Abdullayeva shahnozaning


Tasmasimon chuvalchanglar sinfi



Download 2,44 Mb.
bet5/9
Sana23.07.2022
Hajmi2,44 Mb.
#843216
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi full adabiyotlar ro\'yxati bian(1)

1.4. Tasmasimon chuvalchanglar sinfi
Tasmasimon chuvalchanglar voyaga yetgan davrida umurtqali hayvonlar va odam ichagida parazitlik qiladi. Ularning lichinkasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlar tana bo‘shlig‘i va ichki organlarida parazitlik qiladi.
Tuzilishi. Tanasi ko'pincha uzun tasmasimon bo'lib, ko‘p sonli bo‘g‘imlar - proglotidlarga bo‘lingan. Tanasining oldingi qismi kichik boshcha - skoleksni hosil qiladi. Tananing skoleksdan keyingi bo‘g‘imlarga bo‘linmagan qismi bo'yin deyiladi, undan keyinda esa proglottidlar joylashgan.
Tasmasimon chuvalchanglar boshchasida yopishuv organlari bo‘ladi. Yopishuv organi monogeneyalarnikiga о‘xshash so‘rg‘ichlar tipida yoki ikkita tirqishsimon chuqurchadan iborat bo'lishi mumkin. Ko'pchilik tasmasimon chuvalchanglar boshchasining uchida har xil shakldagi ilmoqchalar ham bo'ladi. Ba’zi turlarida ilmoqchalar xartumda joylashgan bo'ladi. Ba’zan xartum to'rtta bo'lib, juda ko'p ilmoqlar bilan ta’ minlangan.
Proglottidlar uchtadan bir necha mingtagacha bo'ladi. Oldingi, ya’ni tanasining bo'yindan keyingi qismida joylashgan proglottidlar juda mayda yosh proglottidlardan iborat. Chuvalchang bo'yin qismidan yangi proglottidlar hosil qilib o'sadi. Proglottidlar tananing keyingi qismiga siljigan sayin o'sib, yiriklasha boradi. Tasmasimon chuvalchanglarning ana shunday juda ko'p bo'g'imlardan iborat tanasi zanjir, ya’ni strobila (ssifoid meduzalaming ssifistomalari strobilasiga o'xshashligi uchun) deyiladi.Tasmasimon chuvalchanglar tanasining uzunligi 1mm dan 10 mm gacha bo'ladi.
Tasmasimon chuvalchanglar hazm qilish sistemasi reduksiyaga uchragan. Ular ichak bo'shlig'ida hazm bo'ladigan oziq moddalami butun tana yuzasi bilan so'rib oladi. Mikrotrixlarga ega bo'lgan tegument bunga yordam beradi. Ayirish sistemasi protonefridiy tipidagi buyraklar tana bo'ylab o'tadigan ikkita ayirish naychalaridan iborat. Naychalar tananing keyingi qismidan boshlanadi oldingi bosh qismiga yaqinlashgach, yana orqaga burilib, tanasining keyingi qismiga ketadi va u yerda tashqariga ochiladi. Tasmasimon chuvalchanglarda yon ayirish naylari o'zaro ko'ndalang naylar orqali qo'shilganidan ayirish sistemasi narvon ko'rinishga ega. Tananing keyingi tomonida ayirish naylari birlashib kichikroq qovuqni hosil qiladi. Tasmasimon chuvalchanglar tanasining keyingi yetilgan bo'g'imlari bilan birga qovuq ham uzilib tushadi; yangi qovuq hosil bo'lmasdan yon naylar to'g'ridan-to'g'ri tanadan tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasi kuchsiz rivojlangan. Markaziy nerv sistemasi bir juft miya gangliylari va ulardan tana bo‘ylab orqaga ketadigan nerv stvollaridan iborat. Nerv stvollari ko'ndalang nervlar bilan o‘zaro qo‘shilib, ortogon sistemasini hosil qiladi.Tananing ikki yonida joylashgan ikkita nerv stvollari boshqalariga nisbatan kuchliroq rivojlangan. Nerv stvollaridan tarqalgan tolalar teri ostida qalin nerv to‘rini hosil qiladi. Sezgi organlari tana yuzasida tarqoq joylashgan sezgir hujayralardan iborat. Bunday hujayralar skoleksda ayniqsa ko‘p bo'ladi; Jinsiy sistemasi germafrodit, so‘rg‘ichlilarnikiga o‘xshash tuzilgan. Tasmasimon chuvalchanglaming har bir bo‘g‘imida jinsiy organlar takrorlanadi. Bo‘g‘imlarga bo‘linmagan tasmasimonlaming (Caryophyllaeus) jinsiy sistemasi bitta bo'ladi. Quyida tanasi ko'p bo'g'imlardan iborat bo'lgan qoramol tasmasimon chuvalchangi (Taeniarhynchus saginatus) ning jinsiy sistemasini ko'ribchiqamiz. Bo'yindankeyin joylashgan yoshbo'g'imlaming jinsiy organlari rivojlanmagan. Bunday organlar tanasining o'rta qismida, taxminan 200 segmentdan boshlab rivojlangan bo'ladi. Bu bo'g'imlarda erkaklik jinsiy organlari parenximada sochilgan juda ko'p urug'donlar; ulardan boshlanadigan urug' chiqarish naylari va naychalar birlashib, hosil qiladigan umumiy urug' yo'lidan iborat. Urug' yo'li bo'g'im chetida joylashgan kuyikish organi ichidan o'tadi. Kuyikish organi muskulli naydan iborat bo'lib, u yon tomondagi chuqurcha - jinsiy kloakaga kirib turadi7.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Tasmasimon chuvalchanglar har xil urug'lanadi. Xo'jayin ichagida bir necha chuvalchang bo'lganida ular bir birini urug'lantiradi. Xo'jayin ichagida faqat bitta chuvalchang bo'lganida esa har xil bo'g'imlar bir-birini urug'lantirishi, hatto bitta bo'g'im o'zini o'zi urug'lantirishi mumkin.
Sistotserk ichi suyuqlik bilan to‘lgan pufakdan iborat. Pufak devorining bir cheti pufak bo‘shlig‘iga botib kirgan bo‘ladi. Bu joyda lichinkaning to'rt so'rg'ichli boshchasi joylashadi. Finnalar ana shu holatda bir necha yil yashashi mumkin. Finna faqat asosiy xujayini, odam ichagiga tushgandan so'ng rivojlanib voyaga yetadi. Yaxshi pishirilmagan finnali go‘sht yoki jigar odam ichagiga tushganida pufak ichidagi boshcha tashqariga chiqadi. Pufak yemirilib, lichinka boshchasi va bo'yinchasi tezo‘sa boshlaydi. Bo'yinchaning keyingi qismi ko‘ndalangiga bo‘linib ko‘plab yangi yosh bo‘g'imlar chiqaradi va uzun proglottidlar zanjirini hosil qiladi. Shunday qilib, qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi xo'jayin almashinishi va murakkab o'zgarishlar, ya’ni onkosferani finnaga va finnani voyaga yetgan parazitga aylanishi orqali sodir bo‘ladi.


Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish