Tan olish - Tan olish
- Tadbirkorlik sub'ekti aktsiyaga-asoslangan to'lov operatsiyasida qabul qilingan tovarlar yoki xizmatlarni tan olishi lozim, qachonki u tovarlarga ega bo'lganda yoki xizmatlar qabul qilinganda. Agarda tovarlar yoki xizmatlar ulushli instrumentda hisob-kitob qilinadigan aktsiyaga-asoslangan to'lov operatsiyasida qabul qilingan bo'lsa, tadbirkorlik sub'ekti mos ravishdagi ko'payishni kapitalda tan olishi lozim, yoki agarda tovarlar yoki xizmatlar pul mablag'ida hisob-kitob qilinadigan aktsiyaga-asoslangan to'lov operatsiyasida sotib olingan bo'lsa, u mos ravishdagi ko'payishni majburiyatda tan olishi lozim. Qachonki aktsiyaga-asoslangan to'lov operatsiyasida qabul qilingan yoki sotib olingan tovarlar yoki xizmatlar ularni aktivlar sifatida tan olish talablariga mos kelmasa, ular xarajatlar sifatida tan olinishi lozim. Odatda, xarajat tovarlar yoki xizmatlarning iste'mol qilinishidan yuzaga keladi. Masalan, xizmatlar odatda tezda iste'mol qilinadi, bunda xarajat kontragent xizmat ko'rsatishi bilan tan olinadi. Tovarlar ma'lum muddat davomida iste'mol qilinishi mumkin yoki, tovar-moddiy zaxiralar holatida, keyinroq sotilishi mumkin, bunda xarajat tovarlar iste'mol qilinganda yoki sotilganda tan olinadi. Biroq, ba'zida tovarlar yoki xizmatlar iste'mol qilinishidan yoki sotilishidan oldin xarajatni tan olish zarurdir, chunki ular aktiv sifatida tan olish talabini qanoatlantirmaydi. Masalan, tadbirkorlik sub'ekti yangi mahsulotni yaratish uchun loyihaning izlanish bosqichining qismi sifatida tovarlarni sotib olishi mumkin. Ushbu tovarlar iste'mol qilinmagan bo'lsa ham, ular o'rinli MHXS asosida aktiv sifatida tan olish talabini qanoatlantirmasligi mumkin.
- Xizmatlar qabul qilinadigan operatsiyalar
- 14 Agarda taqdim etilgan ulushli instrumentlar tezda o'tkazilsa, kontragentdan ushbu ulushli instrumentlarga nisbatan shartsiz egalik huquqiga ega bo'lishidan oldin belgilangan xizmat muddatini tugashi talab etilmaydi. Bunga zid dalil mavjud bo'lmaganda, tadbirkorlik sub'ekti faraz qilishi lozimki, ulushli instrumentlar uchun qiymatni qoplash sifatida kontragent tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar qabul qilindi. Ushbu holatda, taqdim etish sanasida tadbirkorlik sub'ekti qabul qilingan xizmatlarni to'liq hajmda, kapitaldagi mos ravishdagi ko'payish bilan birga tan olishi lozim. 15 Agarda taqdim etilgan ulushli instrumentlar kontragent belgilangan xizmat muddatini tugatishiga qadar o'tkazilmasa, tadbirkorlik sub'ekti faraz qilishi lozimki, ushbu ulushli instrumentlar uchun qiymatni qoplash sifatida kontragent tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar kelgusida, o'tish davri mobaynida, qabul qilinadi. Tadbirkorlik sub'ekti ushbu xizmatlarni ular kontragent tomonidan o'tish davri mobaynida ko'rsatilishi bilan, kapitaldagi mos ravishdagi ko'payish bilan birga, hisobga olishi lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |