Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA IMOM AL-BUXORIYNING “AL-ADAB AL-MUFRAD” ASARIDAN



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA IMOM AL-BUXORIYNING “AL-ADAB AL-MUFRAD” ASARIDAN 
FOYDALANISH  
 
AXATOVA D.A., NavDPI 
Хalqimiz o’zining uzoq tarixi, boy madaniyati, jahon pedagogikasiga munosib ulush bo’lib qo’shilgan islomiy 
qadriyatlariga ega. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy o’zlikni anglash, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftixor 
tuyg’usini kamol toptirishda o’tmish allomalarimiz, mutafakkir va olimlarimizning qarashlari bilan birga mana 
72 


shu diniy qadriyatlarimiz ham muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Muhim diniy qadriyatlarimizdan biri Imom al-
Buxoriy tomonidan yaratilgan “Al-adab al-mufrad” (Adab durdonlari) asaridir. “Al-adab al-mufrad” asaridan 
boshlang`ich ta’lim jarayonida foydalanish va undan foydalanishning samarali yo’llarini izlab topish hozirgi kun 
ta’lim muassasalarimiz odidagi dolzarb masalalardan biridir.
Imom al-Buxoriy o’zining shox asari – to’rt jildlik “Al-Jome` as-Saxih” nomli kitobining bir bobida axloq va 
odobga doir hadislarni, keyinroq yaratgan “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) nomli asarida jam qilgan.
Asardagi asosiy g’oya yaxshilik qilish, yomonlikni oldini olish bo’lib, dastlabki sahifalari yaxshilikni kimga 
qilish kerak, degan maslahatlari bilan boshlanadi. Asardagi 1- bob ota-onaga qaratilgan bo’lib, kim ota-onasini rozi 
qilsa, unga tubo (jannatda uchadigan daraxt nomi) nasib bo’lib, Olloh taolo uning umrini ham ziyoda qilur, deyiladi. 2 - 
bobning: 3-hadisida esa Musoviya ibn Hayyida (roziyollohu anhu) aytdilarki, Rasulullohdan: “Ey Rasululloh, men 
yaxshiligimni kimga qilsam bo’ladi? Deganlarida-“Onangga “,-dedilar. 
Shu savolni 3 marotaba qaytardim. Rasululloh: “onangga” – deyaverdilar. To’rtinchi marta so’raganimda: 
“Otangga va yaqin qarindosh-urug’laringga”,-deb javob berdilar. Yaxshilikning evazi faqat yaxshilik bo’lishi kerak 
deyiladi. Bu yaxshilikni sabr va mashaqqat bilan bolalarni tarbiyalayotgan ayollarga, yetim bolalarga, uyda xizmat 
qiluvchilarga qaratilishi ta`kidlanadi. 
Boshlang’ich sinflarning o’dobnoma va o’qish fani dasturlarini ko’rib chiqar ekanmiz, uning har bir mavzusida 
diniy mersimizdan, Imom-al Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” asaridagi hikmatlaridan foydalanish mumkinligiga 
guvoh bo’lamiz. Masalan, 1- sinf odobnomasining ikkinchi bo’limi “Odob-inson uchun oftob” deb nomlangan bo`lib, 
undagi “Salomlashish odobi”, “Kim birinchi salom beradi”, “Salomlashish qoidalari” mavzularini o’tish jarayonida 
quyidagi hadislardan foydalanish mumkin: 
“Bir odam uchragan kishiga avval salom bersa, u kishi alloh ham Rasululloh oldida eng yaxshi kishilardandir”. 
Bu hadisni o’quvchilarga quyidagicha sharhlab berish mumkin: xalq orasida muhabbat tarqatish uchun islom dini 
tomonidan salom bermoq sunnat qilingan. Salom berish faqat diniy burchni o’tash bo’libgina qolmasdan u kishilarni 
biri-biriga nisbatan mehrli bo’lishga ham o’rgatadi. Shuning uchun uni xalq orasida mumkin qadar ko’proq tarqatish 
kerak. Bu esa, tarbiya ishi bo’lganligi uchun maktab, madrasalarda yosh shogirdlarni shunga odatlantirish uchun 
tirishish kerak. 
Hadislarda kim avval salom berishi kerak, salomlashish odobi nimadan iborat ekanligi ham ko’rsatib berilgan, 
masalan: “Kichik kattaga, o’tkinchi o’tirganga va ozchilik ko’pchilikka salom berg’aydir”, “Otliq piyodaga, piyoda esa, 
o’tirganga salom beradi. Piyoda yurganlarning ichida afzali esa, birinchi bo’lib salom berganidir” [2, 336-
б]. 
Bir odam: “Islomda eng yaxshi amal qaysidir?”- deb so’raganlarida janob Rasululloh: “Ochlarni 
to’yg’azmog’ing, tanigan va tanimagan odamga salom bermog’ing”-deb javob qilgan ekanlar. “Musulmon odamning 
o’z birodaridan (ya`ni musulmonning musulmondan) uch kundan ortiq arazlab, bir-birini uchratganda teskari qarab 
ketmog’i yaxshi emas. Ularning qaysi biri avval salom bersa, o’shanisi yaxshi odmadir!” [2, 337 
б],-deyiladi yana bir 
hadisda.
Mazkur hadislar mohiyatini kichik yoshdagi bolalarga tushuntirish orqali, biz ularga salomlashish madaniyatini 
o’rgatamiz, shu bilan birga ularni o’zaro do’st, birodar, bir-birlari bilan inoq bo’lishga chaqiramiz, ularga kechirimli va 
mehribon bo’lish lozimligini uqtiramiz. Bu esa ularning insonparvarlik hislatlarini yuksalishiga olib keladi. 
1-sinfda “Oila-mehr bulog`i“, 2-sinfda “Ota-ona - aziz va mo`tabar”, 3-sinfda “Hadislardan namunalar”, “Abu 
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy”, 4-sinflarda “Oilaviy munosabatlar odobi” nomli alohida boblar o’tilib, 
bularning barchasida ota-onani ulug’lovchi, oilaviy munosabatlarni mustahkam bo’lishini targ’ib qiluvchi ko’plab 
hadislardan keng foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
Boshlang`ich sinflarda
“Mo’minlarning afzali go’zal xulqli kishilardir”, “Shirin so’z – sadaqadir!”, 
“Yaxshilikka ko’mak bergan kishi yaxshi nasiba olg’usidir, yomonlikka ko’mak bergan kishi yomon nasiba olg’usidir”, 
degan hadisdan yaxshi xulqlarga o’rgatishda foydalanish mumkin. 
3-sinfdagi “Hadislardan namunalar” mavzusini o`tishda quyidagi hadislarni o'qib, sharhlab berish mumkin: 
— Qachonki biror gunoh qilib qo`ysangiz, uni yuvish uchun orqasidani bir savobli ish ham qilib qo`ying. 
— Qaysi birlaringda jahlu g'azab qo'zg'asa, darhol u sukut saqlashga o'tsin. 
— Dunyodan o 'tib ketganlarning faqat yaxshi sifatlarini yod etinglar. Yomon sifatlaridan tilingizni tiyinglar. 
— Tishlaringizni misvok bilan tozalab yuringlar va tozalikka odat qiling. 
— Odamlarga yaxshilik qilish va qarindoshlar bilan yaqin aloqada bo'lib, hol-ahvol so'rashib turish, bu savobi 
tez tegadigan xayrli ishlardandir. 
— Hamma ishlaringizda to'g'ri bo'ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo`lsin! 
— Odamlarga keng qalbli bo'linglar, shunda odamlar ham sizlarga shunday bo`lurlar.
— Bu dunyoda odamlarga qattiq azob beradigan kishilarni Tangri qiyomat kuni qattiq azoblaydi.
— Garchi Xitoyda bo`lsa ham ilmga intilinglar, chunki uni olishga harakat qilish har bir mo`minga farzdir. 
Xulosa qilib aytganda, kichik yoshdagi o’quvchilarga ta`lim va tarbiya berishda, ularda insonparvarlik 
hislatlarini shakllantirishda Imom al-Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” asarining o’rni o’ziga xosdir. Ushbu asardagi 
hadislar o’quvchilarda kamtarlik, ota-onaga, kattalarga, ustozlarga hurmat, do’stlik, saxiylik, halollik va rostgo’ylik 
kabi axloqiy fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi.
73 



Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish