A team of politicians


Корея яриморолидаги вазият



Download 0,8 Mb.
bet109/111
Sana25.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#286928
TuriДиплом
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
Bog'liq
YAKUNIY 2

110. Корея яриморолидаги вазият.
1898 yili Kojon Yaponiya tarafdorlari ta'sirida Rossiya yordamisiz faoliyat olib borishi haqida bayonot beradi. Natijada rus harbiy instruktorla- ri va moliyaviy maslahatchilari Koreyadan chiqib ketishadi. Aynan shu yil Yaponiya va Rossiya o’rtasida shartnoma imzoianadi. Shart- nomaga ko'ra, Rossiya yapon-koreys iqtisodiy aloqalariga qarshilik ko'rsatmaslik majburiyatini oladi. Bu esa, o'z navbatida, Yaponiya- ning Koreyani iqtisodiy mustamlaka qilishida muhim omil bo'ldi. Bu o'rinda birgina 1901 yili Koreyadagi xorijiy savdo uylarining 87 foizi Yaponiyaga tegishli bolganini misol qilib keltirish mumkin. Koreyaning m oliya-kredit tizimi yapon banklari nazoratida bo'ldi va mamlakatda yapon harbiy kontingenti ham oshdi. 1902 yilda Yaponiya Angliya bilan shartnoma imzoladi. Bu shart- nomada ushbu mamlakatlaming Koreya va Xitoyga alohida qizi- qishlari aks etgan. Shartnomada har ikki mamlakatga uchinchi bir mamlakat qarshi chiqsa, ular birgalikda o'zaro harbiy ittifoq bo'lib urushishi ta'kidlangan. Shunga qaramay, yaponlar Kojonni taslim qilib, Rossiyaga qarshi shartnoma imzolashi uchun ko'p harakat qil- dilar. Yirik mamlakatlar bilan o'zaro nizoli vaziyatga tushib qolish- dan tashvishga tushgan koreys hukumati 1903 yili Yaponiya va Ros- siyaga Koreyaning neytraliteti to'g'risidagi loyihani hamda shunga o xshash telegrammani g'arb mamlakatlariga va Xitoyga yubordi. Yaponiya bilan Rossiyaningl903 yildagi Koreya va Manjuriya borasidagi kelishuvi boshi berk ko'chaga kirib qoldi. 1904 yilning qishida rus-yapon urushi (1904-1905) boshlandi. Urushda Rossiya magMub bo'lganidan foydalanib Yaponiya Koreyaga qator shartlar- ni qo'ydi. Chunonchi, 1904 yil 23 fevraldagi shartnomada Koreyaga tashqi hujum yoki fuqarolik urushi boigan taqdirda Yaponiyaning harbiy ishtiroki ko'zda tutilgan edi. 1904 yil 24 avgustdagi shartno- ma esa koreys hukumatida Yaponiya townnidan tavsiya qilingan yapon moliya, tashqi ishlar bo'yicha maslahatchilari va Koreya- ning barcha tashqi aloqalari Yaponiya orqali bo'lishi ko'zda tutil- di. 1905 yii aprelda yaponlar nazoratiga pochta, telegraf va telefon tizimi o‘tdi. 1905 yil 17 noyabrda kuch ishlatish yo'li bilan "Ho- miylik haqida shartnom a" (shartnomaga Vazirlar mahkamasining 5 a'zosi qo'l qo'ygan, imperator va bosh vazir imzo qo'ymagan) imzolangan boiib, unga ko'ra Koreyaning tashqi alaqalari va moli- ya tizimini nazorat qilish Yaponiyaga o'tdi. Aslida esa Yaponiyaga Koreyaning barcha boshqaruv tizimi o'tdi. Mamlakatni bosib olish ishlarini amalga oshirish maqsadida yaponlar Koreyada elchixona o'rniga bosh qarorgohni tashkil qil- di, armiya qisqartirildi, koreys amaldorlari yaponlarga almashti- rildi, politsiya xizmati Yaponiya jandarmeriyasiga bo‘y sundirildi. Shu tarzda Koreyani mustamlaka qilish ishlari jadal tarzda 1906 yildan 1910 yilgacha davom etdi. Aynan shu yillarda Koreyada ya- ponlar soni 81,7 mingdan 171,5 mingga yetdi. Yaponlar juda arzon narxlarda yer maydonlari, tashkilotlar, binolaT, o'rm on mulklarini, mahalliy baliqchilik va ovchilikni sotib oldi, ba'zan esa majburan tortib oldi. Yapon hukumatining ishtiroki asosida "Ilchinxve" ("yagona ta- raqqiyparvar jam iyat") singari yapon tarafdorlari jamiyati tuzildi. "H om iylik haqidagi kelishuv"ni tan olmagan holda 1907 yil iyunda imperator Kojon Koreyadagi yapon zo'ravonliklari haqida ma'lum qilish uchun Caagadagi xalqaro konferensiyaga delegatsi- ya jo'natdi. Ushbu o'zboshimcha qadamga javob sifatida 1907 yil 19 iyunda yapon hukumati Kojonni taxtdan voz kechishga va taxt- ni o'g'li Sunjonga bo'shatib berishga majbur qildi. Shu yilning 24 iyulida Koreya yangi shartnomani imzoladi. Unga ko'ra, Yaponiya- ning bosh rezidenti Koreya hukumatining faoliyati ustidan cheksiz nazoratga, jumladan, har qanday qaror chiqarish va lavozimga ta- yinlash huquqiga ega bo'ldi. Qisqa vaqt ichida davlat apparatining turli lavozimlariga 3 ming yapon amaldorlari tayinlandi. 1907 yil 1 avgustda koreys armiyasi tarqatib yuborildi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Koreyada "Iyben" (Adolat armiyasi) va "Tonnipkun" (Mustaqillik armiyasi) nomli koreys partizan otryadlari tashkil etildi. Partizanlar yapon idoralarini vayron qilib, amaldorlari o'ldirdilar, yapon politsiya va armiyasi bo'linmalariga qarshi jangga kirishdilar. 1906-1907 yillarda yapon- larga qarshi turli provinsiyalarda Xon Bom Do, Min Jonsik, Chxve Ikxyon, Sin Dolsok, Kim Sonyun va boshqalarning otryadlari jan- govar harakatlar olib bordilar. Bu yillarda amalda barcha provinsi- yalarda dehqonlar qo'zg'oIoni alanga oldi. Qarshilik harakatlarida aholining turli qatlamlari qatnashdi, jumladan, baliqchilar yapon kemalariga hujum qildilar, port xodimlari yapnn mahsulotlariga nisbatan boykot uyushtirdilar. lmperatomi taxtdan ag‘darib, koreys armiyasi tarqatib yubo rilgandan so'ng, yapon istilosiga qarshi qurolli harakatlaming yangi to'lqini alanga oldi. 1907 yil iyulda Vonju shahri garnizoni qo'zg'aldi. Uning asosida tashkil etilgan otryad qator uyezdlarda harakat qildi. Avgustda Kanxvado oroli soldatlari ko'tarildi. Harbiy lar o'rtasidagi g'alayon Koreyaning ko'plab shaharlarida bo'Iib o'tdi. Harbiylaming bir qismi partizanlik urushini olib bordi. Yil so'ngida qo'zg'olonchilik harakatlari barcha provinsiyalami qamrab oldi. Agar 1907 yilda yapon qo'shini va jandarmeriyasi partizanlik otryad- lari bilan 322 ta jangda ishtirok etgan bo'lsa, 1908 yilda bunday jang- lar 1451 tagacha (bunga kichik to'qnashuvlar kirmagan) sodir bo'ldi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish