Chor Minor majmuasi. Chor Minor me’moriy obidasi Xalfa Niyozqul tomonidan bunyod etilgan. Ushbu inshootning qurilishiga homiylik qilgan Xalfa Niyozqul turkman urug‘idan bo‘lib, Amir Haydar hukmronligi davrida yirik davlat lavozimlarida ishlagan. U XIX asrning o‘rtalarida vafot etgan.
Chor Minor Buxoroda mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bo‘lib, uning o‘ziga xos tomoni shundaki, u to‘rtta minora bilan o‘rab olingan O‘rta Osiyodagi yagona inshoot hisoblanadi.
Chor Minor me’morchilik majmuasi so‘nggi o‘rta asrlarning oxirgi davrlarida (XIX asrda), 1807-yilda bunyod etilgan. Me’moriy obidaning qurilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘ishtlar, loy, yog‘och, tosh va shunga o‘xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan. Majmua chor qavatli minora, an’anaviy usulda qurilgan masjid, bir qavatli madrasa, atrofi bir qavatli hujralar bilan o‘ralgan hovli-
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |