Efir moylarining fizik konstantalarini aniqlash
Efir moylarining fizik konstantalariga zichligi, qutblangan nur tekisligini og‘dirish ko‘rsatkichi, yorug‘likni sindirish koeffitsiyenti, qotish harorati, fraksiya (qism)larga bo‘lib haydash, eruvchanlik va boshqa ko‘rsatkichlar kiradi. Bu konstantalar efir moylarini chinligini aniqlash (identifikatsiya qilish) va sifatini belgilashda katta ahamiyatga ega.
Efir moylarining zichligi piknometr, yorug‘likni sindirish koeffitsiyenti (refraksiya soni) refraktometr hamda qutblangan nur tekisligini og‘diruvchi ko‘rsatkich — polarimetr yordamida aniqlanadi.
Efir moylari barcha organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Turli konsentratsiyadagi spirtlarda (70, 80—90%) har xil erishiga qarab, qaysi efir moyi ekanligini aniqlash mumkin. Bundan tashqari, spirt konsentratsiyasi pasaygani sari, efir moylari tarkibidagi ba’zi aralashmalar (yog‘lar, skiðidar, parafin, vazelin moyi va boshqalar) cho‘kib ajraladi. Shuning uchun efir moylarining tozaligi va sifatini aniqlashda ularning eruvchanligini bilish katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |