Annotatsiyasi tayanch so‘zlar: folklor, ertak, boshlang‘ich, sinf, xalq ertagi, muallif ertagi, o‘qituvchi, dars, o’qish. Tadqiqot obyekti


II.2. Xalq ertaklarining obrazlar tizimi va sujetining o‘qish kitoblaridagi ifodasi



Download 1,41 Mb.
bet17/29
Sana08.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#756728
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
магистр мех

II.2. Xalq ertaklarining obrazlar tizimi va sujetining o‘qish kitoblaridagi ifodasi
Ertаk mаtni ustidа ishlаshni tаshkil qilishdа timsоllаr vа аsаrdа tаsvirlаngаn vоqеаlаrgа munоsаbаt tаhlil mаrkаzidа turаdi. Bоshlаng‘ich sinflаrdа ertakni tаhlil qilish mеtоdikаsidа kichik yoshdаgi o‘quvchilаrning bаdiiy аsаrni idrоk qilishdаgi psiхоlоgik хususiyatlаri hisоbgа оlinishi zаrur. Ertаk ustidа ishlаshdа vа uning аsоsiy bоsqichlаrini bеlgilаshdа o‘qituvchi sinfdа o‘qish dаrslаrining tа’limiy-tаrbiyaviy vаzifаlаrigа, ertakning o‘zigа хоs хususiyatlаrigа vа o‘quvchilаrning yoshlаrigа mоs rаvishdа ertakni idrоk etish хususiyatlаrigа аmаl qilаdi.
Boshlang‘ich sinflarda xalq ertaklari o‘tilar ekan, avvalo, o‘quvchi tarbiyasi yo‘lida xizmat qilishi nazarda tutiladi. Qolaversa, xalq ertaklari bolalar ruhiyatini oziqlantirishi, ularning tasavvur olamini boyitishi, yaxshilik va yomonlikni farqlashga o‘rgatishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi juda bilimli bo‘lishi, xalq ertaklari orqali bolalarga nafaqat tarbiya, balki ta’lim ham berishi lozim.
O‘qituvchi birinchi sinf o‘quvchilariga ertak sujeti haqida nazariy ma’lumot bermaydi, albatta. O‘zi sujet nimaligini bilishi, uning ko‘magida ertak mazmuni, mohiyatini chuqur anglashi va o‘quvchiga turli yo‘llar vositasida ertakning ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarini singdirishi kerak. Ertak sujeti nimaligini chuqur idrok qilgan o‘qituvchi bu adabiy tushunchadan 1-sinfning o‘zidayoq foydalana boshlaydi. “Alifbe” darsligida ertaklarga oid suratlar berigan va bu, bizningcha, to‘g‘ri qilingan. Ertaklar asosidagi suratlar berilishi muhim. Ertak asosidagi surat berilganda, o‘qituvchi turli shakldagi topshiriqlar asosida o‘quvchilar bilan ertakni eslaydi.Suratlar ko‘magida o‘qituvchi o‘tilayotgan harf va tovushga oid topshiriqlar beradi. “Alifbe”ning “L” harfi va tovushiga bag‘ishlangan sahifasida22 berilgan surat “Qaynarxumcha” yoki “Urto‘qmoq” ertagiga aloqadorligini o‘qituvchi darrov anglaydi. Surat yuqorisida laylak surati borligi o‘qituvchi xulosasi to‘g‘riligini ko‘rsatadi. O‘qituvchi sujet unsurlaridan biri bo‘lmish tugundan foydalanadi. Savollar beradi:
1. Xo‘sh, bolalar! Qanday ertaklar eshitgansiz? Bog‘cha opangiz yoki onajoningiz qanday ertaklar aytib berganlar? Savolga javoblar ichida “Qaynar xumcha” yoki “Urto‘qmoq” ertagi aytilmasa, ustoz yana savol beradi:
2. “Qaynarxumcha” yoki “Urto‘qmoq” ertagini kim biladi? O‘qituvchi bu savoliga ham javob topolmasa, suratga qarab gap tuzdiradi. Undan oldin o‘quvchilar surat va ular ostidagi kataklar soniga qarab “lagan”, “laylak” kabi so‘zlarni aytgan bo‘ladilar. “Mana” so‘zi yonidagi xumchani ko‘rib, “mana xumcha” deydilar. O‘quvchilar suratga qarab taxminan shunday gaplar tuzadilar:
1. Xumchadan tilla chiqmoqda. 2. Chol oltinlarni ko‘rib suyundi. O‘qituvchi “Qaynarxumcha” yoki “Urto‘qmoq” ertagining mazmunini qisqacha hikoya qiladi. Ertak mazmunini hikoya qilish uning sujetini aytib berish degani. Demak, o‘qituvchi sujetga murojaat qilishni boshlaydi. Ungacha u “sujet fransuzcha so‘z bo‘lib, “predmet, asosga qo‘yilgan narsa” degani ekanligini bilardi. Badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri, asardagi bir-biriga uzviy bog‘liq holda kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimi23 sujet ekanligini bilgan ustoz ertak tuguni, kulminatsiya va yechim yordamida ertakni eslatadi va surat nima maqsadda chizilganini bolalarga anglatadi. Savollarga diqqat qiling:
1. Nega laylak uchinchi bor narsa so‘rab borgan dehqonga Urto‘qmoq berib yubordi? Bolalar dehqon Ochildasturxon bilan Qaynarxumchani o‘g‘irlatganini anglaydi. O‘qituvchi ertak sujetidagi kulminatsion nuqta dehqonning Urto‘qmoqni tunab qolgan uyi sohibiga berishi bilan yuz berishini anglasa, o‘sha o‘ringa alohida urg‘u beradi, voqeani ajratib, jumlalarni cho‘ziq ohangda, ta’kidlab o‘qiydi va o‘sha o‘rinda birovga xiyonat qilgan, omonatni o‘g‘irlagan kishi jazo olishini alohida ta’kidlaydi. Yaxshi kishi birovning narsasiga tegmasligini o‘quvchilar ongiga singdiradi.
Zo‘rlik bilan mehnat mahsulini tortib olmoqchi bo‘lgan zulmkorlarga qarshi xalq o‘z nafratini ”Ur, to‘qmoq” kabi ertaklarga jo etgan. ”Ur, to‘qmoq”da xalqning ”Ochil dasturxon”ini, ”Qaynar xumcha”sini tortib olgan tamagirlarga ”Urto‘qmoq” bilan javob qaytarish kerakligi uqtiriladi.
O‘qituvchi surat va matn yordamida ertak sujetini tiklaydi, ya’ni o‘quvchi yodiga soladi. Xalqimizda azal-azaldan birovning mehnati evaziga kun kechirish qoralangan. Bunday holatda tugun asosiy rol o`ynaydi. “Tugun – epik va dramatik asarlardagi voqeaband sujetning muhim unsuri, voqealarning oshlanishiga turtki bo‘lgan voqea, asar konflikti qo‘yilgan joy”24. Bunday ta’rif o‘qituvchi uchun zarur. O‘quvchi sujet va uning unsurlarini 4-sinfda o‘qish darslarida o‘rgansa hamda amalga tatbiq etsa, maqsadga muvofiqdir. Faqat ta’riflar o‘ta sodda bo‘lib, o‘quvchining yuqori sinf bo‘lishi davomida badiiy asarlarni, jumladan, xalq ertaklari mohiyatini atroflicha tushunishini ta’minlovchi poydevor bo‘lishi lozim. Buning uchun 1-sinf alifbe darslaridan boshlab o‘qituvchi mahorati, bilimi, tajribasi sarf bo‘lishi darkor.
Boshlang‘ich sinf O‘qish kitoblaridan joy olgan ertaklarning qahramonlari hayotning faol kishilari, ular ajoyib va g‘aroyib yordamchilarsiz ish ko‘radilar, aql kuchi, tadbirlilik, chidam, jasorat, iroda kuchi, do‘stga vafodorlik, sadoqat, adolatsizlikka nisbatan murosasizlik ularning asosiy sifatlaridir.
Boshlang‘ich sinf O‘qish kitoblaridagi maishiy ertaklar orasida og‘a-inilar mavzusidagi ertaklar salmoqli o‘rin egallaydi. O‘qish kitoblarida og‘a-inilar ertak bosh qahramoni bo‘lgan ertaklar soni o‘nga yaqin bo‘lib, ularda og‘a-inilar soni ko‘pincha uchta, shuningdek, to‘rtta (“Aql va boylik”), yettita (“Ahillik ulug‘ baxt”), sakkizta (“Ilm afzal”)ni tashkil etadi. Bunday ertaklarda odatda mehnatkash xalq ommasining donishmandlik, baxt va tinchlik, erkin va ozod mehnat, jasur qahramonlar haqidagi orzu-umidlari ifoda etilgan bo‘ladi.
Bu xil ertaklarning ko‘pchiligida Kenja o‘g‘il obrazi asosiy g‘oya tashuvchi obraz bo‘lib, u xalq idealini ifoda etadi. “Aql va boylik”, “Uch o‘g‘il”, “Kenja o‘g‘il”, “Donishmand yigit”, “Eng ulug‘ fazilat”, “Ilm afzal” maishiy ertaklari shunday ertaklar sirasiga kiradi. Mazkur ertaklardagi Kenja o‘g‘il obrazi o‘zining aqlli, dono, mard, jasur, tadbirkorligi bilan o‘quvchida havas uyg‘otadi. Bunday ertaklarning ko‘pchiligida to‘ng‘ich va o‘rtancha o‘g‘illar ham ijobiy obraz sifatida tasvirlanib, ota nasihati bilan ish ko‘rishadi, ammo kenja o‘g‘il o‘zining fahm-u farosati, tadbirkorligi tufayli qimmatbaho uzukka yoinki merosga loyiq ko‘riladi.
Aksariyat ertaklarda to‘ng‘ich va o‘rtancha o‘g‘illar salbiy obraz sifatida ham uchratiladi. “Uch o‘g‘il” (2-sinf) ertagidagi ikki aka obrazi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Og‘a-inilar mavzusidagi yana shunday ertaklar borki, ularda g‘oya kenja o‘g‘ilning ishini ta’kidlab, ibrat qilib ko‘rsatish orqali emas, balki og‘a-inilarning barchasi orqali yaxlitlikda ifoda etiladi. “Aqlli bog‘bon”, “Ahillik – ulug‘ baxt”, “Ziyrak uch yigit” ertaklari shunday ertaklar sirasiga kiradi.
Eng yaxshi sovg‘a” (2-sinf) ertagi sujeti ham og‘a-inilar mavzusiga mushtarak bo‘lib, unda uch opa-singil haqida hikoya qiladi.
Maishiy ertaklarda asosan uch xil tipga mansub obrazlar faoliyat ko‘rsatadi. Ular maqsad-vazifalariga ko‘ra bir-biridan farqlanib turadi. Bular bosh qahramon, yordamchi va raqib personajlardir.25 Yuqoridagi ertaklarning aksariyatida bosh qahramon kenja o‘g‘illar sanaladi.
Boshlang‘ich sinf O‘qish kitoblaridan joy olgan maishiy ertaklarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda bosqinchi, qonxo‘r, kambag‘allarni zor qaqshatgan, qo‘shni yurtlarni talon-taroj qilgan, zolim amaldor, podshoh, qozilar obrazi uchramaydi. “Rostgo‘y bola”, “Botir mergan va chaqimchi”, “Chaqimchiga mukofot”, “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin”, “Ziyrak uch yigit” ertaklarida podshoh obrazi uchraydi va ularning barchasida podshohlar oqil, dono, tadbirli, adolatli sifatida tasvirlanadi. Shuningdek, “Omonatga xiyonat”, “Hiylagarning jazosi” ertaklaridagi qozi obrazi ham o‘ziga xos adolatparvarlik, ziyraklik ramzi bo‘lib gavdalangan. Mazkur obrazlar ham yordamchi obrazlar sanaladi. Agar podsho, qozi, domla, boy kabi ijtimoiy hukmron qatlam vakillari yozuvlik timsoli sifatida namoyon bo‘lsalar, u holda mazkur obrazlar raqib obrazi sanaladi.
Maishiy ertaklar g‘oyasida inson hamma narsaga qodir, kishilar o‘z baxtlarini yaratishga intilishlari kerak, kishilarning imkoniyatlari juda ham cheksiz, degan ma’no hukmron. Voqea va hodisalar g‘ayritabiiy joy, saroy va bog‘larda emas, balki haqqoniy hayotiy sharoitda kechadi. Ijobiy qahramonlar xushmuomala, muloyim, nazokatli, ayni paytda, keskin va shijoatli tarzda talqin etiladi. Salbiy qahramonlar esa o‘ta zolim va qahrli shaxslar sifatida ta’riflanadi.26 Boshlang‘ich sinf o‘qish kitoblaridan o‘rin olgan maishiy ertaklarda chaqimchi, yolg‘onchi, hiylagar hamda boy obrazlari raqib obrazlar sifatida uchraydi. O‘qish darsliklarida uchraydigan maishiy ertaklardagi makkor, chaqimchi, qonxo‘r, tamagir qahramonlarning taqdiri o‘ziga xos tarzda yakunlangan. Xalq ularni o‘z nazdida dorga osish (“Botir mergan va chaqimchi”, “Chaqimchiga mukofot”, “Hunarsiz kishi o‘limga yaqin”), eshakka teskari mindirib sazoyi qilish (“Omonatga xiyonat”, “Hiylagarning jazosi”), ajdahoga yem qilish (“Oltin tarvuz”) bilan ayovsiz jazolaydi.
Maishiy ertaklar ilm-hunar, mehnat, do‘stlik, qahramonlik, mehr-muhabbat, vafodorlik, chin sevgi, sadoqat, donishmandlikni targ‘ib etadi, do‘stni dushmandan, oqilni nodondan, samimiylikni soxtalikdan ajratishga da’vat etadi.
O‘quvchilarni garchi ertak fabulasi hammadan ko‘proq qiziqtirsa-da, o‘qituvchi unga singdirilgan g‘oyani, qissadan hissani ham o‘quvchilarga uqtira bilishi lozim. Ertakning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning qahramonlaridan biri ijobiy, ikkinchisi salbiy bo‘ladi. O‘qituvchining ertak g‘oyasini to‘la ochib bera olishi o‘quvchida ertak qahramonining g‘alabasidan xursand bo‘lib, salbiy qahramonga nisbatan nafrat uyg‘onishida ko‘mak bo‘ladi.
Bоshlаng‘ich sinf o‘qituvchisi ertakni o‘qitishdа оbrаzlаrni (timsоllаrni) tаhlil etib bоrishdа quyidаgilаrgа аmаl qilishi maqsadga muvofiqdir:
1. Аsаrni o‘qish оrqаli bаdiiy оbrаz hаqidа tаsаvvur hоsil qilinаdi.
2. Ertаkdаgi оbrаzlаr bir-biri bilаn tаqqоslаnаdi.
3. Bir ertakdаgi оbrаzlаr bоshqа bir ertаkdаgi оbrаzlаr bilаn tаqqоslаnаdi.
4. Оbrаzlаr tаhlil qilinаdi.
5. Qаhrаmоnlаr surаti, yashаsh shаrоitigа dоir rаsmlаr chizilаdi.
Obrazlar olamini tahlil qilish darsning yangi mavzu bayoni, yangi mavzuni mustahkamlash bosqichlarida o‘tkaziladi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish