Nafaqa jamg‘armasi
unga kiritiladigan badallar va mablag‘lar nafaqa to‘lashga yo‘naltiriladigan davlat jamg‘armasi yoki xususiy jamg‘arma.
Naf oluvchi
sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta qoplamasi to‘lanadigan, sug‘urtalanuvchi tomonidan tayinlagan yuridik yoki jismoniy shaxs. Sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urtalanuvchi, qonuniy me’rosxo‘r yoki boshqa shaxs N.o. bo‘lishi mumkin.
Nogiron (shaxs)
kasallik yoki jarohat etkazilishi sababli umumiy yoki kasbiy ishga layoqatlilikning qat’iy yomonlashuvga (pasayishga yoki yo‘qotishga) ega shaxs.
Nogironlik
kasallik yoki jarohatlanish natijasida mehnatga layoqatning qat’iiy buzilishi (pasayishi yoki yo‘qotilishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |