Adabiyot 7-sinf



Download 97,59 Kb.
bet25/25
Sana28.07.2021
Hajmi97,59 Kb.
#131530
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
7-sinf savol-javobdocx

ERNEST SETON TOMPSON

1. Qaysi ijodkor bahorda keladigan moviy rangdagi baxt qushini kutib yashaganligini yozgan?

J: Ernest SetonTompson

2. Tompson bolaligida kitob do‘konida Rossning «Kanada qushlari» kitobini ko‘rib qoladi. Uni sotib olish uchun ikkita quyonini sotadi, bir ayolning o‘tinlarini ko’chasi dan hovlisiga tashib beradi, har kuni esa kitob do’konidan xabar olib turadi

3. Tabiat uch olam: rassomlik, badiiy adabiyot va ilm nuqtayi nazaridan kelib chiqib tasvirlanadi. SetonTompson ana shu uch olamni birlashtirgan ijodkordir

4. SetonTompson:

- tabiatga ziyrak animalist rassom, sinchi adib, nuk tadon olim ko‘zi bilan qaradi;

- jonivorlarga toza ko‘ngil, toza ko‘z bilan qaradi;

- jonivorlardan o‘zining qing‘ir, falsafiy fikrlarini aytish uchun foydalanmadi;

- jonivorlarning ichki dunyosini halol, xolisona ochib berdi;

- hayotga jonivorlar ko‘zi bilan boqdi. Jonivorlarga tushkun munosabatda bo‘lmadi;

- o‘z boshidan kechirgan hayotni, o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan tabiatni, o‘z qo‘li bilan ushlagan jonivorlarni qanday bo’lsa shundayligicha badiiy asarga olib kirdi;

- badiiy adabiyotda birinchi bo’lib jonivorlarni badiiy asarning bosh qahramoni qilib oldi. Hayvonlarni obraz si fatida tasvirladi

5. «Men bilgan jonivorlar», «Quvg‘indilar taqdiri», «Hayvonlar qahramonlar», «Mitti yovvoyilar», «Rolf o‘rmonida», «Kreg kuteney qo‘yi» asarlarida hayvonlarni bosh obraz qilib tasvirladi

6. «Jonivorlar haqida hikoyalar» asari SetonTompson nomini olamga yoydi. Kitob qo‘lmaqo‘1 o’qildi, tik turib o’qil di, ovoz qo‘yib o‘qildi, kechayu kunduz o‘qildi. Kitobni bu tun dunyo o‘qidi

7. AQSHning o’sha davrdagi mashhur adibi Jon Ber rous «Atlantik Monsli» jurnalida SetonTompsonni yomon lab chiqdi. Bir kuni bir boyvachcha 50 ta adibni uyiga ch aqirib ziyofat berdi. Shunda SetonTompson Berrousning yoniga olirdi va unga haqiqiy bo‘rini ko’rganmisiz va shun ga o‘xshagan savollar berdi. Berrous SetonTompsondan uzr so’radi. SetonTompson unga o‘zining shaxsiy muzey ini ko’rsatdi. Muzeyda 5 ming kitob, fotoapparatda o’z qo‘li bilan rasmga tushirib tayyorlagan 200 dan ziyod hayvonlar albo’li, o’zi chizgan hayvonlar bilan qushlarning 1000 dan ziyod rasmi, 2000 dan ko‘proq hayvonlar, qushlar hayotini kuzatib, to‘ldirib borgan 30 jilddan iborat qalinqalin kunda lik daftar bor edi

8. AQShning o’sha paytdagi prezidenti Teodor Ruzvelt SetonTompsonga manbalarini chiqarishni maslahat berdi

9. SetonTompson hayotiy va ilmiy ishlarini yig‘ib, «Shimoliy hayvonlar hayoti» nomli ulkan 2 jildlik kitob qildi. Kitob uchun «Alanga medali» oltin mukofotni oldi

10. «Yovvoyi hayvonlar hayoti» degan 4 jildlik kito bi Amerikada eng yaxshi ilmiy ishlar uchun beriladigan «Eliot» oltin medaliga sazovor bo‘ldi

11. «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarini o‘zbek tiliga Tog‘ay Murod tarjima qilgan

12. «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarida juda ko’p otlarni yovvoyi lashtirib yuborgan qora yo‘rg‘ani tutib olish haqida hikoya qilinadi. Epchil kovboy Jo qora yo‘rg‘a bilan birga yurgan barcha baytallarni qo‘lga oldi. Yana bir marta qora yo‘rg‘ani qo‘lga olishga urindi. Oqibatda 8 ta ot nobud bo’ldi, 5 ta odam butunlay holdan toydi. Qariya Tom yo‘rg‘ani ush lashga muvaffaq bo’ldi. Lekin Tom va qora yo’rg‘aning har bir qadami olishuv bilan o’tdi. Yovvoyi qora yo‘rg‘a qonga belanib ketsa ham yuqoriga, tik qoyaga intildi va qoyadan pastga havoga sakradi. Pastlab... toshga borib tushdi. U jonsiz sulayib qoldi, ammo... ozod bo’lib qoldi. Bu hikoya erk va ozodlik uchun umrining so‘nggi lahzasiga qadar ku rashgan yovvoyi qora yo’rg‘a haqidadir. Hikoyada yo‘lbosh lovchi Berns, oshpaz Kurka Iz, Charli kabi obrazlar ham bor

13. Qaysi jurnalda dastlab SetonTomson haqida yo monlab, so’ngra uni ko’klarga ko‘tarib maqtalgan maqola bosilib chigdi? J: «Atlantik Monsli»

14. Dastlab SetonTomsonni yomonlagan, u bilan uchrashgandan so‘ng uni maqtab maqola yozgan yozuvchi kim? J: Berrous

15. «Ana, ko‘rdingizmi, qanday uikan hayotiy man balarga tayanib asar yaratganingizni hech kim bilmaydi. Endi shu manbalaringizni chiqaring», deya SetonTom songa kim maslahat bergan?

J: AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt

16. «Yovvoyi yo’rg‘a» asarida yovvoyi qora otga qan day taYif berilgan?

J: «Qora ot eshakday o‘jar, itday qahrli keladi. Qora otda tirnoq bo‘lsa arslonni ham gumdon qiladi»

17. Jo oddiy galachi bo’lib, oyiga qancha maosh olardi?

J: 25 dollar

18. Kim qora yo‘rg‘ani ko’rgach u menga baxt keltiradi deb o‘ylaydi? J: Kovboy Jo

19. «Juda uddaburon odam. Yaylovda zoti yaxshilan gan uy hayvonlari boqilsa, kirim ko‘payishini yaxshi biladb>. Ushbu ta’rif kim haqida? J: Foster

20. Kovboy Joga: «Menga qarang, bordiyu ia’nati yo‘rg‘aga duch kelib qolsangiz ayamay otib tashlang», deb kim aytgandi? J: Foster

21. Kovboy Jo yovvoyi yo‘rg‘aning kechmishini kimdan bilib oladi? J: Jek Bernsdan

22. Ayg‘irni ushlab kelgan odamga ming dollar berishni kim qayerda va’da qiladi? J: Montgomer, Kleytondagi Uels qahvaxonasida

23. «Yovvoyi yo’rg‘a» asaridagi ayg‘ir suv ichdigan bu loqning nomi nima? J: Jayron buloq

24. «Ayg‘irga qo‘yilgan mukofotni olish kerakmikan? U ikkilanib qoldi. Qo‘yilgan pul chakana emas. Lekin ayg‘ir ning turgan turmushi xazina, u asl zotli zurriyot yaratishi mumkin». Ushbu ta’rif kim haqida? J: Kovboy Jo

25. «Yovvoyi yo‘rg‘a» hikoyasining qaysi boblarida Kovboy Joning yovvoyi yo‘rg‘ani ushlash bobidagi urinish lari tasvirlanadi?

J: Uchinchi va beshinchi boblarida

26. «Yovvoyi yo’rg‘a» asarida Jo ayg‘irni ushlashda chiyabo’rilar epchil quyonni, hindular jayronni ushlashda

" 267


qo’llaydigan usulni qo’llab ko’rmoqchi bo‘ldi. Bu usul qan day nomlanardi? J: Galmagal ovlash

27. «Yovvoyi yo‘rg‘a» asarida yovvoyi yo’rg‘ani ush lashda yordam bergan to‘riq baytalning nomini toping.

J: Solli

28. «Bu yurtlarda zaharli biro’t o’sadi. Odatda, otlarbu o‘tni yemaydi, bordiyu birtatib ko‘rsa, uni yana izlab qola di. Uning mazasi taryokning kayfiga o‘xshaydi. Unga o‘ch qo’ygan ot ko’p vaqt o’zini yaxshi tutib yuradi, oxiroqibat aqldan ozib o’ladi». Bu qanday o‘t? J: Loko

1. Majburiy ravishda jamoa xo‘jaliklari (kolxozlar) tuzish qaysi asarlarda aks etgan?

J: G‘.G‘ulom «Ko‘kan», A.Qodiriy «Obid ketmon», A.Qahhor «Qo‘shchinor chiroqlari»

2. Badiiy adabiyot inson tafakkuriga qanday ta’sir qila di? J: Insonning tuyg‘ularini qo‘zg‘atadi, qalbini jun bushga keltiradi, unga shu yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatadi

3. «Menga qilsa ming jafo, bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram» misralarining muallifini toping. J: Navoiy



Download 97,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish