BOSHLANGʻICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
MIRKARIMOVA M. TDPU talabasi.
Vatanimiz kelajagi yoshlarning qoʻlida, shu sababli yoshlarni oʻz Vataniga, xalqiga, istiqlol gʻoyalariga
sadoqatli qilib tarbiyalash, erkin va mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni voyaga yetkazish lozim. Bunda
oʻqituvchilarning hissasi katta. Boshlangʻich ta’limda, qolaversa, barcha sohada oʻqituvchilarning axborot
texnologiyalaridan foydalanishi hozirgi zamon talabi hisoblanadi. Axborot texnologiyalarini darsda toʻgʻri qoʻllash ham
bir mahoratdir. Oʻzbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da boshlangʻich ta’lim – uzluksiz
ta’
lim tizimining dastlabki savod oʻrgatish turi ekanligi alohida ta’kidlangan. Aynan shu dasturning 4-9-moddasida
“barcha bosqichlardagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish amalga oshiriladi” deb,
belgilangan. Kichik maktab yoshidag
i oʻquvchilarni tarbiyalash, ularning faoliyatini shakllantirishda ta’lim jarayonida
multimedia vositalaridan, ya’ni elektron darsliklar, kompakt disklardan hamda slaydlardan foydalanish ahamiyatlidir.
Multimedia –
bu maxsus texnologiya boʻlib, dasturiy va texnik moddiy ta’minot asosida kompyuterda bir
vaqtning oʻzida matnli, tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyatidir. Multimedia – kompyuter
tizimida matn, tovush, videotasvirni va turli animatsiyalarni mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy
axborotlar texnologiyasidir. Multimedia vositalaridan oʻqitish jarayonida foydalanish oʻqitish sifatini va samarasini
oshirishning eng qulay usullaridan biri boʻlishiga qaramasdan, unga mos Dasturlar boʻlmasa yoki ulardan
foydalanilmas
a kutilgan samarani bermaydi. Shuning tuchun har bir oʻquv fanining xususiyatidan kelib chiqib, oʻquv
materialining asosiy va muhim elementlarining oʻquvchilar oʻzlashtirish jarayoniga mos kelishi, dastur vositalari
ekrandagi tasvirlarning rangiga, ma’lumo
tlarning tuzilishiga, obyektlarning koʻrinishiga, tovushlarning qulayligini
e’tiborga olishni nazarda tutadi.
Ta’lim sohasida multimedia vositalari yordamida oʻquvchilarga bilim berish afzalliklari quyidagilardan iborat:
- Ta’lim jarayonida berilayotgan mate
riallarni chuqurroq va mukammalroq oʻzlashtirish imkoniyatining
mavjudligi;
- Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada oshishi;
- Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi;
-
Olingan bilimlarning kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib qolishi va uni amaliyotda qoʻllash mumkinligi.
Lekin oʻqituvchi multimediani yoki slaydni keltirib butun dars davomida faqat shundan foydalanib, ya’ni
shularni qoʻib berish bilan vaqtini oʻtkazishi kerak emas. Bularda berilgan lavhalarni, mavzuni tushuntirishda va shu
kabi kerakli oʻrinlarda oʻqituvchining nutqi asosiy rol egallaydi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim muassasalarining zamonaviy jarayonida axborot tehnologiyalaridan, jumladan,
multimedia vositalaridan foydalanish quyidagi muhim muammolarni yechishda yordam beradi: Ta’lim jarayonini
faollashtirish; oʻquv faoliyatining samaradorligini oshirish; talabalarning mustaqil ravishda ishlash madaniyatini
rivojlantirish; egallayotgan kasbig
a ijodiy yondoshish koʻnikmasini hosil qilish; mustaqil ta’lim doirasini kengaytirish,
xullas, yetuk mutaxxasislarni yetishtirish. Shu sababdan hozirgi paytda pedagog va dastur tuzuvchisi mutaxassislarning
birlashib, turli fanlardan multimedia darsliklari yaratish ta’im samaradorligini oshirish uchun kutilgan natijalarni
berishini unutmasligimiz kerak.
194
Do'stlaringiz bilan baham: |