Sug‘urta marketingi
O‘z mahsulotlarini sug‘urtalanuvchilarga taqdim etish bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi faoliyatining bosh funksiyalaridan biri. Sug‘urta xizmatlariga talabni va ehtimoldagi mijozda mavjud sug‘urta manfaatlarini shakllantiradigan kompaniyaning sug‘urta marketingi xizmati orqali amalga oshiriladi.
Sug‘urtalangan (shaxs)
mulki, hayoti, sog‘lig‘i, mehnatga layoqati, mas’uliyati sug‘urta himoyasi ob’ekti bo‘lib hisoblanuvchi va sug‘urta polisida ko‘rsatiluvchi shaxs. Amalda sug‘urtalangan bir vaqtning o‘zida sug‘urtalanuvchi bo‘lishi mumkin, agar u O‘zi uchun shartnoma tuzib, pul (sug‘urta) badallarini O‘zi tuzsa, lekin bir shaxs har doim ham sug‘urtalangan va sug‘uratlanuvchi bo‘lavermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |