Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 5,2 Mb.
bet24/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

Asosiy adabiyotlar

  1. Александров А.Ю. “Международний туризм” Учебник. М. Аспект пресс 2002.

  2. O.Sh. Ismailov Turizm biznesi va menejmenti O’quv qo’llanma Toshkent, 2011.

  3. Aliyeva M. va boshqalar. “Xalqaro turizm” Toshkent”. 2011.

  4. М.Р.Усмонов “Туризм географияси” Ўқув қўлланма. Самарқанд - СамДУ - 2019 йил.

  5. Yakubov O’, Vahobov X, Rekreatsion geografiya asoslari. O’quv qo’llanma. T., 2012 yil.

4- MAVZU: (2 soat) REKREATSIYANI RIVOJLANTIRISHDA TURISTIK TASHKILOTLARNING AHAMIYATI
REJA:
1. Xalqaro turizmning hududlar bo’yicha rivojlanish dinamikasi
2. Jahon turizmida qabul qiluvchi yetakchi davlatlar
3. Rekreatsiyani rivojlantirishda turistik tashkilotlarning o’rni.
4. Rekreatsion resurslar.
Tayanch tushuncha va iboralar: Rekreatsiya, xalqaro turizm, turistik tashkilotlar, rekreatsion resurslar, jahon turizmi.
Hozirgi paytda turizm industriyasi dunyo biznesining doimiy o’zgarib turuvchi sharoitlarida rivojlanib bormoqda. Bozorning globalizatsiyasi, iqtisodiy kuchlarni kontsentratsiyasi, bozor raqobatini yuqori darajasi va texnologiyalarning rivojlanishi turistlarni doimo murakkablashib boruvchi ehtiyojlari va talablari bilan birgalikda turistik korxonalar faoliyatini yangi parametrlarini belgilaydi. Shularni inobatga olgan xolda, agar ular raqobatda ishtirok etishni, hamda turistik oqimlarni ko’paytirishni istasa turistik yo’nalishlarda yangi strategiyani ishlab chiqishni taqoza etmoqda. Alyanslarning tashkil etilishi, qo’shilishi bo’yicha rivojlanish tendentsiyalari global bozorlarni iqtisodiy ixtiyojlari bilan bog’liq bo’lib, doimiy texnologik yangilanishga ketgan sarf-xarajatlar, hamda markazlashtirilmagan va erkinlashtirish bo’yicha hukumat tamonidan taqdim etayotgan imkoniyatlar bilan ifodalanadi .
Boshqa iqtisodiy faoliyat turlariga qaraganda sayohat va turizm bozorining globalashuvi va iqtisodiy o’sishdan mamlakatlarni o’zlari uchun foyda olishga yordam beradi. Ammo turistlar uchun o’z chegaralarini ochishdan oldin, yangi turistik markazlar bir qator shartlarni bajarishi lozim jumladan: psixologik to’siqlarni bartarf etishi (til bilan bog’liq bo’lgan to’siqlar, iqlim bilan, tibbiy muolaja bilan, ovqatlanish giginasi bilan bog’liq bo’lgan to’siqlar), hamda turistlar talabiga javob beruvchi qiziqishlar va joylashuvlarni taqdim etishi zarur. Nihoyat, turistik markaz aviakompaniyalar mazkur marshurutga xizmat qilishni boshlashi uchun turoperatorlar turmarkazni o’z paketlariga kiritishlari uchun, turoperatorlar esa uni samarali sotishi uchun chiquvchi turizm mamlakatlar turistik bozori ishtirokchilari o’rtasida ma’lum nufuzga ega bo’lishi kerak.
Turistik yo’nalishlar majburiyatiga turizm industriyasi poydevorini qurish va uning muvofaqiyatli rivojlanishi uchun turli bozor ishtirokchilari bilan (aviakompaniyalar, mexmonxona egalari, taqsimot tizimi, qiziqishlar industriyasi, aktiv dam olish maskanlari) kelishilgan xoldagi xarakatlari kiradi.
Turistik yo’nalishlar faoliyatini muvafiqlashtirish jarayonida turistik markazlar bozorlarni erkinlashtirish va rivojlantirishda bo’lgan to’siqlarni bartaraf etish turizmni barqaror rivojlantirish kabi omillarga diqqatini jalb qilishi talab etiladi (masalan, xavfsizlik va soliqlar).
Hozirgi vaqtda ko’p sonli bitimlar (SAFTA, APEC, Mercosur, va FTAA) shuni tasdiqlaydiki mamlakatlar o’z chegaralarini ochishga va savdoni rag’batlantirishga tayyordirlar.
Bundan tashqari iqtisodiy ittifoqlar va milliy hukumat bozorni yanada ochiq qilishi va erkin raqobatni qo’llab quvvatlovchi qonunlarni qabul qilishi, hamda bozorni barcha ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni qabul qilish imkoniyatiga egadirlar. Chet el biznesi uchun bozorlarni ochish, investitsiyalarni rag’batlantirish erkinligi, ba’zi ish faolligi turlarini standartlash va vizalarni bekor qilish, mana shu barcha chora-tadbirlar doimiy yoki vaqtinchalik asosda harakatlanuvchi va mamlakatni keyingi liberallashtirish yo’lida olg’a siljishga imkoniyat yaratadi.
Turizmni iqtisodiyotga ta’sirini va uning xizmatlar sektoridagi yetakchi rolini xisobga olib, savdo xizmatlari bilan Bosh kelishuv (GATS) bo’yicha muzokoralar va Butunjahon savdo tashkiloti (VTO) rahnomaligida turistik sektor ko’p tomonlama shartnomalar ishtirokchisi bo’lib qolishi mumkin. Ammo tadqiqotchilar guruhi GATSda bir qancha jiddiy kamchiliklarni aniqladilar. Ularga qo’yidagilarni misol qilish mumkin.
Bular qatoriga strategik omillarga tegishli bo’lgan, xududni kesib o’tish huquqi va aviatsiya industriyasida bronlash tizimi; sof raqobatga to’sqinlik qiluvchi faoliyatni to’xtatish to’g’risida tartibga soluvchi va globalizatsiya natijasi hisoblangan qoidalarni mavjud emasligi kiradi. 2004 yilda xalqaro turizm proportsional ravishda rivojlandi: xalqaro turistik tashriflar 10,7 foizga o’sdi, turizmdan tushadigan tushimlar 10,3 foizga oshdi (jadval 1.).
2004-yilda xalqaro tashriflarni soni absolyut raqamlarda 763 mln. safarni tashkil etgan bo’lsa, shu vaqtning o’zida xalqaro turizmdan tushgan tushumlar rekord so’mmani 622 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
2004 yilda halqaro turizmida yetakchi rolni avvalgidek Yevropa egalladi: safarlar soni bo’yicha 54,4 % va turizmdan tushgan tushumlar bo’yicha 52,4 %, ikkinchi o’rinni Osiyo va Tinch okean xovzalari davlatlari egalladi – mos ravishda 20,1 % va 20,1 %, uchinchi o’rinni Amerika egalamoqda mos ravishda 16,5 va 21,1 %. So’nggi o’rinni Afrika kontinenti egalladi bu yerda safarlar sonini solishtirma og’irligi 4,3 % va tushumlar jahon turizmi hajmidan 3,0 foizi miqdorida kuzatildi.
Osiyo va Tinch okean xavzalari mamlakatlari 2004 yilda tashriflar soni 27,8 mln. va tushumlar 23,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan xolda xalqaro turizmning eng yuqori o’sish sur’ati bilan xarakterlanadi.
Turizm yanada daromadli bo’lib Okeaniya davlatlarida 1 ta tashrifga 2210 dollar, Shimoliy Amerikada - 1140 dollar. Karib xavzasi davlatlarida - 1050 dollar va Shimoliy Yevropada - 1020 dollarni tashkil qildi.
Xalqaro turizmda eng kam solishtirma og’irligiga ega bo’lgan davlatlar qatoriga Markaziy Amerika davlatlari kiradi ularning ulushi safarlar soni bo’yicha 0,8 foiz va tushumlar bo’yicha 0,6 foiz dollarni tashkil etdi xalos.
VTO ma’lumotlariga ko’ra, turizm nuqtai nazaridan sayyoramiz davlatlari ichida eng jalb qiluvchi – jozibador davlat Frantsiya bo’lib qolmoqda. 2004 yilda Frantsiya 75 mln. turistni qabul qilgan (jadval 2.) Chet el turistlarini qabul qilish miqdori soni bo’yicha ikkinchi o’rinni Ispaniya egalladi va buyuk turistik mamlakat hisoblangan AQSH davlati ko’rsatkichlaridan ham o’zib ketdi. Bunda, 2004 yilda Ispaniyaga tashrif buyurgan turistlar soni 2000 yilga nisbatan 3,4 foizga oshdi. AQSH da 11 sentyabrda sodir bo’lgan mudhish terorestik harakatlari natijasida turistlar oqimi qayta tiklandi va o’sish sur’ati 11,8 foizni tashkil qildi.
2004 yilda turizmni keskin oshishi Gongkongda-40,4 foizni, Xitoyda-26,7 foiz va Buyuk Britaniyada-12,1 foiz qayd etildi. Turizmni qisqarishi esa Italiyada 6,4 foizga ko’zatildi.
Xalqaro turizmdan tushgan tushumlar bo’yicha yetakchi o’rinni AQSH egallaydi. 2004 yilda AQSH turizmdan 74,5 mlrd. dollar oldi. Ikkinchi o’rin Ispaniyaga nasib etdi, uning tushumlari 40,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Turizmdan olingan eng yuqori daromadlarini o’sish sur’ati Xitoyda 47,9 foiz, Avstraliyada 25,5 foiz va Buyuk Britaniyada 20,5 foiz ko’zatildi.
Alohida davlatlar o’ziga xos farq qiluvchi hususiyatlarga ega bo’lganligi sababli xalqaro turistik oqimlarni taqsimlash yagona modelini tuzish ancha mushkuldir. Bundan tashqari har bir borish mo’ljallangan joylarga turli joylardan turistlar tashrif buyuradilar, bunda ular turli transport vositalaridan foydalanadilar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, xalqaro turistlarni 70-80 foizi belgilangan joyga quriqlik transporti vositalari bilan boradilar, 20-30 foizi havo transportidan foydalanadilar. Taxminan 70 foiz safarlar dam olish maqsadida amalga oshirilsa, xalqaro tashriflarni umumiy miqdoridan 30 foizi turli ishlarni bajarish bilan bog’liq tashriflar hisoblanadi.
Xalqaro turistlar oqimining eng ko’p soni yuqori iqtisodiy rivojlanish bosqichida bo’lgan dalvatlardan jo’natilmoqda. Yaponiya va Avstraliyadan tashqari barcha shu kabi davlatlar Yevropa va Shimoliy Amerikada joylashgan bo’lib, shuni qayd qilish kerakki, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya va Yaponiya dalvatlariga xalqaro turizm bilan bog’liq barcha xarajatlarning qariyib yarmi to’g’ri keladi. Mazkur davlatlar ichida alohida qiziqish uyg’otadigan Yaponiya davlati xisoblanadi.
XX asrning 90 yillarida yaponlar xalqaro turizm bilan yanada faolroq shug’ullana boshladilar. Janubiy Koreya va ba’zi Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari ham Yaponiya izidan ketishi kutilmoqda.
Har bir davlat turistik tashriflar uchun afzalroq joy deb hisoblaydigan o’ziga xos ruyxatga ega bo’lib ular qatoriga , avvalo qo’shni davlatlar kiradi, hamda Frantsiya, Ispaniya, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya mamlakatlari kiradi.
Turizmni rivojlantirshda eng muhim o’rinni uncha uzoq bo’lmagan masofalarga sayohatlar egallaydi (ya’ni qo’shni davlatlarga), xalqaro turistik safarlarning umumiy sonidan 40 foizi ularning hissasiga to’g’ri keladi.
1980 yillarda yanada uzoqroq masofalarga sayohat qilishga qiziqish kuchaydi va bu tendentsiya xozirgi vaqtda ham saqlanib kelmoqda, chunki, turistik maqsadlarda yanada ekzotik g’ayritabiiy, g’alati, ajib, nafis yangi joylarga ehtiyojlar tug’ildi, turindustriya esa bunday talabni qondirishga tayyorligini bildirdi va isbotladi.
Hozirgi zamonaviy texnika –texnalogiya tufayli narxlari bo’yicha maqul bo’lgan, hamda unchalik ko’p vaqtni olmasdan uzoq masofalarga parvozlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Xalqaro turistlarning tashrif soni bo’yicha Yevropa peshqadamlikni davom ettirmoqda, bu esa Yevropada mavjud bo’lgan qo’yidagi omillar sabali amalga oshirlmoqda:



  • qo’shni bo’lib joylashgan qator nisbatan kichikroq davlatlarni mavjudligi, bu esa o’z navbatida, chegaralarni kesib o’tishini tarkibiga kirituvchi qisqa muddatli sayohatlarga ko’p sonli turistlar oqimini rag’batlantiradi;

    • rivojlangan turistik infratuzilma va transport xizmatini yuqori darajasi;

    • jahon ahamiyatiga molik tabiiy va madaniy obidalarning mavjudligi;

    • turmahsulotlarni turli – tumanligini tanlash – plyajda dam olishdan tortib to qishki sport dam olishigacha;

    • tayyorlangan ishchi-xodimlar;

    • yuqori darajada rivojlangan iqtisodiy baza

O’z tarkibiga Sharqiy Osiyoni va Tinch okean xovzalari davlatlarini olgan xududning movqiyi va ahamiyati asosan Yaponiya hisobidan amalga oshirilmoqda. Siyosiy barqarorlik, yangi aviamarshrutlar, ulkan reklama targ’ibot faoliyati, yangi antiqa turlarni ishlab chiqish va valyutani almashtirish kursini qo’layligi va h.k. sababli ushbu xudutda turizm taraqqiy etimoqda. Yaponiyadan tashqari bu mintaqada, Gonkong, Singapur, Tailand, Avstraliya va Janubiy Koreya xam, kunchiqar mamlakatidan keyin yanada ommaviylashmoqda. Mazkur davlatlardagi iqtisodiy rivojlanish turistlarni ushbu xudud ichida erkin harakatlanishi xajmini oshirishga imkon beradi.
Afrika mintaqasi turizmga mo’ljallangan sifatida xalqaro turistlarning umumiy miqdoridan atigi 2 foizinigina qabul qila oladi, bu ham turistlarning asosiy oqimi kontinentning Shimoliy qismida joylashgan davlatlarga to’g’ri keladi.
Yaqin sharq davlatlarida turistlarning ichki hududiy harakatlanishi bilan ajralib turadi. Noqulay siyosiy vaziyat, harbiy harkatlar va terrorizm sababli mazkur mintaqada turindustriya turg’unlik bosqichida turibdi, Misr va BAA dan tashqari. Tabiiyki, bunday sharoitlarda mazkur mintaqa turistik potentsialini amalga oshirish juda mushkul.
Janubiy Osiyo hissasiga tashrif buyuruvchi xalqaro turistlarni umumiy sonidan juda kichik qismi to’g’ri keladi, bularning yarmini-Hindistonga tashrif buyuruvchi turistlar tashkil qiladi. Xitoy turistik yo’nalish sifatida ulkan potentsialga ega mamlakat hisoblanadi.
Shunday qilib, barcha davlatlarni ikki kategoriyaga bo’lish mumkin: turistlarni yetkazib beruvchi davlatlar, hamda turistlarni qabul qiluvchi davlatlar. Turistlarni yetkazib beruvchi davlatlarga, o’z fuqarolarini chet elga chiqarish bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, industriyasi rivojlangan davlatlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
Odatda chiquvchi turistlar soni mamlakat aholisining umumiy sonidan 10 foiziga teng bo’ladi. Ammo, bu davlatlar nafaqatgina turistlarni jo’natadi, shu bilan birga kattagina miqdorda chet el mehmonlarini qabul qiladi.
Turistlarni qabul qiluvchi davlatlar qatoriga o’rtacha darajadagi iqtisodiy rivojlanishga ega bo’lgan, hamda rivojlanayotgan davlatlar kiradi. Turistlarni qabul qiluvchi davlatlar o’z iqtisodiy taraqqiyoti bo’yicha o’rtacha darajada bo’lsa ham, anchagina miqdorda o’z fuqarolarini chet elga jo’natadilar.
Butunjahon turistik tashkiloti bu tashkilotga kiruvchi mamlakat turizm statistik hisobotida yordamchi schyotlarni (VST) qo’llash, joriy qilish bo’yicha keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda.
VST qiyosiy,taqqoslama statistika va uzliksiz statistikani olishni taminlaydigan asosiy instrumentga aylanishi zarur bu esa turizmni milliy va xalqaro iqtisodiyotga qo’shgan iqtisodiy ulushini hisoblashga imkon beradi. Bundan tashqari mazkur instrumentdan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini yanada aniqroq hisoblash uchun foydalanish mumkin.



Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish