A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet44/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Sud qaroridan qisqartma
Sud yuzaga kelgan nizoni ikki xil nuqtayi nazardan ko‘rmoqda. Birinchisi, yuzaga kelgan vaziyatning Eronga qanchalik taalluqli ekanligi bo‘lsa, ikkinchisi, Eron o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar va yuzaga kelgan vaziyatning Eronga taalluqlilik masalasining o‘zaro aloqadorligidir. Ushbu masalalarni aniqlashtirish uchun sud yuzaga kelgan nizoni ikki bosqichga ajratib ko‘rib chiqadi.
Avvalo, 1-bosqichda, harbiy guruhlarning AQSH elchixonasiga hujum uyushtirgan paytida Eronning agentliklari yoki himoya qilish funksiyasini bajaruvchi organlari rasmiy maqomga ega bo‘lmaganliklari va ular Eron tasarrufida bo‘lmaganliklari ta’kidlanadi. Yana, agarda o‘sha guruhlar Eron hukumati bilan til biriktirib, Eron manfaatlari yo‘lida hukumat topshiriqlarini bajarganda, Eron o‘z-o‘zidan aybdor bo‘lar va amalga oshirilgan harakatlar Eronga taalluqli bo‘lar edi. Biroq, bu boradagi dalillar Eronni ayblash uchun yetarli emas. Shunga qaramasdan, elchixona va konsulliklarga uyushtirilgan hujumlarda Eronning aloqasi bo‘lmasa-da, bu uni xalqaro huquqiy majburiyatlaridan ozod eta olmaydi. Bu yerda Eronning xalqaro huquqdagi majburiyati deganda 1961-yilgi hamda 1963-yilgi Vena konvensiyalarida belgilangan majburiyatlar nazarda tutilmoqda. Ushbu konvensiyalarning har bir diplomatik va konsullik munosabatlarini tartibga solgan bo‘lib, elchixona va diplomatik missiyalarning daxlsizlik qoidasini belgilagan holda, ularni qabul qilib oluvchi mezbon davlatga ma’lum bir majburiyatlarni yuklaydi. Ushbu majburiyatlar esa xalqaro odat huquqi normalari sifatida ham umume’tirof etgan qoidalar hisoblanadi. Eronning AQSH elchixonalarini himoya qilmaslik kabi harakatsizligi esa ushbu normalarni ochiqdan ochiq qo‘pol tarzda buzilishi hisoblanadi. Shu bilan birga, ikki Amerika fuqarosining asirga olinishi va ularning yetarli darajada himoya qilinmaganligi ham ikki davlat o‘rtasida tuzilgan 1955-yildagi shartnomaning 2-moddasi 4-bandiga xilof hisoblanadi.
Shunday qilib, 2-qismda Sud voqealar jarayoni boshlangan bir paytda Humayniy tomonidan xususiy harbiy guruhlarga qora tanli shaxslar hamda ayollarni qo‘yib yuborishni buyurgani, shuningdek AQSHning Eron qo‘ygan shartlarga bo‘ysunmagunicha, qolgan xodimlar qo‘yib yuborilmasligi haqidagi ma’lumotlarni aniqladi. Humayniy hamda boshqa davlat idoralari tomonidan yuz bergan holatning tasdiqlanishi, harbiy guruh tomonidan amalga oshirilgan harakatlar, xususan, elchixonaning egallanishi, shaxslarning hibsga olinishini Eronning harakatlari sifatida baholanishiga olib keladi. Bu esa yuqoridagi harbiy guruhlarni Eronning xalqaro huquq doirasida javobgarligi mavjud bo‘lgan agentlik sifatida talqin etish imkoniyatini beradi. Ushbu nuqtayi nazardan amalga oshirilgan harakatlar Eronning elchilarini himoya qilish borasidagi majburiyatlari bilan birgalikda, davlat organlari tomonidan hurmat qilinishi lozim bo‘lgan konvensiya shartlarining buzilishi hamdir.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish