91. Германия масаласи ва халқаро муносабатлар.
Германия масаласи ва халқаро муносабатлар.
G‘arb davlatlarining iqtisodiy sohada birlashish
jarayoni G‘arbning XX asr ikkinchi yarmidan keyingi taraqqiyotining yana bir o‘ziga xos xusu- siyati edi. Urushdan keyingi ahvol Yevropa davlatlarini iqtisodiy muammolarni birgalikda hal etishga undadi. 1951-yilda Yevropaning olti davlati (Bel- giya, Italiya, Luksemburg, Gollandiya, GFR va Fransiya) ko‘mir va
po‘lat bo‘yicha Yevropa uyushmasini tuzdilar. 1957-yilda esa u «Yevropa iqtisodiy hamjamiyati»ga aylantirildi. (U «Umumiy bozor» deb ham ataladi.) 1993-yil Maastrixt shartnomasi bilan Yevropa hamjamiyati (Yevropa Ittifoqi) deb atala boshladi. 1957-yilda imzolangan Rim shartnomasiga ko‘ra, bu olti davlat o‘zaro savdoda boj to‘siqlarini tugatish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining yagona bozorini vujudga keltirishga qaror qildilar. 1973—1995-yillar oralig‘ida Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973), Yunoniston (1981); Portugaliya va
Ispaniya (1986); Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya (1995); 2004-yilda Vengriya,
Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya,
2007-yilda Bolgariya va Ruminiya ushbu hamjamiyatga a’zo bo‘lib kirdilar.
Yevropa Ittifoqi a’zolarining soni 2007-yilda 27 taga yetdi. Bu davlatlarda
500 mln ga yaqin kishilar yashaydi. Norvegiyada bu masalada 2 marta
umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi, lekin u hali Yevropa Ittifoqiga a’zo
bo‘lganicha yo‘q. Nomzodlar: Makedoniya, Xorvatiya. 1990-yildan boshlab sarmoya, tovar va ishchi kuchlarining YEIH doirasida erkin harakat qilishiga xalaqit qiluvchi barcha to‘siqlar olib tashlandi. 1993- yilda Yevropani birlashtirish yo‘lida yana bir katta qadam qo‘yildi. Shu80-yillarga kelib GDRni chuqur ijtimoiy-iqtiso- diy va siyosiy inqiroz chulg‘ab oldi. Davlat budjeti taqchilligi yildan yilga o‘sdi. Davlat qarzi 20 mlrd dollardan oshdi. Jamiyatda totalitar tartib qaror topdi. GFR ga qochib o‘tuvchilar tobora ko‘payib bordi. 1989-yil birinchi yarmining o‘zida 350 ming kishi GFRga qochib o‘tdi. 7-oktabr — GDR tashkil topgan kun hukumatning rasmiy tadbirlariga qarshi namoyish kuniga aylandi. Shu tariqa GDRda inqilob boshlandi. 18-oktabr kuni davlat rahbari E. Xonekker iste’fo berdi. 9-noyabr kuni «Berlin devori» qulatildi. 1990-yilning 18-martida GDRda par- lamentga o‘tkazilgan birinchi erkin saylovda XDS partiyasi g‘alaba qozondi. 1990-yilning 1-iyulida GDR hududida GFR markasi amal qila boshladi. 1990-yilning 3-oktabrida GDR ning GFRga qo‘shilishi haqidagi shartnoma kuchga kirdi. Shu tariqa, 41 yildan so‘ng Germaniyaning birlashuvi tinch yo‘l bilan amalga oshdi. Bunda SSSR rahbariyati nemislarning yagona Germaniyaga birlashishga bo‘lgan intilishiga qarshilik ko‘rsatib bo‘lmaydi, deb hisoblashi ham katta rol o‘ynadi. Germaniyaning birlashuvi xalqaro ahamiyatga molik voqea edi. Bu birlashuv XDI—XSI va EDP partiyalarining hamda kansler G. Kolning obro‘sini yanada oshirib yubordi. G. Kol «birlashuv jarayonining otasi» degan nom oldi. G. Kol 18 yil davomida hukumatni boshqardi. Biroq 1998-yilgi parlament saylovida XDI— XSI mag‘lubiyatga uchradi. Buning asosiy sabablari — ishsizlar sonining ko‘payishi (ishga yaroqli har 10 nafar kishining bittasi ishsiz edi); huku- matning 3,2 mln kishi ish haqini 2 yil muddatga muzlatib qo‘yishga, shuningdek, ijtimoiy xarajatlarni kamaytirishga qaror qilganligi edi. Ayni paytda yuqori doiralarda korrupsiyaga aloqadorlarning fosh etilishi, hatto G. Kolning o‘zi ham moliyaviy ko‘zbo‘yamachiliklarda ishtirok etganligi ham saylov natijalariga ta’sir etmay qolmadi. 1998-yilgi parlament saylovida GSDP g‘olib chiqdi. Sotsial-demokrat G. Shryoder kansler etib saylandi. 2002-yilgi saylovda ham u kanslerlik lavozimini qayta egalladi. Hokimiyatda barqarorlik vujudga kelib, 2005-yil noyabr saylovlarida GFR tarixida birinchi ayol — Angela Merkel kanslerlik lavozimiga keldi. Hozirgi davrda GFR dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |