O‘quv fanining maqsadi – Ushbu dastur adaptiv jismoniy tarbiya va sport fanining mashg‘ulot jarayonining tuzilishi va ularni tashkil qilish, o‘tkazish, uslublari va vositalari, shug‘ullanuvchilarning jinsi, yoshi, jismoniy tayyorgarlik xususiyatiga qarab mashg‘ulotlarni rejalashtirish, o‘tkazish va yuklamalarni me’yorlash, hamda sportda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish qonuniyatlari o‘rganilib, talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
“Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” umumkasbiy fan xisoblanadi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, sportda ilmiy tadqiqot olib borish sport va yosh fiziologiya, sport va maxsus psixologiyasi, sport pedagogikasi, sport bioximiyasi, falsafa, menejment, informatika fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |