O’RTA MAXSUS TA’LIM TIZIMIDA O’QTISH METODIKASINING TAVSIFI BOBOMURODOV A.E., O’ZDJTI. Xar bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas kismi bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan
belgilanadi. Bugungi kunda taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini islox qilish va
takomillashtirish, unga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati
darajasiga kutariladi. Respublikamizdagi akademik litseylari va kasb-xunar kollejlarida xalkimizning milliy an’analari
ulug’vorligi va go’zalligi fanlar orkali barcha o’quvchilarga etkazilishi, ularda fikrlash kobiliyatini oshiradi, ongiga ota-
bobolarimiz xayotning konuni bo’lgan axlok koidalarini singdirib, ishlab chikish faoliyatida jonbozlik ko’rsatishga
tayyorlaydi
Akademik litsey va kasb-xunar kollejlari o’quvchilari ta’lim jarayonida umumiy tarzda rivojlantirishga
yo’naltirilishi o’quv materiallarini strukturalashda yangi didaktik printsipga tayanishni talab qiladi. Ta’lim mazmunini
tanlash o’qtish metodikasining tavsifi va o’ziga xos xususiyatlariga bevosita bog’lik. Ular o’quvchilarga kompleks
tarzda pedagogik ta’sir ko’rsatish imkonini beradi, o’quv predmetlari, o’qtish usullari va metodlarini yagona didaktik
asosga birlashtiradi. Jumladan,
-
Yuqori murakkablik darajasiga ega bo’lgan o’qtish jarayonini tashkil etish; bunda o’quv-biluv jarayonining
barcha bosqichlarida izlanish xarakteridagi ijodiy faoliyatni tashkil etishga e’tibor qaratiladi.
-
Nazariy bilimlarning etakchi maqveini egallashi;
-
O’quvchilarning o’z o’quv jarayonlarini anglashlari kabilar bunga misol bo’la oladi.
Bunda Akademik litsey va kasb-xunar kollejlarini o’quv jarayonida imkon kadar o’quvchinilarni aqlan
rivojlantirish asosida samaradorlikka erishish nazarda tutiladi. Metodik tizimning tipik xususiyatlaridan biri didaktika
bilan o’qtish metodikasi orasida o`qituvchilar bevosita xizmat qilib, o’qtish texnologiyalariga o’tishda ko’prik vazifasini
o’taydi. Bu, birinchi navbatda, o’quv xamda metodik ko’llanmalarda uz ifodasini topadi. Uning kup qirraliligi shunda
namoyon bo’ladiki, o’ziga xos va ko’p tomonlamalikka ega bo’lgan jixatlari nafaqat bilim, ko’nikma, malakalarni
o’zlashtirishga xizmat qiladi, balki o’quv jarayoniga o’quvchilarni ko’pkirrali o’quv faoliyatini jalb qilish imkonini xam
beradi. Bu irodaviy, intellektual, estetik faoliyat shaklida ifodalanadi. Shu tariqa, o’quv materialiga nisbatan o’ziga
xoslik va ko’pqirralik o’quvchilar faoliyati mazmunining ko’pkirraligi va boyligida ko’rinadi.
Jarayonga nisbatan Akademik litsey va kasb-xunar kollejlari tupik o’ziga xoslik uzluksiz, o’zaro alokador
xarakatlar, navbatdagi elementni o’zlashtirish asosida bo’lib olingan materiallarning uzgarishi xamda o’zaro muvofik
keladigan yaxlit xolatlarning anglanishini ko’rsatadi. Yangi bilim elementlarini o’zlashtirish jarayonida avval
o’zlashtirilgan bilimlar oldingi darajasida qolib ketmasdan ular keng ko’lamli aloqalar jarayonida namoyon bo’ladi.
Xuddi mana shu tufayli xam o’quvchilarning bilim darajalari rivojlanadi. Bilishning jarayonli xarakterga egaligi
o’qtishga bo’lgan nuktai nazarga qarama-qarshi ko’yiladi, o’zlashtirish majbur bo’lgan bir kator yopik elementlarda o’z
ifodasini topadi. O’quvchilar dasturdagi navbatdagi mavzuni o’lashtirishdan oldin egallagan bilimlariga murojaat
qiladilar.
Bundan tashqari Akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida turli cheklanishlar jarayonida bilimlar taraqqiyot
etmaydi. O’quvchi ongida bilimlarning qayt ishlanishi muayyan vaktni talab kiladi. Yangi bilimlar bochkichma-bosqich
kiritiladi. Avval uzlashtirilganlar esa yangi darajada anglanadi va yangi alokaga kirishadi.
Akademik litsey va kasb-xunar kollejlarini o`quv materiallari elementlarining ichki aloqadorligini amalga
oshirish ularning yaqin joylashgan elementlarga otishini ta’minlashdangina iborat emas. Shu bilan bir qatorda o’zaro
yaqin joylashmagan elementlarga utish xam o’quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishda kata axamiyatga ega.
Bu xuddi shunday bilish vaziyatlarini vujudga keltirish uchun muximdir. Bunday otish o’qtish usuli sifatida namoyon
bo’ladi. U bilish jarayonida o’quvchilarni rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo’lib, elementlar orasidagi munosabatlarni
murakkablashtirish asosida bilish jarayonini chukurlashtirishga olib keladi.
O’tilgan materiallarga qayta-qayta murojaat qilish jarayonning o’ziga xosligini ta’minlab, esga solish
maqsadida amalga oshiriladigan oddiy takrorlashdan farqlanadi. Chunki bu jarayonda modulli o’qtish texnologiyalariga
murojaat etiladi.
O’zaro qarama-qarshi yondashuvlarning o’ziga xosligi shunda namoyon bo’ladiki, Akademik litsey va kasb-
xunar kollejlari o’quvchilarning o’qishga nisbatan tashabbuskorligini kuzg’atish uchun ziddiyatlardan foydalanish talab
etiladi. Yangi bilimlar bilan eskilari orasida tuknashuvning vujudga kelishi o’quvchilar bilish faoliyatini rivojlantirish
imkonini beradi. Bunda xarakatning yangi usuli bilan amalda mavjud bo’lgan usullari, o’quvchining shaxsiy tajribalari
yangi bilimlarni o’zlashtirishni talab kiladi.
O’quv materiallariga ziddiyatlarga asos bo’ladigan dalillar, xodisalar, xarakat usullari va o’quvchilarning xulq-
atvor ko’rinishlarini singdirish, ularning nazariy fikrlashlari, bidimlarni chukur idrok etishlari, uzlashtirishlari va
tafakkurlarining rivojlanishiga xizmat qiladi. Metodik tizimning ko’pvariantliligi o’quv tarbiya jarayonining xolatidan
kelib chikadi. Bu anik shart-sharoitlarning kupkirraliligi va kupvariantliligi bilan bog’liq. Bunda, birinchi navbatda,
o’quvchilarning individual xususiyatlari xisobga olinishi kerak. Akademik litsey va kasb-xunar kollejlari
o`kuvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda turli darajadagi o’quv materiallari murakkablik
darajasiga ko’ra guruxlanadi. O’quv materiallarini individualashtirish topshiriqlarning qiyinlik darajasiga ko’ra
variantlarga ajratish yo’li bilan faol, ijodiy fikrlovchi shaxsni shaklantirish vazifalarini echishga xizmat qiladi. Bu
o’quvchilarda o’quv faoliyatiga nisbatan faol, ijodiy nuqtai nazarni shakllantirishga xizmat qiladi.