76
MEHNAT TA’LIMI DARSLARIDA KASBIY TUSHUNCHALARNI SHAKILLANTIRISHDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
BAXTIYOR O’., QURBONOV N.. JVXTXQTMOI.
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining roli va o’rni beqiyosdir. Mehnat
tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir. Shuningdek o’quvchilarni har tomonlama
shakllantirish vositasi, uning shaxs sifatida ulg’ayish omili hamdir. Farzandlarimiz mustaqil O’zbekistonimizning
bo’lg’usi quruvchilaridir. Shu sababli kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa hujjatlarda ularni mehnatga qay
darajada tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Shunday ekan, mehnat farzandlarimiz uchun ham zaruriyat, ham
burch bo’lishi, buning uchun uyda ham, o’quv yurtlarida ham mehnat qilish uchun sharoitlar yaratish lozim. Agar bola
kichik yoshidanoq mehnat qilishga o’rgatilsa, undagi mehnatga bo’lgan ko’nikma shakillanib boradi va hayotiy
extiyojga aylanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 23-moddasida "Har bir inson mehnat qilish, mehnat turini
ixtiyoriy tanlash, adolatli, qulay mehnat sharoitida ishlash huquqiga ega", - deb ta’kidlangan. Shunday ekan, bugungi
kunda O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, xalq farovonligini ta’minlash yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan
kishilar bilan faxrlanish va ulardan o’rnak olish lozim. Yoshlar mehnati dastlab oilada, keyin esa o’quv yurtlarida
amalga oshiriladi. Bu jarayonda ayniqsa akademik litsey, kasb - hunar kollejlarini o’rni va ahamiyati beqiyos kattadir.
Mehnat tarbiyasining mazmunini nimalar tashkil etar ekan?- degan savol paydo bo’lishi mumkin. Inson
faoliyatining asosiy turi mehnat, atrof - muhitni o’zlashtirish, bunyod qilish orqali ham ijtimoiy, ham shaxsiy
ehtiyojlarini qondiradi. Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat oldida, ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat
va tumanlardagi kadrlarga bo’lgan ehtiyoj, o’quv yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi.
Avvalo, bolalar ta’lim jarayonida mehnat haqida dastlabki bilim va tasavvurlarga ega bo’ladilar. O’qish ham mehnat
ekanligini tushunib oladilar. O’quv rejasiga kiritilgan mehnat darslarida esa mehnat qilish malakalarini egallaydilar. Bu
jarayonda o’z mehnatlarining natijalarini ko’rib zavqlanadilar va yanada yaxshiroq mehnat qilishga harakat qiladilar.
Jumladan mehnat darslarida interfaol metodlardan foydalanib guruhlarga bo’lingan holda “Mehnat tarbiyasi”
tushunchalariga Klaster tuzing. Har bir guruh o’z klasterini taqdim etadi. Mehnatni ulug’lovchi, uning ahamiyatini
yorituvchi, mehnatsevarlikka chaqiruvchi qanday fikr, ibora va maqollarni bilasiz? Shunga misollar keltiramiz: «Har bir
insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo’yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki,
ular o’rtaga qo’yilgan maqsadlarga erishish o’zlariga bog’liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g’ayrat -
shijoatiga, to’la - to’kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog’liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi
shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy shartidir".
(I.A.Karimov "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li")
"Mehnat umuminsoniy, milliy va ma’naviy
qadriyatlar taraqqiyotining negizidir"
(donolar bisotidan)
Umrni zoye etma, mehnat qil,
Mehnatni saodatning kaliti bil.
(A. Navoiy)
Mehnat tarbiyasi fan asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarning olgan bilimlarining aniq maqsadga
yo’nalganligi, ishlab chiqarish jarayonining ilmiy asoslarini, bilim va kasbiy qiziqishlarni ko’zda tutadi.
O’quvchilarni to’g’ri kasb tanlashga yo’llash uchun qanday ishlar olib borish lozim? Siz o’z kasbingizni to’g’ri
tanladingizmi? Mehnat jamoalari inson umrining asosiy qismi o’tadigan, uning tafakkuri, hayotga munosabati
shakllanadigan ijtimoiy - ma’naviy muhitdir. Ular kishida jamoa ruhi, mehnatsevarlik, omilkorlik, adolat tushunchasi,
Mеhnat tarbiyasini bеrish shakllari
Ta'lim
jarayonida
mеhnat
Sinfdan tashqari
ishlar jarayonida
m
еhnat tarbiyasi
O`z-o`ziga
xizmat qilish
m
еhnati
Ijtimoiy foydali
mеhnat
77
mehr - oqibat tuyg’ularini tarbiyalaydigan o’ziga xos maskan bo’lib hisoblanadi. Kasb tanlash jiddiy va mas’uliyatli
ishdir. O’z hayot yo’llarini jiddiy suratda belgilab borish jiddiy masala. Buning uchun maktablardagi politexnika
tizimidagi to’garaklar muhim o’rin tutadi, fan to’garaklarida bolalar texnik saviya va bilimlarini kengaytiradi, kasb
tanlashga tayyorlanadi. Maktabda yuqori sinf o’quvchilari uchun "ishlab chiqarish asoslari, kasb tanlash" kursi
o’qitiladi. Kasbga yo’naltirish umumiy o’quv- tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda
ota - onaning ham roli kattadir. Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish o’qituvchining pedagogik faoliyati bilan
bevosita bog’liqdir. Ta’limni oqilona, optimal yo’l bilan tashkil qilish va olib borish orqali turli yoshdagi maktab
o’quvchilarida mehnatga ongli munosabatni tarkib toptirish, kasb - hunarga nisbatan qiziqishni o’stirish demakdir.
Barkamol avlodni jismonan etuk, bilimli, mard va sabotli, qatiatli va vatanparvar qilib tarbiyalash jamiyatimiz va
pedagoglar oldidagi muhim burchdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |