanish vazifalarini bajaruvchi, tarmoq bog‘lamalarida o‘rnatilgan kompyuter (server). Asosiy, yetakchi, markaziy kompyuter deb ham ataladi.


👉🏻@terminuz


TerminUz, [08.03.20 21:05]


Kryak(ingl. «crack» — «buzish, sindirish») — dasturni, lisenziyasini tekinga qo’lga kiritish maqsadida, himoyasini buzish

👉🏻@terminuz


TerminUz, [08.03.20 21:13]


Klikbeyt
ingl:clickbait

Odamni biror bir mahsulotga(internetda — saytga yoki sahifaga) jalb etish uchun «yolg’on qobiqda» ma’lumotni yetkazish.


Masalan: sayt nomi "Bepul ilovalar". Lekin saytga kirsangiz — ilovalar pullik(qo’pol qilib aytganda)


👉🏻@terminuz


TerminUz, [08.03.20 21:32]


Doping
ingl: doping,dope — narkotik bermoq
rus: допинг

Organizmning ruhiy va jismoniy faoliyatini qisqa muddat kuchaytiradigan moddalar. Sport oʻyinlari natijalarini yaxshilash maqsadida qoʻllanilgan.


Sportchilar orasida dopingdan zaharlanish va oʻlim holatlari kuzatilganligi uchun 1967 yildan Xalqaro olimpiada qoʻmitasi sport oʻyinlari chogʻida doping qabul qilishni man etgan va qatʼiy nazorat oʻrnatgan. Doping ishlatgan sportchilar oʻyindan chetlashtiriladi.


👉🏻@terminuz


TerminUz, [08.03.20 22:02]


Dell
Keng ko‘lamdagi axborot tizimlari va
kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya.
Kompaniya Maykl Dell tomonidan 1984 yilda yaratilgan. Dell Computer turli xil shaxsiy kompyuter, server va superserverlarni ishlab chiqaradi. Simmetrik ko‘p prosyessorli ishlov berishni ta’minlovchi ko‘p prosyessorli serverlar keng mashhur bo‘lgan.

Asos solingan yil: 1984 - yil


Joylashuvi: AQSH, Raund Rok, Texas
shtati
Muhim shaxslar: Maykl Dell, asoschi, direktorlar kengashining raisi
Soha: Kompyuter texnikasini ishlab chiqarish
Veb-sayt: www.dell.com

👉🏻@terminuz


TerminUz, [09.03.20 08:02]


Cisco Systems

Tarmoq jihozlarini yetakchi ishlab


chiqaruvchilardan biri.
Cisconing asosiy maqsadi
telekommunikasiyalar bozori uchun
tugallangan tarmoq yechimlarini yaratish va tadbiq qilishdir. Kompaniya serverlar, shlyuzlar, marshrutizatorlar, kommutatorlar, ko‘priklar, tarmoqni boshqarish dasturlarini ishlab chiqaradi

Asos solingan yil: 1984


Joylashuvi: AQSH, San Xose, Kaliforniya
Muhim shaxslar: Jon Chambers,
Direktorlar kengashining raisi va CEO
Soha: Telekommunikasiyalar
Veb-sayt: www.cisco.com

👉🏻@terminuz


TerminUz, [09.03.20 08:02]


GSM
Global System for Mobile communications

Global mobil aloqa tizimi, GSM standarti. Yevropada raqamli uyali aloqa standarti. Yetakchi (abonentlar soni bo‘yicha) ikkinchi avlod standarti. 200 KGs polosasida 8 ta TDMA kanali (taymslotlar) joylashgan bo‘lib, bu 25 MGs kenglikdagi oraliqda 992 aloqa kanalini tashkil qilish imkonini beradi.


👉🏻@terminuz


TerminUz, [09.03.20 10:00]


Blog
ingl: blog (wyeb log - "veb-jurnal" so‘zidan)
rus: блог

Bu veb-saytning bir ko‘rinishi bo‘lib, undagi maqolalar xronologik tarzda yoziladi. Aksariyat bloglarda ma’lum bir mavzuga tegishli yangilik yoki sharh chop etiladi; boshqalari esa shaxsiy onlayn kundalik sifatida xizmat ko‘rsatadi.


Tarixi:
Washington Profile ma’lumotlarga ko‘ra birinchi blog varaqasiga 1992-yili TIM BERENS-Li tomonidan yangiliklar nashr etgan. 1996-yili bloglardan foydalanish keng ommaga yoyildi.


1999-yil avgust oyida San-Fransiskolik PYRA LABS kompaniyasi Blogger (http://blogger.com/) saytini ochdi. U birinchi bepul blog xizmati edi. Keyinchalik Blogger Google kompaniyasi tomonidan sotib olindi. 2004-yili Apple kompaniyasi hali rasmiy eʼlon qilinmagan yangi tovarlari haqida bloggerlar maʻlumotlar tarqatganligi uchun bloggerlarni sudga berdi, ammo sudda yutqazib qo‘yishdi.


2006-yili sud bloggerlar ham jurnalistlar ega bo‘lgan huquqlarga ega deb qaror chiqardi.


Blog turlari:


Mualliflik turlariga ko‘ra:


Shaxsiy blog — bir kishi tomonidan yuritiladi. (qoidaga ko‘ra blog egasi tomonidan).


Timsoliy blog — malum bo‘lmagan noaniq shaxs tomonidan yuritiladi..
Jamoali yoki ijtimoiy blog — blog egasi aniqlab bergan malumotlar asosida bir gurux shaxslar tomonidan yuritiladi.
Jamiyat blogi — bir tashkilot azolari tomonidan yuritiladi.

Multimedia turlariga ko‘ra:


Matnli blog — matnlar asosida tuzilgan blog.


Suratli blog — suratlar asosida tuzilgan blog.
Musiqiy blog — musiqalar asosida tuzilgan blog.
Video blog — video fayllar asosida tuzilgan blog.

Texnik asoslarga koʻra:


Stand alone blog — aloxida xosting va dvijkali blog


Blog-platforma — blog xizmati kuchi asosidagi blog(LiveJournal, LiveInternet va h.zo).
Moblog — mobil veb blog, kontentli,

👉🏻@terminuz


TerminUz, [09.03.20 16:16]


Bloger
Blog yurituvchi shaxs. U yuritayotgan blogni kichik gazetaga oʻxshatish mumkin. Faqat uning shtatida birgina muxbir – bloger bor. U bir vaqtning oʻzida ham muallif, ham muharrir, ham sahifalovchi. U dizaynerlik, dasturchilik, foto va videolar montajchisi vazifasini ham bajarishi mumkin.

👉🏻@terminuz


TerminUz, [09.03.20 16:32]


Mualliflik huquqini qo‘riqlash nishoni ©
ingl: copyright symbol
rus: знак охраны авторского права

Asarning har bir nusxasida joylashtirilgan nishon.


U uch elementdan iborat:
1) aylana ichida “C” lotin harfi;
2) alohida mualliflik huquqi egasining ismi (rasmiy nomi);
3) asar birinchi marta chop etilgan yil.

👉🏻@terminuz


TerminUz, [09.03.20 16:34]


Mnemonika
ingl: mnemonics
rus: мнемоника

Qisqa va osonlik bilan eslanadigan so‘z yoki qisqartma. U inson va kompyuter muloqotida buyruq sifatida ishlatiladi.


Masalan, “Ctrl” tugmasi kompyuterning ba’zi amallarini boshqaradi. Bu yerda “Ctrl” – mnemonika, “Control” so‘zining qisqartmasi.


👉🏻@terminuz


TerminUz, [09.03.20 16:43]


IMHO — in my humble opinion — mening kamtarona fikrimcha

👉🏻@terminuz


TerminUz, [09.03.20 19:32]


Megapiksel
ingl: megapixel
rus: мегапиксель

Tasvirni shakllantiradigan bir million piksellar. Raqamli foto va videokameralarning eng muhim xarakteristikalaridan biri, ya’ni matrisaning ajrata olish qobiliyati, megapikselda o‘lchanadi. Shuningdek, yaratilgan yoki skanerlangan tasvirning kattaligini ham ma’lum tasvirning kattaligi bilan solishtirish uchun megapikselda o‘lchanadi.


👉🏻@terminuz


TerminUz, [09.03.20 19:42]


Maxfiy savol
ingl: secret question
rus: секретный вопрос

“Maxfiy savol”+“Maxfiy javob” – bu qo‘shimcha parol. Siz asosiy parolingizni unutgan bo‘lsangiz, sizdan maxfiy savol so‘raladi, sizdan olingan javob esa maxfiy javob bilan solishtiriladi. Javoblar bir xil bo‘lsa, siz uchun fayllaringizga yo‘l ochiladi.


👉🏻@terminuz


TerminUz, [10.03.20 08:32]


Mamlakat kodi
ingl: country code
rus: код страны

Chaqirilayotgan mamlakatni belgilaydigan, bitta, ikkita yoki uchta raqamdan iborat birikma.


👉🏻@terminuz


TerminUz, [10.03.20 08:32]


Keshlash
ingl: caching
rus: кеширование
Ingliz tilidagi cache – “maxfiy zaxira”
so‘zidan olingan. Kesh – kompyuter siz Internetdan olgan barcha hujjatlarni yozib qo‘yadigan jild. Agar hujjatni takroran so‘rasangiz, sizga keshning ichidagini ko‘rsatishadi. Proksi-server ham Internetdan olingan hujjatlarni maxsus jildga yozib qo‘yadi. Agar siz, yoki Internetning boshqa foydalanuvchisi shu hujjatga murojaat qilsa, proksi-server uni o‘zining keshidan yetkazib beradi. Siz buni sezmaysiz ham. Bu holda, siz uzoqdagi WWW-serverga shu hujjat uchun yana murojaat qilganingizga nisbatan, tezlik bir daraja yuqoriroq bo‘ladi.

👉🏻@terminuz


TerminUz, [10.03.20 16:23]


GPS
Global Positioning System

Global joylashishni aniqlash tizimi. Maxsus GPS signallarni qabul qiluvchi qurilma yordamida o‘zining geografik koordinatalari, harakatlanish balandligi va tezligi, shuningdek, aniq vaqtni aniqlash imkonini beruvchi yo‘ldosh tizimi.


👉🏻@terminuz


TerminUz, [11.03.20 08:44]


FAQ
Frequently Asked Questions

Tez-tez beriladigan savollar. Sayt foydalanuvchilarining asosiy savollariga bag‘ishlangan bo‘lim. Sizga nimadir tushunarsiz bo‘lsa, veb-masterga yozishdan avval FAQni o‘qing – balki u yerda javob bordir. Kengroq ma’noda FAQ – u yoki bu mavzudagi maslahatlar to‘plami, masalan, idish yuvish mashinasini tanlash yoki printerni sozlash bo‘yicha.


👉🏻@terminuz


TerminUz, [11.03.20 20:03]


ASCII-grafikasi
Tasviriy san’at shakli, ASCII belgilarini kompyuter terminalining (terminal serveri) eni cheklangan ekranda yoki printerda tasvirini namoyish qilish uchun ishlatiladi.

Bunday tasvirni yaratish uchun harf va raqam belgilaridan hamda ASCII jadvalining 95 belgilaridan olingan punktuasiya belgilaridan tashkil topgan palitradan foydaniladi. Milliy variantdagi tizimlar taqdimi farqlanishi ehtimoli katta bo‘lgani tufayli, jadvallardagi qolgan 160 belgi ko‘pincha ishlatilmaydi.


👉🏻@terminuz


TerminUz, [12.03.20 13:54]


API
Application Programming Interface

Amaliy dasturlash interfeysi. O‘z dasturlarining tegishli operasion tizimlar bilan uyg‘unlashtirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar amal qilishlari kerak bo‘lgan vazifalar yig‘masining spesifikasiyasi


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [12.03.20 14:00]


AAA
Authentication, Authorization and Accounting
Mazkur atama axborot xavfsizligida foydalanishga ruxsat berish va uni nazorat qilish jarayonini ta’riflash uchun ishlatiladi.

👉🏻@TerminUz


TerminUz, [12.03.20 16:03]


3GP
Third Generation (mobile) Phone

Uchinchi avlod (mobil) telefonlari uchun videofayllar formati. Ba’zi zamonaviy mobil telefonlari (3G bo‘lmasa ham) 3GP formatda audio va video yozish va ko‘rish xususiyatiga ega. Ushbu format - ISO 14496-1 media formatning soddalashtirilgan turidir, QuickTime ishlatuvchi MOVga o‘xshash. 3GPda ishlangan tayyor videoroliklar boshqa video formatlardan kichikroq hajmda bo‘ladi va bu ularning sifatiga ta’sir qiladi.


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [13.03.20 08:32]


VLAN
Virtual Local Area Network

Talablarning umumiy to‘plamiga ega xostlar guruhi bo‘lib, ular xuddi keng eshittirishli domenga ulangani kabi, o‘z fizik joylashishidan qat’iy nazar o‘zaro ishlaydi. VLAN fizik lokal tarmoq bilan bir xil xususiyatlarga ega, biroq oxirgi stansiyalarga, ular bir fizik tarmoqda bo‘lmasa ham, guruhga birlashish imkonini beradi. Bunday qayta tashkillash qurilmalarning fizik ko‘chirilishi o‘rniga dasturiy ta’minot asosida amalga oshirilishi mumkin.


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [13.03.20 09:11]


SSL
Secure Socket Layer

Internet tarmog‘i orqali ma’lumotlarni xavfsiz uzatishni ta’minlovchi kriptografik protokol. SSLdan foydalanganda mijoz va server o‘rtasida xavfsiz ulanish yaratiladi.


SSL dastlab Netscape Communications kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. So‘ngra SSL 3.0 protokoli asosida TLS nomini olgan RFC standarti ishlab chiqildi va qabul qilindi. Uzatuvchi va qabul qiluvchi haqiqiyligini tasdiqlash uchun ochiq kodli shifrlashni qo‘llaydi. Ma’lumotlarni uzatish ishonchliligi korreksiyalovchi kodlar va xavfsiz xesh-funksiyalar yordamida ta’minlanadi. SSL boshqa protokollar bilan birgalikda ishlaydi (masalan, POP3, IMAP, XMPP, SMTP va HTTP).


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [13.03.20 17:53]


LTE
Long Term Evolution

3GPP LTE - ma’lumotlarni mobil uzatish protokolining nomi. 3GPP loyihasi UMTSni mukammallashtirish bo‘yicha standart bo‘lib, u kelajakda tezlikka bo‘ladigan talablarni qondirishga qaratilgan. Bu mukammallashtirishlar masalan, samaradorlikni oshirishi, chiqimlarni kamaytirishi, ilgari ko‘rsatilayotgan xizmatlarni kengaytirishi va takomillashtirishi hamda mavjud protokollar bilan integrallashni ta’minlashi mumkin. 3GPP LTE standarti bo‘yicha yuklab olishning nazariy tezligi 326,4 Mbit/sekundga yetadi (download) va uzatish tezligi 172,8 Mbit/sekund (upload) bo‘ladi.


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [13.03.20 22:09]


JPEG
Joint Photographic Experts Group

1. Fotografiya sohasidagi ekspertlar guruhi, JPEG guruhi.


2. JPEG algoritmi. Shu nomli guruh tomonidan ishlab chiqilgan tasvirlarni zichlash algoritmi.

Internetda ommaviyligi bo‘yicha (GIFdan so‘ng) ikkinchi o‘rinni egallaydigan grafik format. Saqlash uchun yo‘qotishli zichlash usulidan foydalanadi. Asosan sifatli fotosuratlarni saqlash uchun ishlatiladi.


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [14.03.20 09:32]


HTTPS
HTTP Secure

Muhofaza qilingan HTTP. Veb-brauzerlariga Internetda veb-sahifalar va boshqa ma’lumotlarni xavfsiz o‘qish imkonini beruvchi gipermatnni uzatish protokoli. HTTPS protokoli shifrlash va axborotni maxsus port orqali uzatish mumkinligini ta’minlaydi.


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [14.03.20 09:35]


GIF
Graphics Interchange Format

Grafik axborot almashish formati, GIF formati. Internetda eng keng tarqalgan grafik formatlardan biri. 256 ranggacha bo‘lgan tasvirlarni saqlash imkonini beradi, shaffoflik, animasiya, qatorlararo yoyilma, bitta faylda bir necha tasvirni saqlash kabi amallarni qo‘llaydi.


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [15.03.20 10:05]


Framework

PHP tilida yozilgan va uning ishlashi MVC konsepsiyasi asosida qurilgan (MVC —Model-View-Controller).


Mode — Frameworkning bu qismi MB (ma’lumotlar bazasi)ni ulash, ular bilan ishlashga mo‘ljallangan.


View — saytning bizga ko‘rinib turadigan qismidir.


Controller — Frameworkni nazorat qiladi va chaqirilgan yo‘l bo‘yicha ruxsat oladi (View, Model va boshqa), fayllarni ulash uchun xizmat qiladi.


Framework Web-loyiha (application) uchun sklet vazifasini bajaradi.


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [18.03.20 10:36]


Trolling
ingl: trolling
rus: троллинг

Internetda (forumlar, viki, bloglar va boshqalarda) ishtirokchilar orasida safsata yoki mojaro chiqarish maqsadida ig‘vogarona xabarlarni joylashtirish. Trolling bilan shug‘ullanuvchi shaxs troll deb ataladi.


👉🏻@TerminUz 😷


TerminUz, [21.03.20 20:34]


Proksi
ingl: proxy
rus: прокси
Kompyuter tarmoqlarida mijozlarga boshqa tarmoq xizmatlariga bilvosita so‘rovlarni bajarishga imkon beruvchi xizmat.

Mijoz avval proksi serveriga ulanadi va boshqa serverda joylashgan biron-bir resursga murojaat qiladi. Proksi server yoki ko‘rsatilgan serverga ulanadi va undan resursni oladi, yoki resursni o‘z keshidan qaytarib beradi (agarda proksi o‘z keshiga ega bo‘lsa). Ba’zi holatlarda mijoz so‘rovi yoki server javobi proksi server tomonidan muayyan maqsadlarda o‘zgartirilishi mumkin. Proksi serveri, shuningdek, mijoz kompyuterini ba’zi tarmoq hujumlaridan himoyalashga imkon beradi.


👉🏻@TerminUz 😷


TerminUz, [21.03.20 21:21]


SCAM
Firibgarlik haqida ogohlantiruv
Telegram ilovalari shubhali akkauntlar bo’yicha firibgarlik yorlig’ini ko’rsatadi.
Aksariyat hollarda "referal yigʻib pul toʻlovchi" botlarga bu "unvon" beriladi.

👉🏻@TerminUz😷


TerminUz, [23.03.20 09:04]


PNG
Portable Network Graphics

Ixcham tarmoq grafikasi. GIF formati bilan patentlash muammolari paydo bo‘lgandan so‘ng uning o‘rniga kiritilgan grafik format. GIFdan farqli o‘laroq, PNG rang chuqurligi 64 bitgacha bo‘lgan tasvirlarni saqlash imkonini beradi, alohida alfa-kanalni qo‘llaydi va zichlashni samaraliroq bajaradi.


👉🏻@TerminUz😷


TerminUz, [25.03.20 09:02]


SSD
Solid-State Drive

Energiyaga qaram bo‘lmagan, qayta yoziladigan, harakatlanuvchi mexanik qismlarga ega bo‘lmagan kompyuter xotira qurilmasi. Qattiq jismli to‘plagichlar xotirasi energiyaga qaram (RAM SSD) yoki energiyaga qaram bo‘lmagan (NAND yoki Flash SSD) bo‘lishi mumkin.


👉🏻@TerminUz😷


TerminUz, [25.03.20 09:07]


RealAudio
RealNetworks tomonidan 1995 yilda yaratilgan audiofayllar formati. RealAudio (ra) fayllari turli kodeklar yordamida zichlashtiriladi. Bundan tashqari, yuklanayotgan paytning o‘zida aks ettiriladigan oqimli audio format sifatida ham qo‘llaniladi.

👉🏻@TerminUz😷


TerminUz, [25.03.20 20:40]


PDF
Portable Document Format

Hujjatlarning tashuvchan formati. Elektron hujjatlarning turli platformalar tomonidan qo‘llaniladigan formati. PostScript tilining ba’zi xususiyatlarini qo‘llagan holda Adobe Systems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Asosan poligrafiya mahsulotlarini elektron shaklda aks ettirish uchun mo‘ljallangan. PDF ISO 32000 ochiq standarti hisoblanadi.


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [25.03.20 21:44]


MySQL

Ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi erkin tizim. MySQL Sun Microsystems kompaniyasining mulki hisoblanadi. U qo‘llanmani dasturlaydi va qo‘llab turadi.


GNU General Public License yoki shaxsiy tijorat litsenziyasi bo‘yicha tarqatiladi. Bundan tashqari, MySQL AB kompaniyasi litsenzion foydalanuvchilar buyurtmasi bo‘yicha funksionallikni dasturlaydi.


Buyurtmalar tufayli eng oldingi versiyalarda replikasiya mexanizmi yaratilgan. MySQL kichik va o‘rtacha qo‘llanmalar uchun yechimdir. LAMPga kiradi. Odatda MySQL lokal yoki uzoqlashgan mijozlar murojaat qiluvchi server sifatida ham ishlatiladi. Ammo, distributivga ichki server kutubxonasi ham kiradi va u MySQL ni avtonom dasturlarga kiritish imkoniyatini beradi.


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [26.03.20 08:08]


MS-DOS
MicroSoft Disk Operating System

Microsoft korporasiyasi tomonidan taklif qilingan operasion tizim. MS-DOSning birinchi rusumi 1981 yilda paydo bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM bilan uyg‘un kompyuterlar uchun standart operasion tizimdir.


MS-DOS 16-xonali operasion tizimi bo‘lib, u ko‘p foydalanuvchili va ko‘p vazifali rejimlarni qo‘llay olmaydi. Operasion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy ta’minotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi.


MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil qiladi, rivojlangan buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [26.03.20 08:27]


UNIX
Ko‘p vazifali va ko‘p foydalanuvchili operasion tizimlar guruhi. Birinchi UNIX tizimi 1969 yilda AT&T kompaniyasining Bell Labs bo‘linmasida ishlab chiqilgan. Undan keyin ko‘plab turli UNIX tizimlari yaratilgan.

UNIX tizimlarining asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:


tizimni sozlash va boshqarish uchun oddiy matn fayllaridan foydalanish, buyruqlar qatori orqali bajariladigan utilitalardan keng foydalanish, foydalanuvchi bilan virtual qurilma – terminal orqali o‘zaro ishlash, har biri bitta vazifani bajaruvchi bir necha dasturdan iborat konveyerlardan foydalanish va h.k.

UNIX serverlarda hamda turli uskunalar uchun ichiga o‘rnatilgan tizimlar sifatida, shuningdek, shaxsiy kompyuterlarda ham ishlatiladi.


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [27.03.20 08:16]


Linux
O‘zagi Unix operasion tizimi asosida ishlangan tarmoq operasion tizimi. Linux ilk bor 1991 yili Linus Torvalds tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi.

👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [27.03.20 08:18]


ISO
International Standards Organization
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)

👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [27.03.20 08:28]


IP
Internet Protocol
Internet protokoli. TCP/IP protokollari yig‘masidan iborat tarmoq pog‘onasi protokoli. IP protokolida tarmoqdagi har bir kompyuterga to‘rt xonalik IP manzil (4 bayt) mos qo‘yiladi. Shu bilan birga nimtarmoqdagi kompyuterlar manzilning umumiy boshlang‘ich bitlari bilan birlashtiriladi.

👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [27.03.20 08:53]


IP manzili

1. Nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta sondan iborat noyob son. Har bir son 0-255 oralig‘ida bo‘lishi lozim. Masalan 212.134.145.156. Internet tarmog‘idagi har bir kompyuter o‘zining noyob (doimiy yoki ulanish vaqtida belgilanadigan) IP manziliga ega. Kompyuterdan osonroq foydalanish uchun odatda uning domen nomidan foydalaniladi.


Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda IP manzillar provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi. Provayder tomonidan berilgan IP manzilga ega bo‘lmagan kompyuterlar (marshrutlash to‘g‘ri sozlanganda) lokal tarmoqlar uchun zaxiralangan oraliqdagi IP manzillarga ega bo‘lib, boshqa lokal kompyuterlar bilan ishlashi mumkin: 192.168.0.1 -


192.168.255.255, 172.16.0.1 - 172.16.255.255, 10.0.0.1 - 10.255.255.255. Ushbu kompyuterlar Internetga proksi serverlari yordamida yoki IP maskarad orqali ulanishi mumkin.

2. IP protokollari, masalan, Internet asosida qurilgan hisoblash tarmog‘ida kompyuterning raqamli manzili. Bunday tarmoqda ma’lumotlarni faqat IP manzillar bo‘yicha uzatish mumkin. Bugungi kunda 4 mlrd turli xil manzillarni ishlatish imkonini beruvchi 32-bitli manzillash qo‘llaniladi. Manzil makonining ma’lum oraliqlariga alohida ishlov beriladi: masalan, o‘z-o‘ziga axborot uzatish uchun “teskari aloqa halqasi” (loopback), lokal hisoblash tarmoqlarida ishlatiladigan manzillar bloklari, keng ko‘lamda tarqatish (broadcast) va guruhiy uzatish (multicast) manzillari. 32-bitli manzilni yozayotganda uning baytlari nuqtalar bilan ajratiladi, masalan: 192.168.38.94 (manzil 3’232’245’342 yoki C0A8265E16).


Manzil ko‘lamini kengaytirish uchun 128-bitli IPv6 manzillashini ishga tushirish rejalari bor. U tarmoqdagi turli qurilmalar uchun manzillarni erkin belgilash imkonini yaratadi. Inson uchun raqamli manzilni eslash noqulayligi tufayli, bitta kompyuterga bitta yoki bir necha so‘z ramzlarini berish imkonini yaratuvchi domen (https://t.me/c/1388196638/23) nomlarning maxsus tizimi ishlab chiqilgan.


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [27.03.20 09:32]


IP telefoniya
Internet yoki boshqa IP tarmoqni ayni vaqtdagi xalqaro va shaharlararo telefon so‘zlashuvlari va fakslarni jo‘natishni tashkil etish va amalga oshirish vositasi sifatida qo‘llanilishini ta’minlovchi texnologiya. Buning uchun tovush raqamli shaklga o‘tkazilib raqamli ma’lumotlar uzatiladigan tarzda uzatiladi. Odatda xalqaro va shaharlararo so‘zlashuvlar ko‘plab oraliq telefon stansiyalari orqali amalga oshirilib, har bir stansiya kommutasiya uchun o‘z narxini qo‘shadi va bu so‘zlashuv narxining oshishiga olib keladi. Internet orqali amalga oshirilgan so‘zlashuvlar telefon stansiyalari tarifikatsiyasiga uchramaydi. Shu bilan birga, IP telefoniyasida tovush sifati, sekinlik, zichlash algoritmi va xizmat sifati kabi muammolar mavjud.

👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [27.03.20 19:08]


DNS

1. Domain Name System - Domen nomlari xizmati. Kompyuter nomi bo‘yicha uning IP manzilini aniqlashni amalga oshiruvchi Internet xizmati. Taqsimlangan nomlar ma’lumotlar bazasi va manzillarni qo‘llovchi DNS serverlari tizimidan iborat. DNS asosidagi konsyepsiyalar tavsifi RFC 1034da, DNS spesifikasiyalari esa RFC 1035da keltirilgan.


2. Domain Name Server - Domen nomlari serveri, DNS serveri. Doimiy ravishda xizmat ko‘rsatilayotgan domenning nomlari ma’lumotlar bazasi va xostlar manzillarini o‘zida saqlaydi. Internet tarmog‘idagi har bir nomlangan server turli kompyuterlarda joylashgan ikkita DNS serveriga, ya’ni, birlamchi va ikkilamchi serverlarga (ishonchlilik uchun) ega bo‘lishi shart


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [01.04.20 08:02]


Qurt
ingl: worm
rus: червь

Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari yoki kompyuter tarmoqlari orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan muxtor dastur. Qurtlar xotira, xotira qurilmalari yoki ma’lumotlarga ishlov berish vaqti kabi mavjud resurslarni kamaytirish uchun yaratiladi.


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [01.04.20 08:32]


Quyi pog‘ona tili
ingl: low-level language (LLL)
rus: язык низкого уровня

Tizimga tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanuvchi Ethernet yoki IP paketlarini jo‘natish yoki tizim ishini halokatli tugatish orqali tizimni ishdan chiqarish uslubi


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [01.04.20 16:02]


Shtrixli kod
ingl: bar code
rus: штриховой код

Ma’lumotlarni tez o‘qib olish uchun mo‘ljallangan mashina o‘qiydigan kod. Shtrixli kod raqamlardan va ularni kodlaydigan turli qalinlikdagi chiziqchalardan iborat.


Birinchi uchta raqam tovar ro‘yxatga olingan mamlakatni bildiradi. Keyingi to‘rtta raqam tovarni ishlab chiqaruvchi korxona kodini bildiradi. Undan keyingi beshta raqamni korxona o‘z tovarlariga raqam qo‘yib chiqish uchun foydalanadi. Shtrixli kodning so‘nggi raqami nazorat uchun ajratilgan bo‘lib, uning qiymatini kompyuter beradi.


Shtrixli kod savdoda tovarlarni tamg‘alash uchun keng foydalaniladi. Shtrixli kodlarga tegishli standartlar 1977 yildan buyon mavjud.


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [01.04.20 16:37]


Bizda yangi loyiha!!!
Endilikda Termin.uz (http://t.me/terminuz) kanalida kundalik hayotda ishlatiladigan texnik qurilmalarning qanday ishlashi haqida maʼlumotlarni oʻqib borishingiz mumkin!!!
@TerminUz

TerminUz, [02.04.20 08:02]


Haker
ingl: hacker
rus: хакер

Favqulodda kuchli dasturchi. U dasturlash tilining ko‘plab tomonlari bilan bir qatorda u orqali tuzilgan dastur yoki saytlarda ham ko‘p uchraydigan nozik joylarini biladi. Aynan shu nozik joylar sababli u o‘sha sayt yoki dasturni buzib kira oladi.


Hakerlar 3 ta guruhga bo‘linadi: Black Hat - buzg‘unchi hakerlar, White Hat - himoyachi, tinchlikparvar hakerlar, Grey Hat - asosan o‘zi haq deb bilgan yo‘lni tanlaydigan hakerlar guruhi.


Shuningdek, hakerlar quyidagi toifalarga bo‘linadi:


Newbie - yangi boshlagan hakerlar, odatda katta ziyon yetkaza olishmaydi, harbiylar ta’biri bilan aytganda "dux".
Script Kiddie - o‘zi kod terishni bilmaydigan, buzish ishlarini ma’lum dasturlar orqaligina amalga oshira oladigan hakerlar.
Cracker - dasturlarni buzuvchi hakerlar. Bu yo‘nalish hakerlar jamiyatida eng pastkash ish deya baholansada, bizdagi sharoit uchun ular juda kerakli. Nega deysizmi? Siz shu vaqtgacha Windovs uchun, istalgan kompyuter dasturi yoki o‘yinlar uchun pul to‘laganmisiz? Yo‘qmi? Krekerlar sharofati bilan.
Hacktivist - internetda o‘z noroziligini bildirish bilan shug‘ullanadigan haker.
Suicide Hacker - huddi o‘zini portlatuvchi suiqasdchilarga o‘xshaydi, shaxsi oshkor bo‘lishini bila turib juda katta hujumlarni amalga oshiradi.
Va boshqalar.

Lekin afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda sizga ko‘rinmas nik yasab berish, spamdan chiqarish va hokazo sirlarni bilishini aytayotgan odam haker hisoblanmaydi.


O‘zbekistonda hukumatning akkauntlariga hujum qilgan hakerlardan biri "Clone Security" guruhi. Ularni haktivist deb atasa ham bo‘ladi. Chunki o‘z noroziliklarini hukumatning yirik saytlarini buzish (UFF sayti, MTRK sayti va hokazo), shuningdek, Qirg‘iz-O‘zbek mojarolari bo‘lgan vaqtda qirg‘izistonning bir qancha hukumat saytlarini buzib, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib olgan otliq suratini joylab qo‘yishgan.


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [02.04.20 21:40]


Kompyuter soatni qanday eslab qoladi?

Ixtiyoriy kompyuterning platasida (материнская плат) soat va real vaqt soati mavjud. Kompyuter oʻsha soat bilan vaqtni solishtirib toʻgʻirlab boradi. Agar siz kompyuteringizni oʻchirib 1 yildan keyin yoqsangiz ham u vaqtni eslab qolgan boʻladi.


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [04.04.20 20:25]


Internet saytlari qanday pul topadi?

Obunachilardan biri yaqinda shu savolni bergandi: biz megabayt olishga sarflaydigan pulimizni bir qismini biz kiradigan sayt egalari olishadimi?


Meni ham shu savol o‘ylantirar edi, hatto ba’zi aqli yetmasdan aqllilik qiladigan tanishlarim "Beeline, Ucell kabi kompaniyalar trafik pulini o‘sha saytlarga beradi" deb aql o‘rgatishgan edi.


Aslida unday emas. Biz internet trafik sotib olishga sarflaydigan pulimiz O‘zbekistonga kirib keladigan aloqa kanallari ijarasiga, qolgani aloqa kompaniyalarning cho‘ntagiga ketadi.


U holda internet saytlari qanday daromad ko‘radi?


Faqat reklama orqali, boshqa hech qanaqasiga pul topilmaydi! Oddiy yangilik saytlardan tortib gigant saytlar (youtube, facebook)gacha faqat reklama orqali daromad olishadi.


Misol uchun, siz televizor ko‘rganingizda elektrga sarflagan pulingizni televideniya xodimlari olmaydiku, to‘g‘rimi? Huddi vebsaytlarga o‘xshab, televideniyada ham faqat reklama orqali daromad olishadi.


Unda telegram qanday pul topadi?


O‘rinli savol. Negaki telegram sizga majburiy reklama ko‘rsatmaydi (kanallardagi reklamadan tushadigan pulni o‘sha kanal egalari oladi, telegram emas), pullik xizmatlari ham yo‘q (masalan odnoklassnikiga o‘xshab).


Telegram blogiga ko‘ra, kompaniya turli hayriyalar hisobiga ishlaydi. Aniqrog‘i, bu hayriyalarni asosiy qismini Pavel Durov ( @Durov )ning o‘zi ajratgan. U vkontakte orqali anchagina pul ishlab olgan va hayotini xavfsiz xabar almashish tizimini yaratishga bag‘ishlagan. Shuningdek, blogda aytilishicha, agar mabodo keyinchalik pul masalasida qiyinchilikka duch kelishsa, asosiy tamoyillarga ta’sir qilmaydigan qo‘shimcha pullik xizmatlarni ishga tushirishlari mumkin ekan


Shunaqa gaplar!


Manba (http://t.me/TheTechnoAli)

👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [06.04.20 08:02]


Elektron armiya
ingl: electronic army
rus: электронная арми

Informatika va telekommunikasiya tizimlaridan harbiy ishda foydalanish texnologiyasi


@TerminUz


TerminUz, [06.04.20 08:32]


Chip
ingl: chip
rus: чип

Integral sxema o‘rnatilgan yarimo‘tkazgich moddaning (odatda silikon) kichik bo‘lagi. Oddiy chip millionlab elektron tarkibiy qismlardan (tranzistorlardan) iborat bo‘lishi mumkin. Kompyuterlar choplangan sxemaviy plata deb nomlangan elektron asosga o‘rnatilgan ko‘plab chiplardan iborat.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [06.04.20 09:44]


Chit
ingl: cheat
rus: чит

Asosan kompyuter o‘yinlarida o‘yinni sinovdan o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan maxsus kodlar. Ushbu kodlar, masalan, o‘yinda qahramon o‘lmasligi uchun, keyingi bosqichlarga o‘tish uchun imkoniyat beradi. Odatda chitlarni Internetda osonlik bilan topish mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [07.04.20 13:37]


CMS
Content Management System
Tarkib (kontent)ni boshqarish tizimi. Matn va multimedia hujjatlarini yaratish, tahrirlash va boshqarishning qo‘shma jarayonini ta’minlash va tashkillashtirish uchun ishlatiladigan kompyuter dasturi yoki tizimi.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [07.04.20 14:04]


Gradiyent
ingl: gradient
rus: градиент

Kompyuter grafikasida qurish usuli. Muayyan (asosiy) nuqtalarning rangi va shaffofligi belgilanib, qolgan nuqtalarning rangi va shaffofligi ularga nisbatan yoki muayyan matematik algoritmlar asosida hisoblanadi. Shu tarzda dastlabki va so‘nggi nuqtalarning koordinatalari va rangini belgilab, bitta rangdan boshqa rangga tekis o‘tishlarni hosil qilish mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.04.20 15:14]


IDE

1. Integrated Development Environment


Ishlab chiqishning birlashgan muhiti. Dasturlovchi tomonidan dasturni ishlab chiqishda ishlatiladigan dasturiy moslamalar tizimi. Ishlab chiqarish muhiti odatda matn tahririni, kompilyator va/yoki interpretatorni, yig‘ish avtomatlashtiruvchisini va sozlagichni o‘z ichiga oladi. Ba’zi hollarda nazorat tizimlari integrasiyasi uchun ishlatiladigan moslamalardan foydalanuvchining grafik interfeysda ishlashini yengillashtiruvchi turli moslamalardan iborat.


Ko‘pgina zamonaviy ishlab chiqarish muhitlari, shuningdek, klass brauzerlarini, obyekt kontrolleri va klasslarning iyerarxik diagrammasini (dasturiy ta’minotni ob’yektga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishda ishlatiladi) o‘z ichiga oladi. Ba’zi ishlab chiqarish muhitlari bir nechta tillarga moslangan bo‘lishiga qaramasdan (Eclipse yoki Microsoft Visual Studio), odatda, ishlab chiqish muhiti dasturlashning bitta tiliga moslashtirilgan bo‘ladi (Visual Basic).


2. Integrated Drive Electronics – IDE diskli qurilmalari interfeysi. Birlashgan boshqaruv elektronikasiga ega diskli to‘plovchilari uchun interfeys turi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.04.20 10:45]


ISBN
International Standard Book Number
Kitob uchun xalqaro standart tartib raqami. Kitobga nashriyot tomonidan beriladigan 10 xonalik noyob tartib raqami. Tartib raqamlash tamoyillari ISO 2108 ko‘rsatmalarida keltirilgan.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.04.20 13:02]


Java

1. Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturali dasturlash tili. Java tili 1992-yili paydo bo‘lgan va SUN Misrosystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan. U avvaliga OAK deb atalib, elektron-maishiy asboblarning boshqarish tili sifatida ishlab chiqilgan. Ammo, 1995-yili nomini Javaga almashtirib, tarmoqda foydalanilayotgan platformadan mustaqil ravishda amaliy dasturlarni yaratish imkonini beradigan vosita bo‘lib qoldi. Shu sababli, bu til bir platformadan boshqasiga yengil ko‘chirilishi bilan tavsiflanadi, axborotni muhofazalashning rivojlangan vositalariga ega va tarmoqda ishlash imkoniyatiga ega. Bu birinchi navbatda Internet tarmog‘iga va uning global ulanish xizmatiga tegishli. Java tili sintaksisi C++ ning sintaksisiga o‘xshash bo‘lib, u maxsus ochiq tarmoq muhitida ishlashga mo‘ljallangan. Java tilining texnologiyasiga tayanib SUN Misrosystems korporatsiyasi operatsion tizim ishlab chiqdi. Java asosida, shuningdek JavaOS operatsion tizimi hamda Java texnologiyasi yaratilgan va xilma-xil operatsion tizimlar ishlab chiqilmoqda.


2. «Appletlarni» yaratish texnologiyasi - foydalanuvchining kompyuteriga saytning sahifasi bilan birga yuklanib, shu sahifani «jonlantirish» imkonini beradi. Appletlar sahifaga qo‘shimcha funksionallikni


taʼminlashi mumkin, animatsion reklamani amalga oshirishi va hattoki, sahifaning ichiga o‘rnatilgan katta bo‘lmagan o‘yinni ifodalashi mumkin.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.04.20 14:08]


Bilasizmi?
Koʻpchilik Oʻzbekiston sunʼiy yoʻldosh uchirib, internetni tezligini bir necha barobarga oshirish mumkin deb fikr yuritadi. Bu aslida notoʻgʻri fikr! Sababi, sunʼiy yoʻldosh orqali maʼlumot almashish tannarxi juda qimmat va ishonchsiz (tashqi omillarga taʼsirchan) sanaladi.

Fakt: Dunyo boʻylab Internet tarmogʻida almashinuvchi maʼlumotlarning 99% koʻp ulushi kabelli internet tarmogʻi hissasiga toʻgʻri keladi. Sunʼiy yoʻldosh Internet tarmogʻi orqali oʻtuvchi maʼlumotlarning ulushi nol butundan sal kattaroq son hisoblanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [13.04.20 19:35]


JAR
Java ARchive
Java arxivi, JAR fayli. Java klassi fayllarini taxlangan shaklda, ko‘makchi klasslarni va metaaxborotni (“manifest”) o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari raqamli imzolarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.04.20 09:03]


GUI
Graphical User Interface

Foydalanuvchining grafik interfeysi.


Foydalanuvchi va kompyuter o‘zaro ishlashi uchun maxsus tizim. U foydalanuvchiga barcha mavjud obyektlar va ekran (oyna, belgi, menyu, knopka, ro‘yxat)ning grafik komponenti sifatidagi funksiyalarni tasvirlashga asoslangan. Nazorat qatori interfeysidan farqli o‘laroq, foydalanuvchi (klaviatura yoki boshqa kiritish uskunasi orqali) ekranda ko‘ringan barcha obyektlarni ixtiyoriy ishlatish imkoniyatiga ega.

Foydalanuvchining grafik interfeysining quyidagi ko‘rinishlari mavjud:


- oddiy: ekran shaklida va kiritish-chiqarish standart elementlari;
- grafik, ikki o‘lchamli: kiritish-chiqarish
nostandart elementlari va metaforalar;
- uch o‘lchamli.

Foydalanuvchining grafik interfeysi 1970-yillarda birinchi marta Xerox PARS ilmiy laboratoriya olimlari tomonidan taklif qilingan va Apple Somputer korporatsiyasi


mahsulotlarida tijoratga qo‘yilgan. AmigaOS operatsion tizimda ko‘p vazifali foydalanuvchining grafik interfeysi 1985-yilda ishlatilgan. Hozirgi paytda foydalanuvchining grafik interfeysi sotuvdagi ko‘pchilik operatsion tizimlarda va qo‘llanmalarda standart holatda tarkibiga kiradi.
👉🏻 @TerminUz

TerminUz, [14.04.20 09:21]


Ethernet

Lokal kompyuter tarmog‘ini tashkil qilish uchun qo‘llaniladigan texnologiya. Ethernet texnologiyasi yordamida “umumiy shina” va “yulduz” sxemalari bo‘yicha tarmoqlarni yaratish mumkin. Ethernet tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 Mbit/sekundgacha bo‘ladi. Ethernet standarti IEEE 802.3 hujjati bilan belgilangan.


Ethernet ajrata olinuvchan muhit va keng eshittirishli uzatish tarmoqlari arxitekturasini belgilaydi (barcha bog‘lamalar paketni bir paytning o‘zida qabul qiladi), foydalanish uslubi – CSMA/CD. Fizik topologiyasi – ekranlashtirilgan koaksial kabel uchun shina, o‘rama juft uchun yulduz, optik tolali kabel uchun ikki nuqtali ulanish.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.04.20 11:13]


DRAM
Dynamic Random Access Memory

To‘g‘ri foydalana olishning dinamik xotirasi – sxemotexnika nuqtai nazaridan kondensatorlarning ikki o‘lchamli matrisasi (qatorlar x ustunlar) shaklida yaratilgan xotira.


Juda arzon, lekin kondensatorlardagi zaryadlarning doimiy “yangilanib turishini” yoki qayta yaralishini (refresh) talab qiladi. Qayta yaralish xotirani “bo‘sh” o‘qish sifatida bajariladi. Ushbu jarayon ancha vaqt talab qiladi, chunki bu paytda regenerasiya kontrolleridan tashqari hech bir qurilma xotiradan foydalana olmaydi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.04.20 13:15]


CSA
Canada Standards Association
Kanadada joylashgan tashkilot, elektron vositalarni xavfsizlikka sertifikatlash uchun javobgar

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 12:07]


Demping (Dumping)

Tovarlarni tashqi va ichki bozorda sunʼiy arzonlashtirilgan, oʻrtacha chakana narxlardan, baʼzan tannarxdan past narxlarda sotish; tashqi bozorni egallash uchun raqobat kurashi vositalaridan biri.


Microsoft kompaniyasi IBM bilan brouzerlar raqobatida demping qoʻllab, Internet Explorer brouzerini tekin qilib Windows OS tarkibiga joylashtirgan.


👉🏻 @TerminUz

TerminUz, [15.04.20 12:38]


TCP/IP
Transmission Control Protocol/Internet Protocol

TCP/IP protokollari oilasi. Internetda ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan protokollar to‘plami. Dastlab UNIX operasion tizimlari uchun yaratilgan. Hozirgi paytda barcha asosiy operasion tizimlarga o‘rnatiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 14:22]


Telnet
TELecommunication NETwork

Tarmoq orqali matnli interfeysni ta’minlovchi tarmoq protokoli (zamonaviy shaklida TCP transporti yordamida). Protokolning mijoz qismini bajaruvchi ba’zi utilitalar ham telnet deyiladi. Protokolning asosiy vazifasi – terminal qurilmalar va terminal jarayonlar o‘zaro ishini ta’minlash. Protokol shifrlash yoki ma’lumotlar haqiqiyligini tekshirishni ko‘zda tutmaydi. Shuning uchun u TCP protokoli zaif bo‘lgan barcha turdagi hujumlarga zaif. Tizimga uzoqdan xavfsiz ulanish uchun SSH tarmoq protokoli qo‘llaniladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 18:32]


FAT
File Allocation Table

1. FAT fayl tizimi. Fayllarni joylashtirish jadvali (FAT)ga asoslangan oddiy disk fayl tizimi. FAT-32 fayl


tizimining paydo bo‘lishi bilan FAT, FAT-16 deb belgilana boshladi.

2. Fayllarni joylashtirish jadvali. Fayl tizimining disk joyining taqsimlanishi to‘g‘risidagi axborot saqlanuvchi xizmat sohasi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 18:35]


UML
Unified Modeling Language

Modellashning birlashtiruvchi tili. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sohasidagi obyektli modellashning grafik izohlash tili. UML keng ko‘lamli til hisoblanadi. Tizimning abstrakt modelini yaratish uchun grafik belgilarini ishlatadigan ochiq standart. UML asosan dasturlash tizimlarini aniqlash, vizualizasiya, loyihalash va hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UMLni ishlatish dasturiy ta’minotni modellash bilangina chegaralanib qolmaydi. Uni shuningdek, biznes jarayonlarini modellashda, tizimni loyihalashda va korxona shaklini ko‘rsatishda ham ishlatishadi.


UML dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga umumiy tushunchalarni taqdim qilishda (klass, komponent, umumlashtirish, birlashtirish va xulq-atvor) grafik belgilarda kelishtirishga imkoniyat beradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.04.20 09:32]


FTP
File Transfer Protocol

Fayllarni uzatish protokoli hamda uni amalga oshiruvchi dastur. Protokol fayllarni TCP/IP asosida tarmoqdan, jumladan, Internetdan ham foydalanuvchi kompyuterlar orasida fayllar uzatish uchun ishlab chiqilgan. Biror axborotdan FTP yordamida foydalanish amalga oshirilayotgan kompyuterda FTP mijoz, boshqa kompyuterda esa FTP serveri o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Veb amaliyotida FTP orqali foydalanish odatda provayder serverida joylashgan veb-sayt sahifalarini o‘qish uchun ishlatiladi.


Protokol shifrlanmaydi, mualliflash paytida login va parol ochiq matn sifatida uzatiladi. Sniffer yordamida ularni osonlik bilan “tutib olish” mumkin. Ushbu usul tarmoqning bitta qismida joylashganda yaroqlidir. Maxsus dasturlar yordamida uzatiladigan fayllarni muallifflash bo‘lmasa tutib olish mumkin. Trafikni tutib olishdan muhofaza qilish uchun SSHdan foydalanish mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.04.20 13:34]


HTTP holati kodi
ingl. HTTP status code

HTTP holati kodi server javobi birinchi qatorining bo‘lagi.


Uchta arab raqamlaridan iborat butun son. Birinchi raqam holat klassni ko‘rsatadi. Hozirgi paytda holat kodlarning 5 ta klassi belgilangan:

1xx Informational (Axborot beruvchi) - so‘rov olingan va tushunilgan, ishlov davom etayapti.


2xx Success (Muvaffaqiyat) - so‘rov muvaffaqiyatli olindi, tushunildi va ishlovlandi.


3xx Redirection (Qayta marshrutlash) - so‘rovni bajarish uchun keyingi harakatlar qilinishi kerak.


4xx Client Error (Mijoz xatosi) - so‘rov yomon sintaksisga ega yoki bajarilishi mumkin emas.


5xx Server Error (Server xatosi) - server ushbu so‘rovni bajarish qobiliyatiga ega emas.


Quyida IANA holati kodlari ro‘yxatidan ba’zi javob kodlari keltirilgan:


301 - Resurs doimiy ravishda ko‘chirilgan - hujjat server tomonidan ishlatilmaydi, ishorat esa boshqa sahifaga yo‘naltiradi.


303 - Boshqa resursga qarang - so‘ralgan resurs boshqa manzilda joylashgan va uni GET usulidan foydalangan holda so‘rov qilish kerak.


307 - Vaqtinchalik qayta marshrutlash - so‘ralgan resurs vaqtinchalik boshqa manzilga o‘tkazilgan.
403 - Resursga kirish taqiqlangan - ko‘pgina holatlarda hujjatga kirish uchun maxfiy so‘z kiritish yoki ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi bo‘lishi kerak.

404 - Resurs topilmadi - hujjat mavjud emas.


500 - Serverning ichki xatosi - server oldindan kutilmagan shart bilan to‘qnashdi va bu so‘rovni bajarish imkoniyatini bermayapti.


503 - Xizmatdan foydalanish mumkin emas


- vaqtinchalik yuklanganligi yoki o‘chganligi sababli xato kelib chiqdi va serverga texnik yordam ko‘rsatilmoqda.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [18.04.20 10:42]


Yashirin reklama
ingl: hidden advertising
rus: скрытая реклама

Reklama deb belgilanmagan, joylashtirilishi va ko‘rinishi bo‘yicha boshqa materiallardan farq qilmaydigan, shaxsiy xabar sifatida yuborilgan va shularga o‘xshash axborot. Yashirin reklama foydalanuvchi anglay olmaydigan holda uning ongiga ta’sir qiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [19.04.20 23:32]


Elektron qo‘lqop
ingl: electronic glove
rus: электронная перчатка

Virtual borliqqa kirish uchun qo‘lga kiyiladigan qurilma. Elektron qo‘lqop foydalanuvchi qo‘llarining kafti va barmoqlari yordamida virtual borliq obyektlarini boshqarishni amalga oshiradi. Elektron qo‘lqopga qo‘shimcha shlem yoki shlem-displey tizimi qo‘llanilishi mumkin.


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [20.04.20 08:02]


O‘zak
ingl: kernel
rus: ядро

Operasion tizimning markaziy bo‘lagi. U moslamalarga kompyuter resurslariga (prosyessor vaqti, xotira va tashqi apparat ta’minoti) kirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, o‘zak aktiv tizimi va tarmoq protokollari servisini amalga oshiradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.04.20 09:15]


Xot-spot
ingl: hotspot
rus: хот-спот

1. Telekommunikasiya: Wi-Fi simsiz tarmog‘i bilan qoplangan joy. Kirish nuqtasi WLAN orqali mobil tashrifchilarga ommaviy simsiz keng ko‘lamli tarmoq xizmatlarini ko‘rsatadigan aniq geografik joy. Xot-spotlar aholi zich joylarda, jumladan aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari, kutubxonalar, kemalar to‘xtaydigan joylar, yig‘inlar o‘tkazish markazlarida va mehmonxonalarda joylashadi. Xot-spotlardan foydalanish oralig‘i, odatda, cheklangan bo‘ladi.


2. Dasturlash: Kodning nozik joyi; dasturdagi bajarilishi ko‘p vaqtni talab qiladigan joy.


3. Grafika: Ekran, dasturning grafik interfeysi yoki veb-saytdagi joy, uni bosganda ma’lum harakatlarni keltirib chiqaradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.04.20 14:57]


Xalqaro telekommunikasiyalar ittifoqi (XTI)
ingl: International telecommunications union (ITU)
rus: Международный союз электросвязи (МСЭ)

Elektr aloqasidan foydalanish va uni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot. XTI Jeneva (Shveysariya)da joylashgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan boshqariladi.


XTI 1865 - yilda yaratilib, 1932 yilgacha Xalqaro telegraf ittifoqi deb atalgan. XTI maqsadi barcha aloqa turlaridan mintaqaviy foydalanishda xalqaro hamkorlikni ta’minlash va kengaytirish, texnik vositalarini mukamallashtirish va ulardan samarali foydalanishdir. XTI, shuningdek, simsiz tarmoqlar uchun chastotalarni ro‘yxatga olishga ham javobgardir.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [23.04.20 08:02]


Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?

Telegram kanalini tozalash uchun davriy tarzda bir oydan ortiq kirmagan hamda o‘chgan akkauntlarni o‘chirib turish lozim.


Qoida bo‘yicha Telegram’dagi kanal muallifi o‘z kanalida faqat 200 obunachini yoki barchasini yulduzcha orqali qidiruv maydonida so‘rov bergan holda ko‘ra oladi. Har bir foydalanuvchining o‘ng tomonida u qachon oxirgi marta tarmoqda bo‘lganligini ko‘rsatuvchi sana va vaqt ko‘rinib turadi.


♻️ Kanalni tozalashingiz mumkin:


- Qo‘lda. Obunachilarni izlashda yulduzcha bilan so‘rov berasiz va Telegram’ga bir oydan ko‘proq kirmaganlarni (ular katta ehtimol bilan qaytib kirishmaydi) va o‘chgan akkauntlarni o‘chirib tashlaysiz.


- Bu uchun maxsus ishlab chiqarilgan @crosser_bot boti yordamida.


📲 Buning uchun kerakli qadamlar:


1️⃣. Ushbu botni o‘z kanalingiz adminlari safiga qo‘shasiz, unga “adminlarni qo‘shish” huquqini berasiz.


2️⃣. Botning o‘zida “Аудитория” funksiyasini tanlaysiz.
3️⃣. Unga o‘z kanalingiz havolasini yuborasiz.
4️⃣. Hisobotni olasiz.
5️⃣. Hisobotda ko‘rsatilgan o‘chgan yoki nofaol akkauntlarni tanlagan holda, barchasini yoki bir qismini o‘chirasiz.

Bu bir oydan ortiq kanalga kirmagan obunachilar bo‘ladi.


Obunachilar sonining kamayishi sizni har qancha tashvishga solmasin, kanalning qatnashchilarini onda-sonda shunday tozalab turish maqsadga muvofiqdir.


🤔 Keling bu nima uchun kerakligini keltirib o‘tamiz:


✔️ Bu faqat raqamlardir, agar odamlar Telegram’dan foydalanmayotgan va unga anchadan buyon kirmayotgan bo‘lishsa, ular shunchaki statistikani buzishadi va ulardan shunchaki foyda bo‘lmaydi;


✔️ Reklama uchun belgilangan narxga bu ta’sir ko‘rsatmaydi (rus segmentida ko‘proq uchraydigan holat), chunki odamlar obunachilarning soniga emas, balki postlardagi kuzatishlar soni va auditoriyaning qanchalik jalb etilganligini kuzatishadi (har doim ham emas, o‘zbek segmentida ko‘pchilik reklamaga buyurtma berishda avvalambor kanal obunachilari soniga qaraydi va ko‘p holatlarda shunchaki aldanadi);
✔️ Boz ustiga siz mahsulotingizni reklama qilish orqali, u qanchalik zo‘r bo‘lmasin, shunchaki o‘tkaza olmaysiz - bu shunchaki raqamlar va ular sizga hech narsa bermaydi.

Siz uchun nima muhim, ko‘p obunachilarga ega bo‘lish - lekin ularning kam jalb etilganligimi yoki kam bo‘lsa ham - lekin e’tiborli, postlaringizni intiqlik bilan kutadiganlarimi?


Hamma o‘zi uchun o‘zi qaror chiqaradi. Yaxshi kanal vaqt o‘tishi bilan baribir o‘sib ketadi.


Ko‘rib turganingizdek, kanalni tozalab turish muhim! Bu yaxshi kanal rivojlanib borishining zaruriy shartidir. Kamaygan auditoriyaning o‘rnini esa har doim yangi auditoriya hisobiga to‘ldirish mumkin.


P.S. Botning yana bir foydali jihati, bu botni ikki kanalga admin qilgan holda, shu ikki kanalni solishtirib, u va bu kanalda jami nechi kishi bir vaqtning o‘zida a’zo bo‘lganligini aniqlay olish imkoniyatidir. Masalan, Azamat Bahodirov (kimningdir ismi va familiyasiga mos kelib qolsa, oldindan uzr so‘raymiz) har ikki kanalda obuna bo‘lgan bo‘lsa, qidiruv natijasida bir inson deb chiqib keladi. Buni har ikki kanalda admin bo‘lgan taqdiringizdagina tekshira olasiz.


Manba (http://t.me/itspecuz)

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [23.04.20 19:19]


InshaAlloh, hali xiyobon va bozorlarimiz odamga, maktab va bog‘chalar bola kulgusiga, ko‘chalarimiz avtomobillarga yana to‘ladi. Va o‘shanda hamkasbimiz bilan kafe ayvonida qahva ichib suhbatlashib o‘tirish, jazirama kunda metroning salqin bekatiga tushib zamondoshlar qatori bir vagonda ketish, choyxonada sinfdosh do‘stlar bilan hazil-huzul qilish odatiy holdek, shundoq ham bo‘lishi kerak voqeadek qabul qilinmaydi. Har nafasdan bahra olish va har qadamdan zavqlanishga o‘rgatib ketyapti virus. Faqat... yomon tarafi, bir yil o‘tmay bu kunlarni esdan chiqarib, takror xudbinlik ko‘rsatib qo‘yishimiz. Zero, inson o‘z fitrati bilan “unutuvchi”dir. Har birimizni olgan nafasi, ichgan suvi, kechirgan kuniga shukr qiluvchilar qatorida qilsin.

©Davron Kabulov


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [24.04.20 20:36]


400 million foydalanuvchi, oʻquv testlari yaratuvchilari uchun 400 ming yevro, yangilangan soʻrovnomalar va 20000 ta stiker

Telegram oylik faol foydalanuvchilari soni 400 million nafarga yetdi, bu bir yil oldingiga nisbatan 100 millionga koʻproq.


Har kuni kamida 1,5 million yangi foydalanuvchi Telegramdan roʻyxatdan oʻtadi. Jildlar, bulut xotirasi va kompyuterdan kirish imkoniyati Telegramni karantin davrida masofadan turib ishlash va oʻqish uchun ideal vositaga aylantiradi. Telegram dunyoda 20 dan ortiq mamlakatlarda eng koʻp yuklab olingan ijtimoiy tarmoq ilovalari roʻyxatida birinchi oʻrinda turganligining ajablanarli tomoni yoʻq – dunyo boʻylab odamlar katta tezlik bilan Telegramga oʻtishmoqda.

Kelgusida nimalarni rejalashtirmoqdamiz?


Ayni paytdagi butun dunyo boʻyicha yakkalanish videomuloqot uchun ishonchli vositalar qanchalik yetmayotganini koʻrsatdi. 2020-yilda videochaqiruvlar huddi 2013-yilda xabarlar kabi hayotning bir qismiga aylandi. Xavfsizlik yoki qulaylikni taklif qiladigan ilovalar mavjud, lekin har doim ulardan birini tanlashga toʻgʻri keladi. Biz buni tuzatishga umid qilamiz va 2020-yilda xavfsiz guruh videochaqiruvlarini ishga tushirmoqchimiz.


U paydo boʻlishi bilan, biz u haqida blogda yozamiz. Shunday ekan, soʻrashni toʻxtating. 😈


© Telegram


Batafsil oʻqish... (https://telegram.org/blog/400-million/uz)


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [25.04.20 08:02]


VDS
Virtual Dedicated Server

Virtual ajratilgan server. Foydalanuvchiga virtual ajratilgan server xizmatlarini ko‘rsatish. Operasion tizimni boshqarish nuqtai nazaridan fizik ajratilgan serverga o‘xshaydi. Bularga root akkaunti ostida kira olish, o‘z IP-manzillari, portlari, filtrlash qoidalari va marshrutizasiya jadvallari kiradi. Virtual server ichida tizim kutubxonalarining o‘z versiyalarini yaratish va mavjud kutubxonalarni o‘zgartirish, xohlagan fayllarni, jumladan, bosh va boshqa xizmat direktoriyalaridagi fayllarni, o‘chirish, qo‘shish, o‘zgartirish mumkin. Shuningdek, o‘z qo‘llanmalarini o‘rnatish yoki mavjud bo‘lgan dasturiy ta’minotni sozlash va o‘zgartirish ham mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.04.20 04:01]


SUN Microsystems

Apparatli va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya. SUN (Stanford University Networking) 1982 yilda yaratilgan bo‘lib, AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan.


SUN superkompyuterlar, tarmoqlar uchun jihozlar, jumladan serverlar, ishchi stansiyalari, tashqi xotira qurilmalari, elektron pochta va tarmoqni boshqarish uchun dasturiy ta’minot, mikroprosyessorlar, Internet tarmog‘ining kabel televideniyesi tarmoqlari bilan o‘zaro ishlash qurilmalarini ishlab chiqaradi. Kompaniya UNIX operasion tizimi muhiti uchun ishchi stansiyalarini yaratish va Java dasturlash tilini rivojlantirishga oid ishlari bilan mashhur. Kompaniya mahsulotlari qatoriga SPARC ishchi stansiyalari va Solaris operasion muhiti ham kiradi.


Asos solingan yil: 1982


Joylashuvi: AQSH, Santa-Klara, Kaliforniya shtati
Muhim shaxslar: Skott Maknili!(direktorlar kengashi raisi), Djonatan Shvars (bosh/ijrochi direktor)
Soha: Kompyuter texnikasini, dasturiy ta’minotini ishlab chiqarish
Veb-sayt: www.sun.com

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.04.20 08:04]


IPsec
IP Security

IP xavfsizligi. Tarmoqlararo IP protokoli orqali uzatilayotgan ma’lumotlarning himoyasini ta’minlovchi protokollar to‘plami. IP paketlarining haqiqiyligini tasdiqlash va/yoki ularni shifrlashni amalga oshirishga imkon beradi. IPsec, shuningdek, Internet tarmog‘ida kalitlarni xavfsiz almashish uchun protokollarni ham o‘z ichiga oladi. IPsec IPv6ning ajralmas qismidir. IPsec TCP va UDPga asoslangan barcha protokollarning himoyasi uchun qo‘llanilishi mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.04.20 10:52]


GUID
Globally Unique Identifier

Global noyob identifikator. O‘n olti baytli (128 bitli), noyobligi kafolatlangan identifikator. Ikkita bir xil GUIDni yaratish ehtimoli shunchalik kamki, uni hisobga olmasa ham bo‘ladi. GUID COM-obyektlarining noyob interfeys nomlarini yaratish uchun ishlatiladi (CLSID).


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.04.20 19:16]


FIFO
First Input First Output

Birinchi bo‘lib kirdi, birinchi bo‘lib chiqdi. Bu degani avval yozilgan (ya’ni kirgan) ma’lumotlar undan so‘ng yangi ma’lumotlar kiritilganda oldi tomonga siljishini nazarda tutuvchi xotirani tashkillashtirish usuli. Odatda bunday tashkil etilgan xotira ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish paytida bufer xotirasi sifatida qo‘llaniladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [27.04.20 12:33]


DWDM
Dense Wavelength Division Multiplexing

Spektral zichlashtirish texnologiyasi. Optik tola aloqa liniyalarining o‘tkazish tezligini oshirish imkonini beradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [30.04.20 04:02]


Android’da internetni tejash 📲

Internetni iqtisod qilish funksiyasi ilovalarga orqa fondan turib internetdan foydalanishini cheklaydi. Ushbu imkoniyatni faollashtirish tartibi esa quyidagicha:


1️⃣. “Настройки”ni oching. ⚙️


2️⃣. “Подключения”ga o‘ting.
3️⃣. “Использование данных” va “Экономия трафика”ga bosing.
4️⃣. Trafikni iqtisod qilish funksiyasini faollashtiring.

Lozim bo‘lgan taqdirda “Использ.прилож.при эконом.траф.”ga o‘tish orqali ushbu cheklov ta’siridan ba’zi ilovalarni chiqarib qo‘yishingiz mumkin.


📌 Izoh: Proshivkadan qat’iy nazar, sozlamalarning joylashuvi va nomlanishi farqlanishi mumkin.


Manba (http://t.me/itspecuz)

👉🏻@TerminUz


TerminUz, [30.04.20 13:24]


CSD
Circuit Switched Data

GSM standartli mobil telefonlar uchun ishlab chiqilgan ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. CSD ma’lumotlarni 9,6 Kbit/sekund tezlikda tarmoq va kommutasiya nimtizimiga (Network and Switching Subsystem, NSS) uzatish uchun bitta davriy intervaldan foydalanadi. NSSda ma’lumotlar normal modem aloqasi ekvivalenti orqali telefon tarmog‘iga uzatilishi mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [30.04.20 13:52]


Fayl nomi kengaytmasi
ingl: filename extension
rus: расширение имени файла

Fayl nomidan keyin joylashadigan fayl nomining bir qismi. Masalan, “def.exe” fayl nomidagi “exe” qismi kengaytma bo‘lib hisoblanadi. Kengaytmalar fayllar oilasini belgilash uchun ishlatiladi.bOdatda operatsion tizim kengaytmaga qarab fayl bilan nima qilish mumkinligini bilib oladi.


Masalan:
EXE (ingl: executable) – bajariluvchi fayl
BAS – BASIC tilidagi fayl,
BAT – ishga tushirilayotgan buyruq fayli,
COM – tushirilayotgan DOS fayli,
DAT – matn fayli,
DOC – Microsoft Word formatidagi fayl,
GIF – grafik fayl
HTM – HTML formatidagi fayl.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [02.05.20 07:19]


Utilita
ingl: utility
rus: утилита

Kompyuter va kompyuter dasturlariga texnik xizmat ko‘rsatish quroli bo‘lmish xizmat dasturi. Utilitalar kompyuter tizimlarini sinovdan o‘tkazish, operasion tizim yoki uning qismlarini testlash va qayta tiklash, buzilgan yoki yo‘qotilgan fayllarni qayta tiklash va h.k. uchun xizmat qiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [04.05.20 08:15]


Trafik
ingl: traffic
rus: трафик

Telekommunikasiyalar tarmog‘i orqali uzatilayotgan xabarlar to‘plami. Trafik vaqt birligida uzatilayotgan, kompyuter xotirasining o‘lcham birligida ifodalangan (bit sekundiga) axborot hajmi bilan aniqlanadi. Trafik kanalning yoki kommunikasiya tarmog‘ining yuklanganligini


belgilaydi.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [04.05.20 08:31]


Tovush platasi
ingl: sound board
rus: звуковая плата

Kompyuter yordamida tovushlarni yozish va eshittirish, musiqani sintezlash, kompyuterga ulangan tashqi akustika apparatlarini boshqarish imkonini beradigan plata


(foydalanuvchi tizimining bo‘lagi). Tovush platasi o‘z mikroprosyessoriga ega bo‘lib, tovushni tizimga kiritishda analog-raqamli o‘zgartirish va chiqarishda diskret-analog o‘zgartirishni ta’minlaydi. Ko‘pincha plata ma’lumotlarni zichlashtirishni ham amalga oshiradi.

1 - Raqamli chiqish


2 - Mikrofon kirish
3 - Analog liniya kirishi
4 - Oldingi chapdagi / o‘ndagi va quloq uchun
moslama
5 - Sabvufer
6 - Chapdagi / o‘ndagi
7 - Orqadagi chap / o‘ng

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [04.05.20 16:08]


Tizim ma’muri
ingl: system administrator
rus: системный администратор

Tashkilot yoki muassasa tizim dasturiy ta’minotining ahvoli, rivojlanishi va foydalanilishi uchun javobgar inson yoki shaxslar guruhi. Tizim ma’muri foydalanuvchilarning qayd yozuvlarini olib boradi, qayd yozuvlari siyosatini belgilaydi, operasion tizimlarning faoliyati va ma’lumotlar muhofazasining kerakli pog‘onasini ta’minlaydi. U ushbu tashkilotning tizim muhandislari, tizimli dasturlashtiruvchilar va foydalanuvchilari bilan o‘zaro aloqada ishlaydi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [05.05.20 08:43]


Terminal
ingl: terminal
rus: терминал

1. Axborot tizimiga ma’lumot va buyruqlarni kiritish-chiqarish qurilmasi. Terminallar ishlatiladigan xillar ro‘yxati katta bo‘lib, ularning eng oddiysi telefon apparati hisoblanadi. Informatikada, banklarda, savdoda ixtisoslashgan funksiyalarni bajaradigan terminallardan foydalaniladi.


2. Telefon liniyasining yakuniy yoki uning boshqa liniya yoki tarmoq bilan ulanadigan nuqtasi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [05.05.20 11:37]


Soʻrovlar tili
ingl: query language
rus: язык запросов

Ma’lumotlar bazasidan axborot chiqarib olish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan til. So‘rovlar tiliga de-fakto standart bo‘lib SQL tili hisoblanadi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [06.05.20 00:34]


URL
Uniform Resource Locator

Kompyuter tarmog‘idagi manzilni va uni olish mexanizmini aniqlaydigan veb-resurs uchun havola. URL manzil esa, yagona manba identifikatori (URI) ning o‘ziga xos turi. Ko‘p hollarda ushbu atamalar fayllarni uzatish (ftp), elektron pochta (mailto), maʼlumotlar bazasiga kirish (JDBC) va boshqa ko‘plab ilovalar uchun ishlatiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [06.05.20 08:40]


Subdomen
ingl: subdomain
rus: субдомен

Asosiy domenda uchinchi pog‘onali qo‘shimcha domen nomi. Ildiz katalogi hujjatlari yoki asosiy serverning istalgan ichki katalogiga ko‘rsatishi mumkin. Ko‘rinishi: site.domain.uz.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [06.05.20 14:26]


Subnoutbuk
ingl: subnotebook
rus: субноутбук

Kichik o‘lchamlar va vazn hamda oddiy noutbukning ko‘pgina xarakterli xususiyatlariga ega bo‘lgan o‘ta ixcham kompyuter. Subnoutbuklar displeyi 10-13,3 dyuymga teng bo‘ladi. Kichik o‘lchamlari sababli tashqi portlar va diskovodga ega bo‘lmaydi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [08.05.20 12:08]


Server
ingl: server
rus: сервер
1. Tarmoqda joylashgan fayllar va boshqa resurslardan foydalanishni taqdim etuvchi tarmoqdagi kompyuter. Internetda server deganda, veb-sahifalar joylashgan va veb-brauzerlar so‘rovlariga javob beruvchi kompyuter tushuniladi.

2. Mijoz dasturlariga ma’lum xizmatlarni ko‘rsatuvchi dastur. Server dasturi va mijoz dasturlari bitta yoki turli kompyuterlarda bajarilishi mumkin. Masalan, kompyuterda o‘rnatilgan elektron pochta dasturi mijoz dasturidir. U pochta qutisi vositasida ushbu quti joylashgan kompyuter bilan server dasturi orqali muloqotda bo‘ladi.


Serverlarning eng muhim turlari quyidagicha:


- WWW serverlari multimediali axborot va ma’lumotlar bazalari tarkibini taqdim etish uchun mo‘ljallangan;


- elektron pochta serverlari;
- fayllarni almashish uchun mo‘ljallangan FTP serverlari;
- voqey vaqtda muloqot qilish serverlari (chatlar);
- Internet telefoniyasi faoliyatini ta’minlovchi serverlar;
- Internet orqali radio va videoni uzatish tizimlari.

3. Server dasturi bajarilayotgan kompyuter.


q: Mijoz-server arxitekturasi

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [02.04.20 21:40]
Kompyuter soatni qanday eslab qoladi?

Ixtiyoriy kompyuterning platasida (материнская плат) soat va real vaqt soati mavjud. Kompyuter oʻsha soat bilan vaqtni solishtirib toʻgʻirlab boradi. Agar siz kompyuteringizni oʻchirib 1 yildan keyin yoqsangiz ham u vaqtni eslab qolgan boʻladi.


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [04.04.20 20:25]


Internet saytlari qanday pul topadi?

Obunachilardan biri yaqinda shu savolni bergandi: biz megabayt olishga sarflaydigan pulimizni bir qismini biz kiradigan sayt egalari olishadimi?


Meni ham shu savol o‘ylantirar edi, hatto ba’zi aqli yetmasdan aqllilik qiladigan tanishlarim "Beeline, Ucell kabi kompaniyalar trafik pulini o‘sha saytlarga beradi" deb aql o‘rgatishgan edi.


Aslida unday emas. Biz internet trafik sotib olishga sarflaydigan pulimiz O‘zbekistonga kirib keladigan aloqa kanallari ijarasiga, qolgani aloqa kompaniyalarning cho‘ntagiga ketadi.


U holda internet saytlari qanday daromad ko‘radi?


Faqat reklama orqali, boshqa hech qanaqasiga pul topilmaydi! Oddiy yangilik saytlardan tortib gigant saytlar (youtube, facebook)gacha faqat reklama orqali daromad olishadi.


Misol uchun, siz televizor ko‘rganingizda elektrga sarflagan pulingizni televideniya xodimlari olmaydiku, to‘g‘rimi? Huddi vebsaytlarga o‘xshab, televideniyada ham faqat reklama orqali daromad olishadi.


Unda telegram qanday pul topadi?


O‘rinli savol. Negaki telegram sizga majburiy reklama ko‘rsatmaydi (kanallardagi reklamadan tushadigan pulni o‘sha kanal egalari oladi, telegram emas), pullik xizmatlari ham yo‘q (masalan odnoklassnikiga o‘xshab).


Telegram blogiga ko‘ra, kompaniya turli hayriyalar hisobiga ishlaydi. Aniqrog‘i, bu hayriyalarni asosiy qismini Pavel Durov ( @Durov )ning o‘zi ajratgan. U vkontakte orqali anchagina pul ishlab olgan va hayotini xavfsiz xabar almashish tizimini yaratishga bag‘ishlagan. Shuningdek, blogda aytilishicha, agar mabodo keyinchalik pul masalasida qiyinchilikka duch kelishsa, asosiy tamoyillarga ta’sir qilmaydigan qo‘shimcha pullik xizmatlarni ishga tushirishlari mumkin ekan


Shunaqa gaplar!


Manba (http://t.me/TheTechnoAli)

👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [06.04.20 08:02]


Elektron armiya
ingl: electronic army
rus: электронная арми

Informatika va telekommunikasiya tizimlaridan harbiy ishda foydalanish texnologiyasi


@TerminUz


TerminUz, [06.04.20 08:32]


Chip
ingl: chip
rus: чип

Integral sxema o‘rnatilgan yarimo‘tkazgich moddaning (odatda silikon) kichik bo‘lagi. Oddiy chip millionlab elektron tarkibiy qismlardan (tranzistorlardan) iborat bo‘lishi mumkin. Kompyuterlar choplangan sxemaviy plata deb nomlangan elektron asosga o‘rnatilgan ko‘plab chiplardan iborat.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [06.04.20 09:44]


Chit
ingl: cheat
rus: чит

Asosan kompyuter o‘yinlarida o‘yinni sinovdan o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan maxsus kodlar. Ushbu kodlar, masalan, o‘yinda qahramon o‘lmasligi uchun, keyingi bosqichlarga o‘tish uchun imkoniyat beradi. Odatda chitlarni Internetda osonlik bilan topish mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [07.04.20 13:37]


CMS
Content Management System
Tarkib (kontent)ni boshqarish tizimi. Matn va multimedia hujjatlarini yaratish, tahrirlash va boshqarishning qo‘shma jarayonini ta’minlash va tashkillashtirish uchun ishlatiladigan kompyuter dasturi yoki tizimi.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [07.04.20 14:04]


Gradiyent
ingl: gradient
rus: градиент

Kompyuter grafikasida qurish usuli. Muayyan (asosiy) nuqtalarning rangi va shaffofligi belgilanib, qolgan nuqtalarning rangi va shaffofligi ularga nisbatan yoki muayyan matematik algoritmlar asosida hisoblanadi. Shu tarzda dastlabki va so‘nggi nuqtalarning koordinatalari va rangini belgilab, bitta rangdan boshqa rangga tekis o‘tishlarni hosil qilish mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.04.20 15:14]


IDE

1. Integrated Development Environment


Ishlab chiqishning birlashgan muhiti. Dasturlovchi tomonidan dasturni ishlab chiqishda ishlatiladigan dasturiy moslamalar tizimi. Ishlab chiqarish muhiti odatda matn tahririni, kompilyator va/yoki interpretatorni, yig‘ish avtomatlashtiruvchisini va sozlagichni o‘z ichiga oladi. Ba’zi hollarda nazorat tizimlari integrasiyasi uchun ishlatiladigan moslamalardan foydalanuvchining grafik interfeysda ishlashini yengillashtiruvchi turli moslamalardan iborat.


Ko‘pgina zamonaviy ishlab chiqarish muhitlari, shuningdek, klass brauzerlarini, obyekt kontrolleri va klasslarning iyerarxik diagrammasini (dasturiy ta’minotni ob’yektga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishda ishlatiladi) o‘z ichiga oladi. Ba’zi ishlab chiqarish muhitlari bir nechta tillarga moslangan bo‘lishiga qaramasdan (Eclipse yoki Microsoft Visual Studio), odatda, ishlab chiqish muhiti dasturlashning bitta tiliga moslashtirilgan bo‘ladi (Visual Basic).


2. Integrated Drive Electronics – IDE diskli qurilmalari interfeysi. Birlashgan boshqaruv elektronikasiga ega diskli to‘plovchilari uchun interfeys turi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.04.20 10:45]


ISBN
International Standard Book Number
Kitob uchun xalqaro standart tartib raqami. Kitobga nashriyot tomonidan beriladigan 10 xonalik noyob tartib raqami. Tartib raqamlash tamoyillari ISO 2108 ko‘rsatmalarida keltirilgan.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.04.20 13:02]


Java

1. Obyektga yo‘naltirilgan arxitekturali dasturlash tili. Java tili 1992-yili paydo bo‘lgan va SUN Misrosystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan. U avvaliga OAK deb atalib, elektron-maishiy asboblarning boshqarish tili sifatida ishlab chiqilgan. Ammo, 1995-yili nomini Javaga almashtirib, tarmoqda foydalanilayotgan platformadan mustaqil ravishda amaliy dasturlarni yaratish imkonini beradigan vosita bo‘lib qoldi. Shu sababli, bu til bir platformadan boshqasiga yengil ko‘chirilishi bilan tavsiflanadi, axborotni muhofazalashning rivojlangan vositalariga ega va tarmoqda ishlash imkoniyatiga ega. Bu birinchi navbatda Internet tarmog‘iga va uning global ulanish xizmatiga tegishli. Java tili sintaksisi C++ ning sintaksisiga o‘xshash bo‘lib, u maxsus ochiq tarmoq muhitida ishlashga mo‘ljallangan. Java tilining texnologiyasiga tayanib SUN Misrosystems korporatsiyasi operatsion tizim ishlab chiqdi. Java asosida, shuningdek JavaOS operatsion tizimi hamda Java texnologiyasi yaratilgan va xilma-xil operatsion tizimlar ishlab chiqilmoqda.


2. «Appletlarni» yaratish texnologiyasi - foydalanuvchining kompyuteriga saytning sahifasi bilan birga yuklanib, shu sahifani «jonlantirish» imkonini beradi. Appletlar sahifaga qo‘shimcha funksionallikni


taʼminlashi mumkin, animatsion reklamani amalga oshirishi va hattoki, sahifaning ichiga o‘rnatilgan katta bo‘lmagan o‘yinni ifodalashi mumkin.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.04.20 14:08]


Bilasizmi?
Koʻpchilik Oʻzbekiston sunʼiy yoʻldosh uchirib, internetni tezligini bir necha barobarga oshirish mumkin deb fikr yuritadi. Bu aslida notoʻgʻri fikr! Sababi, sunʼiy yoʻldosh orqali maʼlumot almashish tannarxi juda qimmat va ishonchsiz (tashqi omillarga taʼsirchan) sanaladi.

Fakt: Dunyo boʻylab Internet tarmogʻida almashinuvchi maʼlumotlarning 99% koʻp ulushi kabelli internet tarmogʻi hissasiga toʻgʻri keladi. Sunʼiy yoʻldosh Internet tarmogʻi orqali oʻtuvchi maʼlumotlarning ulushi nol butundan sal kattaroq son hisoblanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [13.04.20 19:35]


JAR
Java ARchive
Java arxivi, JAR fayli. Java klassi fayllarini taxlangan shaklda, ko‘makchi klasslarni va metaaxborotni (“manifest”) o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari raqamli imzolarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.04.20 09:03]


GUI
Graphical User Interface

Foydalanuvchining grafik interfeysi.


Foydalanuvchi va kompyuter o‘zaro ishlashi uchun maxsus tizim. U foydalanuvchiga barcha mavjud obyektlar va ekran (oyna, belgi, menyu, knopka, ro‘yxat)ning grafik komponenti sifatidagi funksiyalarni tasvirlashga asoslangan. Nazorat qatori interfeysidan farqli o‘laroq, foydalanuvchi (klaviatura yoki boshqa kiritish uskunasi orqali) ekranda ko‘ringan barcha obyektlarni ixtiyoriy ishlatish imkoniyatiga ega.

Foydalanuvchining grafik interfeysining quyidagi ko‘rinishlari mavjud:


- oddiy: ekran shaklida va kiritish-chiqarish standart elementlari;
- grafik, ikki o‘lchamli: kiritish-chiqarish
nostandart elementlari va metaforalar;
- uch o‘lchamli.

Foydalanuvchining grafik interfeysi 1970-yillarda birinchi marta Xerox PARS ilmiy laboratoriya olimlari tomonidan taklif qilingan va Apple Somputer korporatsiyasi


mahsulotlarida tijoratga qo‘yilgan. AmigaOS operatsion tizimda ko‘p vazifali foydalanuvchining grafik interfeysi 1985-yilda ishlatilgan. Hozirgi paytda foydalanuvchining grafik interfeysi sotuvdagi ko‘pchilik operatsion tizimlarda va qo‘llanmalarda standart holatda tarkibiga kiradi.
👉🏻 @TerminUz

TerminUz, [14.04.20 09:21]


Ethernet

Lokal kompyuter tarmog‘ini tashkil qilish uchun qo‘llaniladigan texnologiya. Ethernet texnologiyasi yordamida “umumiy shina” va “yulduz” sxemalari bo‘yicha tarmoqlarni yaratish mumkin. Ethernet tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 Mbit/sekundgacha bo‘ladi. Ethernet standarti IEEE 802.3 hujjati bilan belgilangan.


Ethernet ajrata olinuvchan muhit va keng eshittirishli uzatish tarmoqlari arxitekturasini belgilaydi (barcha bog‘lamalar paketni bir paytning o‘zida qabul qiladi), foydalanish uslubi – CSMA/CD. Fizik topologiyasi – ekranlashtirilgan koaksial kabel uchun shina, o‘rama juft uchun yulduz, optik tolali kabel uchun ikki nuqtali ulanish.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.04.20 11:13]


DRAM
Dynamic Random Access Memory

To‘g‘ri foydalana olishning dinamik xotirasi – sxemotexnika nuqtai nazaridan kondensatorlarning ikki o‘lchamli matrisasi (qatorlar x ustunlar) shaklida yaratilgan xotira.


Juda arzon, lekin kondensatorlardagi zaryadlarning doimiy “yangilanib turishini” yoki qayta yaralishini (refresh) talab qiladi. Qayta yaralish xotirani “bo‘sh” o‘qish sifatida bajariladi. Ushbu jarayon ancha vaqt talab qiladi, chunki bu paytda regenerasiya kontrolleridan tashqari hech bir qurilma xotiradan foydalana olmaydi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.04.20 13:15]


CSA
Canada Standards Association
Kanadada joylashgan tashkilot, elektron vositalarni xavfsizlikka sertifikatlash uchun javobgar

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 12:07]


Demping (Dumping)

Tovarlarni tashqi va ichki bozorda sunʼiy arzonlashtirilgan, oʻrtacha chakana narxlardan, baʼzan tannarxdan past narxlarda sotish; tashqi bozorni egallash uchun raqobat kurashi vositalaridan biri.


Microsoft kompaniyasi IBM bilan brouzerlar raqobatida demping qoʻllab, Internet Explorer brouzerini tekin qilib Windows OS tarkibiga joylashtirgan.


👉🏻 @TerminUz

TerminUz, [15.04.20 12:38]


TCP/IP
Transmission Control Protocol/Internet Protocol

TCP/IP protokollari oilasi. Internetda ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan protokollar to‘plami. Dastlab UNIX operasion tizimlari uchun yaratilgan. Hozirgi paytda barcha asosiy operasion tizimlarga o‘rnatiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 14:22]


Telnet
TELecommunication NETwork

Tarmoq orqali matnli interfeysni ta’minlovchi tarmoq protokoli (zamonaviy shaklida TCP transporti yordamida). Protokolning mijoz qismini bajaruvchi ba’zi utilitalar ham telnet deyiladi. Protokolning asosiy vazifasi – terminal qurilmalar va terminal jarayonlar o‘zaro ishini ta’minlash. Protokol shifrlash yoki ma’lumotlar haqiqiyligini tekshirishni ko‘zda tutmaydi. Shuning uchun u TCP protokoli zaif bo‘lgan barcha turdagi hujumlarga zaif. Tizimga uzoqdan xavfsiz ulanish uchun SSH tarmoq protokoli qo‘llaniladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 18:32]


FAT
File Allocation Table

1. FAT fayl tizimi. Fayllarni joylashtirish jadvali (FAT)ga asoslangan oddiy disk fayl tizimi. FAT-32 fayl


tizimining paydo bo‘lishi bilan FAT, FAT-16 deb belgilana boshladi.

2. Fayllarni joylashtirish jadvali. Fayl tizimining disk joyining taqsimlanishi to‘g‘risidagi axborot saqlanuvchi xizmat sohasi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [15.04.20 18:35]


UML
Unified Modeling Language

Modellashning birlashtiruvchi tili. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish sohasidagi obyektli modellashning grafik izohlash tili. UML keng ko‘lamli til hisoblanadi. Tizimning abstrakt modelini yaratish uchun grafik belgilarini ishlatadigan ochiq standart. UML asosan dasturlash tizimlarini aniqlash, vizualizasiya, loyihalash va hujjatlashtirish uchun yaratilgan. UMLni ishlatish dasturiy ta’minotni modellash bilangina chegaralanib qolmaydi. Uni shuningdek, biznes jarayonlarini modellashda, tizimni loyihalashda va korxona shaklini ko‘rsatishda ham ishlatishadi.


UML dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga umumiy tushunchalarni taqdim qilishda (klass, komponent, umumlashtirish, birlashtirish va xulq-atvor) grafik belgilarda kelishtirishga imkoniyat beradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.04.20 09:32]


FTP
File Transfer Protocol

Fayllarni uzatish protokoli hamda uni amalga oshiruvchi dastur. Protokol fayllarni TCP/IP asosida tarmoqdan, jumladan, Internetdan ham foydalanuvchi kompyuterlar orasida fayllar uzatish uchun ishlab chiqilgan. Biror axborotdan FTP yordamida foydalanish amalga oshirilayotgan kompyuterda FTP mijoz, boshqa kompyuterda esa FTP serveri o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Veb amaliyotida FTP orqali foydalanish odatda provayder serverida joylashgan veb-sayt sahifalarini o‘qish uchun ishlatiladi.


Protokol shifrlanmaydi, mualliflash paytida login va parol ochiq matn sifatida uzatiladi. Sniffer yordamida ularni osonlik bilan “tutib olish” mumkin. Ushbu usul tarmoqning bitta qismida joylashganda yaroqlidir. Maxsus dasturlar yordamida uzatiladigan fayllarni muallifflash bo‘lmasa tutib olish mumkin. Trafikni tutib olishdan muhofaza qilish uchun SSHdan foydalanish mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.04.20 13:34]


HTTP holati kodi
ingl. HTTP status code

HTTP holati kodi server javobi birinchi qatorining bo‘lagi.


Uchta arab raqamlaridan iborat butun son. Birinchi raqam holat klassni ko‘rsatadi. Hozirgi paytda holat kodlarning 5 ta klassi belgilangan:

1xx Informational (Axborot beruvchi) - so‘rov olingan va tushunilgan, ishlov davom etayapti.


2xx Success (Muvaffaqiyat) - so‘rov muvaffaqiyatli olindi, tushunildi va ishlovlandi.


3xx Redirection (Qayta marshrutlash) - so‘rovni bajarish uchun keyingi harakatlar qilinishi kerak.


4xx Client Error (Mijoz xatosi) - so‘rov yomon sintaksisga ega yoki bajarilishi mumkin emas.


5xx Server Error (Server xatosi) - server ushbu so‘rovni bajarish qobiliyatiga ega emas.


Quyida IANA holati kodlari ro‘yxatidan ba’zi javob kodlari keltirilgan:


301 - Resurs doimiy ravishda ko‘chirilgan - hujjat server tomonidan ishlatilmaydi, ishorat esa boshqa sahifaga yo‘naltiradi.


303 - Boshqa resursga qarang - so‘ralgan resurs boshqa manzilda joylashgan va uni GET usulidan foydalangan holda so‘rov qilish kerak.


307 - Vaqtinchalik qayta marshrutlash - so‘ralgan resurs vaqtinchalik boshqa manzilga o‘tkazilgan.
403 - Resursga kirish taqiqlangan - ko‘pgina holatlarda hujjatga kirish uchun maxfiy so‘z kiritish yoki ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi bo‘lishi kerak.

404 - Resurs topilmadi - hujjat mavjud emas.


500 - Serverning ichki xatosi - server oldindan kutilmagan shart bilan to‘qnashdi va bu so‘rovni bajarish imkoniyatini bermayapti.


503 - Xizmatdan foydalanish mumkin emas


- vaqtinchalik yuklanganligi yoki o‘chganligi sababli xato kelib chiqdi va serverga texnik yordam ko‘rsatilmoqda.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [18.04.20 10:42]


Yashirin reklama
ingl: hidden advertising
rus: скрытая реклама

Reklama deb belgilanmagan, joylashtirilishi va ko‘rinishi bo‘yicha boshqa materiallardan farq qilmaydigan, shaxsiy xabar sifatida yuborilgan va shularga o‘xshash axborot. Yashirin reklama foydalanuvchi anglay olmaydigan holda uning ongiga ta’sir qiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [19.04.20 23:32]


Elektron qo‘lqop
ingl: electronic glove
rus: электронная перчатка

Virtual borliqqa kirish uchun qo‘lga kiyiladigan qurilma. Elektron qo‘lqop foydalanuvchi qo‘llarining kafti va barmoqlari yordamida virtual borliq obyektlarini boshqarishni amalga oshiradi. Elektron qo‘lqopga qo‘shimcha shlem yoki shlem-displey tizimi qo‘llanilishi mumkin.


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [20.04.20 08:02]


O‘zak
ingl: kernel
rus: ядро

Operasion tizimning markaziy bo‘lagi. U moslamalarga kompyuter resurslariga (prosyessor vaqti, xotira va tashqi apparat ta’minoti) kirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, o‘zak aktiv tizimi va tarmoq protokollari servisini amalga oshiradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.04.20 09:15]


Xot-spot
ingl: hotspot
rus: хот-спот

1. Telekommunikasiya: Wi-Fi simsiz tarmog‘i bilan qoplangan joy. Kirish nuqtasi WLAN orqali mobil tashrifchilarga ommaviy simsiz keng ko‘lamli tarmoq xizmatlarini ko‘rsatadigan aniq geografik joy. Xot-spotlar aholi zich joylarda, jumladan aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari, kutubxonalar, kemalar to‘xtaydigan joylar, yig‘inlar o‘tkazish markazlarida va mehmonxonalarda joylashadi. Xot-spotlardan foydalanish oralig‘i, odatda, cheklangan bo‘ladi.


2. Dasturlash: Kodning nozik joyi; dasturdagi bajarilishi ko‘p vaqtni talab qiladigan joy.


3. Grafika: Ekran, dasturning grafik interfeysi yoki veb-saytdagi joy, uni bosganda ma’lum harakatlarni keltirib chiqaradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.04.20 14:57]


Xalqaro telekommunikasiyalar ittifoqi (XTI)
ingl: International telecommunications union (ITU)
rus: Международный союз электросвязи (МСЭ)

Elektr aloqasidan foydalanish va uni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot. XTI Jeneva (Shveysariya)da joylashgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan boshqariladi.


XTI 1865 - yilda yaratilib, 1932 yilgacha Xalqaro telegraf ittifoqi deb atalgan. XTI maqsadi barcha aloqa turlaridan mintaqaviy foydalanishda xalqaro hamkorlikni ta’minlash va kengaytirish, texnik vositalarini mukamallashtirish va ulardan samarali foydalanishdir. XTI, shuningdek, simsiz tarmoqlar uchun chastotalarni ro‘yxatga olishga ham javobgardir.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [23.04.20 08:02]


Telegram kanali nofaol obunachilardan qanday tozalanadi?

Telegram kanalini tozalash uchun davriy tarzda bir oydan ortiq kirmagan hamda o‘chgan akkauntlarni o‘chirib turish lozim.


Qoida bo‘yicha Telegram’dagi kanal muallifi o‘z kanalida faqat 200 obunachini yoki barchasini yulduzcha orqali qidiruv maydonida so‘rov bergan holda ko‘ra oladi. Har bir foydalanuvchining o‘ng tomonida u qachon oxirgi marta tarmoqda bo‘lganligini ko‘rsatuvchi sana va vaqt ko‘rinib turadi.


♻️ Kanalni tozalashingiz mumkin:


- Qo‘lda. Obunachilarni izlashda yulduzcha bilan so‘rov berasiz va Telegram’ga bir oydan ko‘proq kirmaganlarni (ular katta ehtimol bilan qaytib kirishmaydi) va o‘chgan akkauntlarni o‘chirib tashlaysiz.


- Bu uchun maxsus ishlab chiqarilgan @crosser_bot boti yordamida.


📲 Buning uchun kerakli qadamlar:


1️⃣. Ushbu botni o‘z kanalingiz adminlari safiga qo‘shasiz, unga “adminlarni qo‘shish” huquqini berasiz.


2️⃣. Botning o‘zida “Аудитория” funksiyasini tanlaysiz.
3️⃣. Unga o‘z kanalingiz havolasini yuborasiz.
4️⃣. Hisobotni olasiz.
5️⃣. Hisobotda ko‘rsatilgan o‘chgan yoki nofaol akkauntlarni tanlagan holda, barchasini yoki bir qismini o‘chirasiz.

Bu bir oydan ortiq kanalga kirmagan obunachilar bo‘ladi.


Obunachilar sonining kamayishi sizni har qancha tashvishga solmasin, kanalning qatnashchilarini onda-sonda shunday tozalab turish maqsadga muvofiqdir.


🤔 Keling bu nima uchun kerakligini keltirib o‘tamiz:


✔️ Bu faqat raqamlardir, agar odamlar Telegram’dan foydalanmayotgan va unga anchadan buyon kirmayotgan bo‘lishsa, ular shunchaki statistikani buzishadi va ulardan shunchaki foyda bo‘lmaydi;


✔️ Reklama uchun belgilangan narxga bu ta’sir ko‘rsatmaydi (rus segmentida ko‘proq uchraydigan holat), chunki odamlar obunachilarning soniga emas, balki postlardagi kuzatishlar soni va auditoriyaning qanchalik jalb etilganligini kuzatishadi (har doim ham emas, o‘zbek segmentida ko‘pchilik reklamaga buyurtma berishda avvalambor kanal obunachilari soniga qaraydi va ko‘p holatlarda shunchaki aldanadi);
✔️ Boz ustiga siz mahsulotingizni reklama qilish orqali, u qanchalik zo‘r bo‘lmasin, shunchaki o‘tkaza olmaysiz - bu shunchaki raqamlar va ular sizga hech narsa bermaydi.

Siz uchun nima muhim, ko‘p obunachilarga ega bo‘lish - lekin ularning kam jalb etilganligimi yoki kam bo‘lsa ham - lekin e’tiborli, postlaringizni intiqlik bilan kutadiganlarimi?


Hamma o‘zi uchun o‘zi qaror chiqaradi. Yaxshi kanal vaqt o‘tishi bilan baribir o‘sib ketadi.


Ko‘rib turganingizdek, kanalni tozalab turish muhim! Bu yaxshi kanal rivojlanib borishining zaruriy shartidir. Kamaygan auditoriyaning o‘rnini esa har doim yangi auditoriya hisobiga to‘ldirish mumkin.


P.S. Botning yana bir foydali jihati, bu botni ikki kanalga admin qilgan holda, shu ikki kanalni solishtirib, u va bu kanalda jami nechi kishi bir vaqtning o‘zida a’zo bo‘lganligini aniqlay olish imkoniyatidir. Masalan, Azamat Bahodirov (kimningdir ismi va familiyasiga mos kelib qolsa, oldindan uzr so‘raymiz) har ikki kanalda obuna bo‘lgan bo‘lsa, qidiruv natijasida bir inson deb chiqib keladi. Buni har ikki kanalda admin bo‘lgan taqdiringizdagina tekshira olasiz.


Manba (http://t.me/itspecuz)

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [23.04.20 19:19]


InshaAlloh, hali xiyobon va bozorlarimiz odamga, maktab va bog‘chalar bola kulgusiga, ko‘chalarimiz avtomobillarga yana to‘ladi. Va o‘shanda hamkasbimiz bilan kafe ayvonida qahva ichib suhbatlashib o‘tirish, jazirama kunda metroning salqin bekatiga tushib zamondoshlar qatori bir vagonda ketish, choyxonada sinfdosh do‘stlar bilan hazil-huzul qilish odatiy holdek, shundoq ham bo‘lishi kerak voqeadek qabul qilinmaydi. Har nafasdan bahra olish va har qadamdan zavqlanishga o‘rgatib ketyapti virus. Faqat... yomon tarafi, bir yil o‘tmay bu kunlarni esdan chiqarib, takror xudbinlik ko‘rsatib qo‘yishimiz. Zero, inson o‘z fitrati bilan “unutuvchi”dir. Har birimizni olgan nafasi, ichgan suvi, kechirgan kuniga shukr qiluvchilar qatorida qilsin.

©Davron Kabulov


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [24.04.20 20:36]


400 million foydalanuvchi, oʻquv testlari yaratuvchilari uchun 400 ming yevro, yangilangan soʻrovnomalar va 20000 ta stiker

Telegram oylik faol foydalanuvchilari soni 400 million nafarga yetdi, bu bir yil oldingiga nisbatan 100 millionga koʻproq.


Har kuni kamida 1,5 million yangi foydalanuvchi Telegramdan roʻyxatdan oʻtadi. Jildlar, bulut xotirasi va kompyuterdan kirish imkoniyati Telegramni karantin davrida masofadan turib ishlash va oʻqish uchun ideal vositaga aylantiradi. Telegram dunyoda 20 dan ortiq mamlakatlarda eng koʻp yuklab olingan ijtimoiy tarmoq ilovalari roʻyxatida birinchi oʻrinda turganligining ajablanarli tomoni yoʻq – dunyo boʻylab odamlar katta tezlik bilan Telegramga oʻtishmoqda.

Kelgusida nimalarni rejalashtirmoqdamiz?


Ayni paytdagi butun dunyo boʻyicha yakkalanish videomuloqot uchun ishonchli vositalar qanchalik yetmayotganini koʻrsatdi. 2020-yilda videochaqiruvlar huddi 2013-yilda xabarlar kabi hayotning bir qismiga aylandi. Xavfsizlik yoki qulaylikni taklif qiladigan ilovalar mavjud, lekin har doim ulardan birini tanlashga toʻgʻri keladi. Biz buni tuzatishga umid qilamiz va 2020-yilda xavfsiz guruh videochaqiruvlarini ishga tushirmoqchimiz.


U paydo boʻlishi bilan, biz u haqida blogda yozamiz. Shunday ekan, soʻrashni toʻxtating. 😈


© Telegram


Batafsil oʻqish... (https://telegram.org/blog/400-million/uz)


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [25.04.20 08:02]


VDS
Virtual Dedicated Server

Virtual ajratilgan server. Foydalanuvchiga virtual ajratilgan server xizmatlarini ko‘rsatish. Operasion tizimni boshqarish nuqtai nazaridan fizik ajratilgan serverga o‘xshaydi. Bularga root akkaunti ostida kira olish, o‘z IP-manzillari, portlari, filtrlash qoidalari va marshrutizasiya jadvallari kiradi. Virtual server ichida tizim kutubxonalarining o‘z versiyalarini yaratish va mavjud kutubxonalarni o‘zgartirish, xohlagan fayllarni, jumladan, bosh va boshqa xizmat direktoriyalaridagi fayllarni, o‘chirish, qo‘shish, o‘zgartirish mumkin. Shuningdek, o‘z qo‘llanmalarini o‘rnatish yoki mavjud bo‘lgan dasturiy ta’minotni sozlash va o‘zgartirish ham mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.04.20 04:01]


SUN Microsystems

Apparatli va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya. SUN (Stanford University Networking) 1982 yilda yaratilgan bo‘lib, AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan.


SUN superkompyuterlar, tarmoqlar uchun jihozlar, jumladan serverlar, ishchi stansiyalari, tashqi xotira qurilmalari, elektron pochta va tarmoqni boshqarish uchun dasturiy ta’minot, mikroprosyessorlar, Internet tarmog‘ining kabel televideniyesi tarmoqlari bilan o‘zaro ishlash qurilmalarini ishlab chiqaradi. Kompaniya UNIX operasion tizimi muhiti uchun ishchi stansiyalarini yaratish va Java dasturlash tilini rivojlantirishga oid ishlari bilan mashhur. Kompaniya mahsulotlari qatoriga SPARC ishchi stansiyalari va Solaris operasion muhiti ham kiradi.


Asos solingan yil: 1982


Joylashuvi: AQSH, Santa-Klara, Kaliforniya shtati
Muhim shaxslar: Skott Maknili!(direktorlar kengashi raisi), Djonatan Shvars (bosh/ijrochi direktor)
Soha: Kompyuter texnikasini, dasturiy ta’minotini ishlab chiqarish
Veb-sayt: www.sun.com

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.04.20 08:04]


IPsec
IP Security

IP xavfsizligi. Tarmoqlararo IP protokoli orqali uzatilayotgan ma’lumotlarning himoyasini ta’minlovchi protokollar to‘plami. IP paketlarining haqiqiyligini tasdiqlash va/yoki ularni shifrlashni amalga oshirishga imkon beradi. IPsec, shuningdek, Internet tarmog‘ida kalitlarni xavfsiz almashish uchun protokollarni ham o‘z ichiga oladi. IPsec IPv6ning ajralmas qismidir. IPsec TCP va UDPga asoslangan barcha protokollarning himoyasi uchun qo‘llanilishi mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.04.20 10:52]


GUID
Globally Unique Identifier

Global noyob identifikator. O‘n olti baytli (128 bitli), noyobligi kafolatlangan identifikator. Ikkita bir xil GUIDni yaratish ehtimoli shunchalik kamki, uni hisobga olmasa ham bo‘ladi. GUID COM-obyektlarining noyob interfeys nomlarini yaratish uchun ishlatiladi (CLSID).


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [08.05.20 13:19]


Mobil aloqa operatori
ingl: mobile network operator (MNO)
rus: оператор мобильной связи

Abonentlarining mobil telefonlariga mobil aloqa xizmatini taklif qiluvchi telefon kompaniyasi. Operator vazifasiga radiochastotadan foydalanish uchun va xizmat ko‘rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o‘zining uyali tarmog‘ini tashkil qilish va uni ekspluatasiya qilish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to‘lovlarini yig‘ish va texnik xizmat kursatish vazifalari kiradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [08.05.20 14:04]


Mobil tizim
ingl: mobile system
rus: мобильная система

Harakatlanuvchan va harakatlanmaydigan abonentlarning bir-biri bilan o‘zaro ishlashini ta’minlovchi kommunikasiya tarmog‘i xizmati. Mobil tizimlar yer usti va sun’iy yo‘ldosh tarmoqlarida tashkil etiladi. Ular, shuningdek, uyali paketli radio tarmoqlarida, jumladan uyasimon raqamli paketli ma’lumotlardan foydalanganda ham keng qo‘llaniladi. Natijada mobil aloqa tarmoqlari, ya’ni harakatlanuvchan mobil aloqa tizimlari tashkil etiladi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 08:02]


Mutlaq URL manzil
ingl: absolute URL-address
rus: абсолютный URL-адрес

Internetda sahifa yoki boshqa resurs


manzili. Mutlaq URL manzil tarkibi
protokoldan, masalan, “http”dan, tarmoqda joylashuvi hamda qo‘shimcha yo‘l va fayl nomidan iborat. Masalan, http://www.gov.uz/index.html mutlaq URL manzilidir.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 09:02]


Onlayn
ingl: online
rus: онлайн

1. ot. Sizning kompyuteringiz xost-tizim bilan ulangan rejim hamda kompyuteringiz FTP-server, WWW-server va boshqa umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan tizim bilan ulanganda bevosita xizmatni taqdim qilish. O‘zgacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan bevosita o‘zaro aloqada ishlash rejimi (foydalanuvchi talabnomalarining paket ishlash tizimlaridan farqi).


2. sifat. Elektron, tarmoqli nashrlarga, ma’lumotlar bazalariga nisbatan. Masalan, onlayn jurnal; onlayn hujjatlar; onlayn yordam va h.k.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 12:03]


Lokalizatsiya
ingl: localization
rus: локализация

1. Qidirilayotgan obyektning turgan joyini aniqlash.


2. Tizimning mahalliy bozor sharoitlariga, xususan, milliy tilga moslashuvi. Kompyuter dasturini ma’lum mamlakat yoki mintaqa uchun moslashtirish jarayoni. Masalan, dastur mahalliy tilning alifbosini qo‘llab-quvvatlashi va sonlar hamda boshqa qiymatlarni mahalliy formatda taqdim etish uchun sozlangan bo‘lishi lozim. So‘zlarga ishlov berish dasturini mahalliylashtirish mahalliy til so‘zlarini tanishi, yangi imloni tekshirish vositasini qo‘shishni talab qilishi mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 12:29]


Android’dan iPhone’ga o‘tdingizmi? Unda buni, albatta, o‘qing! 📱📲

Android operatsion tizimli smartfon ishlatadiganlar iPhone olsa, unga birdaniga ko‘nikib ketishi qiyin kechadi. Chunki, bu ikkala smartfonning bir-biridan farqli jihatlari yer bilan osmoncha. Quyida e’tiboringizga yangi “tishlangan olma”ngizga ko‘nikishga yordam beradigan tavsiyalarni havola etamiz...


1️⃣-tavsiya


iPhone’da “proshivka” tez-tez yangilab turiladi. Qurilma yangilash vaqtini sizga doim eslatib, ko‘rsatib turadi. Bu yangilashni doim o‘z vaqtida amalga oshiring. Bu iPhone’ingizning yanada yaxshi va yangi imkoniyatlar bilan ishlashini ta’minlaydi.


2️⃣-tavsiya


Kechqurun suratga yoki tavsirga olish jarayonlarida NeuralCam deb ataluvchi ilovadan foydalaning. Ushbu ilova orqali suratlaringiz yorug‘lik kam paytda ham yaxshi chiqadi.


3️⃣-tavsiya


“Favqulodda qo‘ng‘iroq”lar funksiyasini sozlab qo‘ying. Bu favqulodda holatlarda tez va oson qo‘ng‘iroq qilishga yordam beradi.


4️⃣-tavsiya


iPhone’da ko‘proq qorong‘u rejimdan foydalaning. Bu telefon quvvatini tejashga yordam beradi. “Quvvatni tejash” rejimini ham e’tiborsiz qoldirmang.


5️⃣-tavsiya


Yangi qurilmangizda tez va oson matn yozish uchun:


• Klaviaturaning istalgan bir yeriga barmoqni uzmay bosib turilsa, u tachpad (bunda kursorni istagan yerga osongina surish, joylashtirish mumkin) rejimiga o‘tib qoladi.


• Matndagi ma’lum bir so‘zdan nusxa ko‘chirish, ulashish yoki kesib olish uchun o‘sha so‘zga bir marta bosishning o‘zi kifoya. So‘zning yuqori qismida siz qidirgan vazifalar paydo bo‘ladi.


• “iPhone’ni topish” funksiyasining oflayn-qidiruv bo‘lmasini soz holatga keltirib, “so‘nggi geopozitsiya” qismidagi tugmani yoqib qo‘ying. Bu geolokatsiya haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda saqlash imkonini beradi. Smartfoningiz quvvati kamayib, o‘chay deganda ham, kerakli lokatsiyani iCloud orqali ko‘rib olishingiz mumkin. Faqat Bluetooth’ni o‘chirib qo‘ymang. Aks holda oflayn-qidiruv ishlamaydi (https://lifehacker.ru/8-tips-android-to-iphone-reddit/).


Manba (http://xabardor.uz/)

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 16:03]


Ma’lumotlar bazasi (MB)
ingl: database (DB)
rus: база данных (БД)

1. Elektron hisoblash mashinalari yordamida qidirib topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tarzda tartibga solingan ma’lumotlar to‘plami (masalan: maqolalar, hisob-kitob).


2. Aniq qoidalar asosida tashkil qilingan va amaliy dasturlarga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar to‘plami. Bu qoidalar ma’lumotlarni ta’riflash, saqlash va joyining o‘zgarishiga oid umumiy tamoyillarni nazarda tutadi. Ma’lumotlar bazasi (MB) yetarlicha to‘la, to‘g‘ri tashkil qilinishi, hozirgi kunga doimo mos kelishi va foydalanish uchun qulay bo‘lishi lozim. Bu ma’lumotlar bir-biriga zid bo‘lmasligi zarur.


Ma’lumotlarni tahrirlash, to‘latish va yo‘qotib tashlash, hamda ularni qidirib topish va saralash MBni boshqarish tizimi (MBBT) yordamida amalga oshiriladi. MBlari shaxsiy va jamoaviy foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Jamoa foydalanadigan yirik MBlarni kuzatib borishni ma’lumotlar bazasining boshqaruvchisi amalga oshiradi. Bitta kompyuterda joylashgan lokal bazalar va bir-biri bilan bog‘langan bir nechta kompyuterlarda taqsimlangan bazalar farqlanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 18:32]


Dasturni sozlash
ingl: program debugging
rus: отладка программы

Dasturda xatolarni topish va tuzatish jarayoni. Bu jarayonni bajarish uchun maxsus sozlovchi deb atalmish dasturlar yaratiladi. Ular, dasturlashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni qidirib topishga mo‘ljallangan. Sozlashda dastur qadam-baqadam bajariladi. Har bir qadamda ma’lumotlarda yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bu jarayon o‘zgartirilishi zarur bo‘lgan elementlarni topish imkonini beradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 22:12]


Tanishish vaqti keldi
Muqaddima: Salom! Mening ismim Soatmurod. Surxondaryolikman, yoshim 19 da. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti birinchi kurs talabasiman.

Dasturlashga xususan, Android developmentga qiziqishim yuqori. Hozirda Javani mustaqil ravishda oʻrganyapman. Dasturlashga qiziqib boshlaganimda juda koʻp tushunarsiz terminlar uchrardi, ularni tushunishga juda qiynalardim. Dasturlash nima ekanligini universitetda bilganman🤦‍♂ Keyin hayolimga @TerminUz kanalini ochish fikri kelib qoldi. Shunday qilib, kanal yaratildi va rivojlanib bormoqda!


Hozircha men haqimda tezkor maʼlumotlar shulardan iborat edi, kanaldan uzoqlashmang.


Qoʻshimcha savollar boʻlsa lichkada soʻrashingiz mumkin!


TerminUz, [09.05.20 23:08]


Shu desalaringiz sizlardan beso'roq bitta shaxsiy blog ochib qoʻydim:) @notepaduz u yerda mening shaxsiy fikrlarim, musiqalar, kitoblar va memlarni joylashtirib boraman. Obuna boʻlib qoʻysangiz ortiqchalik qilmaydi🙃
Manzil:@notepaduz

TerminUz, [10.05.20 08:02]


Grafik karta
ingl: graphic card
rus: графическая карта

Kompyuter xotirasida joylashgan tasvirni monitor uchun videosignalga o‘giruvchi qurilma. Videokarta, grafik plata, grafik tezlashtirgich, videoadapter deb ham ataladi. Grafik karta odatda kengaytirish platasi bo‘lib, u universal (PCI Express, PCI, ISA, EISA, MCA) yoki maxsus (AGP) kengaytirish razyomiga o‘rnatiladi, biroq u tizim platasi ichiga o‘rnatilgan (integrasiyalashgan) bo‘lishi ham mumkin.


Zamonaviy grafik kartalar tasvirni chiqarish bilan cheklanib qolmay, ular qo‘shimcha ishlov berish vazifalarini bajarishi mumkin bo‘lgan va kompyuter markaziy protsyessorini shu vazifalardan ozod etadigan, ichiga o‘rnatilgan grafik mikroprotsyessorga ega. Misol uchun, barcha zamonaviy NVIDIA va AMD (ATi) grafik kartalari OpenGL ilovalarini apparat pog‘onasida qo‘llaydi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [10.05.20 10:52]


Virtual voqelik
ingl: virtual reality
rus: виртуальная реальность

1. Virtual, ya’ni haqiqatan mavjud bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lib undan boshqacha qabul qilinadigan muhit. “Virtual voqelik” tushunchasi kompyuter vositalari yordamida yaratilgan dunyoni bildiradi. U haqiqatan mavjud bo‘lmaydi, biroq kompyuter insonning ko‘rish, eshitish va boshqa hissiyot organlariga ta’sir qilib, ushbu dunyodan foydalanish illyuziyasini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, inson ushbu dunyoda ro‘y berayotgan voqealarga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkinligi voqeylik hissini kuchaytiradi. Virtual voqelikdan foydalanishning oddiy misoli bu kompyuter o‘yinidir.


2. Kuzatuvchini ekran orqasidagi tasavvur qilinayotgan dunyoga olib kiruvchi ko‘rish va eshitishni ta’minlovchi kompyuter tizimlari. Foydalanuvchi atrofida kompyuterlar tomonidan yaratilgan voqelik hissini beruvchi tasavvur va tovushlar paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi sun’iy dunyo bilan uning harakatlari va tuyg‘ularini hamda audiovizual effektlarini bog‘lovchi shlem va qo‘lqop kabi turli sensorlar orqali muloqotda bo‘ladi. Virtual voqelik sohasidagi kelgusi tadqiqotlar kuzatilayotgan narsalarning haqqoniyligi tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilgan.


3. Axboriy o‘zaro ta’sir qilishning yangi texnologiyasi. U murakkab multimedia-amaliy muhitlar yordamida voqey vaqtda bo‘rttirilgan tarzda aks ettirilgan “ekran dunyosidan” bevosita foydalanish va unda bo‘lish illyuziyasini yaratadi. Bu foydalanuvchi tasavvurida yaratiladigan mavhum dunyodir


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [10.05.20 15:29]


Kompyuter o‘yini
ingl: computer game
rus: компьютерная игра

Holatlarni kompyuter yordamida modellash. U samarador yechimlarni ishlab chiqish maqsadida, ziddiyat usulidan foydalanadi.


O‘yinlar nazariyasi asosida yaratilayotgan kompyuter o‘yinlarida, bir ishtirokchi sifatida – kompyuter, boshqalari sifatida – odamlar qatnashadi. Har bir kompyuter o‘yini, uning o‘tib borish jarayonini
tavsiflaydigan algoritm tomonidan belgilanadi. Bu algoritm qator talablarga javob berishi zarur:

- jarayon shunday bo‘lishi kerakki, o‘yinchi ko‘nikmalar olsin va takroriy o‘yinda yig‘ilgan tajribani ishlata olsin;


- o‘yin o‘yinchini eng yaxshi natijaga erishishga qiziqtira olishi bilan maftunkor bo‘lishi kerak;
- o‘yinda ma’lumotlarni ifodalashning turli shakllari ishlatilishi zarur.

O‘yin tushunchasi insonning ishi va dam olishi bilan bog‘liq turli sohalarni qamrab oladi. Bunga ishchanlik o‘yinlari (iqtisod va ishlab chiqarishni boshqarish), o‘qish, sport, dam olish, ko‘ngil ochish kiradi. O‘yinlarni o‘tkazish uchun kompyuterlarga maxsus kiritish-chiqarish qurilmalari – richagli mexanizm, radiokarnay, mikrofon va boshqalar bilan jihozlanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.05.20 13:17]


Ishchi stansiyasi
ingl: workstation
rus: рабочая станция

1. Bitta foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan shaxsiy kompyuterdan quvvatliroq kompyuter. Odatda kasbga yo‘naltirilgan avtomatlashtirilgan ish joyi sifatida ishlatiladi. Ishchi stansiyasi foydalanuvchi tomonidan bir necha vazifa ishga tushirilishi, ya’ni, ma’lumotlarga ko‘pvazifali ishlov berish rejimi bilan tavsiflanadi. Bu amaliy jarayonlar guruhini bajarish imkonini beradi. Ishchi stansiyasi arxitekturasida axborotga ko‘rib turib ishlov berish muhim ahamiyatga ega.


2. Lokal hisoblash tarmog‘iga ulangan kompyuter. U foydalanuvchining vazifalarini tarmoq bilan birgalikda bajarishga ixtisoslashgan. Dastlabki ishchi stansiyasi SUN (Stenford universitetining tarmoq mahsuloti) deb atalgan bo‘lib, SUN Microsystems korporasiyasi tomonidan “tarmoq – bu kompyuter” shiori ostida yaratilgan


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.05.20 13:53]


Kompyuter dasturi
ingl: computer program
rus: компьютерная программа

1. Masalani yechish algoritmining tavsifi. Dasturlash tilida beriladigan, dasturchi tomonidan tuziladigan va kompyuter bajaradigan ko‘rsatmalar yig‘masi.


2. Muayyan funksiyalarni, masalalarni va muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan, ixtisoslashgan dasturlash tilining qoidalariga bo‘ysunadigan va operatorlar yoki buyruqlar tavsifidan iborat sintaksis birlik.


3. Hisoblash mashinasiga algoritmni belgilab beradigan, ko‘rsatmalar (buyruqlar yoki tavsiflar va operatorlar) ketma-ketligi. Kompyuter dasturi kompyuter qanday tartibda, qaysi ma’lumotlar ustidan va qanday amallarni bajarishi kerakligini, hamda qanday shaklda natija berishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Kompyuterni boshqarish qurilmasi kompyuter dasturini mashina buyruqlari ketma-ketligi shaklida qabul qiladi. Kompyuter dasturini mashina tilida tuzish – noqulay va sermehnat jarayon. Shu sababli, odatda kompyuter dasturini inson tomonidan biror-bir dasturlash tilida tuziladi, so‘ngra kompyuterning o‘zi bu dasturni mashina tiliga o‘tkazadi (translyatsiya qiladi).


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.05.20 15:03]


Katod nurli trubka
ingl: cathode-ray tube (CRT)
rus: трубка с катодными лучами

Televizor ekranlari va kompyuter displeylarida ishlatiladigan elektron trubka. Elektron nurli trubka deb ham ataladi. CRTning ish tamoyili ekranning orqa qismida elektron nurining oldinga va orqaga harakatlanishiga asoslangan. Nurning ekran orqali har bir siljishida bu nur shisha trubkaning ichki tomonidagi fosforli nuqtalarni, ekranning aktiv maydonchalarini yoritadi. Shunday chiziqlar to‘plamini chizish evaziga nur ekranda tasvirning umumiy suratini yaratadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.05.20 21:03]


‍Qaysi brouzerdan foydalansiz? Chrome?! Yoʻq-mi, Ok!

Chrome brauzerida saqlab qolingan parollarni ko'rish


Login va parol kiritiladigan saytlar bilan ishlaganingizda, parollar brauzerlar tomonidan saqlab qolinadi(ruhsat bersangiz) va keyingi safar shu saytga kirganingizda, qaytadan parol so'ramaydi, saqlangan barcha parollarni ko'rish:


1. Chrome brauzerini ochasiz.


2. Adres(URL) yozadigan qatorga quyidagini yozasiz:

chrome://settings/passwords


3. Paydo bo'lgan ro'yhatdan qaysi sayt uchun parollar saqlanganligini ko'rishingiz mumkin, "Показать"(Show) tugmasini bosgan holda parolni ko'rasiz.


Bunda brauzer Windows tizimining parolini so'raydi, uni kiritasiz va parol ochiladi.


Bu post @planetait kanalidan uxlatildi:)


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.05.20 13:31]


Marshrutizator
ingl: router
rus: маршрутизатор

1. Tarmoq trafigini uzatishning bir yoki bir necha marshrutlarini tanlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishga javobgar tizim yoki qurilma. Mazkur vazifani bajarish uchun tarmoq haqidagi axborotni va marshrutlash metrikasi deb nomlangan bir necha mezonlar asosida eng yaxshi marshrutni tanlash algoritmlariga ega marshrutlash protokollari ishlatiladi. Xabarlarni tezkor va eng samarali marshrutlash uchun marshrutizatorlar bir-biri orasida tarmoqning ayni paytdagi holati haqidagi ma’lumotlarni almashish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.


2. Tarmoqda paketlarni marshrutlash, ya’ni paketlarning tarmoq bo‘ylab uzatilishida eng qisqa marshrutni tanlab berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoq kompyuteri.


3. Ma’lumotlar bloklarini marshrutlash bilan shug‘ullanuvchi qayta uzatish tizimi.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.05.20 14:16]


Sizni ishingizni osonlashtiruvchi 8 ta telegram bot'lari

@vkm_bot — telegramda turgan holda qoʻshiqlarni izlovchi bot. Siz bot'ga qoʻshiqchi ismi yoki qoʻshiq nomini yuboring va bot sizga izlagan taronangizni topib beradi!


@iLyricsBot — qoʻshiq matnini izlovchi bot. Shunchaki qoʻshiq nomini bot'ga yuboring va natijani koʻring!


@YaMelodyBot - Yandex tomonidan taqdim etilgan ovozli xabar koʻrinishidagi qoʻshiqni orginalini topib beruvchi bot. Bot'ga ovozli xabar koʻrinishidagi qoʻshiqni yuboring bot sizga kerakli natijani beradi!


@pic — rasm izlovchi bot. Bot'ga biror soʻz yoki jumla yuboring va bot sizga oʻsha soʻzga mos rasm topib beradi.


@gif — gif izlovchi bot. Bu bot'ni ishlashi ham huddi @pic bot'iniki kabi.


@utubebot — Youtubedan videolarni yuklovchi bot. Bot'ga videoning havolasini yuboring va oʻzingizga kerakli formatni tanlab yuklab oling!


@imageToText_bot — rasmdan matnni chiqarib oluvchi bot. Bot'ga rasm yuboring va natijani koʻring!


@bexatobot — matnni kirillchadan lotinchaga va aksincha oʻgiruvchi bot. Bot'ga matn yoki .docx .xlsx .pptx kabi fayl yuboring va bot kerakli alifboni oʻzi aniqlab sizga natijani qaytaradi!


Bot'lardan foydalanishni osonlashtirish uchun oʻzingizga keraki chat'ga bot linkini va bitta boʻsh joy tashlab kerakli soʻzni yozing va natijaga erishing!


Masalan:
@pic example

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [13.05.20 13:40]


Mantiqiy disk
ingl: logical disk
rus: логический диск

Operatsion tizim tomonidan aniqlanadigan disk moslamasi. Mantiqiy disk fizik diskdan farq qilishi mumkin. Masalan, bitta fizik disk bir necha mantiqiy disklarga ajratilgan bo‘lishi mumkin (Windows'da C:, D:, E:).


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [13.05.20 14:03]


Matn brauzeri
ingl: text based browser
rus: текстовый браузер

Faqat matnni aks ettirish uchun ishlatiladigan va multimedia fayllarini boshqara olmaydigan brauzer


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [13.05.20 16:03]


Flud
ingl: flood
rus: флуд

Blog, chat va veb-forumlarda bir necha martalab ortiqcha axborotni qaytarish, bir xil axborotni, so‘zni (belgi, harf, grafik fayl yoki qisqa ma’nosiz matn)ni takrorlash. Buni amalga oshiradigan shaxs fluder deb ataladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [13.05.20 17:03]


Daftarga qoʻlda yozilgan maʼruzani raqamli yozuvga oʻtkazish

"Google Lens" ilovasi sizga bu masalada yordam beradi. Buning uchun siz ilovani ochasiz matn(📋) belgisini ustiga bosib kamerani kerakli yozuvga qaratasiz va tayyor.


U orqali smartfon kamerasidan foydalanib atrofdagi turli obyektlar haqida Google'dan ma'lumot izlash shuningdek siz ushbu ilova orqali qogʻozdagi matnni tarjima qilsangiz ham boʻladi. Ilovani hoziroq yuklab oling!


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.05.20 10:57]


Xesh
ingl: hash
rus: хеш

1. “#” belgisi, ASCII kodi 35.


2. Muayyan kalit bo‘yicha farq qiladigan ma’lumotlar elementlaridan foydalanish: har bir ma’lumotlar elementi muayyan kalitga (son yoki so‘z) bog‘liq. Xeshni ikki ustunli jadval sifatida tasavvur qilish mumkin: birinchi ustunda muayyan kalit saqlanadi, ikkinchisida esa – ma’lumotlar paketi manzili (yoki ba’zan ma’lumotlarning o‘zi). Masalan, kutubxonadagi katalog – xesh: undagi mualliflar familiyalari (kalitlar) ularning kitoblari haqidagi to‘liq axborot bilan birga joyni egallaydi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.05.20 12:03]


Chipset
ingl: chipset
rus: чипсет

Protsessorni o‘rab olgan mikrosxemalar. Tizim (ona) platada joylashgan mikrosxemalar to‘plami.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.05.20 15:02]


Elektron pochta
ingl: electronic mail (e-mail)
rus: электронная почта

Taqsimlangan, shu jumladan global kompyuter tarmog‘i orqali elektron xabarlarni (xatlarni) yuborish va qabul qilish texnologiyasi. Elektron pochtani almashish uchun odatda SMTPdan (ingl. Simple mail transfer protocol, pochtani uzatish protokoli) foydalaniladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.05.20 11:03]


Smartfondan sifatli veb-kamera sifatida foydalanish

Siz Android smartfoninggizdan simsiz veb-kamera sifatida foydalanishingiz uchun DroidCam ilovasini, kompyuterningizda ( Windows 10) esa DroidCam Client ilovasini esa oʻrnatishingiz kerak boʻladi.


1. DroidCam (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.dev47apps.droidcam&hl=en_IN) ilovasini smartfoningizga va DroidCam Client (https://www.dev47apps.com/droidcam/windows/)'ni kompyuteringizga oʻrnating.


2. Smartfoningizni va kompyuteringizni bitta Wi-Fi tarmogʻiga ulang
3. DroidCam ilovasini ochib mikrofon va kameradan foydalanish uchun ruxsat bering
4. Qo'llanmani o'qib bo'lgach, siz Wi-Fi-ga ulanish haqida ma'lumot mavjud asosiy ekranini ko'rasiz.
5. Kompyuteringizda DroidCam Client-ni oching.
6. Ulanish jarayonini boshlash uchun Wi-Fi tugmasini bosing.
7. DroidCam android dasturidagi IP-manzilni kompyuterga kiritasiz
8."Start" tugmachasini bosing

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [19.05.20 08:02]


LAMP
(Linux-Apache-MySQL-PHP)

Internet tarmog‘ida keng ishlatiladigan server dasturiy ta’minoti yig‘masini anglatuvchi akronim. LAMP unga kiruvchi komponentlar nomlarining birinchi


harflaridan tashkil topgan:
- Linux - GNU/Linux operasion tizimi;
- Apache - veb-server;
- MySQL - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT);
- PHP - veb-qo‘llanmalarni yaratishda ishlatiladigan dasturlash tili.

LAMP akronimi quyidagilarni ifodalash uchun ishlatilishi mumkin:


- Veb-serverning infratuzilmasini;
- Dasturlash paradigmalarini;
- Dasturlar paketini.

Dastlab bu dasturiy mahsulotlar maxsus bir-biri bilan ishlash uchun yaratilmagan bo‘lsada, bunday bog‘lanish yetarlicha ommaviylashib ketdi, buning sababi, avvalo ularning arzonligidadir (uning barcha tarkibiga kiruvchi dasturlar ochiq va Internetdan bepul yuklanishi mumkin). LAMP yig‘masi aksariyat GNU/Linux distributivlari tarkibiga kiradi va ko‘pchilik xosting kompaniyalari tomonidan taqdim qilinadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [20.05.20 09:53]


NAT
Network Address Translation

Tarmoq manzillari translyasiyasi. Manzilni ichki tarmoqdan tashqi tarmoq (Internet) manziliga aylantirish. Xavfsizlikni oshirish va jalb qilingan oshkora IP-manzillar sonini kamaytirish uchun, korxonalar ichki tarmoqlarida odatda maxsus oshkora Inernetda uchramaydigan manzil to‘plamlari ishlatiladi, masalan, 10.x.x.x, 172.16.x.x, 192.168.x.x. NAT texnologiyasi yordamida ichki tarmoq so‘roviga ko‘ra “manzil, port” juftligi “oshkora manzil, port 2” juftligiga aylantiriladi. Bu ichki tarmoqning bir necha xostlariga bitta oshkora IP-manzilni portlarning turli tartib raqamlarini birgalikda baham ko‘rishga imkon beradi. Shu bilan birga, ichki tarmoq xosti Internetdagi xost tashabbusi bilan ulanmasligi mumkin. NATning ishi batafsil RFC 3022da yoritilgan.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [20.05.20 10:45]


NorthBridge

Server ko‘prigi – mikrosxema ishlab chiqaruvchilar orasida qabul qilingan atama.


Tizim shinasi, AGP va PCI shinalari, xotira va xesh-xotira shinasini o‘z ichiga oluvchi tizim kontrollerini bildiradi. Odatda bu bitta mikrosxema va aynan unga ko‘ra butun to‘plam nomlanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [20.05.20 13:05]


OpenID

Yagona kirishning ochiq markazlashtirilmagan tizimi. OpenID texnologiyasini qo‘llaydigan barcha veb-saytlarda foydalanuvchi yagona login bilan mualliflashdan o‘tishi mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [20.05.20 16:27]


Postlar ostiga «Doʻstlarga ulashish» tugmasini qoʻyish

Buning uchun siz avval kerakli havolani tayyorlab olishingiz kerak boʻladi. t.me/share/url?url=PostHavolasi qolip ushbu koʻrinishda boʻladi. «PostHavolasi» oʻrniga oʻsha ulashish zarur boʻlgan post havolasi qoʻyiladi. Kanaldagi havolalar faqatgina ularning tartib raqamlaridan farq qiladi. Masalan, ushbu post https://t.me/terminuz/212 koʻrinishda boʻlsa keyingisi 213, 214 raqamlar bilan farq qilib davom etadi. Demak ushbu post uchun quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:


t.me/share/url?url=https://t.me/terminuz/212

Post havolasini matn bilan birga ulashish


Buning uchun «PostHavolasi» o'rniga kerakli soʻzlarni + belgisi bilan ajratib yozasiz(hech qanday boʻsh joysiz). Yuqorida tayyorlagan postni yozuv bilan quyidagicha birga quyidagicha koʻrinishga ega boʻladi:


t.me/share/url?url=Senga+ajoyib+kanalni+tavsiya+qilaman.+Hoziroq+bizga+qoʻshil!+Kanal+manzili:+https://t.me/terminuz

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.05.20 07:02]


PHP
PHP: Hypertext Preprocessor

“PHP: gipermatn preprosessori”. Veb-serverda HTML sahifalarni generasiyalash va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun 1994 yilda yaratilgan skript tili. O‘z oddiyligi, bajarilish tezligi va boy funksionaligi bilan ajraladi. O‘zak va ulanuvchi modullar yoki kengaytmalardan iborat. Dastlabki kodlari PHP litsenziyasi asosida tarqatiladi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.05.20 11:33]


PIN
Personal Identification Number

Shaxsiy aynanlash tartib raqami. Bank kartalari va boshqa kartalar (masalan, SIM kartalari) egalarini mualliflash uchun qo‘llaniladi. Mualliflash jarayonida ham kirish paroli, ham so‘rov raqamli imzosining maxfiy kaliti sifatida ishlatiladi.


Odatda PIN kodni kiritishga urinishlar soni cheklangan bo‘lib, u ketma-ket noto‘g‘ri kiritilsa, karta blokirovka qilinadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.05.20 11:33]


PUK
Personal Unlock Key

Mobil telefon SIM kartasi va smart-kartalarda karta blokirovkasini (PIN kodni) yechish uchun shaxsiy kod. PIN kod kabi kiritish urinishlari soni cheklangan.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.05.20 13:24]


ReactOS

Ochiq qodli erkin va bepul operatsion tizim loyihasi. Unga Microsoft Windows qo‘llanmalari va drayverlari mos keladi. Loyiha 1996 yil boshida boshlangan bo‘lib, uning dastlabki nomi FreeWin95 bo‘lgan. 1998-yilda loyiha nomi ReactOSga o‘zgartirildi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [22.05.20 12:09]


Upgrade

1. Kompyuter yoki kompyuter qurilmasini, masalan, prosessorni kuchliroqqa almashtirish, tezkor xotira hajmini oshirish va h.k. tufayli yangilash.


2. Dasturni keyingi versiyagacha yangilash. Kompyuter dasturlarini ishlab chiqaruvchilar yangi versiya chiqishida nafaqat to‘liq yangi o‘rnatish paketini, balki avvalgi versiyalar foydalanuvchilari ishlatishi mumkin bo‘lgan yangilash paketlarini ham ishlab chiqaradi.


Yangilash paketining hajmi odatda kamroq bo‘ladi, chunki uning ichiga faqat o‘zgartirish yoki qo‘shish lozim bo‘lgan fayllar kirib, ko‘pgina fayllar eski nusxadan olinadi (to‘liq paketga ushbu fayllar ham yoziladi). Dastur pullik bo‘lsa, yangilash to‘liq paketga qaraganda arzonroqdir. Dastur bepul bo‘lsa va yangilash Internet orqali amalga oshirilsa, yangilash kamroq vaqt talab qilishi bois uni yuklab olish uchun kamroq vaqt ketadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [22.05.20 12:51]


Windows Vista

Shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan Microsoft Windows NT oilasiga mansub operatsion tizim. Windows XP kabi, Windows Vista faqat mijoz tizimi hisoblanadi. Windows Vistada xotirani va kiritish-chiqarishni boshqarish quyi tizimi yangilangan. Tashqi USB flesh tashuvchilaridan operatsion xotira sifatida foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan, bu esa ba’zi hollarda unumdorlikni 40 foizga oshiradi. Operatsion tizimda xohlagan simsiz va korporativ tarmoqlarga ulanish va uzoqdan foydalanish ulanishlarini yaratish uchun yagona interfeys qo‘llaniladi.


Windows Vistada tarmoq steki qayta yozilgan, diagnostika, monitoring, ogohlantirish vositalari, Windows Firewall hamda xotira va fayl tizimi boshqaruvi yaxshilangan.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [23.05.20 14:07]


Xalqaro domen (https://t.me/terminuz/23)'larning belgilanishi

. AERO — Aviasiya


.ARPA — Internet Architecture Board maslahatiga ko‘ra amaliy zarur infratuzilmani qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar


.ASIA — Osiyo va Tinch okeani mintaqasi


.BIZ — Biznes


.CAT — Kataloniya til va madaniyat hamjamiyatlari


.COM — Tijoriy tashkilotlar


.COOP — Kooperativlar


.EDU — Ta’lim


.GOV — Hukumat muassasalari


.INFO — Umumiy axborot


.INT — Hukumatlararo shartnomaga asosan yaratilgan tashkilotlar


.JOBS — Ish o‘rinlari saytlari


.MIL — Harbiy tashkilotlar


.MOBI — Mobil mahsulot va xizmatlar


.MUSEUM — Muzeylar


.NAME — Jismoniy shaxslar


.NET — Provayderlar va tarmoq tashkilotlari


.ORG — Notijoriy tashkilotlar


.PRO — Kasbiy


.TEL — Shaxsiy ma’lumotlarni nashr etuvchi kompaniya va shaxslar


.TRAVEL — Turizm sohasidagi kompaniyalar uchun saqlab qoldirilgan domen


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [23.05.20 14:22]


#Yangi_Loyiha

(https://telegra.ph/file/a3a04caaf80b55af51959.jpg)Jahon AKT rivojlanish tarixi


825 - yil


Buyuk matematika, astronomiya, jo‘g‘rofiya olimi Abu Abdulloh Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy tomonidan o‘nlik sanoq tizimida to‘rtta asosiy amallarni bajarish algoritmi berilgan. “Algoritm” atamasi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan.


1642 - yil


Birinchi mexanik hisoblash apparati fransuz fizigi, matematigi va faylasufi Blez Paskal tomonidan kashf qilingan. Apparat sonlarni qo‘sha oladigan mashina ko‘rinishida bo‘lgan. Paskal uni soliqlarni hisoblashda otasiga ko‘maklashish uchun yaratgan edi.


1812 - yil


Ingliz olimi Charlz Bebbidj mexanik kalkulyatorni ishlab chiqqan va 1823-yilda uni qurgan.


Mexanik kalkulyator bug‘ yordamida harakatga keltirilgan va to‘la avtomatik bo‘lgan. Mexanik kalkulyator ichiga o‘rnatilgan dastur bilan boshqarilgan.


#ITtarix

👉🏻 @TerminUz

TerminUz, [24.05.20 07:18]


Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Musulmon ummatiga Hayit muborak boʻlsin!


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [24.05.20 12:46]


Jahon AKT rivojlanish tarixi

1844 - yil


Morze alifbosidan foydalanib telegraf yordamida birinchi xabar yuborilgan.


1866 - yil


To‘g‘ridan-to‘g‘ri va bir zumda aloqa qilish uchun transatlantik kabel yotqizilgan.


1876 - yil


Aleksandr Grexem Bell ilk bor telefon kashf etgan

#ITtarix


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [24.05.20 13:03]


WORM
Write Once Read Many

Bir marta yozib, ko‘p marta o‘qish uchun mo‘ljallangan axborot tashuvchilari. WORM vakillariga CD va DVD disklari kiradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [25.05.20 07:21]


Domenlarning belgilanishi

https://telegra.ph/Domenlarning-belgilanishi-05-24


TerminUz, [25.05.20 10:32]


XSS
Cross Site Scripting

Kompyuter tizimi zaifligining turi,


xakerlik hujumida foydalaniladi. Mazkur hujumlarning spetsifikasi shundaki, ular mijozga hujum vositasi sifatida serverga bevosita hujum o‘rniga zaif serverdan foydalanadilar. XSS hujumi odatda maxsus URLning yaratilishi va hujum qiluvchining ushbu URLni o‘z qurboniga taqdim etishi yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bugungi kunda XSS aniqlanadigan zaifliklarning 15 foizini tashkil qiladi.

Dasturchilar uzoq vaqt davomida bu hujumlarni xavfli deb hisoblamay, ularga yetarli e’tibor qaratmagan. Ba’zi hollarda XSS yordamida ma’murning sessiya identifikatorini olish yoki DoS hujumini uyushtirish mumkin bo‘ladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [25.05.20 14:04]


Skriptkiddi
ingl: script kiddie
rus: скрипткидди

Buzish uchun qo‘llanilayotgan xakerlik vositalarining ish tamoyillarini tushunmaydigan odam. Zaiflikni aniqlash yoki eksploitni yozish qo‘lidan kelmasdan, u faqat tayyor narsalardan foydalanadi, eng keng tarqalgan zaifliklar, mavjud bo‘lgan eksploitlardan foydalanadi.


Ma’lum holatlarda skriptkiddilar virus konstruktorlaridan foydalanib, dasturlash tillarini bilmasdan, turli xavf darajasiga ega viruslarni yaratadi va ulardan o‘z maqsadlarida foydalanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [25.05.20 17:32]


@LikeSM_bot - Kanalingizga avtomatik «Yoqdi», «Yoqmadi» va «Doʻstlarga ulashish» tugmalarini qoʻyib beradi

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.05.20 09:12]


Rutkit
ingl: rootkit
rus: руткит

Tizimda badniyat shaxs yoki zararli dasturning borligi izlarini yashirish uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. Rutkit buzuvchiga buzilgan tizimda o‘rnashib olish va fayllar, jarayonlar hamda tizimda rutkit borligini yashirish orqali o‘z faoliyati izlarini yashirishga imkon beradi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.05.20 13:42]


Bekdor
ingl: backdoor
rus: бэкдор

Buzuvchi (xaker) buzilgan kompyuterga birinchi kirishga ega bo‘lgandan so‘ng tizimga takroriy kirish maqsadida o‘rnatadigan dastur yoki dasturlar to‘plami. Bekdor – rutkitning alohida muhim tarkibiy qismi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.05.20 16:41]


Arxiv
ingl: archive
rus: архив

Arxivator yordamida ochish mumkin bo‘lgan, tarkibida bir yoki ko‘p (odatda kompressiyalangan) fayllar va axborot bo‘lgan fayl. Arxivlar odatda dasturiy mahsulotlar yoki zaxira nusxalarni tarqatish uchun yaratiladi.


tar, gzip formatidagi arxivlar - UNIX (https://t.me/terminuz/73);


zip, rar, arj formatidagi arxivlar esa Windows amaliy tizimlarida ishlatiladi.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [29.05.20 09:37]


Bayroq
ingl: flag
rus: флаг

1. Dasturdagi o‘zgaruvchi. U muayyan shartlar ajarilganda dasturga axborot beradi.


2. Ma’lumotlarni sinxron uzatishda bayroq – maxsus sakkiz bitli signal (odatda 01111110), axborot kadrining boshi va oxirini belgilash uchun ishlatiladi. Bir kadrni boshqasidan farqlash va tarmoqda, uni o‘tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida, qurilmalarni sinxronlash uchun ishlatiladi.


3. Uzatiladigan axborotni belgilash uchun, masalan, ma’lumotlar bloki o‘lchamlarini cheklash uchun xizmat qiladigan bitlar kombinasiyasi. Bayroq ma’lumotlar blokining boshida yoki oxirida joylashtirilishi


mumkin.

4. Ma’lumotlar elementini odatdagidan farqli ekanini bildiradigan maxsus belgi. Misol uchun, jadval yozuvi xatolik bayrog‘ini o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin, bu yozuv xato ma’lumotlardan iboratligini bildiradi.


5. Yer shari atrofidagi optik tolali kanal. Bayroq inson qo‘li bilan yaratilgan eng uzun tuzilma bo‘lib, bu kabelning uzunligi 28000 km va o‘tkazish qobiliyati sekundiga 10 gigabitni tashkil qiladi. Kabel asosan dengiz tubiga, Yaponiya bilan Buyuk Britaniyani birlashtirib, Xitoy, Tailand, BAA, Italiya va yana olti mamlakat hududlaridan o‘tkazilib yotqizilgan.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [10.06.20 14:55]


Biometrik
ingl: biometric
rus: биометрический

Alohida atributlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bunda insonning takrorlanmas shaxsiy xususiyatlarini ifodalovchi barmoq izlari, ko‘z qon tomirlarining rasmi, tovush yozuvi kabilardan foydalanish shaxsni aniqlash imkonini berishi ko‘zda tutilgan.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.06.20 09:13]


Bot
ingl: bot
rus: бот

Oddiy foydalanuvchi ishlatadigan interfeyslar orqali ma’lum harakatlarni avtomatik va/yoki belgilangan jadval bo‘yicha bajaradigan maxsus dastur. Botlar odatda bir xil va takrorlanadigan ishni maksimal tezlikda bajarish uchun qo‘llaniladi


Botlarning zararli tomoni – ulardan kompyuterlarga tarmoq hujumlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanish, masalan botnet orqali DDoS- va DoS-hujumlarda. Internet-botlar turli xil firibgarliklar, shuningdek, spamni jo‘natish uchun ishlatilishi mumkin.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.06.20 10:32]


Botnet
ingl: botnet
rus: ботнет

Ma’lum sondagi xostlardan iborat va botlar (avtonom dasturiy ta’minot) ishlayotgan kompyuter tarmog‘i.


Odatda botnet tarkibidagi bot qurbon kompyuterida yashirin o‘rnatiladigan va badniyat shaxsga (botnet “egasiga”) kompyuter resurslaridan foydalangan holda ma’lum harakatlarni bajarishga imkon beradigan dasturiy ta’minotdir. Botnetlar ko‘pincha spam yuborish, uzoqdagi tizimda parollarni birma-bir ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatishni rad etish kabi noqonuniy yoki ruxsat etilmagan faoliyat uchun foydalaniladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.06.20 14:36]


Ping
ingl: ping
rus: пинг

Inglizchadan tarjimasi “taqillatmoq” so‘zini bildiradi. Siz va sizni qiziqtiruvchi tarmoq kompyuteri orasida paketlarning o‘tish vaqtini o‘lchash (ping buyrug‘i orqali amalga oshiriladi). Domen va istalgan tarmoq qurilmasining IP-manzili orasida muvofiqlikni o‘rnatish imkonini beradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.06.20 10:10]


SSI
Server-Side Includes

Server tomonidagi qo‘shimcha. HTTP serveri uchun HTML hujjati matniga kiritiladigan oddiy ko‘rsatmalar to‘plami. Masalan, “include” SSI ko‘rsatmasi hujjatning HTTP serveri tomonidan bevosita berilishidan oldin uning ichiga boshqa fayl mazmunini qo‘shish imkonini beradi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.06.20 10:27]


1895 - yil
− Aleksandr Stepanovich Popov tomonidan ilk bor radio kashf etilgan

1896 - yil


− IBM korporasiyasiga asos solingan

1936 - yil


– Ingliz olimi Alan Tyuring kompyuterning rasmiy modeli – Tyuring mashinasini yaratgan. U biror muammo uchun algoritm mavjud bo‘lmasa, binobarin, Tyuring mashinasini yaratish mumkin bo‘lmasa, bunday muammoni kompyuter ham yecha olmasligini ko‘rsatib bergan.

#ITtarix


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.06.20 09:10]


LCD

1. Liquid-Crystal Display – Suyuq kristalli displey.


2. Lowest Common Denominator – Eng kichik umumiy maxraj.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.06.20 09:15]


LED
Light-Emitting Diode

Yorug‘lik nuri taratuvchi diod, yorug‘lik diodi


👉🏻 @terminuz


TerminUz, [17.06.20 07:02]


Nik
ingl: nickname
rus: ник

Tarmoq foydalanuvchisi odatda chatlar, yangilik guruhlarida, elektron pochtasida ishlatadigan taxallus, haqiqiy bo‘lmagan ism. Odatda nik turli xil qayd yozuvlarida foydalanuvchi nomi sifatida ishlatiladi.


👉🏻 @terminuz


TerminUz, [18.06.20 19:00]


[Переслано из TerminUz]
Xot-spot
ingl: hotspot
rus: хот-спот

1. Telekommunikasiya: Wi-Fi simsiz tarmog‘i bilan qoplangan joy. Kirish nuqtasi WLAN orqali mobil tashrifchilarga ommaviy simsiz keng ko‘lamli tarmoq xizmatlarini ko‘rsatadigan aniq geografik joy. Xot-spotlar aholi zich joylarda, jumladan aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari, kutubxonalar, kemalar to‘xtaydigan joylar, yig‘inlar o‘tkazish markazlarida va mehmonxonalarda joylashadi. Xot-spotlardan foydalanish oralig‘i, odatda, cheklangan bo‘ladi.


2. Dasturlash: Kodning nozik joyi; dasturdagi bajarilishi ko‘p vaqtni talab qiladigan joy.


3. Grafika: Ekran, dasturning grafik interfeysi yoki veb-saytdagi joy, uni bosganda ma’lum harakatlarni keltirib chiqaradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [18.06.20 20:02]


[Переслано из TerminUz]
HTTP holati kodi
ingl. HTTP status code

HTTP holati kodi server javobi birinchi qatorining bo‘lagi.


Uchta arab raqamlaridan iborat butun son. Birinchi raqam holat klassni ko‘rsatadi. Hozirgi paytda holat kodlarning 5 ta klassi belgilangan:

1xx Informational (Axborot beruvchi) - so‘rov olingan va tushunilgan, ishlov davom etayapti.


2xx Success (Muvaffaqiyat) - so‘rov muvaffaqiyatli olindi, tushunildi va ishlovlandi.


3xx Redirection (Qayta marshrutlash) - so‘rovni bajarish uchun keyingi harakatlar qilinishi kerak.


4xx Client Error (Mijoz xatosi) - so‘rov yomon sintaksisga ega yoki bajarilishi mumkin emas.


5xx Server Error (Server xatosi) - server ushbu so‘rovni bajarish qobiliyatiga ega emas.


Quyida IANA holati kodlari ro‘yxatidan ba’zi javob kodlari keltirilgan:


301 - Resurs doimiy ravishda ko‘chirilgan - hujjat server tomonidan ishlatilmaydi, ishorat esa boshqa sahifaga yo‘naltiradi.


303 - Boshqa resursga qarang - so‘ralgan resurs boshqa manzilda joylashgan va uni GET usulidan foydalangan holda so‘rov qilish kerak.


307 - Vaqtinchalik qayta marshrutlash - so‘ralgan resurs vaqtinchalik boshqa manzilga o‘tkazilgan.
403 - Resursga kirish taqiqlangan - ko‘pgina holatlarda hujjatga kirish uchun maxfiy so‘z kiritish yoki ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi bo‘lishi kerak.

404 - Resurs topilmadi - hujjat mavjud emas.


500 - Serverning ichki xatosi - server oldindan kutilmagan shart bilan to‘qnashdi va bu so‘rovni bajarish imkoniyatini bermayapti.


503 - Xizmatdan foydalanish mumkin emas


- vaqtinchalik yuklanganligi yoki o‘chganligi sababli xato kelib chiqdi va serverga texnik yordam ko‘rsatilmoqda.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [22.06.20 18:54]


Nomlar fazosi
ingl: namespace
rus: пространство имен

Nomlar makoni ism va atributlarni aniq belgilashda ishlatiladi. Bir necha kutubxonalar ishlayotganda elementlarning nomi bir xil bo‘lsa, ular o‘z ism makoni orqali aniq belgilanishi mumkin


👉🏻 @terminuz


TerminUz, [24.06.20 13:59]


Oktet
ingl: octet
rus: октет

Yaxlit bir butun sifatida qayta ishlanadigan, 8 bit uzunlikdagi kodli kombinatsiya.


“Bayt” va “oktet” atamalari orasida asosiy farq, ularning qo‘llanish sohasida. “Bayt” atamasi asosan, kompyuterda saqlanadigan va ishlov beriladigan axborotga tatbiqan ishlatiladi, “oktet” esa, har bir sanoq 8 bitdan iborat bo‘lgan impuls-kodli modulyasiyada qo‘llaniladi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [25.06.20 15:39]


Kompyuterni telefon orqali boshqarish

Buning uchun smartfoningizga va kompyuteringizga Remote Desktop (http://remotedesktop.google.com/) ilovasini oʻrnatishingiz kerak boʻladi. Agar ikkala qurilma bitta Wi-Fi tarmogʻiga ulangan boʻlsa internet kerak boʻlmaydi.


Bu kompyuteringiz uyda qolib ketgan vaqtda zarur maʼlumotlarni telefoningizga yuklab olishingiz mumkin boʻladi. Bundan tashqari ham buni bir qancha yoʻllari bor. Hozircha esa siz ushbu usulni sinab koʻring. Tanishlarga ulashish ham esdan chiqmasin:))


P.s. Mening shaxsiy blogimga ham obuna boʻlib qoʻyishni unutmang: @notepaduz


👉🏻@TerminUzTerminUz, [26.04.20 19:16]


FIFO
First Input First Output

Birinchi bo‘lib kirdi, birinchi bo‘lib chiqdi. Bu degani avval yozilgan (ya’ni kirgan) ma’lumotlar undan so‘ng yangi ma’lumotlar kiritilganda oldi tomonga siljishini nazarda tutuvchi xotirani tashkillashtirish usuli. Odatda bunday tashkil etilgan xotira ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish paytida bufer xotirasi sifatida qo‘llaniladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [27.04.20 12:33]


DWDM
Dense Wavelength Division Multiplexing

Spektral zichlashtirish texnologiyasi. Optik tola aloqa liniyalarining o‘tkazish tezligini oshirish imkonini beradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [30.04.20 04:02]


Android’da internetni tejash 📲

Internetni iqtisod qilish funksiyasi ilovalarga orqa fondan turib internetdan foydalanishini cheklaydi. Ushbu imkoniyatni faollashtirish tartibi esa quyidagicha:


1️⃣. “Настройки”ni oching. ⚙️


2️⃣. “Подключения”ga o‘ting.
3️⃣. “Использование данных” va “Экономия трафика”ga bosing.
4️⃣. Trafikni iqtisod qilish funksiyasini faollashtiring.

Lozim bo‘lgan taqdirda “Использ.прилож.при эконом.траф.”ga o‘tish orqali ushbu cheklov ta’siridan ba’zi ilovalarni chiqarib qo‘yishingiz mumkin.


📌 Izoh: Proshivkadan qat’iy nazar, sozlamalarning joylashuvi va nomlanishi farqlanishi mumkin.


Manba (http://t.me/itspecuz)

👉🏻@TerminUz


TerminUz, [30.04.20 13:24]


CSD
Circuit Switched Data

GSM standartli mobil telefonlar uchun ishlab chiqilgan ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. CSD ma’lumotlarni 9,6 Kbit/sekund tezlikda tarmoq va kommutasiya nimtizimiga (Network and Switching Subsystem, NSS) uzatish uchun bitta davriy intervaldan foydalanadi. NSSda ma’lumotlar normal modem aloqasi ekvivalenti orqali telefon tarmog‘iga uzatilishi mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [30.04.20 13:52]


Fayl nomi kengaytmasi
ingl: filename extension
rus: расширение имени файла

Fayl nomidan keyin joylashadigan fayl nomining bir qismi. Masalan, “def.exe” fayl nomidagi “exe” qismi kengaytma bo‘lib hisoblanadi. Kengaytmalar fayllar oilasini belgilash uchun ishlatiladi.bOdatda operatsion tizim kengaytmaga qarab fayl bilan nima qilish mumkinligini bilib oladi.


Masalan:
EXE (ingl: executable) – bajariluvchi fayl
BAS – BASIC tilidagi fayl,
BAT – ishga tushirilayotgan buyruq fayli,
COM – tushirilayotgan DOS fayli,
DAT – matn fayli,
DOC – Microsoft Word formatidagi fayl,
GIF – grafik fayl
HTM – HTML formatidagi fayl.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [02.05.20 07:19]


Utilita
ingl: utility
rus: утилита

Kompyuter va kompyuter dasturlariga texnik xizmat ko‘rsatish quroli bo‘lmish xizmat dasturi. Utilitalar kompyuter tizimlarini sinovdan o‘tkazish, operasion tizim yoki uning qismlarini testlash va qayta tiklash, buzilgan yoki yo‘qotilgan fayllarni qayta tiklash va h.k. uchun xizmat qiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [04.05.20 08:15]


Trafik
ingl: traffic
rus: трафик

Telekommunikasiyalar tarmog‘i orqali uzatilayotgan xabarlar to‘plami. Trafik vaqt birligida uzatilayotgan, kompyuter xotirasining o‘lcham birligida ifodalangan (bit sekundiga) axborot hajmi bilan aniqlanadi. Trafik kanalning yoki kommunikasiya tarmog‘ining yuklanganligini


belgilaydi.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [04.05.20 08:31]


Tovush platasi
ingl: sound board
rus: звуковая плата

Kompyuter yordamida tovushlarni yozish va eshittirish, musiqani sintezlash, kompyuterga ulangan tashqi akustika apparatlarini boshqarish imkonini beradigan plata


(foydalanuvchi tizimining bo‘lagi). Tovush platasi o‘z mikroprosyessoriga ega bo‘lib, tovushni tizimga kiritishda analog-raqamli o‘zgartirish va chiqarishda diskret-analog o‘zgartirishni ta’minlaydi. Ko‘pincha plata ma’lumotlarni zichlashtirishni ham amalga oshiradi.

1 - Raqamli chiqish


2 - Mikrofon kirish
3 - Analog liniya kirishi
4 - Oldingi chapdagi / o‘ndagi va quloq uchun
moslama
5 - Sabvufer
6 - Chapdagi / o‘ndagi
7 - Orqadagi chap / o‘ng

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [04.05.20 16:08]


Tizim ma’muri
ingl: system administrator
rus: системный администратор

Tashkilot yoki muassasa tizim dasturiy ta’minotining ahvoli, rivojlanishi va foydalanilishi uchun javobgar inson yoki shaxslar guruhi. Tizim ma’muri foydalanuvchilarning qayd yozuvlarini olib boradi, qayd yozuvlari siyosatini belgilaydi, operasion tizimlarning faoliyati va ma’lumotlar muhofazasining kerakli pog‘onasini ta’minlaydi. U ushbu tashkilotning tizim muhandislari, tizimli dasturlashtiruvchilar va foydalanuvchilari bilan o‘zaro aloqada ishlaydi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [05.05.20 08:43]


Terminal
ingl: terminal
rus: терминал

1. Axborot tizimiga ma’lumot va buyruqlarni kiritish-chiqarish qurilmasi. Terminallar ishlatiladigan xillar ro‘yxati katta bo‘lib, ularning eng oddiysi telefon apparati hisoblanadi. Informatikada, banklarda, savdoda ixtisoslashgan funksiyalarni bajaradigan terminallardan foydalaniladi.


2. Telefon liniyasining yakuniy yoki uning boshqa liniya yoki tarmoq bilan ulanadigan nuqtasi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [05.05.20 11:37]


Soʻrovlar tili
ingl: query language
rus: язык запросов

Ma’lumotlar bazasidan axborot chiqarib olish uchun mo‘ljallangan ixtisoslashgan til. So‘rovlar tiliga de-fakto standart bo‘lib SQL tili hisoblanadi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [06.05.20 00:34]


URL
Uniform Resource Locator

Kompyuter tarmog‘idagi manzilni va uni olish mexanizmini aniqlaydigan veb-resurs uchun havola. URL manzil esa, yagona manba identifikatori (URI) ning o‘ziga xos turi. Ko‘p hollarda ushbu atamalar fayllarni uzatish (ftp), elektron pochta (mailto), maʼlumotlar bazasiga kirish (JDBC) va boshqa ko‘plab ilovalar uchun ishlatiladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [06.05.20 08:40]


Subdomen
ingl: subdomain
rus: субдомен

Asosiy domenda uchinchi pog‘onali qo‘shimcha domen nomi. Ildiz katalogi hujjatlari yoki asosiy serverning istalgan ichki katalogiga ko‘rsatishi mumkin. Ko‘rinishi: site.domain.uz.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [06.05.20 14:26]


Subnoutbuk
ingl: subnotebook
rus: субноутбук

Kichik o‘lchamlar va vazn hamda oddiy noutbukning ko‘pgina xarakterli xususiyatlariga ega bo‘lgan o‘ta ixcham kompyuter. Subnoutbuklar displeyi 10-13,3 dyuymga teng bo‘ladi. Kichik o‘lchamlari sababli tashqi portlar va diskovodga ega bo‘lmaydi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [08.05.20 12:08]


Server
ingl: server
rus: сервер
1. Tarmoqda joylashgan fayllar va boshqa resurslardan foydalanishni taqdim etuvchi tarmoqdagi kompyuter. Internetda server deganda, veb-sahifalar joylashgan va veb-brauzerlar so‘rovlariga javob beruvchi kompyuter tushuniladi.

2. Mijoz dasturlariga ma’lum xizmatlarni ko‘rsatuvchi dastur. Server dasturi va mijoz dasturlari bitta yoki turli kompyuterlarda bajarilishi mumkin. Masalan, kompyuterda o‘rnatilgan elektron pochta dasturi mijoz dasturidir. U pochta qutisi vositasida ushbu quti joylashgan kompyuter bilan server dasturi orqali muloqotda bo‘ladi.


Serverlarning eng muhim turlari quyidagicha:


- WWW serverlari multimediali axborot va ma’lumotlar bazalari tarkibini taqdim etish uchun mo‘ljallangan;


- elektron pochta serverlari;
- fayllarni almashish uchun mo‘ljallangan FTP serverlari;
- voqey vaqtda muloqot qilish serverlari (chatlar);
- Internet telefoniyasi faoliyatini ta’minlovchi serverlar;
- Internet orqali radio va videoni uzatish tizimlari.

3. Server dasturi bajarilayotgan kompyuter.


q: Mijoz-server arxitekturasi

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [08.05.20 13:19]


Mobil aloqa operatori
ingl: mobile network operator (MNO)
rus: оператор мобильной связи

Abonentlarining mobil telefonlariga mobil aloqa xizmatini taklif qiluvchi telefon kompaniyasi. Operator vazifasiga radiochastotadan foydalanish uchun va xizmat ko‘rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o‘zining uyali tarmog‘ini tashkil qilish va uni ekspluatasiya qilish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to‘lovlarini yig‘ish va texnik xizmat kursatish vazifalari kiradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [08.05.20 14:04]


Mobil tizim
ingl: mobile system
rus: мобильная система

Harakatlanuvchan va harakatlanmaydigan abonentlarning bir-biri bilan o‘zaro ishlashini ta’minlovchi kommunikasiya tarmog‘i xizmati. Mobil tizimlar yer usti va sun’iy yo‘ldosh tarmoqlarida tashkil etiladi. Ular, shuningdek, uyali paketli radio tarmoqlarida, jumladan uyasimon raqamli paketli ma’lumotlardan foydalanganda ham keng qo‘llaniladi. Natijada mobil aloqa tarmoqlari, ya’ni harakatlanuvchan mobil aloqa tizimlari tashkil etiladi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 08:02]


Mutlaq URL manzil
ingl: absolute URL-address
rus: абсолютный URL-адрес

Internetda sahifa yoki boshqa resurs


manzili. Mutlaq URL manzil tarkibi
protokoldan, masalan, “http”dan, tarmoqda joylashuvi hamda qo‘shimcha yo‘l va fayl nomidan iborat. Masalan, http://www.gov.uz/index.html mutlaq URL manzilidir.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 09:02]


Onlayn
ingl: online
rus: онлайн

1. ot. Sizning kompyuteringiz xost-tizim bilan ulangan rejim hamda kompyuteringiz FTP-server, WWW-server va boshqa umumiy foydalanish mumkin bo‘lgan tizim bilan ulanganda bevosita xizmatni taqdim qilish. O‘zgacha qilib aytganda, foydalanuvchi bilan bevosita o‘zaro aloqada ishlash rejimi (foydalanuvchi talabnomalarining paket ishlash tizimlaridan farqi).


2. sifat. Elektron, tarmoqli nashrlarga, ma’lumotlar bazalariga nisbatan. Masalan, onlayn jurnal; onlayn hujjatlar; onlayn yordam va h.k.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 12:03]


Lokalizatsiya
ingl: localization
rus: локализация

1. Qidirilayotgan obyektning turgan joyini aniqlash.


2. Tizimning mahalliy bozor sharoitlariga, xususan, milliy tilga moslashuvi. Kompyuter dasturini ma’lum mamlakat yoki mintaqa uchun moslashtirish jarayoni. Masalan, dastur mahalliy tilning alifbosini qo‘llab-quvvatlashi va sonlar hamda boshqa qiymatlarni mahalliy formatda taqdim etish uchun sozlangan bo‘lishi lozim. So‘zlarga ishlov berish dasturini mahalliylashtirish mahalliy til so‘zlarini tanishi, yangi imloni tekshirish vositasini qo‘shishni talab qilishi mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 12:29]


Android’dan iPhone’ga o‘tdingizmi? Unda buni, albatta, o‘qing! 📱📲

Android operatsion tizimli smartfon ishlatadiganlar iPhone olsa, unga birdaniga ko‘nikib ketishi qiyin kechadi. Chunki, bu ikkala smartfonning bir-biridan farqli jihatlari yer bilan osmoncha. Quyida e’tiboringizga yangi “tishlangan olma”ngizga ko‘nikishga yordam beradigan tavsiyalarni havola etamiz...


1️⃣-tavsiya


iPhone’da “proshivka” tez-tez yangilab turiladi. Qurilma yangilash vaqtini sizga doim eslatib, ko‘rsatib turadi. Bu yangilashni doim o‘z vaqtida amalga oshiring. Bu iPhone’ingizning yanada yaxshi va yangi imkoniyatlar bilan ishlashini ta’minlaydi.


2️⃣-tavsiya


Kechqurun suratga yoki tavsirga olish jarayonlarida NeuralCam deb ataluvchi ilovadan foydalaning. Ushbu ilova orqali suratlaringiz yorug‘lik kam paytda ham yaxshi chiqadi.


3️⃣-tavsiya


“Favqulodda qo‘ng‘iroq”lar funksiyasini sozlab qo‘ying. Bu favqulodda holatlarda tez va oson qo‘ng‘iroq qilishga yordam beradi.


4️⃣-tavsiya


iPhone’da ko‘proq qorong‘u rejimdan foydalaning. Bu telefon quvvatini tejashga yordam beradi. “Quvvatni tejash” rejimini ham e’tiborsiz qoldirmang.


5️⃣-tavsiya


Yangi qurilmangizda tez va oson matn yozish uchun:


• Klaviaturaning istalgan bir yeriga barmoqni uzmay bosib turilsa, u tachpad (bunda kursorni istagan yerga osongina surish, joylashtirish mumkin) rejimiga o‘tib qoladi.


• Matndagi ma’lum bir so‘zdan nusxa ko‘chirish, ulashish yoki kesib olish uchun o‘sha so‘zga bir marta bosishning o‘zi kifoya. So‘zning yuqori qismida siz qidirgan vazifalar paydo bo‘ladi.


• “iPhone’ni topish” funksiyasining oflayn-qidiruv bo‘lmasini soz holatga keltirib, “so‘nggi geopozitsiya” qismidagi tugmani yoqib qo‘ying. Bu geolokatsiya haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda saqlash imkonini beradi. Smartfoningiz quvvati kamayib, o‘chay deganda ham, kerakli lokatsiyani iCloud orqali ko‘rib olishingiz mumkin. Faqat Bluetooth’ni o‘chirib qo‘ymang. Aks holda oflayn-qidiruv ishlamaydi (https://lifehacker.ru/8-tips-android-to-iphone-reddit/).


Manba (http://xabardor.uz/)

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 16:03]


Ma’lumotlar bazasi (MB)
ingl: database (DB)
rus: база данных (БД)

1. Elektron hisoblash mashinalari yordamida qidirib topilishi va qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan tarzda tartibga solingan ma’lumotlar to‘plami (masalan: maqolalar, hisob-kitob).


2. Aniq qoidalar asosida tashkil qilingan va amaliy dasturlarga bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar to‘plami. Bu qoidalar ma’lumotlarni ta’riflash, saqlash va joyining o‘zgarishiga oid umumiy tamoyillarni nazarda tutadi. Ma’lumotlar bazasi (MB) yetarlicha to‘la, to‘g‘ri tashkil qilinishi, hozirgi kunga doimo mos kelishi va foydalanish uchun qulay bo‘lishi lozim. Bu ma’lumotlar bir-biriga zid bo‘lmasligi zarur.


Ma’lumotlarni tahrirlash, to‘latish va yo‘qotib tashlash, hamda ularni qidirib topish va saralash MBni boshqarish tizimi (MBBT) yordamida amalga oshiriladi. MBlari shaxsiy va jamoaviy foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Jamoa foydalanadigan yirik MBlarni kuzatib borishni ma’lumotlar bazasining boshqaruvchisi amalga oshiradi. Bitta kompyuterda joylashgan lokal bazalar va bir-biri bilan bog‘langan bir nechta kompyuterlarda taqsimlangan bazalar farqlanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 18:32]


Dasturni sozlash
ingl: program debugging
rus: отладка программы

Dasturda xatolarni topish va tuzatish jarayoni. Bu jarayonni bajarish uchun maxsus sozlovchi deb atalmish dasturlar yaratiladi. Ular, dasturlashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni qidirib topishga mo‘ljallangan. Sozlashda dastur qadam-baqadam bajariladi. Har bir qadamda ma’lumotlarda yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bu jarayon o‘zgartirilishi zarur bo‘lgan elementlarni topish imkonini beradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [09.05.20 22:12]


Tanishish vaqti keldi
Muqaddima: Salom! Mening ismim Soatmurod. Surxondaryolikman, yoshim 19 da. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti birinchi kurs talabasiman.

Dasturlashga xususan, Android developmentga qiziqishim yuqori. Hozirda Javani mustaqil ravishda oʻrganyapman. Dasturlashga qiziqib boshlaganimda juda koʻp tushunarsiz terminlar uchrardi, ularni tushunishga juda qiynalardim. Dasturlash nima ekanligini universitetda bilganman🤦‍♂ Keyin hayolimga @TerminUz kanalini ochish fikri kelib qoldi. Shunday qilib, kanal yaratildi va rivojlanib bormoqda!


Hozircha men haqimda tezkor maʼlumotlar shulardan iborat edi, kanaldan uzoqlashmang.


Qoʻshimcha savollar boʻlsa lichkada soʻrashingiz mumkin!


TerminUz, [10.05.20 08:02]


Grafik karta
ingl: graphic card
rus: графическая карта

Kompyuter xotirasida joylashgan tasvirni monitor uchun videosignalga o‘giruvchi qurilma. Videokarta, grafik plata, grafik tezlashtirgich, videoadapter deb ham ataladi. Grafik karta odatda kengaytirish platasi bo‘lib, u universal (PCI Express, PCI, ISA, EISA, MCA) yoki maxsus (AGP) kengaytirish razyomiga o‘rnatiladi, biroq u tizim platasi ichiga o‘rnatilgan (integrasiyalashgan) bo‘lishi ham mumkin.


Zamonaviy grafik kartalar tasvirni chiqarish bilan cheklanib qolmay, ular qo‘shimcha ishlov berish vazifalarini bajarishi mumkin bo‘lgan va kompyuter markaziy protsyessorini shu vazifalardan ozod etadigan, ichiga o‘rnatilgan grafik mikroprotsyessorga ega. Misol uchun, barcha zamonaviy NVIDIA va AMD (ATi) grafik kartalari OpenGL ilovalarini apparat pog‘onasida qo‘llaydi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [10.05.20 10:52]


Virtual voqelik
ingl: virtual reality
rus: виртуальная реальность

1. Virtual, ya’ni haqiqatan mavjud bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lib undan boshqacha qabul qilinadigan muhit. “Virtual voqelik” tushunchasi kompyuter vositalari yordamida yaratilgan dunyoni bildiradi. U haqiqatan mavjud bo‘lmaydi, biroq kompyuter insonning ko‘rish, eshitish va boshqa hissiyot organlariga ta’sir qilib, ushbu dunyodan foydalanish illyuziyasini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, inson ushbu dunyoda ro‘y berayotgan voqealarga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkinligi voqeylik hissini kuchaytiradi. Virtual voqelikdan foydalanishning oddiy misoli bu kompyuter o‘yinidir.


2. Kuzatuvchini ekran orqasidagi tasavvur qilinayotgan dunyoga olib kiruvchi ko‘rish va eshitishni ta’minlovchi kompyuter tizimlari. Foydalanuvchi atrofida kompyuterlar tomonidan yaratilgan voqelik hissini beruvchi tasavvur va tovushlar paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi sun’iy dunyo bilan uning harakatlari va tuyg‘ularini hamda audiovizual effektlarini bog‘lovchi shlem va qo‘lqop kabi turli sensorlar orqali muloqotda bo‘ladi. Virtual voqelik sohasidagi kelgusi tadqiqotlar kuzatilayotgan narsalarning haqqoniyligi tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilgan.


3. Axboriy o‘zaro ta’sir qilishning yangi texnologiyasi. U murakkab multimedia-amaliy muhitlar yordamida voqey vaqtda bo‘rttirilgan tarzda aks ettirilgan “ekran dunyosidan” bevosita foydalanish va unda bo‘lish illyuziyasini yaratadi. Bu foydalanuvchi tasavvurida yaratiladigan mavhum dunyodir


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [10.05.20 15:29]


Kompyuter o‘yini
ingl: computer game
rus: компьютерная игра

Holatlarni kompyuter yordamida modellash. U samarador yechimlarni ishlab chiqish maqsadida, ziddiyat usulidan foydalanadi.


O‘yinlar nazariyasi asosida yaratilayotgan kompyuter o‘yinlarida, bir ishtirokchi sifatida – kompyuter, boshqalari sifatida – odamlar qatnashadi. Har bir kompyuter o‘yini, uning o‘tib borish jarayonini
tavsiflaydigan algoritm tomonidan belgilanadi. Bu algoritm qator talablarga javob berishi zarur:

- jarayon shunday bo‘lishi kerakki, o‘yinchi ko‘nikmalar olsin va takroriy o‘yinda yig‘ilgan tajribani ishlata olsin;


- o‘yin o‘yinchini eng yaxshi natijaga erishishga qiziqtira olishi bilan maftunkor bo‘lishi kerak;
- o‘yinda ma’lumotlarni ifodalashning turli shakllari ishlatilishi zarur.

O‘yin tushunchasi insonning ishi va dam olishi bilan bog‘liq turli sohalarni qamrab oladi. Bunga ishchanlik o‘yinlari (iqtisod va ishlab chiqarishni boshqarish), o‘qish, sport, dam olish, ko‘ngil ochish kiradi. O‘yinlarni o‘tkazish uchun kompyuterlarga maxsus kiritish-chiqarish qurilmalari – richagli mexanizm, radiokarnay, mikrofon va boshqalar bilan jihozlanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.05.20 13:17]


Ishchi stansiyasi
ingl: workstation
rus: рабочая станция

1. Bitta foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan shaxsiy kompyuterdan quvvatliroq kompyuter. Odatda kasbga yo‘naltirilgan avtomatlashtirilgan ish joyi sifatida ishlatiladi. Ishchi stansiyasi foydalanuvchi tomonidan bir necha vazifa ishga tushirilishi, ya’ni, ma’lumotlarga ko‘pvazifali ishlov berish rejimi bilan tavsiflanadi. Bu amaliy jarayonlar guruhini bajarish imkonini beradi. Ishchi stansiyasi arxitekturasida axborotga ko‘rib turib ishlov berish muhim ahamiyatga ega.


2. Lokal hisoblash tarmog‘iga ulangan kompyuter. U foydalanuvchining vazifalarini tarmoq bilan birgalikda bajarishga ixtisoslashgan. Dastlabki ishchi stansiyasi SUN (Stenford universitetining tarmoq mahsuloti) deb atalgan bo‘lib, SUN Microsystems korporasiyasi tomonidan “tarmoq – bu kompyuter” shiori ostida yaratilgan


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.05.20 13:53]


Kompyuter dasturi
ingl: computer program
rus: компьютерная программа

1. Masalani yechish algoritmining tavsifi. Dasturlash tilida beriladigan, dasturchi tomonidan tuziladigan va kompyuter bajaradigan ko‘rsatmalar yig‘masi.


2. Muayyan funksiyalarni, masalalarni va muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan, ixtisoslashgan dasturlash tilining qoidalariga bo‘ysunadigan va operatorlar yoki buyruqlar tavsifidan iborat sintaksis birlik.


3. Hisoblash mashinasiga algoritmni belgilab beradigan, ko‘rsatmalar (buyruqlar yoki tavsiflar va operatorlar) ketma-ketligi. Kompyuter dasturi kompyuter qanday tartibda, qaysi ma’lumotlar ustidan va qanday amallarni bajarishi kerakligini, hamda qanday shaklda natija berishi kerakligini ko‘rsatib beradi. Kompyuterni boshqarish qurilmasi kompyuter dasturini mashina buyruqlari ketma-ketligi shaklida qabul qiladi. Kompyuter dasturini mashina tilida tuzish – noqulay va sermehnat jarayon. Shu sababli, odatda kompyuter dasturini inson tomonidan biror-bir dasturlash tilida tuziladi, so‘ngra kompyuterning o‘zi bu dasturni mashina tiliga o‘tkazadi (translyatsiya qiladi).


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.05.20 15:03]


Katod nurli trubka
ingl: cathode-ray tube (CRT)
rus: трубка с катодными лучами

Televizor ekranlari va kompyuter displeylarida ishlatiladigan elektron trubka. Elektron nurli trubka deb ham ataladi. CRTning ish tamoyili ekranning orqa qismida elektron nurining oldinga va orqaga harakatlanishiga asoslangan. Nurning ekran orqali har bir siljishida bu nur shisha trubkaning ichki tomonidagi fosforli nuqtalarni, ekranning aktiv maydonchalarini yoritadi. Shunday chiziqlar to‘plamini chizish evaziga nur ekranda tasvirning umumiy suratini yaratadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.05.20 21:03]


‍Qaysi brouzerdan foydalansiz? Chrome?! Yoʻq-mi, Ok!

Chrome brauzerida saqlab qolingan parollarni ko'rish


Login va parol kiritiladigan saytlar bilan ishlaganingizda, parollar brauzerlar tomonidan saqlab qolinadi(ruhsat bersangiz) va keyingi safar shu saytga kirganingizda, qaytadan parol so'ramaydi, saqlangan barcha parollarni ko'rish:


1. Chrome brauzerini ochasiz.


2. Adres(URL) yozadigan qatorga quyidagini yozasiz:

chrome://settings/passwords


3. Paydo bo'lgan ro'yhatdan qaysi sayt uchun parollar saqlanganligini ko'rishingiz mumkin, "Показать"(Show) tugmasini bosgan holda parolni ko'rasiz.


Bunda brauzer Windows tizimining parolini so'raydi, uni kiritasiz va parol ochiladi.


Bu post @planetait kanalidan uxlatildi:)


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.05.20 13:31]


Marshrutizator
ingl: router
rus: маршрутизатор

1. Tarmoq trafigini uzatishning bir yoki bir necha marshrutlarini tanlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishga javobgar tizim yoki qurilma. Mazkur vazifani bajarish uchun tarmoq haqidagi axborotni va marshrutlash metrikasi deb nomlangan bir necha mezonlar asosida eng yaxshi marshrutni tanlash algoritmlariga ega marshrutlash protokollari ishlatiladi. Xabarlarni tezkor va eng samarali marshrutlash uchun marshrutizatorlar bir-biri orasida tarmoqning ayni paytdagi holati haqidagi ma’lumotlarni almashish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.


2. Tarmoqda paketlarni marshrutlash, ya’ni paketlarning tarmoq bo‘ylab uzatilishida eng qisqa marshrutni tanlab berish bilan shug‘ullanuvchi tarmoq kompyuteri.


3. Ma’lumotlar bloklarini marshrutlash bilan shug‘ullanuvchi qayta uzatish tizimi.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.05.20 14:16]


Sizni ishingizni osonlashtiruvchi 8 ta telegram bot'lari

@vkm_bot — telegramda turgan holda qoʻshiqlarni izlovchi bot. Siz bot'ga qoʻshiqchi ismi yoki qoʻshiq nomini yuboring va bot sizga izlagan taronangizni topib beradi!


@iLyricsBot — qoʻshiq matnini izlovchi bot. Shunchaki qoʻshiq nomini bot'ga yuboring va natijani koʻring!


@YaMelodyBot - Yandex tomonidan taqdim etilgan ovozli xabar koʻrinishidagi qoʻshiqni orginalini topib beruvchi bot. Bot'ga ovozli xabar koʻrinishidagi qoʻshiqni yuboring bot sizga kerakli natijani beradi!


@pic — rasm izlovchi bot. Bot'ga biror soʻz yoki jumla yuboring va bot sizga oʻsha soʻzga mos rasm topib beradi.


@gif — gif izlovchi bot. Bu bot'ni ishlashi ham huddi @pic bot'iniki kabi.


@utubebot — Youtubedan videolarni yuklovchi bot. Bot'ga videoning havolasini yuboring va oʻzingizga kerakli formatni tanlab yuklab oling!


@imageToText_bot — rasmdan matnni chiqarib oluvchi bot. Bot'ga rasm yuboring va natijani koʻring!


@bexatobot — matnni kirillchadan lotinchaga va aksincha oʻgiruvchi bot. Bot'ga matn yoki .docx .xlsx .pptx kabi fayl yuboring va bot kerakli alifboni oʻzi aniqlab sizga natijani qaytaradi!


Bot'lardan foydalanishni osonlashtirish uchun oʻzingizga keraki chat'ga bot linkini va bitta boʻsh joy tashlab kerakli soʻzni yozing va natijaga erishing!


Masalan:
@pic example

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [13.05.20 13:40]


Mantiqiy disk
ingl: logical disk
rus: логический диск

Operatsion tizim tomonidan aniqlanadigan disk moslamasi. Mantiqiy disk fizik diskdan farq qilishi mumkin. Masalan, bitta fizik disk bir necha mantiqiy disklarga ajratilgan bo‘lishi mumkin (Windows'da C:, D:, E:).


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [13.05.20 14:03]


Matn brauzeri
ingl: text based browser
rus: текстовый браузер

Faqat matnni aks ettirish uchun ishlatiladigan va multimedia fayllarini boshqara olmaydigan brauzer


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [13.05.20 16:03]


Flud
ingl: flood
rus: флуд

Blog, chat va veb-forumlarda bir necha martalab ortiqcha axborotni qaytarish, bir xil axborotni, so‘zni (belgi, harf, grafik fayl yoki qisqa ma’nosiz matn)ni takrorlash. Buni amalga oshiradigan shaxs fluder deb ataladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [13.05.20 17:03]


Daftarga qoʻlda yozilgan maʼruzani raqamli yozuvga oʻtkazish

"Google Lens" ilovasi sizga bu masalada yordam beradi. Buning uchun siz ilovani ochasiz matn(📋) belgisini ustiga bosib kamerani kerakli yozuvga qaratasiz va tayyor.


U orqali smartfon kamerasidan foydalanib atrofdagi turli obyektlar haqida Google'dan ma'lumot izlash shuningdek siz ushbu ilova orqali qogʻozdagi matnni tarjima qilsangiz ham boʻladi. Ilovani hoziroq yuklab oling!


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.05.20 10:57]


Xesh
ingl: hash
rus: хеш

1. “#” belgisi, ASCII kodi 35.


2. Muayyan kalit bo‘yicha farq qiladigan ma’lumotlar elementlaridan foydalanish: har bir ma’lumotlar elementi muayyan kalitga (son yoki so‘z) bog‘liq. Xeshni ikki ustunli jadval sifatida tasavvur qilish mumkin: birinchi ustunda muayyan kalit saqlanadi, ikkinchisida esa – ma’lumotlar paketi manzili (yoki ba’zan ma’lumotlarning o‘zi). Masalan, kutubxonadagi katalog – xesh: undagi mualliflar familiyalari (kalitlar) ularning kitoblari haqidagi to‘liq axborot bilan birga joyni egallaydi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.05.20 12:03]


Chipset
ingl: chipset
rus: чипсет

Protsessorni o‘rab olgan mikrosxemalar. Tizim (ona) platada joylashgan mikrosxemalar to‘plami.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.05.20 15:02]


Elektron pochta
ingl: electronic mail (e-mail)
rus: электронная почта

Taqsimlangan, shu jumladan global kompyuter tarmog‘i orqali elektron xabarlarni (xatlarni) yuborish va qabul qilish texnologiyasi. Elektron pochtani almashish uchun odatda SMTPdan (ingl. Simple mail transfer protocol, pochtani uzatish protokoli) foydalaniladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.05.20 11:03]


Smartfondan sifatli veb-kamera sifatida foydalanish

Siz Android smartfoninggizdan simsiz veb-kamera sifatida foydalanishingiz uchun DroidCam ilovasini, kompyuterningizda ( Windows 10) esa DroidCam Client ilovasini esa oʻrnatishingiz kerak boʻladi.


1. DroidCam (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.dev47apps.droidcam&hl=en_IN) ilovasini smartfoningizga va DroidCam Client (https://www.dev47apps.com/droidcam/windows/)'ni kompyuteringizga oʻrnating.


2. Smartfoningizni va kompyuteringizni bitta Wi-Fi tarmogʻiga ulang
3. DroidCam ilovasini ochib mikrofon va kameradan foydalanish uchun ruxsat bering
4. Qo'llanmani o'qib bo'lgach, siz Wi-Fi-ga ulanish haqida ma'lumot mavjud asosiy ekranini ko'rasiz.
5. Kompyuteringizda DroidCam Client-ni oching.
6. Ulanish jarayonini boshlash uchun Wi-Fi tugmasini bosing.
7. DroidCam android dasturidagi IP-manzilni kompyuterga kiritasiz
8."Start" tugmachasini bosing

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [19.05.20 08:02]


LAMP
(Linux-Apache-MySQL-PHP)

Internet tarmog‘ida keng ishlatiladigan server dasturiy ta’minoti yig‘masini anglatuvchi akronim. LAMP unga kiruvchi komponentlar nomlarining birinchi


harflaridan tashkil topgan:
- Linux - GNU/Linux operasion tizimi;
- Apache - veb-server;
- MySQL - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT);
- PHP - veb-qo‘llanmalarni yaratishda ishlatiladigan dasturlash tili.

LAMP akronimi quyidagilarni ifodalash uchun ishlatilishi mumkin:


- Veb-serverning infratuzilmasini;
- Dasturlash paradigmalarini;
- Dasturlar paketini.

Dastlab bu dasturiy mahsulotlar maxsus bir-biri bilan ishlash uchun yaratilmagan bo‘lsada, bunday bog‘lanish yetarlicha ommaviylashib ketdi, buning sababi, avvalo ularning arzonligidadir (uning barcha tarkibiga kiruvchi dasturlar ochiq va Internetdan bepul yuklanishi mumkin). LAMP yig‘masi aksariyat GNU/Linux distributivlari tarkibiga kiradi va ko‘pchilik xosting kompaniyalari tomonidan taqdim qilinadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [20.05.20 09:53]


NAT
Network Address Translation

Tarmoq manzillari translyasiyasi. Manzilni ichki tarmoqdan tashqi tarmoq (Internet) manziliga aylantirish. Xavfsizlikni oshirish va jalb qilingan oshkora IP-manzillar sonini kamaytirish uchun, korxonalar ichki tarmoqlarida odatda maxsus oshkora Inernetda uchramaydigan manzil to‘plamlari ishlatiladi, masalan, 10.x.x.x, 172.16.x.x, 192.168.x.x. NAT texnologiyasi yordamida ichki tarmoq so‘roviga ko‘ra “manzil, port” juftligi “oshkora manzil, port 2” juftligiga aylantiriladi. Bu ichki tarmoqning bir necha xostlariga bitta oshkora IP-manzilni portlarning turli tartib raqamlarini birgalikda baham ko‘rishga imkon beradi. Shu bilan birga, ichki tarmoq xosti Internetdagi xost tashabbusi bilan ulanmasligi mumkin. NATning ishi batafsil RFC 3022da yoritilgan.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [20.05.20 10:45]


NorthBridge

Server ko‘prigi – mikrosxema ishlab chiqaruvchilar orasida qabul qilingan atama.


Tizim shinasi, AGP va PCI shinalari, xotira va xesh-xotira shinasini o‘z ichiga oluvchi tizim kontrollerini bildiradi. Odatda bu bitta mikrosxema va aynan unga ko‘ra butun to‘plam nomlanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [20.05.20 13:05]


OpenID

Yagona kirishning ochiq markazlashtirilmagan tizimi. OpenID texnologiyasini qo‘llaydigan barcha veb-saytlarda foydalanuvchi yagona login bilan mualliflashdan o‘tishi mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [20.05.20 16:27]


Postlar ostiga «Doʻstlarga ulashish» tugmasini qoʻyish

Buning uchun siz avval kerakli havolani tayyorlab olishingiz kerak boʻladi. t.me/share/url?url=PostHavolasi qolip ushbu koʻrinishda boʻladi. «PostHavolasi» oʻrniga oʻsha ulashish zarur boʻlgan post havolasi qoʻyiladi. Kanaldagi havolalar faqatgina ularning tartib raqamlaridan farq qiladi. Masalan, ushbu post https://t.me/terminuz/212 koʻrinishda boʻlsa keyingisi 213, 214 raqamlar bilan farq qilib davom etadi. Demak ushbu post uchun quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:


t.me/share/url?url=https://t.me/terminuz/212

Post havolasini matn bilan birga ulashish


Buning uchun «PostHavolasi» o'rniga kerakli soʻzlarni + belgisi bilan ajratib yozasiz(hech qanday boʻsh joysiz). Yuqorida tayyorlagan postni yozuv bilan quyidagicha birga quyidagicha koʻrinishga ega boʻladi:


t.me/share/url?url=Senga+ajoyib+kanalni+tavsiya+qilaman.+Hoziroq+bizga+qoʻshil!+Kanal+manzili:+https://t.me/terminuz

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.05.20 07:02]


PHP
PHP: Hypertext Preprocessor

“PHP: gipermatn preprosessori”. Veb-serverda HTML sahifalarni generasiyalash va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash uchun 1994 yilda yaratilgan skript tili. O‘z oddiyligi, bajarilish tezligi va boy funksionaligi bilan ajraladi. O‘zak va ulanuvchi modullar yoki kengaytmalardan iborat. Dastlabki kodlari PHP litsenziyasi asosida tarqatiladi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.05.20 11:33]


PIN
Personal Identification Number

Shaxsiy aynanlash tartib raqami. Bank kartalari va boshqa kartalar (masalan, SIM kartalari) egalarini mualliflash uchun qo‘llaniladi. Mualliflash jarayonida ham kirish paroli, ham so‘rov raqamli imzosining maxfiy kaliti sifatida ishlatiladi.


Odatda PIN kodni kiritishga urinishlar soni cheklangan bo‘lib, u ketma-ket noto‘g‘ri kiritilsa, karta blokirovka qilinadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.05.20 11:33]


PUK
Personal Unlock Key

Mobil telefon SIM kartasi va smart-kartalarda karta blokirovkasini (PIN kodni) yechish uchun shaxsiy kod. PIN kod kabi kiritish urinishlari soni cheklangan.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [21.05.20 13:24]


ReactOS

Ochiq qodli erkin va bepul operatsion tizim loyihasi. Unga Microsoft Windows qo‘llanmalari va drayverlari mos keladi. Loyiha 1996 yil boshida boshlangan bo‘lib, uning dastlabki nomi FreeWin95 bo‘lgan. 1998-yilda loyiha nomi ReactOSga o‘zgartirildi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [22.05.20 12:09]


Upgrade

1. Kompyuter yoki kompyuter qurilmasini, masalan, prosessorni kuchliroqqa almashtirish, tezkor xotira hajmini oshirish va h.k. tufayli yangilash.


2. Dasturni keyingi versiyagacha yangilash. Kompyuter dasturlarini ishlab chiqaruvchilar yangi versiya chiqishida nafaqat to‘liq yangi o‘rnatish paketini, balki avvalgi versiyalar foydalanuvchilari ishlatishi mumkin bo‘lgan yangilash paketlarini ham ishlab chiqaradi.


Yangilash paketining hajmi odatda kamroq bo‘ladi, chunki uning ichiga faqat o‘zgartirish yoki qo‘shish lozim bo‘lgan fayllar kirib, ko‘pgina fayllar eski nusxadan olinadi (to‘liq paketga ushbu fayllar ham yoziladi). Dastur pullik bo‘lsa, yangilash to‘liq paketga qaraganda arzonroqdir. Dastur bepul bo‘lsa va yangilash Internet orqali amalga oshirilsa, yangilash kamroq vaqt talab qilishi bois uni yuklab olish uchun kamroq vaqt ketadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [22.05.20 12:51]


Windows Vista

Shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan Microsoft Windows NT oilasiga mansub operatsion tizim. Windows XP kabi, Windows Vista faqat mijoz tizimi hisoblanadi. Windows Vistada xotirani va kiritish-chiqarishni boshqarish quyi tizimi yangilangan. Tashqi USB flesh tashuvchilaridan operatsion xotira sifatida foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan, bu esa ba’zi hollarda unumdorlikni 40 foizga oshiradi. Operatsion tizimda xohlagan simsiz va korporativ tarmoqlarga ulanish va uzoqdan foydalanish ulanishlarini yaratish uchun yagona interfeys qo‘llaniladi.


Windows Vistada tarmoq steki qayta yozilgan, diagnostika, monitoring, ogohlantirish vositalari, Windows Firewall hamda xotira va fayl tizimi boshqaruvi yaxshilangan.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [23.05.20 14:07]


Xalqaro domen (https://t.me/terminuz/23)'larning belgilanishi

. AERO — Aviasiya


.ARPA — Internet Architecture Board maslahatiga ko‘ra amaliy zarur infratuzilmani qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar


.ASIA — Osiyo va Tinch okeani mintaqasi


.BIZ — Biznes


.CAT — Kataloniya til va madaniyat hamjamiyatlari


.COM — Tijoriy tashkilotlar


.COOP — Kooperativlar


.EDU — Ta’lim


.GOV — Hukumat muassasalari


.INFO — Umumiy axborot


.INT — Hukumatlararo shartnomaga asosan yaratilgan tashkilotlar


.JOBS — Ish o‘rinlari saytlari


.MIL — Harbiy tashkilotlar


.MOBI — Mobil mahsulot va xizmatlar


.MUSEUM — Muzeylar


.NAME — Jismoniy shaxslar


.NET — Provayderlar va tarmoq tashkilotlari


.ORG — Notijoriy tashkilotlar


.PRO — Kasbiy


.TEL — Shaxsiy ma’lumotlarni nashr etuvchi kompaniya va shaxslar


.TRAVEL — Turizm sohasidagi kompaniyalar uchun saqlab qoldirilgan domen


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [23.05.20 14:22]


#Yangi_Loyiha

(https://telegra.ph/file/a3a04caaf80b55af51959.jpg)Jahon AKT rivojlanish tarixi


825 - yil


Buyuk matematika, astronomiya, jo‘g‘rofiya olimi Abu Abdulloh Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy tomonidan o‘nlik sanoq tizimida to‘rtta asosiy amallarni bajarish algoritmi berilgan. “Algoritm” atamasi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan.


1642 - yil


Birinchi mexanik hisoblash apparati fransuz fizigi, matematigi va faylasufi Blez Paskal tomonidan kashf qilingan. Apparat sonlarni qo‘sha oladigan mashina ko‘rinishida bo‘lgan. Paskal uni soliqlarni hisoblashda otasiga ko‘maklashish uchun yaratgan edi.


1812 - yil


Ingliz olimi Charlz Bebbidj mexanik kalkulyatorni ishlab chiqqan va 1823-yilda uni qurgan.


Mexanik kalkulyator bug‘ yordamida harakatga keltirilgan va to‘la avtomatik bo‘lgan. Mexanik kalkulyator ichiga o‘rnatilgan dastur bilan boshqarilgan.


#ITtarix

👉🏻 @TerminUz

TerminUz, [24.05.20 12:46]


Jahon AKT rivojlanish tarixi

1844 - yil


Morze alifbosidan foydalanib telegraf yordamida birinchi xabar yuborilgan.


1866 - yil


To‘g‘ridan-to‘g‘ri va bir zumda aloqa qilish uchun transatlantik kabel yotqizilgan.


1876 - yil


Aleksandr Grexem Bell ilk bor telefon kashf etgan

#ITtarix


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [24.05.20 13:03]


WORM
Write Once Read Many

Bir marta yozib, ko‘p marta o‘qish uchun mo‘ljallangan axborot tashuvchilari. WORM vakillariga CD va DVD disklari kiradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [25.05.20 07:21]


Domenlarning belgilanishi

https://telegra.ph/Domenlarning-belgilanishi-05-24


TerminUz, [25.05.20 10:32]


XSS
Cross Site Scripting

Kompyuter tizimi zaifligining turi,


xakerlik hujumida foydalaniladi. Mazkur hujumlarning spetsifikasi shundaki, ular mijozga hujum vositasi sifatida serverga bevosita hujum o‘rniga zaif serverdan foydalanadilar. XSS hujumi odatda maxsus URLning yaratilishi va hujum qiluvchining ushbu URLni o‘z qurboniga taqdim etishi yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bugungi kunda XSS aniqlanadigan zaifliklarning 15 foizini tashkil qiladi.

Dasturchilar uzoq vaqt davomida bu hujumlarni xavfli deb hisoblamay, ularga yetarli e’tibor qaratmagan. Ba’zi hollarda XSS yordamida ma’murning sessiya identifikatorini olish yoki DoS hujumini uyushtirish mumkin bo‘ladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [25.05.20 14:04]


Skriptkiddi
ingl: script kiddie
rus: скрипткидди

Buzish uchun qo‘llanilayotgan xakerlik vositalarining ish tamoyillarini tushunmaydigan odam. Zaiflikni aniqlash yoki eksploitni yozish qo‘lidan kelmasdan, u faqat tayyor narsalardan foydalanadi, eng keng tarqalgan zaifliklar, mavjud bo‘lgan eksploitlardan foydalanadi.


Ma’lum holatlarda skriptkiddilar virus konstruktorlaridan foydalanib, dasturlash tillarini bilmasdan, turli xavf darajasiga ega viruslarni yaratadi va ulardan o‘z maqsadlarida foydalanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.05.20 09:12]


Rutkit
ingl: rootkit
rus: руткит

Tizimda badniyat shaxs yoki zararli dasturning borligi izlarini yashirish uchun ishlatiladigan dastur yoki dasturlar to‘plami. Rutkit buzuvchiga buzilgan tizimda o‘rnashib olish va fayllar, jarayonlar hamda tizimda rutkit borligini yashirish orqali o‘z faoliyati izlarini yashirishga imkon beradi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.05.20 13:42]


Bekdor
ingl: backdoor
rus: бэкдор

Buzuvchi (xaker) buzilgan kompyuterga birinchi kirishga ega bo‘lgandan so‘ng tizimga takroriy kirish maqsadida o‘rnatadigan dastur yoki dasturlar to‘plami. Bekdor – rutkitning alohida muhim tarkibiy qismi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.05.20 16:41]


Arxiv
ingl: archive
rus: архив

Arxivator yordamida ochish mumkin bo‘lgan, tarkibida bir yoki ko‘p (odatda kompressiyalangan) fayllar va axborot bo‘lgan fayl. Arxivlar odatda dasturiy mahsulotlar yoki zaxira nusxalarni tarqatish uchun yaratiladi.


tar, gzip formatidagi arxivlar - UNIX (https://t.me/terminuz/73);


zip, rar, arj formatidagi arxivlar esa Windows amaliy tizimlarida ishlatiladi.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [29.05.20 09:37]


Bayroq
ingl: flag
rus: флаг

1. Dasturdagi o‘zgaruvchi. U muayyan shartlar ajarilganda dasturga axborot beradi.


2. Ma’lumotlarni sinxron uzatishda bayroq – maxsus sakkiz bitli signal (odatda 01111110), axborot kadrining boshi va oxirini belgilash uchun ishlatiladi. Bir kadrni boshqasidan farqlash va tarmoqda, uni o‘tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida, qurilmalarni sinxronlash uchun ishlatiladi.


3. Uzatiladigan axborotni belgilash uchun, masalan, ma’lumotlar bloki o‘lchamlarini cheklash uchun xizmat qiladigan bitlar kombinasiyasi. Bayroq ma’lumotlar blokining boshida yoki oxirida joylashtirilishi


mumkin.

4. Ma’lumotlar elementini odatdagidan farqli ekanini bildiradigan maxsus belgi. Misol uchun, jadval yozuvi xatolik bayrog‘ini o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin, bu yozuv xato ma’lumotlardan iboratligini bildiradi.


5. Yer shari atrofidagi optik tolali kanal. Bayroq inson qo‘li bilan yaratilgan eng uzun tuzilma bo‘lib, bu kabelning uzunligi 28000 km va o‘tkazish qobiliyati sekundiga 10 gigabitni tashkil qiladi. Kabel asosan dengiz tubiga, Yaponiya bilan Buyuk Britaniyani birlashtirib, Xitoy, Tailand, BAA, Italiya va yana olti mamlakat hududlaridan o‘tkazilib yotqizilgan.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [10.06.20 14:55]


Biometrik
ingl: biometric
rus: биометрический

Alohida atributlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bunda insonning takrorlanmas shaxsiy xususiyatlarini ifodalovchi barmoq izlari, ko‘z qon tomirlarining rasmi, tovush yozuvi kabilardan foydalanish shaxsni aniqlash imkonini berishi ko‘zda tutilgan.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.06.20 09:13]


Bot
ingl: bot
rus: бот

Oddiy foydalanuvchi ishlatadigan interfeyslar orqali ma’lum harakatlarni avtomatik va/yoki belgilangan jadval bo‘yicha bajaradigan maxsus dastur. Botlar odatda bir xil va takrorlanadigan ishni maksimal tezlikda bajarish uchun qo‘llaniladi


Botlarning zararli tomoni – ulardan kompyuterlarga tarmoq hujumlarini muvofiqlashtirish uchun foydalanish, masalan botnet orqali DDoS- va DoS-hujumlarda. Internet-botlar turli xil firibgarliklar, shuningdek, spamni jo‘natish uchun ishlatilishi mumkin.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.06.20 10:32]


Botnet
ingl: botnet
rus: ботнет

Ma’lum sondagi xostlardan iborat va botlar (avtonom dasturiy ta’minot) ishlayotgan kompyuter tarmog‘i.


Odatda botnet tarkibidagi bot qurbon kompyuterida yashirin o‘rnatiladigan va badniyat shaxsga (botnet “egasiga”) kompyuter resurslaridan foydalangan holda ma’lum harakatlarni bajarishga imkon beradigan dasturiy ta’minotdir. Botnetlar ko‘pincha spam yuborish, uzoqdagi tizimda parollarni birma-bir ko‘rib chiqish, xizmat ko‘rsatishni rad etish kabi noqonuniy yoki ruxsat etilmagan faoliyat uchun foydalaniladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.06.20 14:36]


Ping
ingl: ping
rus: пинг

Inglizchadan tarjimasi “taqillatmoq” so‘zini bildiradi. Siz va sizni qiziqtiruvchi tarmoq kompyuteri orasida paketlarning o‘tish vaqtini o‘lchash (ping buyrug‘i orqali amalga oshiriladi). Domen va istalgan tarmoq qurilmasining IP-manzili orasida muvofiqlikni o‘rnatish imkonini beradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.06.20 10:10]


SSI
Server-Side Includes

Server tomonidagi qo‘shimcha. HTTP serveri uchun HTML hujjati matniga kiritiladigan oddiy ko‘rsatmalar to‘plami. Masalan, “include” SSI ko‘rsatmasi hujjatning HTTP serveri tomonidan bevosita berilishidan oldin uning ichiga boshqa fayl mazmunini qo‘shish imkonini beradi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [12.06.20 10:27]


1895 - yil
− Aleksandr Stepanovich Popov tomonidan ilk bor radio kashf etilgan

1896 - yil


− IBM korporasiyasiga asos solingan

1936 - yil


– Ingliz olimi Alan Tyuring kompyuterning rasmiy modeli – Tyuring mashinasini yaratgan. U biror muammo uchun algoritm mavjud bo‘lmasa, binobarin, Tyuring mashinasini yaratish mumkin bo‘lmasa, bunday muammoni kompyuter ham yecha olmasligini ko‘rsatib bergan.

#ITtarix


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.06.20 09:10]


LCD

1. Liquid-Crystal Display – Suyuq kristalli displey.


2. Lowest Common Denominator – Eng kichik umumiy maxraj.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [16.06.20 09:15]


LED
Light-Emitting Diode

Yorug‘lik nuri taratuvchi diod, yorug‘lik diodi


👉🏻 @terminuz


TerminUz, [17.06.20 07:02]


Nik
ingl: nickname
rus: ник

Tarmoq foydalanuvchisi odatda chatlar, yangilik guruhlarida, elektron pochtasida ishlatadigan taxallus, haqiqiy bo‘lmagan ism. Odatda nik turli xil qayd yozuvlarida foydalanuvchi nomi sifatida ishlatiladi.


👉🏻 @terminuz


TerminUz, [18.06.20 19:00]


[Переслано из TerminUz]
Xot-spot
ingl: hotspot
rus: хот-спот

1. Telekommunikasiya: Wi-Fi simsiz tarmog‘i bilan qoplangan joy. Kirish nuqtasi WLAN orqali mobil tashrifchilarga ommaviy simsiz keng ko‘lamli tarmoq xizmatlarini ko‘rsatadigan aniq geografik joy. Xot-spotlar aholi zich joylarda, jumladan aeroportlar, temir yo‘l stansiyalari, kutubxonalar, kemalar to‘xtaydigan joylar, yig‘inlar o‘tkazish markazlarida va mehmonxonalarda joylashadi. Xot-spotlardan foydalanish oralig‘i, odatda, cheklangan bo‘ladi.


2. Dasturlash: Kodning nozik joyi; dasturdagi bajarilishi ko‘p vaqtni talab qiladigan joy.


3. Grafika: Ekran, dasturning grafik interfeysi yoki veb-saytdagi joy, uni bosganda ma’lum harakatlarni keltirib chiqaradi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [18.06.20 20:02]


[Переслано из TerminUz]
HTTP holati kodi
ingl. HTTP status code

HTTP holati kodi server javobi birinchi qatorining bo‘lagi.


Uchta arab raqamlaridan iborat butun son. Birinchi raqam holat klassni ko‘rsatadi. Hozirgi paytda holat kodlarning 5 ta klassi belgilangan:

1xx Informational (Axborot beruvchi) - so‘rov olingan va tushunilgan, ishlov davom etayapti.


2xx Success (Muvaffaqiyat) - so‘rov muvaffaqiyatli olindi, tushunildi va ishlovlandi.


3xx Redirection (Qayta marshrutlash) - so‘rovni bajarish uchun keyingi harakatlar qilinishi kerak.


4xx Client Error (Mijoz xatosi) - so‘rov yomon sintaksisga ega yoki bajarilishi mumkin emas.


5xx Server Error (Server xatosi) - server ushbu so‘rovni bajarish qobiliyatiga ega emas.


Quyida IANA holati kodlari ro‘yxatidan ba’zi javob kodlari keltirilgan:


301 - Resurs doimiy ravishda ko‘chirilgan - hujjat server tomonidan ishlatilmaydi, ishorat esa boshqa sahifaga yo‘naltiradi.


303 - Boshqa resursga qarang - so‘ralgan resurs boshqa manzilda joylashgan va uni GET usulidan foydalangan holda so‘rov qilish kerak.


307 - Vaqtinchalik qayta marshrutlash - so‘ralgan resurs vaqtinchalik boshqa manzilga o‘tkazilgan.
403 - Resursga kirish taqiqlangan - ko‘pgina holatlarda hujjatga kirish uchun maxfiy so‘z kiritish yoki ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi bo‘lishi kerak.

404 - Resurs topilmadi - hujjat mavjud emas.


500 - Serverning ichki xatosi - server oldindan kutilmagan shart bilan to‘qnashdi va bu so‘rovni bajarish imkoniyatini bermayapti.


503 - Xizmatdan foydalanish mumkin emas


- vaqtinchalik yuklanganligi yoki o‘chganligi sababli xato kelib chiqdi va serverga texnik yordam ko‘rsatilmoqda.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [22.06.20 18:54]


Nomlar fazosi
ingl: namespace
rus: пространство имен

Nomlar makoni ism va atributlarni aniq belgilashda ishlatiladi. Bir necha kutubxonalar ishlayotganda elementlarning nomi bir xil bo‘lsa, ular o‘z ism makoni orqali aniq belgilanishi mumkin


👉🏻 @terminuz


TerminUz, [24.06.20 13:59]


Oktet
ingl: octet
rus: октет

Yaxlit bir butun sifatida qayta ishlanadigan, 8 bit uzunlikdagi kodli kombinatsiya.


“Bayt” va “oktet” atamalari orasida asosiy farq, ularning qo‘llanish sohasida. “Bayt” atamasi asosan, kompyuterda saqlanadigan va ishlov beriladigan axborotga tatbiqan ishlatiladi, “oktet” esa, har bir sanoq 8 bitdan iborat bo‘lgan impuls-kodli modulyasiyada qo‘llaniladi


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [25.06.20 15:39]


Kompyuterni telefon orqali boshqarish

Buning uchun smartfoningizga va kompyuteringizga Remote Desktop (http://remotedesktop.google.com/) ilovasini oʻrnatishingiz kerak boʻladi. Agar ikkala qurilma bitta Wi-Fi tarmogʻiga ulangan boʻlsa internet kerak boʻlmaydi.


Bu kompyuteringiz uyda qolib ketgan vaqtda zarur maʼlumotlarni telefoningizga yuklab olishingiz mumkin boʻladi. Bundan tashqari ham buni bir qancha yoʻllari bor. Hozircha esa siz ushbu usulni sinab koʻring. Tanishlarga ulashish ham esdan chiqmasin:))


P.s. Mening shaxsiy blogimga ham obuna boʻlib qoʻyishni unutmang: @notepaduz


👉🏻@TerminUz


TerminUz, [25.06.20 18:21]


Hakerlik tarixi va ayrim faktlar

Soʻnggi yangiliklarga qaraydigan boʻlsak, 40 million Telegram foydalanuvchilari mobil telefoni, messenjer ichidagi ID-raqami va ismlari tarqatilib yuborilgani haqida yangiliklar koʻzga tashlanmoqda. Shu sababdan bugun hakerlik tarixi haqida maʼlumot berishga qaror qildim. Avvalroq hakerlar kim va ularning turlari haqida yozgandim. Bu yerdan (https://t.me/terminuz/87) ushbu yozilganlarni oʻqishingiz mumkin. Demak, boshladim.


«Hacker» atamasi dastlab matematik masalalarni «aylanma yo‘llar» bilan hal qiluvchilarga nisbatan ishlatilgan. Uning asoschisi mash­hur matematik Jon Nesh hisoblanadi.


Hakerlar dast­avval mualliflik dasturlariga o‘z dasturlari bilan suqilib kirgan. Keyinchalik esa dastur qoidalarini o‘z manfaatlari uchun o‘zgartirishga «bel bog‘lashgan». Oqibatda dasturlar mualliflari va foydalanuvchilar o‘rtasida mojarolar va noroziliklar paydo bo‘ldi.


Yillar o‘tib, «haker» so‘zi tamoman o‘zgacha talqin qilina boshlandi. Endilikda bu atama kompyuterlarga zarar yetkazuvchi,ularga yashirincha kiradigan, viruslarni o‘rnatadigan, tarqatadigan jinoyatchilarga nisbatan qo‘llanila boshlandi.


Dunyoda Iyen Myorfi og‘ir jinoyat bilan ayblangan birinchi haker sifatida ro‘yxatga olingan. U 1981 yilda AT&T kompaniyasi kompyuteriga yashirincha kirib, soatini o‘zgartirib qo‘yadi. Bu foydalanuvchilarga kunduzi tungi chegirmali tarif bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatini bergan. Yana bir haker Gerri Makkinnon esa ko‘plab harbiy tashkilotlar sirlarini o‘g‘irlaganlikda ayblangan. U 2001 va 2002 yillarda NASA, AQSH harbiy dengiz hamda havo kuchlari, shuningdek, Mudofaa departamenti serverlariga tarmoq orqali yashirincha kirib, 800 ming dollarni tashkil etadigan o‘g‘irlikni amalga oshirgan. AQSH tarixida eng uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etilgan xaker Albert Gonsalesdir. U 200 million dollar qiymatidagi kredit va debit kartochkalarining raqamlarini o‘g‘irlagan.


Oʻrta Osiyodagi birinchi hakerlik guruhi «Clone Security (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Clone-Security)» hisoblanib, u 2011-yilda tashkil topgan. Ushbu guruh bir nechta davlatlarning, xususan, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning davlat veb-saytlariga hujumlar uyushtirgan.


Bugungi kunda hakerlikni yoqlovchi kuchlarning borligi ham hech kimga sir emas. Bu faoliyat tasirida ko‘plab katta kompaniyalar, hatto mamlakatlar zor qaqshab qolmoqda. Ayni paytgacha dunyo bo‘yicha xakerlar taxminan 1 trillion dollar qiymatidagi intellektual mulkni o‘zlashtirgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, hakerlarga 43 foiz kompaniya va tashkilotlar o‘z sirlarini boy bergan. Har kuni dunyodagi har uch kompaniyaning biri xakerlik bilan yuzma-yuz kelmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, hakerlikka qarshi keskin choralar ko‘rilayotganiga qaramay, xavf hamon pasaymayapti


P.s. Hozircha sizlarga aytmoqchi boʻlganim shulardan iborat. Aytgancha shaxsiy blogimga obuna boʻlish esdan chiqmasin:)) @notepaduz


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.06.20 16:54]


Nakrutka – murdalar qabristoni

Kanal/guruh audiatoriyasini yoki koʻrishlar sonini(prosmotr) sunʼiy ravishda firibgarlik yoʻli bilan oshirish.


Bu ishni kanal/guruh administratorlari koʻproq reklama sotish maqsadida ishlatishadi va bu orqali oʻz audiatoriyasini "murdalar qabristoni"ga aylantirishadi.


Har yili Telegram kanallardan nakrutka obunachilarni tozalash ishlarini olib boradi.


22-iyundan Telegram navbatdagi tozalash ishlarini boshladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [29.06.20 14:14]


Svitch
ingl: switch
rus: свитч

Kommutator. Kompyuterlarni lokal tarmoqqa birlashtirish qurilmasi.


Bunday tarmoqda kompyuterlarning juftlangan kommunikatsiyasi hamda bir necha ma’lumotlar oqimlarining bir paytning o‘zida mavjud bo‘lishi mumkin. Xab yordamida qurilgan


tarmoqdan farq qiladi.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [30.06.20 19:37]


[Переслано из TerminUz]
Chit
ingl: cheat
rus: чит

Asosan kompyuter o‘yinlarida o‘yinni sinovdan o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan maxsus kodlar. Ushbu kodlar, masalan, o‘yinda qahramon o‘lmasligi uchun, keyingi bosqichlarga o‘tish uchun imkoniyat beradi. Odatda chitlarni Internetda osonlik bilan topish mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [30.06.20 22:02]


[Переслано из TerminUz]
Shtrixli kod
ingl: bar code
rus: штриховой код

Ma’lumotlarni tez o‘qib olish uchun mo‘ljallangan mashina o‘qiydigan kod. Shtrixli kod raqamlardan va ularni kodlaydigan turli qalinlikdagi chiziqchalardan iborat.


Birinchi uchta raqam tovar ro‘yxatga olingan mamlakatni bildiradi. Keyingi to‘rtta raqam tovarni ishlab chiqaruvchi korxona kodini bildiradi. Undan keyingi beshta raqamni korxona o‘z tovarlariga raqam qo‘yib chiqish uchun foydalanadi. Shtrixli kodning so‘nggi raqami nazorat uchun ajratilgan bo‘lib, uning qiymatini kompyuter beradi.


Shtrixli kod savdoda tovarlarni tamg‘alash uchun keng foydalaniladi. Shtrixli kodlarga tegishli standartlar 1977 yildan buyon mavjud.


👉🏻 @TerminUz 😷


TerminUz, [07.07.20 10:40]


Registr
ingl: register
rus: регистр

Hodisalarni, obyektlarni, kodlarni ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangan ro‘yxat yoki xotira sohasi. Informatikada registr deganda, kompyuterning tarkibiy qismlari orasida jo‘natiladigan, cheklangan o‘lchamli kodlarni vaqtincha saqlashga mo‘ljallangan oddiy qurilma tushuniladi.


Registrning muhim xossasi, uning ma’lumotlarni qabul qilish va berishda yuqori tezlikka ega bo‘lishidir.


Registr uyalardan iborat, ularga so‘z, buyruq, ikkilik sanoq tizimida berilgan son va boshqalarni yozish, eslash va o‘qib olish mumkin. Ko‘pincha registr kompyuter ishlaydigan so‘z o‘lchami bilan bir o‘lchamga ega. Ixtiyoriy registrning ish tezligi, u saqlay oladigan bitlar soni bilan belgilanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [07.07.20 11:02]


Diqqat qiling!

Endilikda siz @TerminUz kanalida oʻz maqolangizni e'lon qilishingiz mumkin!


Batafsil oʻqish... (https://t.me/notepaduz/90)


TerminUz, [10.07.20 21:48]


Silikon vodiysi
ingl: Silicon valley
rus: Силиконовая долина

San-Fransisko janubida joylashgan va kompyuter kompaniyalarining o‘ta katta zichligini ko‘rish mumkin bo‘lgan hudud taxallusi.


Silikon – chiplarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan eng ko‘p foydalaniladigan yarimo‘tkazgich.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [11.07.20 09:52]


Simulyator
ingl: simulator
rus: симулятор

Kompyuter imitatorlari bo‘lib, muayyan transport vositasi yoki apparatni boshqarishni taqlid qiladi.


«Simulyator» so‘zi ko‘pincha kompyuter dasturlariga (jumladan, o‘yinlar) nisbatan qo‘llaniladi. Kompyuter-mexanik simulyatorlar yordamida uchuvchilar, kosmonavtlar, tezyurar poyezd mashinistlari mashq qiladi.


👉🏻 @terminuz


TerminUz, [12.07.20 10:34]


Sichqoncha
ingl: mouse
rus: мышь

Foydalanuvchi tomonidan yassi yuzada harakatlantirilganda kursor koordinatalarining joylashishini belgilovchi va ekranda koordinatalarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan qurilma.


«Sichqoncha» atamasi ushbu qurilma shaklidan kelib chiqqan – odatda u kirish uyasiga sichqon dumiga o‘xshash maxsus sim orqali ulanadi (simsiz sichqonchalar ham mavjud). Sichqoncha ustida bitta yoki undan ko‘p tugma joylashgan bo‘lib, foydalanuvchi ularni bosib ayni paytdagi aktiv dasturda muayyan harakatlarni bajarishi mumkin. Ushbu harakatlar foydalanuvchi grafik interfeysining muhim elementi hisoblanadi. Mazkur interfeys birinchi bor Apple Computer kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Shakli, tashqi ko‘rinishi va ish tamoyiliga ko‘ra, sichqoncha tuzilishining bir necha turi bor.


Mexanik sichqoncha ostida yassi yuzada harakatlanuvchi sharcha mavjud. Mexanik sichqoncha 1963 yilda Duglas Engelbart (Stenford tadqiqotlar markazi) tomonidan yaratilgan bo‘lib, 1970-yillarda Xerox kompaniyasi tomonidan tijorat maqsadlarida qo‘llanilgan.


Optik sichqoncha lazerning sichqonchaning yuzaga nisbatan harakatini aniqlash xususiyatidan foydalanadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.07.20 07:14]


Spufing
ingl: spoofing attack
rus: спуфинг

Ma’lum shaxs (yoki dastur) o‘zini boshqa birov sifatida bildiradigan va buning natijasida o‘zi uchun qo‘shimcha (odatda noqonuniy) foyda oladigan hujumning turi. Bunday hujumlarga misollar:


- Man-in-the-middle (MITM);


- URL spufing va fishing – URL manzilni almashtirish (fishing).

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [14.07.20 16:45]


Fishing
ingl: phishing
rus: фишинг

Foydalanuvchilarning konfidensial ma’lumotlari – login va parollarga kira olish maqsadida amalga oshiriladigan internet firibgarligining turi.


Bu mashhur brendlar, masalan, ijtimoiy tarmoqlar, banklar va boshqa servislar nomidan elektron xatlarni ommaviy jo‘natish yo‘li orqali amalga oshiriladi.


Xatda odatda tashqi ko‘rinishi asl saytdan farq qilmaydigan saytga to‘g‘ri ishora mavjud bo‘ladi. Sayt domeni ham deyarli farq qilmaydi (Masalan: Clicck.uz aslida Click.uz). Bunday saytga tashrif buyurgan foydalanuvchi firibgarga akkauntlar va bank hisob raqamlariga kira olishga ega bo‘lishga imkon beruvchi muhim ma’lumotlarni soʻrashadi, foydalanuvchi bu maʼlumotlarni kiritganidan soʻng haqiqiy saytga oʻtkazib yuboradi va hech kim hech narsani sezmaydi.


Fishing – ijtimoiy injeneriyaning bir turi bo‘lib, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan. Jumladan, ko‘pchilik oddiy faktni bilmaydi:


servislar qayd yozuvi ma’lumotlari, parol va shu kabi ma’lumotlarni yuborishni so‘rab hech qachon xat yubormaydi.

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [22.07.20 07:02]


Forum
ingl: forum
rus: форум

Saytda suhbatlashish usuli. Forumdagi xabarlar mavzular bo‘yicha tredlarga birlashtiriladi. Siz forumda kimningdir xabariga javob bersangiz, sizning javobingiz birlamchi xabarga “bog‘lanadi”. Shunday javoblar ketma-ketligi tredni hosil qiladi. Natijada, forum tredlardan tashkil topgan daraxtsimon tuzilmaga ega bo‘ladi.


Forum egasi yoki ma’muri undagi intizom qoidalarini belgilaydi va zarur bo‘lganda uni boshqarib turadi. Forumdagi xabarlar cheklanmagan uzoq muddat saqlanishi mumkin.


Forumning alohida ko‘rinishi - Internetdagi matbuot konferensiyasi, unda forum foydalanuvchilari suhbati taklif qilingan mehmonlar bilan tashkillashtiriladi.


Forum foydalanuvchi turli fayllarni (dasturlar, drayverlar, matnlar, matbuot-relizlar, va h.k.) tortib olishi mumkin bo‘lgan kutubxonani ham o‘z ichiga olishi mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [25.07.20 08:26]


Xabar xesh-funksiyasi
ingl: message hashing function
rus: хеш-функция сообщения

Qiymati kirish ketma-ketligining, ya’ni, ikkilik sanoq tizimida berilgan xeshlovchi sonning har bir bitiga yoki xeshlovchi dastlabki matnning har bir ramziga bog‘liq bo‘lgan funksiya.


Xeshlash algoritmi kirish matnidan bir xil uzunlikda natija chiqaradi. Bunda uzunlik deganda, ikkilik sanoq tizimida berilgan ifodadagi bitlar soni nazarda tutiladi. Masalan, kirish matni “AKT lug‘ati” bo‘lsa va xesh-funksiya qiymati “10110111010100101”ga teng chiqsa, xesh-funksiya qiymati uzunligi 17 bitga teng bo‘ladi. Chiqish uzunligi 128, 192, 256 bit bo‘lgan xesh-funksiyalar ham mavjud.


Xesh-funksiya samarali bo‘lishi uchun kirish xabari uchun natija noyob bo‘lishi lozim. Odatda, xesh-funksiyalar bir tomonli funksiyalardir. Chunki, chiqish qiymati asosida dastlabki matnni hisoblab topish juda qiyin. Xesh-funksiyalar axborot uzatish va saqlashda uning xavfsizligini muhofaza qilish uchun qo‘llaniladi.


👉🏻 @terminuz


TerminUz, [26.07.20 14:59]


[Переслано из TerminUz]
Sizni ishingizni osonlashtiruvchi 8 ta telegram bot'lari

@vkm_bot — telegramda turgan holda qoʻshiqlarni izlovchi bot. Siz bot'ga qoʻshiqchi ismi yoki qoʻshiq nomini yuboring va bot sizga izlagan taronangizni topib beradi!


@iLyricsBot — qoʻshiq matnini izlovchi bot. Shunchaki qoʻshiq nomini bot'ga yuboring va natijani koʻring!


@YaMelodyBot - Yandex tomonidan taqdim etilgan ovozli xabar koʻrinishidagi qoʻshiqni orginalini topib beruvchi bot. Bot'ga ovozli xabar koʻrinishidagi qoʻshiqni yuboring bot sizga kerakli natijani beradi!


@pic — rasm izlovchi bot. Bot'ga biror soʻz yoki jumla yuboring va bot sizga oʻsha soʻzga mos rasm topib beradi.


@gif — gif izlovchi bot. Bu bot'ni ishlashi ham huddi @pic bot'iniki kabi.


@utubebot — Youtubedan videolarni yuklovchi bot. Bot'ga videoning havolasini yuboring va oʻzingizga kerakli formatni tanlab yuklab oling!


@imageToText_bot — rasmdan matnni chiqarib oluvchi bot. Bot'ga rasm yuboring va natijani koʻring!


@bexatobot — matnni kirillchadan lotinchaga va aksincha oʻgiruvchi bot. Bot'ga matn yoki .docx .xlsx .pptx kabi fayl yuboring va bot kerakli alifboni oʻzi aniqlab sizga natijani qaytaradi!


Bot'lardan foydalanishni osonlashtirish uchun oʻzingizga keraki chat'ga bot linkini va bitta boʻsh joy tashlab kerakli soʻzni yozing va natijaga erishing!


Masalan:
@pic example

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [26.07.20 18:02]


Shartli bepul dastur
ingl: shareware
rus: условно бесплатная программа

Tarmoqda bepul olish mumkin bo‘lgan dastur. Agarda sizga ma’lum dastur yoqqan bo‘lsa va siz undan foydalanayotgan bo‘lsangiz, siz ushbu dastur muallifiga to‘lov jo‘natishingiz shart. To‘lov miqdori, muallif ismi va manzili dasturning o‘zi bilan tarqatiladigan maxsus fayl ichida joylashgan bo‘ladi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [27.07.20 15:05]


Shina
ingl: bus
rus: шина

1. Kompyuterning bir qismidan ikkinchi qismiga ma’lumotlar uzatuvchi fizik vosita.


Eng yuqori o‘tkazish qobiliyatini ta’minlash uchun ko‘pincha shina parallel yotqizilgan ko‘p sonli liniyalarga egadir. Shu sababli, shinalarni yaratishda yassi kabellardan foydalaniladi.


Odatda «shina» atamasi «ichki shina» ma’nosida foydalaniladi. Bu shina kompyuterning barcha ichki tarkibiy qismlarini markaziy prosessor va xotira bilan ulaydi. Xuddi shunday, kengaytirish kartalarining protsessor va xotiraga kirishini ta’minlashga mo‘ljallangan «kengaytirish shinasi»dan foydalaniladi.


Ixtiyoriy shina ikki qismdan - manzil shinasi va ma’lumotlar shinasidan tashkil topadi. Ma’lumotlar shinasi ma’lumotlarning o‘zini uzatsa, manzil shinasi esa ma’lumotlarni qabul qilib oluvchi haqidagi axborotni uzatadi.


Shinaning o‘lchami (uning kengligi) bir vaqtning o‘zida uzatilayotgan ma’lumotlar hajmi bilan belgilanadi. Masalan, 16-bitli shina 16 bit ma’lumotlarni uzatish imkoniga ega, 32-bitli shina bo‘lsa 32 bit ma’lumotlarni uzatadi.


2. Tarmoqlarda, lokal tarmoqning barcha qurilmalarini ulaydigan markaziy kabel. Uni xuddi shunday magistral deb ham atashadi.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [31.07.20 17:00]


Menga pul yetishmaganda paytlarda men yugurib ishga chiqib ketmas edim, aksincha o‘tirib o‘ylar edim. Dunyodagi eng qimmat tovar - g‘oyadir.

Stiv Jobs


Har qanday biznes xoh u katta bo‘lsin, xoh kichkina bo‘lsin, avvalo g‘oyadan boshlanadi. Gʻoyalar esa qayerdan olinadi? Albatta olamshumul g‘oyalar uchun ko‘proq kitob o‘qish kerak, e’tibor bergan bo‘lsangiz, juda ko‘p global biznes egalari juda ko‘p mutoalaa qilishadi, chunki bir nechta kitobni o‘qib original bir g‘oyaga ega bo‘lish mumkin, g‘oyani roʻyobga chiqarish esa jamiyatga va g‘oya sohibiga kattagina foyda keltirishi mumkin.


P.s. Muvaffaqiyatli tadbirkor bo'lishingiz uchun 10 ta kitob o'qishingiz yetarli. O'sha 10 ta kitobni topish uchun 10 000 ta kitob o'qishingiz kerak. Men bilan bogʻlansangiz sizlarga bir nechta sinalgan kitoblarni tavsiya qilib yuborishim mumkin.


👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [02.08.20 12:44]


AT&T
Axborot tarmoqlarini ishlab chiquvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni ishlatuvchi kompaniya.
«Amerika telefoni va telegrafi» AT&T kompaniyasi AQSHda 1885 yilda yaratilgan, birinchi telefon apparatidan tortib zamonaviy aqliy tarmoqqacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan va eng katta telekommunikatsiya korporatsiyasiga aylangan.

AT&T 300 ga yaqin mamlakatni qamrovchi va 90 milliondan ortiq abonentga ega bo‘lgan global aqliy tarmoq egasi va operatoridir.


Asos solingan yil: 1885


Joylashuvi: AQSH: Dallas, Texas shtati
Muhim shaxslar: Randal Stivenson (direktorlar kengashining raisi va bosh boshqaruvchi)
Soha: Telekommunikasiyalar
Veb-sayt: www.att.com

👉🏻 @TerminUz


TerminUz, [02.08.20 16:30]


C2B
Customer To Business

Iste’molchi biznes uchun – elektron tijorat turi, unda iste’molchiga kompaniyalar taklif qilayotgan turli tovarlar va xizmatlarga mustaqil ravishda narx qo‘yish imkoni beriladi. Shunday qilib, talab shakllanadi, lekin bu so‘ralgan narxda sotuv yuz berishini anglatmaydi. Sotuvchi joriy so‘rovlar natijalariga ko‘ra, yakuniy qaror qabul qiladi




👉🏻 @TerminUz
Download 188,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish