A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova


 ‘ZBEK3ST0N MUSIQA MADANIYATI VA SAN’ATINING



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

0 ‘ZBEK3ST0N MUSIQA MADANIYATI VA SAN’ATINING 
ASOSIY XUSUSIYATLARI
Mavzu rejasi:
1 .0 ‘zbek musiqasi tarixi fanining asosiy maqsadi.
2.  Musiqa  san’atining  tarixiy  taraqqiyot  jarayoni,  musiqiy 
hayoti.
3.  Bastakor  va  kompozitorlik  ijodi,  musiqa  san’atining  turli 
janr va shakllari.
0 ‘zbek  musiqasi  tarixi  fanining  asosiy  maqsadi  -   musiqa 
sohasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalariga ushbu fandan asosiy 
bilimlami berish, o‘zbek musiqasi haqida kerakli ma’lumotlarga ega 
bo‘lish,  xalq  folklor  va  mumtoz  musiqa  haqida  tushunchaga  ega 
bo‘lish,  bastakorlik  va  professional  kompozitorlik  ijodi  bilan 
tanishish,  musiqaning  barcha  yo‘nalishlaridagi  janrlarining  paydo 
bo‘lishi,  rivojlanish  etaplari  haqida  atroflicha  ma’lumot  berish, 
ularni o'rganish va o‘zlashtirishdan iborat.
Dunyodagi  har bir xalqning borligidan  darak beruvchi  omil  -  
bu tilidir. Uning buyukligini ifodalovchi mezon -  bu ma’naviyatidir. 
Demak,  ma’naviyatning  asosiy  tarmoqlaridan  biri  musiqa  ekanligi 
barchaga  ayondir.  Musiqa  dunyosi juda  keng  va  barcha  sohalarga 
teng  daxldor  ekanligi  bilan  boshqa  sohalardan  farq  qiladi.  Musiqa 
dunyosi  insoniyatning  hayoti,  yashash  tarzi,  faoliyati,  mehnati, 
qadriyati,  an’anasini  inikos  etuvchi  vosita  sifatida  ahamiyatlidir. 
Shu  bois  musiqa  o'zining  badiiy  va  estetik  imkoniyatlariga  egaligi 
bilan xarakterlanadi.
Dunyodagi  har bir xalq o‘zining qadimiy tarixiga ega bo‘lgan 
musiqiy  an’analariga  egadir.  Shular  qatorida  o‘zbek  musiqasi  ham 
juda  qadimiy  va  o‘ziga  xos  an’analariga  egadir.  0 ‘zbek  musiqasi 
azaldan  ikki  ulkan  yo‘nalishda  shakllanib,  asrlar  osha  rivojlanib 
kelgan. Birinchi yo‘nalish, bu xalq hayotiy voqe’liklari bilan bog‘liq 
bo'lgan folklor musiqasidir. Insoniyatning kundalik hayoti, mehnati
9


va  faoliyatini  in’ikos  etuvchi  musiqadir.  Folklor  musiqasining 
asosiy  mezonlari  marosimlar  va  voqe’liklar  bilan  bogiiq  bo‘lib, 
to‘rtta yo‘nalishdan iboratdir. Bular:
1.  Bolalar musiqasi.
2.  Mehnat qo‘shiqlari.
3.  Marosim qo'shiqlari.
4.  Diniy, afsuniy qo'shiqlar.
Amaliyotda har  bir yo‘nalishga xos  va  voqe’lik bilan  bog‘liq 
bo‘lgan janrlar vujudga kelganki, ular asrlar davomida xalqlar milliy 
an’analarida  yuzaga  kelgan.  Bular  -   alia,  yalla,  lapar,  terma, 
qo‘shiq,  aytishuv  kabi janrlardir.  Xalq  folklor  musiqasining  asosiy 
xususitlaridan biri: folklor musiqasini xalq yaratadi, xalq tomonidan 
ijro  etiladi  va tinglanadi.  Lekin  folklor musiqasining ham  bilimdon 
ijrochilari  bo‘Iib,  xalq  orasida  ular  laparchi,  yallachi  kabi  nomlar 
bilan  atalib  kelinadi.  Folklor  musiqasining  ijrosida  va  ijodida 
muayyan  janrlar  tarkibiga  asoslangan  erkinlik  xususiyatlari 
mavjuddir.  Musiqiy  namunalaming  shakl  jihatidan  soddaligi,  bar- 
moq  vazniga  xos  she’riy  matnlarga  asoslanishi  va  unchalik  katta 
bo‘ lmagan diapazon doirasida ijro etilishi bilan xarakterlanadi.
Ikkinchi  yo‘nalish  mumtoz  musiqadir.  Mumtoz  musiqa 
namunalari,  har tomonlama mukammallik  kasb  etishi  bilan  folklor 
musiqasidan farq qiiadi. Mumtoz musiqa alohida yaratuvchisi, ya’ni 
bilimdon bastakori tomonidan ijod etiladi. Bilimli va mohir sozanda 
yoki  xonandalar  tomonidan  ijro  etiladi.  Asosan  aruz  vazniga  xos 
bo‘lgan  so‘z  matnlariga  asoslab  va  muayyan  shaklda  yaratiladi. 
0 ‘zbek  xalq  mumtoz  musiqasi  o‘zining  mukammalligi  va 
murakkabligi  bilan  boshqa  xalqlar  orasida  alohida  o‘ringa  egadir. 
Mumtoz musiqaning eng yirik shakli maqomlardir.  Maqomlar 0 ‘z- 
bekistonnirig 
uch 
vohasida 
mavjud 
bo‘lib, 
Buxoroda 
“Shashmaqom”, 
Xorazmda  “Xorazm 
maqomlari”, 
Farg'ona 
vodiysida  “Farg‘ona-Toshkent  maqom  yo‘llari”  deb  yuritiladi. 
Bundan tashqari, maqomlar yoilarida yaratilgan,  shaklan va ijroviy 
xususiyatlari  doirasi  maqomlarga  xos  bo‘lgan  “Suvora”lar,  Katta 
ashula,  Sumay  maqom  yo‘llari,  dutor  maqomlari  hamda  cholg'u 
yo‘llari mavjuddir.  Mumtoz musiqaning shaklan muqimligi,  qonun- 
qoidalarga 
egaligi, 
talqin 
uslublarining 
mavjudligi 
uning 
murakkabligidan dalolat beradi.
10


Maqomlami  ijro  etish  uchun  maxsus  tayyorgarlik,  bilim  va 
albatta  keng  diapazonli  ovozga  ega  boiish  lozimdir.  Maqomlar, 
odatda  bir  necha  yillar  davomida  hamda  ustoz-shogird  qabilidagi 
ta’lim asosida o‘zlashtiriladi. Maqomlami -  “sifatsiz ijro etish -  deb 
yozadi  maqomdon  olim  I.Rajabov  -   maqom  yo'llari  haqida 
noto‘g‘ri  tasavvur  qoldirishi  mumkin”1.  Bu  mumtoz  musiqa 
merosimizning asrlar osha o‘z badiiy va estetik imkoniyatlari saqlab 
kelishining asosini bildiradi.
Shu  bilan  birga  qayd  etish  lozimki,  “Maqom  yo‘llari  ijrosi 
uchun  hofizda  keng  diapozon,  yoqimli  ovoz  va  yuksak  aytish 
texnikasi bo‘lishi shart.”2
0 ‘zbek  musiqasining  ijodiyoti  yillar  davomida  turli  janrlar 
bilan boyib kelgan. XX asrga kelib,  bastakorlik an’analariga xos va 
jahon  musiqa  ijodiyoti  namunalariga  mos  kompozitorlik  ijodiyoti 
kirib  keldi.  Bu  albatta  o‘zining  yangidan-yangi  janrlari,  ulami 
yaratish va ijro etish qonuniyatlari bilan bog‘liqdir.
Kompozitorlik ijodiyoti bilan birga o‘zbek musiqasiga yevropa 
musiqiy an’analarida mavjud bo‘lgan opera, balet, simfoniya, kamer 
musiqa,  cholg'u  musiqa  kabi  bir  qator janrlarda ijod  etish  an’anasi 
kirib keldi.O‘tgan asr davomida bu an’ana o‘zbek musiqiy hayotida 
o'z  о‘mini  topdi.  0 ‘zbek  kompozitorlik  maktabi  shakllandi,  yetuk 
kompozitoriar  tarbiyalanib  samarali  ijod  etdilar.  Olamshumul 
ahamiyatga ega boigan musiqiy asarlar yaratdilar.
Bu  jarayon  ham  o‘ziga  xos  shakllanish  va  rivojlanish 
bosqichlarini  o‘taganini  qayd  etish  lozimdir.  Chunki,  bu  an’ana 
avvalo  rus  musiqashunos  va  kompozitorlari  tomonidan  boshlab 
berildi,  so‘ngra  milliy  an’analami  saqlash  maqsadida,  bastakorlar 
bilan  kompozitorlaming  hamkorlik  davri  ham  o‘z  mevasini  berdi. 
1930-yillaming  oxiridan  o‘zbek  kompozitorlik  ijodiyoti  o‘zini 
ko‘rsata  boshladi  va  tez  orada  kompozitorlaming  yangi  avlodi 
tarbiyalandi.  Eng  muhimi  kompozitorlikning  barcha  janrlarida 
o‘zbekona  ohanglarga  ega  boigan  milliy  ruhdagi  asarlar  yaratilib, 
jahon sahnalarida o'zini namoyon etib kelmoqda.
Ushbu  fan  bo'yicha  talabalar  mukammal  ravishda  musiqiy 
san’atning  tarixiy  taraqqiyot  jarayoni,  Vatanimizning  musiqiy
!  I.Rajabov. “Maqomlar masalasiga doir”. Т.:  1963 у. 268 b.
J Shu manba. 269 b.
11


hayoti,  bastakorlar  va  kompozitorlami  yillar  davomida,  musiqiy 
san’atning  turli  janr  va  shakllarida  yaratgan  asarlari,  ijrochi 
namoyandalar  ijodiy  faoliyatlari,  bosqichma-bosqich  rivojlanish 
jarayoni,  ijodkorlami  noyob  asarlariga tahlil qilish borasidagi  bilim 
va ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Musiqa sohasida ta’lim olayotgan har bir sozanda, xonanda va 
ijodkorlar  o‘z  musiqa  an’analarini  bilib  olishlari  va  kelgusida 
avlodlarga  xos  an’anani  munosib  davom  ettirishlarida  “0 ‘zbek 
musiqasi  tarixi”  fanida  olgan  saboqlari  aibatta  dasturi  amal  bo‘lib 
xizmat  qiiadi.  Zero,  xalq  musiqasi,  bu  hayot  manbai,  ijod  manbai, 
ruh ozug‘i, millat ko‘zgusidir.
Tayanch  so‘zlar:  bastakor,  kompozitor,  folklor,  mumtoz 
musiqa, an’ana, sozanda, xonanda, ijodkorlik, ijrochilik.
Mavzu bo‘yicha savollar:
1.  0 ‘zbek  musiqasi  tarixi  fanining  asosiy  maqsadi  nimadan 
iborat?
2.  Musiqa  dunyosining  insoniyat  hayotidagi  o‘mi,  ta’siri, 
vazifasi, ahamiyati xususida misollar bilan so‘zlab bering.
3.  Qadimiy hisoblangan o‘zbek musiqa merosining o‘ziga xos 
an’analari  va  uning  tarkibidan  o‘rin  olgan  ikki  ulkan  yo‘nalish 
xususida ma’lumot bering.
4.  0 ‘zbek folklor musiqasida mavjud bo‘lgan va asosiy mezon 
hisoblangan yo‘nalish nechta va ulaming xususiyatlari qanday?
5.  XX asrga kelib, o‘zbek bastakorlik an’analariga xos bo‘lgan 
hamda  jahon  musiqa  ijodiyoti  namunalariga  mos  kompozitorlik 
ijodiyoti o‘zbek musiqa merosiga qachon kirib kelgan?
6.  Kompozitorlik  ijodiyoti  bilan  birga  o‘zbek  musiqasiga 
yevropa musiqiy an’analariga  xos  qanday professional janrlar kirib 
kelgan?
Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:
1. 
0 ‘zbek musiqasi tarixi  yoritilgan  adabiyotiar bilan tanishib 
chiqish.
12


2.  Musiqa  dunyosining  insoniyat  ma’naviyatida  turgan  o‘mi 
va ahamiyati xususida bayon yozing.
3.  Musiqa  merosining  ikki  ulkan  yo‘na!ishi  va  o‘ziga  xos 
an’analarini yoritib bering.
4.  0 ‘zbek folklor musiqasining yo‘nalishlarini o‘zlashtiring.
5.  0 ‘zbek  kompozitorlik  ijodiyotini  bastakorlik  an’analaridan 
faqini asoslang.
6.  Kompozitorlik  ijodiyotidagi  janrlami  aniqlab  ularga 
xarakteristika bering.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish