Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet92/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Ikkinchi rejada quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim. Podsho Rossiyasi O‘rta Osiyoni bosib olgach, bepoyon hududlarga ega bo‘ldi. U dunyoning eng mustamlakachi mamlakatiga aylandi shuning uchun ham o‘sha vaqtda Rossiya to‘g‘risida ―ulkan miqdordagi mulk o‘g‘risi‖ degan haq gaplar aytilgan edi.

Rossiyaning ikki boshli burgut tasviri tushirilgan mudhish mustamlakachilik bayrog‘i Boltiq buylaridan Kavkaz cho‘qqilarigacha Ukraina dashtlaridan O‘rta Osiyo kengliklari va uzoq SHarq

tizmalari qadar xilpirab turdi. CHor Rossiyasi Polьsha, Finlyandiya, Kavkaz orti Boshqirdiston, Sibir va Qalmoqlar yurtini mustamlaka asoratiga solgan salobatli va shafqatsiz imperiya edi.



Sankt-Peterburg hukmron doiralari Buyuk Britaniyaning Hindistondagi vaFrantsiyaning Tunis hamda Jazoirdagi mustamlaka tartiblari tajribalarini o‘rgangan holda o‘zlarining ulardan tubdan farqli, tipik ruscha mustamlakachilik tizimlarini yaratdilar. Uni Turkistonda zo‘ravonlik yo‘li bilan amalga oshirdilar. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi tartiblari Polьsha, Finlyandiyava Kavkazdagidan ham tafovutli xususiyatga ega edi. Bu xususiyat mahalliy xalqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularga bepisandlarcha qarash kabi shovinistik ruh va kayfiyatlardan iborat edi.

1868 yil 22 yanvarda Kaufman o‘z ma‘ruzasida ruslarning hukmronlik baquvvat zaminga egaligini alohida ta‘kidlab bu hukmronlik abadiy bo‘lishini ta‘kidladi. F.Girs Turkiston o‘lkasini boshqarish tartibi haqida tuzgan qonun loyihasida aslzoda rus zodaganlari, harbiylari va mustamlaka ma‘muriyatida ishlab, boy tajriba orttirgan amaldorlardan iborat dasht komissiyasi 1865-1867 Turkiston o‘lkasida qanday mustamlaka tuzimini o‘rnatish haqida imperatorga o‘z mulohazalari bitilgan loyihani yubordi. Rus imperatori Aleksandr II bu loyihani ―O‘rta Osiyodagi mulklarni o‘zlashtirish buyicha Maxsus Qo‘mita ‖ diqqatiga havola etdi.

Rossiya imperiyasi harbiy vaziri graf D.Milyutin 1867 yilda Vazirlar Qo‘mitasiga Turkiston o‘lkasi boshqaruviga doir qonun loyihasini taqdim etdi. Loyiha Rossiya tomonidan istilo etilgan Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarida Turkiston general-gubernatorligini tashkil etish va uni harbiy vazirlik ixtiyoriga berishni nazarda tutgan edi. Vazirlar qo‘mitasi farmoyishi bilan bu loyiha ―tasdiqlangach‖ qonun tariqasida kuchga kirishini e‘lon qildi. Barcha tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish shaxsan general-gubernator ixtiyoriga topshirildi. SHu tariqa 1867 yildan 1881 yilga qadar Turkiston xalqlari taqdirini hal etish general-gubernator Kaufman ixtiyorida bo‘ldi.

Viloyatlarda harbiy gubernatorlar tayinlandi. Ular shaxsan rus imperatori tomonidan tasdiqlanar edi. Uezd boshliqlari rus armiyasi polkovniklari, uchastka prestallari esa kapitan unvonidagi zobitlardan tayinlangan. Volost‘ boshqaruvchilari, yuzboshi-oqsoqollar, ellikboshilar va o‘nboshilar esa saylov asosida mahalliy aholi vakillaridan saylangan. Turkiston general-gubernatorligi tashkil topgan 1867 yili Turkiston harbiy okrugi ham yuzaga keldi.

Rossiya imperiyasining hukmron doiralari ichki ishlar vazirining ―Turkiston o‘lkasining oliy, o‘rta va quyi boshqaruvida kuchli hokimiyat zarurki, ular o‘z faoliyatlarida to‘la erkin bo‘lsinlar, mahalliy aholi vakillarining roziligiga muhtoj bo‘lmasinlar‖ degan fikrga to‘la qo‘shilganlar.SHuning uchun ham general-gubernatorlik markaziy o‘lka boshqaruvi Turkistonda mutloqhokim bo‘lgan.

Markaziy o‘lka boshqaruvi general-gubernatorlik hamda uning Kengashi va mahkamasidan iborat

bo‘lgan.


Turkiston general-gubernatori o‘z qo‘lida harbiy va fuqaro hokimiyatini birlashtirgan. Bir vaqtning o‘zida u podsho noibi, harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, Yettisuv kazak qo‘shinlari qo‘mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror vazifalarini ham o‘tagan. General-gubernatorning Rossiya imperatoriga tobe‘ Buxoro amiri va Xiva hamda Afg‘oniston va Qashqar bilan munosabatini mahkamaning diplomatiya qismi 1899 yilga qadar boshqargan. 1899 yildan boshlab bu vazifani bajarish uchun general- gubernator huzurida diplamotik ishlar buyicha amaldorlik lavozimi joriy qilindi. Mahkama ixtiyoriga Turkiston ommaviy kutubxonasi, Toshkent muzeyi, Markaziy arxiv, ―Turkestanskie vedemosti‖ gazetasi va bosmaxonasi ham berilgan edi.

General-gubernator o‘lka hayoti bilan asosan mahkama hujjatlari orqali tanishgan, shuning uchun ham bu idora Turkiston boshqaruvida g‘oyat muhim rol o‘ynagan. Bunday hujjatlarni gubernatorga turli soha mutaxassislari tayyorlab berishgan.

Turkiston general-gubernatorligi 90-yillarga kelib besh viloyatga bo‘lindi. Sirdaryo, Farg‘ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlarini rus armiyasini generallaridan shaxsan imperatorning o‘zi tayinlagani harbiy gubernatorlar boshqardi. Ular o‘zlarida harbiy va fuqaro hokimiyatini mujassamlashtirgan.

Harbiy gubernatorlar qoshida viloyat boshqarmalari bo‘lib, ular guberna boshqarmasi huquqlariga ega bo‘lishgan. Viloyat hayotining barcha masalalari shu boshqarmalarda ko‘rib chiqilgan.

Viloyatlar uezd va volostlarga bo‘linib idora qilingan. Uezdlar bir necha uchastkalarga bo‘lingan.




Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish