Adabiyot 7-sinf



Download 97,59 Kb.
bet3/25
Sana28.07.2021
Hajmi97,59 Kb.
#131530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
7-sinf savol-javobdocx

BALLADA HAQIDA

1. Fransuzcha «ballada» so‘zidan olingan bo‘lib, «raqs qo‘shig‘i» ma’nosini anglatadi

2. Hajman u qadar katta bo‘lmagan bu xil asarlarda shoir o‘z histuyg‘ularidan tashqari ana shu tuyg‘ularga sa bab bo’lgan voqealarni ham tasvirlaydi

3. Balladalar ko’proq tarixiyfantastik va qahramonlik yo‘nalishlarida bitilib, ularda o’tmishda ko‘pchilikning foy dasi yo‘lida fidoiylik ko’rsatgan kishilarning jasorati tasvir langan



CHINGIZ AYTMATOV (1928 2008)

1. Chingiz Aytmatovning tarjimayi holidan parcha lar: «Hech kim o‘zo‘zidan yozuvchi bo’lib qolmaydi: yillar sabog‘i, qilingan mehnat, badiiy adabiyotga bo‘lgan qizi qish va e’tiqod orqali bunga erishish mumkin», «Bolalik da shuurga singdirilgan ona tiligina qalbni she’riyat bilan sug‘orishi, insonda milliy g‘ururning ilk kurtaklarini uyg‘oti shi va ajdodlar tilining naqadar serqirra va sermazmun ekanligini anglatishi mumkin»

2. «Oq kema» qissasida bolaning nechta ertagi bo’la di? J: Ikkita, biri o‘ziniki bo‘lib, uni hech kim bilmasdi, ikkinchisini esa bobosi so‘zlab bergandi

3. Bola toshlarga qanday nomlar qo‘ygandi?

J: Tuya, egar, bo‘ri, tank

A\ Bolaning eng sevimli toshi qaysi? J: Tank

5. Bolaning toshlari orasida qanday sifatga egalari bor? J: «Yaxshi», «yomon», «ayyor», «ovsar»

6. Mo’min cholga qorovulxonadagi uzoq yillik xizmatlari uchun mukofotga nima berilgan edi? J: Durbin

- 7. Mo’min cholning laqabi? J: Mo‘min chaqqon

8. Mo‘min cholning xislatlari. J: «Bu atrofda uni ham ma tanirdi, u hammani bilardi. U ochiq ko’ngii, hatto saipai biladigan odamiga ham biron yaxshilik qiiishga tayyorligi, har kimning xizmatiga hoziru nozirligi, ham maga sadoqatli va xushmuomalaligi tufayli shundoq laqab olgandi. U afandife’1 va unga Afandiga muomala qilgandek muomalada bo(lishardi»

* "9. 0‘rozqulning o‘zidan boshqa hech kimning minishiga ruxsat bermaydigan oti? J: Olabosh bo‘z ot

10. Bola itining nomi? J: Baltek

11. Bolaning orzusi?

J: Baliqqa aylanib, uzoquzoqqa suzib ketish

12. Qo‘ydan yuvosh, baquvvat bo’lsada, yalqov, uy quni yaxshi ko‘radigan personaj? J: Seydahmad

13. Bolaning otasi kim bo‘lib ishlar edi?

J: Kemada matros

14. «Sendan ulkan daryo bormi, Enasoy, Sendan aziz tuproq bormi, Enasoy. Sendan chuqur dard ham bormi, Enasoy, Sendan ozod quchoq bormi, Enasoy». Parcha qaysi asardan olingan? J: «Oq kema»

15. Qirg‘iz qabilasining boshiga musibat tushishi haqidagi xabarni kim tarqatdi?

J: Inson ovoziga o‘xshash ayanchli ovoz bilan tun dan tonggacha «Katta baxtsizlik bo’ladi! Katta baxtsiz lik bo’ladi!» deya sayragan qush

16. Qirg‘iz qabilasiga ko‘p yillar yo’lboshchilik qilgan

oqsoqol? J: Botir Qulchi ^

17. Dushman qabila qirg‘iz qabilasini qachon qirib yubordi? J: Oqsoqollarini oxirgi yo(lga kuzatish maro simiga chiqishganda

18. Qirg‘indan omon qolgan bola va qizchani o’ldirish kim ga topshirildi? J: Cho‘tir Baymoq kampirga. Kampirning Enasoy daryosiga nidosi: «01, bu bolalarni, uloqtirib ket. Qo‘y, ularbu manfur dunyonigo‘daklikda, toza qalbbilan, bolalik hayosi bilan, yovuz niyat va yovuz ishlar qilib, o‘z nomiga isnod keltirishga ulgurmasdanoq tark etishsin, toki insonga azobuqubatni kofrish va boshqalarning ham g‘amalamiga sababchi bo‘lish nasib etmasin»

19. Omon qolgan qizcha va bolani kampirdan kim so‘rab oladi? J: Ona bug‘u

20. Ona bug‘uning bolalari bo’lgan qiz va yigit nechta farzand ko‘rishadi? J: 7 o‘g‘il va 7 qiz

21. Ular to’ng‘ich o’g‘illarga qanday nom qo‘ydilar?

J: Bug‘uboy

22. Bug‘uboy qaysi qabila qiziga uylandi?

J: Qipchoq qabilasining

23. «E bo‘tam, qadimgi odamlardan qolgan birgap bor: boyiik takabburlikni, takabburlik esa telbalikni tug‘diradi». Bir boyligi oshibtoshib ketgan boy vafot etganda uning o‘g‘illari o‘zlarining Shoxdor ona bug‘u avlodidan ekanligini ko‘zko’z qilish uchun otalari qabri tepasiga 18 ta shoxga ega bug‘u shoxini o’rnatishdi

24. «E bo‘tam, pul hukmron bo‘lgan joyda ezgu so‘zga o‘rin yo‘q, go’zallikka o‘rin yo‘q». Shoxdor ona bug‘u avlod lari o’rtasida shunday kishilar paydo bo’ldiki, ular bug‘u shoxlaridan o‘lja yig‘ishni, pullashni hunar qilib oldilar

25.4 Hammaga ezgulik qiluvchi Shoxdor ona bug‘u haqidagi ertakni aytib, bolaning qalbida cheksiz hayajon uyg‘otgan olijanob Mo‘min chol 0‘rozqulning zug‘umi va baxtsiz qizining iltijosi tufayli o‘z qo‘li bilan bug‘u so‘yish ga majbur bo’ladi. Bu ko’ngilsiz hodisaga tasodifan guvoh bo‘lib qolgan ko!ngli toza bola olamdan, odamlardan bu tunlay bezadi. Baliq bo’lib suzib Issiqko’lga tushib ketishga qaror qiladi. «Sen o‘z ertagingdagi baliq kabi suzarding, bo‘talog‘im. Bilasanmi, sen hech qachon baliqqa aylanib qololmaysan va lssiqko‘lgacha suzib ketolmaysan»

26. «Oq kema» qissasining qaysi qahramoni «...kam dankam uchraydigan baxtli odam edi»? J: Mo‘min chol

27. 0‘rozqul nima uchun hamisha ichib yurar edi?

J: Farzandsizligidan o‘kingani uchun

28. Bug‘uni ovlash va nimtalashda qatnashgan perso najlar kim?

J: 0‘rozqul, Seydahmad, Ko‘katoy, Mo‘min chol

. 29. Bola uchun qaysi o‘simlik eng birinchi dushman

edi? J: Chaqirtikanak

30. Bola nazarida qaysi gullar eng aqlli va quvnoq edi?

J: Pechakgullar

31. Bola qaysi o’simlikni sadoqatli do’st deb ataydi?

J: Shiroljinni

32. 0‘tlar orasida qanday sifatga ega o‘simliklar bor?

J: «Sevimli», «botir», «hurkak», «yovuz»

33. Qaysi oqsoqol vafotida qurbonlik uchun to’qqizta biya, to’qqizta ho‘kiz, to’qqizta to’qqizlik qo‘y hozirlab qo‘yil gan edi? J: Botir Qulchi

34. Enasoyliklarda qanday rasm bor edi?

J: Oqsoqollarining dafn marosimi kunlarida birbiri bilan urush qilmaslik

35. «Oq kema» qissasi qahramonlarini sanang.

J: Bola, Mo‘min, 0‘rozqul, Bo‘key, Guljamol

36. «Oq kema» qissasida bola boshqalardan yashirin cha yiglaganda uni pana qiladigan sevimli o‘simligi qaysi edi? J: Shiroljin

37. «Oq kema» asarida bojaning qaysi o’tlarga rahmi keladi? J: Supurgi o‘tlarga

38. Oppoq qayindan yasalgan, bandida kumush qo‘ng‘iroqchasi bor beshik qaysi asarda uchraydi?

J: «Oq kema» asarida

39. 0‘rmonda bir noma’lum qush sayraganda, qanday voqea ro‘y bergan?

J: Qabila boshlig‘i Botir Qulchi vafot etadi

40. «Yoshligimdan badiiy adabiyotga oshno bo‘lgan edim, shu boismi maktabda erkin mavzudagi insholarni ba jonidil yozardim». Parcha qaysi ijodkorning tarjimayi holiga tegishli? J: Ch.Aytmatov

41. «Bizning ovulimizda yetti otasini bilish odatiga qaViy rioya qilinadi. Shu sababdan o‘zimizdan oldin o‘tgan yetti ajdodimizni bilish muqaddas burch ekanligi bolalik danoq ongimizga singdirilardi». Parcha qaysi ijodkorning tarjimayi holiga tegishli?

J: Ch.Aytmatov

42. Qaysi ijodkorning buvisi qo‘shnilarinikidan nabirasi uchun qarzga tush so’rab turardi?

J: Chingiz Aytmatovning

43. «Men juda erta ishlay boshladim: 10yoshimda deh qon mehnatining barcha zahmatini tatidim». Parcha qaysi ijodkorning tarjimayi holiga tegishli? J: Ch.Aytmatov

44. «Cho‘qqida qolgan ovchining ohu zori» asarini Ch.Aytmatov kim bilan birga yozgan? J: M.Shoxonov

45. «Oq kema» qissasida dushman qirg‘inidan qirg‘iz qabilasidan bir bola va bir qiz omon qoladi. Ular o‘rmonga nima maqsadda kirib ketishgandi?

J: Savat to‘qishga po‘stloq shilish uchun

46. Qizlarining baxtsizligi, yolg‘iz o‘g‘lining urushda halok bolganidan aziyat chekkan ota obrazi qaysi asarda uchraydi? J: «Oq kema»

47. «Chumolilar ham buni sezadi. Ular ertalabdan ... ning huzuriga chopib, quyosh nurlaridan ko‘zlarini qisib, ularning o‘zaro nima haqida shivirlashayotganligiga quloq soladi». Ushbu ta’rif nima haqida?

J: Pechakgullar haqida

48. «Ularyonveriga boshqa o‘simlikniyo‘latmay to‘da to‘da bo‘Hb, alohida o‘sadi». Ta’rif qaysi o‘simlik haqida?

J: Shiroljin

49. «Sen nimani istasang, ular o‘shanga aylanib qola di». Ta’rif nima haqida? J: Bulutlar haqida

50. «Havoyi juda. Ularning ipakdek mayin popuklari shamolsiz yasholmaydi. Shamolni kutganikutgan, shamol qayoqqa essa, o‘sha yoqqa egilib yoppasiga salom bera di». Ta’rif nima haqida? J: Supurgio‘tlar haqida

51. «Agar yomg‘ir quyib bersa yoki momaqaldiroq boshlanib qolsa bormi, ular qayerga bosh suqishini bilmay qoladi. Oyoqlari bo‘lgandayu, ehtimol, ko‘z yetgan joyga cha qochib qolisharmidi». Ta’rif nima haqida?

J: Giyohlar haqida

52. «Shamol qayoqqa essa, ularham o‘sha yoqqa egi laveradi», deb nimaga ta’rif berilgan?

J: Supurgio‘tlarga

53. «Ammo tillani tekin tarqatishganda hech kim uchun qadri qolmaganidek, uning jonbozligi qadriga ham hech kim yetmasdi». Ushbu ta’rif kim haqida?

J: Mo‘min chol haqida

54. Bola bobosi olib bergan portfelini dastlab kimga ko‘rsatdi? J: Buvisiga

55. «Farzandi bo‘lganda butunlay boshqacha bo’lar di», deb kim kimga nisbatan aytgan?

J:.Buvisi Bo‘key xolaga nisbatan aytgan

56. «... qo‘y suruvi emas, tarqalib ketmaydi, lekin tash vishi oz emas. Tasodifan o‘t tushsa, tog‘dan sel kelsa bormi, birjoydan qo‘zg‘almaydi, turgan joyida nobud bo‘lveradi». Mo‘min chol bu yerda nimaga ta’rif bergan? J: 0‘rmonga

57. Portfelga qarata: «Endi biz uchtamiz sen, men va...», deganda bola nimani nazarda tutgan?

J: Durbinni

58. Bola qayerdagi maktabga qatnab o‘qishni orzu qilardi? J: Jilisoydagi

59. Bola Jilisoyga nima maqsadda borgandi?

J: Tomog‘i og‘riganda feldsher huzuriga

60. «Yetimcha yettiko‘cha» maqoli qachon aytilgan?

J: QirgMndan omon qolgan qizcha va bola o‘rmon da tunni bexatar o‘tkazishganda

61. Qizil o‘tovda dushman qabilasining xoni qanday holda o’tirardi? J: Asal qo’shilgandan qimizdan ho‘plab, g‘alaba haqidagi qo‘shiqdan tinglab o‘tirardi

62. Cho’tir Baymoq kampir qirg‘indan omon qolgan qiz va bolani jarlikka irg‘itayotganda ularni nimaga o‘xshatadi?

J: Ikki qum zarrasiga

63. «Agar yulduzlar odamga aylanib qolsa bormi, os mon ularga torlik qilib qoladi». Ushbu fikrlar kimga tegishli?

J: Cho‘tir Baymoq kampirga

64. «Mana, shox! Bu sening bobongga. 0‘lishi bilan bu shoxni uning qabriga qo‘yamiz. Qani, endi kim bizga u kishini hurmat qilmaysizlar deb ayta olar ekan. Yana nima kerak? Bunday shox uchun hatto bugunoq o‘lsang arziydih Bolaga ushbu fikrlarni kim aytgan? J: 0‘rozqul

65. «lnsonlar qanday yashashlari lozim bo‘lsa, shun day yashanglarh Ushbu nasihatni kim kimlarga aytgan?

J: Ona bug‘u qirg‘indan omon qolgan bola va qiz chaga




Download 97,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish