Andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti nemis tili va adabiyoti



Download 381,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana16.07.2021
Hajmi381,38 Kb.
#120674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
nemis tili lugat tarkibi tasnifi

 

 

 

 

 


Leksik tipologiya haqida 

Tipologiya    fani    tillar    sistemalarining    turli    ararxik      birliklarini  

qiyosan  umumlashtirib  o’rganadi  va  mazmun  planiga  muvofiq   normal  

tipologiya,    semantik      tipologiyaga      bo’linadi.  Til    yaruslarining    o’zaro  

aloqosiga   ko’ra  tipologiyaning  quyidagi  bo’limlari  mavjud : 

1.  fonologik  va  fonetik   tipologiya 

2.  morfologik  tipologiya 

3.  sintaktik  tipologiya 

4.  leksik  tipologiya. 

Yuqorida    ko’rsatilganlardan  tashqari  satsiolingvistik    tipologiya,    grafik  

tipologiya,  metodik  tipologiya  ham  uchraydi.   Tipologiya  so’zi  grekcha  

“tipos” – tip,  tur,               obraz,  shakl,  belgi  va  “logos” – so’z,  fan  

so’zlarining  qo’shilishidan  yasalgan.  Tipologiya  hozirgi  davrda  hamma  

fanlar    uchun    xosdir.    Shu    nuqtai-nazardan    lingvistik    tipologiya   

tushunchasi    makrokategoriyaning    bir    qismi    hisoblanadi.    Tipologiya  

predmet   yoki  hodisalarning  tasvirlash  protsessi  bilan  bog’liqligiga  ko’ra  

ikkiga  bo’linadi: 



a) lingvistik  tipologiya  

b) nolingvistik  tipologiya 

         Lingvistik  tipologiya  tillar  sistemalarini  bir-biri  bilan qiyoslash,   til  

qonunlari    va    kategoriyalarini    umumlashtirish,    ularni    tipologik  

klassifikatsiyalashni    o’rganadi.    Lingvistik      tipologiyaning    bu    turi    sof  

lingvistik  tipologiya  deyilib,  ekstra  lingvistik  tipologiyaga  qarama-qarshi  



qo’yiladi.  Ekstra  lingvistik  tipologiya  tilni  mazkur  tilga  yaqin  boshqa  

sistemalar,    masalan,    semiotik    kommunikatsion    va    boshqa    belgi 

sistemalar  (sing.  system)    bilan    qiyoslaydi    va    solishtiradi.    Semistik  

sistema  inson  tili,  hayvonot  tili,  mashina  tili  sistemasi  va  boshqalarni  

o’z  ichiga  oladi. 

      Nolingvistik    tipologiya    lingvistikadan    boshqa    fanlarda    ishlatiladi.  

Nolingvistik    tipologiya    masshtabi    juda    keng    bo’lib,    geologiya,    tarix,  

jamiyatshunoslik,  botanika   fanlarida  san’at  va  adabiyotda,  musiqa  va  

umuman  fanda  turli  predmet,  hodisa  va  voqealarning  o’xshashliklari  va  

farqiga  ko’ra  klassifikatsiyasini  o’rganadi. 



Tipologiya    sohasida    qilingan    ishlar    hali    umumtipologiya    sohasiga  

ko’tarila    olganicha    yo’q.    Tipologiyani      turli    konkret    tarmoqlarga  

bo’lish  asosan  hozirgi  davrga  xosdir,  chunki  tipologiya  haqidagi  fan  

avval  aniq  va  konkret  bo’lmagan. 

Umumiy    tipologiya    tillar    sistemelarini    umumiy    kotegoriyalar    asosida  

o’rganadi. 

Hozirgi  tilshunoslikda  til  umumiy  tahlilining  bir  necha  metodi  mavjud  

bo’lib,  ularning  barchasi  til  analizi  bilan shug’ullansa-da,  xususiyatiga  

ko’ra  ular  bir-biridan  farq  qiladi  va  tillar  sistemasini  turli  yo’llar  bilan  

tekshiradi. 

Ma’lum    til    yoki    tillarning    hozirgi    holati,    strukturasi    tasviriy    yoki  

deskriptiv  metodga  asoslanib  o’rganiladi. 



Turli    tillar    sistemalarini    umumlashtirib,    qiyoslab    o’rganuvchi    metod  

tipologik  metoddir

Tipologik    metodlarning    barchasini    o’z      ichiga    olgan    lingvistik  

tipologiya  umumiy  tipologiya  hisoblanadi.   Umumiy  tipologiya   xususiy  

tipologik    metodlar    erishgan    natijalarni    umumlashtiradi.    Dunyodagi  

barcha  tillar  sistemalari  umumiy  tipologik  nuqtai-nazardan  yagona  bir  

strukturaning   turli   panxronik   variantlari   hisoblanadi.   Shu   sababli   ham  

tipologiya    tillar      umumiy    strukturasining    turli    elementlari    o’rtasidagi  

aloqasini,    umumiy    qonunlarini    o’rganadi.    Umumiy    tipologiya    barcha  

tillardagi    tipologik    qonuniyatlarni    bayon    etadi,    til    universiyalarini  

yaratadi,  ma’lum  tillar  sistemalari  asosida  universal  qonunlarni  boshqa 

tillar  sistemasiga  induktiv  ravishda  tadbiq  qiladi. 

Tipologiya.  (yunoncha  typos-nusha,  andoza,  shakl,  iz  va  logos-so’z, 

ta‘limot)  –  tillar  o‘rtasida  genetik  munosabatlardan  qat’iy  nazar  ularning 

tuzilmaviy  va  funksional  xususiyatlarini  qiyosiy  o’rganuvchi  tilshunoslik 

sohasi.  Ilmiy  jihatdan  Tipologiya  tillardagi  farqli  va  o’hshash  alomatlarni 

guruhlarga,  andozalarga  va  tiplarga  ajratish  yo’li  bilan  tadqiq  etish  metodi 

hisoblanadi. Vazifasiga ko’ra, funksional (ijtimoiy tilshunoslik) va struktural 

(tilning  ichki  qurilishi  va  tarkibi)  tipologiya    farqlanadi.  Tillarning 

morfologik  (tipologik  tasnifi)  amorf  (affikslari  bo‘lmagan),  agglyutinativ, 

flektiv,  polisintetik  tillarni  ularning  grammatik  schakli  (tipi)  asosida 

farqlaydi.  Lingvistik  tipologiya  esa  bu  tillar  guruhlaridagi  alomatlarni 

kategoriyalar  yoki  turli  tuzilmaviy  belgilarning  leksik-semantik  fonologik, 




gramatik  va  stilistik  sathlardagi  ifodalanishi  sifatida  tadqiq  etadi  va 

binobarin,  tilning  har  bir  sthiga  xos  tipologiya  farqlanadi.  Til  tiplarining   

rivojlanishi  va  tillarni  rekonstruksiya  qilish  tarixiy  tipologiyaning 

vazifasidir.  Bu  tipologiyaning  (ba’zan  unga  ma’nodosh  qo’llanuvchi) 

diaxronik  tipologiya  tillardagi  tuzilmaviy  o’zgarishlarni  o’rganadi. 

Lingvistik  tipologiya  tillardagi  xususiyatlarning  struktural  qonuniyatlarini 

topishga  intilsa,  til  universaliyalari  bu  alomatlar  jahondagi  qaysi  tillarda 

qanday  tarqalganini  o’rganadi.  Alisher  Navoiyning  “Muhokamat-ul-

lug’atayn” asari lingvistik tipologiyaga tegishli bo’lib, unda genetik jihatdan 

bir-biridan  farqlanuvchi  tillardagi  semantika,  qisman  fonetika  qiyoslangan. 

Hozirgi  davrda  ikki  yoki  undan  ortiq  tillarni  o’rganuvchi,  qiyosiy  yoki 

chog’ishtirma tilshunoslik ham lingvistik tipologiyaga asoslanadi.  

Lingvistik tipologiya yoki tillar tipologiysasi umumiy tilshunoslikning 

bo’limi  hisoblanadi.  Uning  o’z  predmeti,  o’z  bo’limlari  hamda  tarixi 

mavjudki,  bu  uning  boshqa  tilshunoslik  bo’limlari  orasida  mustaqil 

ekanligini  belgilaydi.  Tilshunoslik bo’yicha  zamonaviy  ilmiy  adabiyotlarda 

lingvistik  tipologiyani  turlicha  tushuniladi.  Tipologiyaning  predmetini 

aniqlashda  turli  hil  fikrlar  mavjud.  Ba’zi  bir  olimlar  tipologiya  fanining 

qamrovini  haddan  ziyod  kengaytirib  yuborishsa,  ba’silari  aksincha 

tadqiqotning  tor  yo’nalishinigina  tushunadilar  holos.  Bu  yo’nalishda  Dj. 

Ellisning  genetik  jihatdan  qardosh  bo’lgan  va  qardosh  bo’lmagan  turli  hil 

tillar  sistemasini  qiyosiy  o’rganish  muammolariga,  turli  hil  filologik 

fanlarning bir-biri bilan munosabatini va ularni qiyoslash metodologiyasini, 



shuningdek  to’la  va  qisman  qiyoslashga  belgilangan  munsabati  mavjud 

ilmiy  ishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  U  qiyosiy  tipollogiya  sferasiga 

tarjima nazariyasini, diallektologiyani, o’zlashmalarni kiritgan. 

 

Qiyosiy 



lingvistikaning 

nisbatan 

batafsil 

klassifikasiyasiga 

qaramasdan,  Dj.  Ellisning  tadqiqotlari  maqsadi,    xarakteri  va    ko’rinishlari 

bir  biridan  aniq  farqlanmagan.  Tipologik  tadqiqotlarda  biz  tipologiyaning 

ma’lum  bo’limlariga  shartli  ravishda  biriktirilgan  atamalarni  uchratamiz. 

Bular  sirasiga  “tipologiya”,  “structural  tipologiya”,  “qiyosiy  tipologiya”, 

“areal lingvistika”, “xarakterologiya”, “kontrastiv lingvistika”, “konfrontativ 

lingvistika”,  “til  universaliyalari”,  “translyasion  grammatika”,  “qiyosiy 

tipologik tilshunoslik” kabi bir qator atamalarni kiritish mumkin. 

 

Tillarni  qiyosiy  o’rganish  haqidagi  fan  rivoji  bilan,  tilshunoslar  bu 



atamalarga farqli ravishda munosbatda bo’la boshladilar. 

So’z-  istalgan  boshqa  tizimning  birligi  sifatida  alohida  bir  tizimni  tashkil 

etadi. Bunga lingvistik va ekstralingvistik sabablar mavjud. Ekstralingvistik 

sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 

a)  Fizik  va  aqliy  faktorlar.  Butun  tirik  mavjudotlar  hususan  insonlarning 

ehtiyojlari  bir  hilligidan  kelib  chiqib  o’zbek  va  nemis  tillarida  umumiy 

tushunchalarni  uchratishimiz  mumkin:  o’zbekcha-  yashamoq,  yemoq, 


Download 381,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish