Sug‘urtalanuvchining arizasi
sug‘urta shartnomasini tuzish xohishi haqida yozma hujjat yoki sug‘urta hodisasi yuz berganligi haqida axborot.
sug‘urtaning to‘planma turlari
qaltisliklarni qoplashdan boshqa pul mablag‘larini to‘plash va saqlash elementlariga ega sug‘urta dasturlari. To‘planma dasturlarga, misol uchun shaxsiy sug‘urta, nafaqa sug‘urtasi va b. kiradi.
sug‘urtalash kvotasi
ma’lum ob’ektni sug‘urtalashda (qayta sug‘urtalashda) sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) qatnashish ulushi.
Sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta rezervlarini joylashtirish qoidalari
turli moliyaviy instrumentlarga investitsiya qilish uchun davlat organi belgilab bergan sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta rezervlarining erkin mablag‘laridan foydalanish tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |