Mas’uliyat chegarasi tizimi
sug‘urta ta’minotining tashkiliy shakli. Zararni oldindan kelishilgan chegara va olingan daromad o‘rtasidagi farq sifatida to‘lab berishni nazarda tutadi. Agar sug‘urta hodisasi bilan bog‘liq ravishda sugurtalanuvchining daromadi belgilangan chegara darajasidan past bo‘lsa, ushbu chegara va haqiqiy olingan daromad o‘rtasidagi farq to‘lab beriladi.
Mas’uliyatning umumiy limiti (chegarasi)
Mas’uliyatning yig‘ma limiti (chegarasi)ga qarang.
Mas’uliyat sug‘urtasi
sug‘urta sohasi; sug‘urtalanuvchi uchinchi shaxslarga etkazgan zarari uchun to‘lab berishi shart bo‘lgan summani qoplab berish majburiyatini sug‘urtalovchi O‘z zimmasiga oladi (shuningdek, Fuqarolik mas’uliyatiga va Fuqarolik mas’uliyatini sug‘urtalashga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |