Efir moylari tarkibidagi aralashmalarni
aniqlash
Efir moylari tarkibida ba’zan turli aralashmalar (spirt, yog‘lar, mineral moylar, suv va boshqalar) uchraydi. Bunga efir moylarini olish vaqtida suvdan yaxshi tozalanmaganligi va qisman falsifikatsiya qilish maqsadida ularga ba’zi moddalar qo‘shib yuborish sabab bo‘ladi. Shuning uchun efir moyining sifatini aniqlashda tarkibida bo‘lgan spirt, mineral moylar va suvga reaksiyalar qilish kerak.
Efir moylaridagi spirt aralashmasini aniqlash (XI DF bo‘yicha).
Soat oynasiga quyilgan suv ustiga bir necha tomchi efir moyi tomizib, qora buyum ustida (fonda) ko‘rilganda moy tomchilari atrofida loyqalanish bo‘lmasligi kerak. Efir moyi loyqalansa, unda spirt aralashmasi borligi ma’lum bo‘ladi. Quruq probirkaga 1 ml efir moyi quyiladi, so‘ngra paxta tampon bilan probirka yopiladi (paxtani efir moyiga yaqinroq tushiriladi). So‘ngra paxta ustiga fuksinning kichik bo‘lakchasi — kristall joylashtiriladi va probirkadagi efir moyini qaynaguncha
qizdiriladi. Agar moyda spirt aralashmasi bo‘lsa, uning bug‘i probirkadagi paxtadan o‘ta turib, fuksinni eritadi, natijada paxta qizil rangga bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |