Efir moylarining fizik xossalari
Efir moylari ko‘pincha rangsiz yoki ba’zan turli rangdagi (yashil, och sariq, to‘q ko‘k, qizil, qo‘ng‘ir), o‘ziga xos hidi va o‘tkir mazasi bor uchuvchan tiniq suyuqlikdir. Uning zichligi ko‘pincha suvdan yengil, ba’zan og‘ir bo‘lishi mumkin. Juda yengil efir moyining zichligi 0,8, eng og‘iriniki esa 1,182. Ko‘pchilik efir moylari tarkibida asimmetrik uglerod atomi bo‘lgani sababli, yorug‘lik tekisligini o‘ngga yoki chapga og‘diradi. Efir moylarining qaynash harorati qat’iy emas. Uni tashkil etgan komponentlar turli haroratda qaynab, ayrim-ayrim ajralib chiqaveradi. Efir moylari barcha organik erituvchilarda yaxshi eriydi,
yog‘lar bilan har xil miqdorda aralashadi, suvda erimaydi. Suv bilan chayqatilganda hidi va mazasi suvga o‘tadi. Bu usulda olingan xushbo‘y aromatik suvlar, masalan, Aqua Rosae, Aqua Foeniculi, Aqua Menthae va boshqalar tibbiyotda ishlatiladi. Efir moylari neytral yoki kuchsiz kislotali muhitga ega. Ular
sovitilsa, kristall qismi ajralib chiqadi. Ana shu qismi stearopten (ko‘p ishlatiladi), qolgan suyuq qismi esa eleopten deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |