Biologiya fani, 9-sinf, III chorak.
1.Quyosh nuri ta’sirida o`simliklarning yashil barglarida karbonat angidrit bilan suvdan murakkab moddalar hosil bo`lishi ….deb ataladi.
A)fotoliz B)fotointez D)assimlasiya D)disimlatsiya
2.Ribonuklein kislotaning t-RNK, i-RNK, r-RNK kabi turlarga bo`linishi va ularning bunday nomlanishi nimaga asoslangan? A)ularning bajaradigan vazifasiga B)ularning molekular massasi va bajaradigan vazifasiga C) ularning hujayrada joylashgan o`rniga D)ularning kelib chiqishi v sintezlanishiga
3.Biologiyaning yangi davrini boshlanishiga asos bo`lgan kashfiyot.
A)DNK tuzulishining kashf etilishi B)Elektron mikroskopning kashf etilishi
C)Ch.Darvinning kashfiyotlari D)A va B
4.Glyukozaning glikoliz jarayonida ajralib chiqayotgan energiyasining necha foizi issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi? A)40% B)30% C)60% D)70%
5.Amilazaning kraxmalga ta’sirini o`rganish uchun yodning necha foizli eritmasi ishlatiladi?
A) 1% B) 3% C)4% D)5 %
6.Bir mitozdan ikkinchi mitozgacha bo`lgan tayyorlanish davri … deb ataladi?
A)interfaza B)sintez C)konyugasiya d)A va B
7.Qaysi bo`linish natijasida hosil bo`lgan har bir Hujayra bir xil Hujayra to`plami va bir xil genlarga ega bo`ladi? A)meyoz B)Mitoz C)Interfaza D)A va B
8.Ikki jinsli o`simliklarni belgilang. 1.olma 2.terak 3.shaftoli 4.bodiring 5.makkajo`xori 6.o`rik 7.rayhon
A)1,3,6,7 B)2,4,5,6 C)1,2, 5,6 D)3,4,5,7
9.Urug`lanmagan tuxum hujayradan yangi organizmning rivojlanishi…. deyiladi. A)germofradit B)kurtaklanish C) shizogoniya D)partenogenez
10.Qanday organizmlarda foydali mutatsiyalar kamdan –kam holatlarda paydo bo`lishi mumkin?
A)Mitoz yo`li bilan jinssiz ko`payuvchi organizmlarda
B)Partenogenez usulida ko`payuvchi organizmlarda
C)Amitoz usulida ko`payuvchi organizmlarda D)A,C
11. 3n xromasoma to`plamiga ega bo`lgan hujayralar qayerda uchraydi?
A)Murtak xaltasidagi urug`chida B)markaziy hujayrada C)endospermda D) Bva C
12.Tuxum hujayraga irsiy axborotni olib borish va uning funksiyasini tezlatish vazifasini nima bajaradi?
A)spermatozoid B)markaziy hujayra C)murtak varaqlari D)A,C
13.Meyozning qaysi bosqichida xromosomalar o`rtasida konyugatsiya sodir bo`ladi?
A)metafaza I B)metafaza II C)profaza I D)profaza II
14.Urug`langan tuxum hujayra nima deb ataladi?
A)xromasoma B)krossingover C)zigota D) endosperm
15.Ontogenez filogenezning qisqa takroridir.Bu qaysi qonun?
A)Hujayra nazariyasi B)belgilarning irsiylanishi qonuni C)biogenetik qonun D)B, C
16.Assidiya qurtining tuzulishu bu hayvonning kelib chiqishi qanday hayvonlardan ekanligini ko`rsatadi?
A)O`troq hayot kechiradigan bosh skeletlilar
B) O`troq hayot kechiradigan tuban hayvonlar
C)Erkin hayot kechiradigan halqali chuvalchanglar
D) Erkin hayot kechiradigan xordalilar
17.Butun umri davomida o`sish qaysi organizmlarga xos emas.
A)o`simliklar B)baliqlar C)ayrim molyuskalar D)to`g`ri javob yo`q
18.Qaysi organizmlarda metomarfoz kuzatiladi? 1.baliq 2.qaldirg`och 3.qo`ng`iz 4.assidiya 5.baqa 6.asalari 7.kaltakesak 8.ilon 9.timsoh
A)1,2,3,5 B)3,4,5,6 C)1,3,5,7 D)6,7,8,9
19.Bir belgi ustunidan ikkinchisining ustun turishi……deb ataladi.
A)dominantlik B)retsesivlik C)Chala dominantlik D)belgilar ajralishi
20.Agar organizm genotipida bir xil genlar bo`lsa (a), agar genlar bir-biridan farq qilsa (b) deyiladi.
A)a-gomozigota, b-allel B)a-geterazigot, b-retsesiv C)a-gomozigot , b-geterozigota D)a-dominant, b-retsesiv
Do'stlaringiz bilan baham: |