Sug‘urta valyutasi
tuzilgan sug‘urta shartnomasining sug‘urta summasi va sug‘urta mukofotining valyutasi.
Sug‘urtalovchilar reytingi
turli nashrlarda chop etiluvchi sug‘urta kompaniyalari faoliyati to‘g‘risidagi yakunlar.
Sug‘urtalovchining mas’uliyati chegarasi
sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urtalovchining maksimal mumkin bo‘lgan mas’uliyati.
Sug‘urta shartnomasi
sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida agent yoki broker vositachiligi yoki ularning vosiatchiligisiz tuzilgan va u bo‘yicha sug‘urtalovchi zararni qoplab berish yoki sug‘urta summasini unga (yoki naf oluvchiga) to‘lab berish, sug‘urtalanuvchi esa sug‘urta mukofotini to‘la hajmda va vaqtida to‘lab berish majburiyatini oluvchi shartnoma. Sug‘urta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |