9-mavzu: Taklif etilgan yechimlar asosida xonalarni jihozlash. Reja



Download 0,8 Mb.
bet4/5
Sana31.03.2023
Hajmi0,8 Mb.
#923242
1   2   3   4   5
Bog'liq
M-9 (1)

Oshxona. Oshxona ishlaridan eng ko‘p vaqt oladigani ovqat tayyorlashdir. Ovqat tayyorlash uchun oshxonada maxsus jihozlar bo‘lishi lozim; ularning turlari va o‘lchami uy (kvartira) tuzilishi va oila a’zolarining soniga bog‘liq bo‘lib foydalanish uchun qulay qilib joylashtirilishi zarur. Bunday jihozlar mahsulotlar va idishlarni yuvish qurilmasi, mahsulotlar ajratib tayyorlanadigan va oshxona idishlari saqlanadigan stol-shkaf, quruq mahsulotlar saqlanadigan osma shkaflar, javonlar, shuningdek gaz plita va muzlatgichdan iborat. Yuvish qurilmasi tagidagi shkafga chiqindilar uchun qopqoqli chelak qo‘yish tavsiya etiladi. Agar oshxona kattaroq bo‘lsa, u yerga qo‘shimcha jihozlar: issiq ovqatlarni suzish va yaxna taomlarni solish uchun zarur bo‘lgan idishlar qo‘yiladigan stol-shkaf, ovqatlanish stoli, stullar va boshqalarni joylashtirish mumkin.
Gaz plitasining yuqorisiga oshxonaning havosini tozalaydigan havotozalagich (elektrofiltr) o‘rnatish kerak. Yuvish qurilmasi plita bilan yonma-yon joylashmagani maqul. Aks holda unga suv sachrashi mumkin. Polga qo‘yiladigan oshxona jihozlari poldan bir xil balandlikda (eng qulay balandlik 85 sm) bo‘lishi kerak. Devorga qoqib o‘rnatiladigan shkaflar ish stoli yuzasidan 55 sm balandga joylashtirilishi lozim. Agar shkaf pastroqjoylashti-rilsa, ishlayotganda xalal beradi, balandroq joylashtirilsa, yuqori tokchalardan foydalanishda noqulaylik tug‘diradi.
Odatda, oshxona jihozlari tartib bilan joylashtiriladi. Oshxona devorlari namga chidamli bo‘lishi kerak. Devorlarni moybo‘yoq bilan bo‘yash keng tarqalgan. Devorlarni och ranglarga bo‘yash tavsiya etiladi, bunda oshxona ko‘zga kengroq ko‘rinadi; havo rang, och yashil, kulrang (derazalar janub tomonga qaraganda) yoki och novvot, nim pushti, zarg‘aldoq (derazalar shimol tomonga ochilganda) kabi ranglarga bo‘yash maqsadga muvofiqdir; bo‘yalgan devorlar sirti yaltiroq bo‘lmagani ma’qul buning uchun bo‘yoqqa skipidar va bo‘r qo‘shish kerak. Devorlar moybo‘yoq yoki polivinil-atsetat bo‘yokdardan tashqari gigiyenik sifatlarga ega bo‘lgan plyonka-li gulqog‘ozlar bilan pardozlanadi. Devor shkaflari o‘rnatiladi­gan joylar mustahkam, issiq va namga bardoshli materiallar (sirli sopol plitalar, yog‘och tolali emal plitalar, bezak qavat-li qog‘oz plastika) bilan qoplanishi lozim. Ularning rangi devorlar rangi bilan oshxona mebeli rangiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Oshxonada ish joylarining sun’iy yoritilishiga alohida ahamiyat berish lozim. Yorug‘lik ish bajaruvchining chap tomonidan yoki tepasidan tushib turgani ma’qul.
Oshxonalardagi yoritqichlar shipning o‘rtasiga o‘rnatiladi. Oshxonada yumushlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qo‘shimcha yorug‘lik manbalarini o‘rnatish ma’qul.
Yumush paytida zarur sharoit yaratish, mahsulotlar va idishlarni saqlash uchun oshxonada bitta asosiy ish stol-shkafi bo‘lishi kerak. Agar oshxona kattaroq bo‘lsa 80-90 sm uzunlikdagi ish stol-shkafi bo‘lgani ma’qul. Stol-shkaflardagi ko‘chma tokchalar oshxona anjomlarini saqlash uchun ancha qulay, chunki ularni idishlarning katta-kichikligiga qarab turlicha balandlikda joy-lashtirish mumkin. Jihozlari burchak shaklida joylashtiriladigan oshxonalar uchun maxsus stol-shkaflar bo‘lib, ular birlashtirilganda burchak shaklida stol hosil bo‘ladi. Bunday stollarda vertikal o‘q atrofida aylanadigan tokchalar bo‘ladi. Tortmali stol-shkaflar ham foydalanish uchun juda qulay. Stol-shkafning suriladigan 1 ta yoki 2 ta taxtachasi bo‘lgani yaxshi. Bunday taxtachaning biri stol qopqog‘i ostida joylashgan bo‘lib, unda mahsulotlar to‘g‘raladi. Ikkinchi taxtacha tortma tagiga poldan 65 sm balandlikda o‘rnatiladi, oddiy kursiga o‘tirib unda yumush qilish qulay. Stol tortmalarini pichoq, vilka, qoshiqlar va oshxonada ishlatish uchun kerakli turli mayda buyumlarni qo‘yishga moslashtirilgan alohida qismlarga bo‘lib qo‘yish yoki plastmassa idishlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ish stolining usti pishiq, is-siqqa chidamli, oson tozalanadigan bo‘lishi kerak. Shuning uchun ish stolining usti qat-qat plastika bilan qoplangani yaxshi.
Osma (devor) shkaflar juda qulay. Bunday shkaf 2 ta bo‘lgani ma’qul, ulardan birini yuvish qurilmasi tepasiga, ikkinchisi-ni ish stol-shkafi tepasiga o‘rnatish mumkin. Osma shkaflar mahkamlangan tokchalar yoki ancha qulay bo‘lgan ko‘chma tokchalar bilan jihozlanadi. Tokchalardan tashqari turli moslamalar bo‘lib, ular shkafdan to‘laroq foydalanishga imkon beradi. Yuvish qurilmasi tepasidagi osma shkaflarga idishlarni quri-tish uchun sim qurilma o‘rnatish mumkin. Osma shkaflarda ochilib-yopiladigan eshikchalar bilan birga suriladigan yoki yuqoriga ko‘tariladigan eshikchalar bo‘lib, ular ochiq turganda ham stol yonida ishlayotgan uy bekasiga xalal bermaydi. Agar oshxona kattaroq bo‘lsa, u yerda asosiy ish stol-shkafidan tashqari, mahsulotlarni tayyorlash va saralash uchun ham yana bir stol-shkaf joylashtirish mumkin (uzunligi 30—40 sm). Bu stol-shkafning tortmalariga pichoq, kartoshka tozalagich va shunga o‘xshashlar qo‘iiladi. Odatda bu stol muzlatgich bilan yuvish qurilmasi orasiga qo‘yiladi.
Oshxona mebeli yetarlicha gigiyenik talablarga javob berishi kerak. Hozirgi vaqtda bu mebelga turlicha pardoz berish — och ranglardagi nitroemal bo‘yoqlar bilan bo‘yash, unga har xil sintetik plyonkalar qoplash, poliefir loklar bilan bo‘yash qo‘llanil-moqda. Pardozlashning bu turlari, odatda, uzoq muddatli bo‘lib, namlikka va harorat ta’siriga chidamlidir. Oshxonaning o‘zida ovqatlaniladigan bo‘lsa, u yerda 60x60 sm stol, bir nechta stul va kursilar bo‘lishi kerak. Kichik oshxonalarda odatda yig‘ma stoldan foydalaniladi. Oshxonada eshikchala-ri suriladigan ochiq polka yoki osma shkafcha ham bo‘lishi kerak, u yerda choynak-piyola, likopcha va shunga o‘xshashlar saqlanadi. Bun­day shkafcha yoki tokcha ovqat stoli tepasiga o‘rnatiladi. Ayvon. O’zbek me’morchiligida ayvonlarga qadimdan turar joy-ning eng muhim qismi sifatida e’tibor berilgan. Ayvonlarning usti yopiq bo‘lib, bir yoki ikki tomoni, ba’zan uch tomoni ochiq bo‘ladi. Ayvonlar qurilishiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin: shi-molga qaratib solinadigan ters ayvon, janub tomonga qaratib solinadigan o‘ng ayvon yoki kungay ayvon deb yuritiladi.
Ayvonlarning yog‘och ustunlari odatda o‘yma, bo‘yama naqshlar bilan, shifti va devorlari bo‘yab bezatiladi. Iqlimiy sharoitga ko‘ra ayvonlarning shakli ham turlicha bo‘ladi. Toshkent va Samarqandda ayvonlar asosan xonalar oldi yoki oralig‘ida, Farg‘ona vodiysida imorat oldiga («peshayvon»), Xorazm (asosan Xiva)da atrofdagi xonalardan balan-droq qilib, shimol tomonga qaratib solinadi, Buxoro ayvonlari esa baland va kambar-past bo‘ladi. Ayvonlarda ko‘pincha taxmon bo‘ladi. Ularga ko‘rpa-yostiq va ko‘rpachalar yig‘ib qo‘yiladi. Bahor va yoz oylarida ayvonda mehmon kutishning yoki oila davrasida bir piyola choy ustida suhbatlashib o‘tirishning gashti o‘zgacha bo‘ladi. Shuni nazarda tutgan holda dasturxon, sochiq, choynak-piyola, oziq-ovqat mahsulotlari va bosh-qalar uchun ayvonda tokcha, javonlar va shkaflarning bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ayollar ko‘pincha ayvonlarda yuvilgan kiyim-kechak va turli buyumlarni yoyib quritishadi. Uyning ko‘rinishi buzilmasligi va ayvonning ko‘rkamligi yo‘qolmasligi uchun kir yoyiladigan chilvirlarni doimiy qilib bog‘lab qo‘ymaslik kerak. Zarur vaqtda ishlatilib, keyin yig‘ib qo‘yilgani ma’qul. Ayvonda o‘tirish, biror yumush bilan mashg‘ul bo‘lish, bolalar-ning turli o‘yinlar o‘ynashlari bexavotir, xavfsiz bo‘lishi va yiqilib ketishining oldini olish uchun ayvonlarning ochiq to-moniga yog‘och panjaralar o‘rnatiladi. Urilib lat yeyishning oldi­ni olish uchun panjara yog‘ochlarini o‘tkir burchaklarsiz qilib ishlash kerak. Ro‘paradan to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan saqla-nish, ayvon bo‘yoqlarining sifatini asrash uchun ayvonga rangi uniqib ketmaydigan surilma pardalar ilinsa ayni muddao bo‘la­di. Ko‘p qavatli uylarda, odatda, ayvon vazifasini o‘taydigan yozgi xonalar balkon deyiladi. Bu xonada oziq-ovqat saqlanadigan shkaflarni o‘rnatish, kirlarni yoyish mumkin. Balkonni jihozlaganda, uning me’moriy qiyofasi buzilmasligi kerak. Balkonlarni ko‘kalamzorlashtirishda, unga gul tuvaklari, quti-lar yaxshi o‘rnatilishi, pastga suv oqib tushmasligini ta’minlash lozim. Ekiladigan gul va o‘simliklarni ham to‘g‘ri tanlash kerak, ular uy ichidangina emas, kucha tomondan ham chiroyli ko‘rinadi-gan bo‘lsin. Yog‘in-sochindan, quyosh nuridan himoya vositalari ham binoning qiyofasini buzmasligi, ko‘zga chiroyli tashlanishi, munosib bo‘yalishi kerak. Balkonda dam olish uchun kreslo va har xil jihozlar qo‘yilishi mumkin, joyni tejash uchun stol yig‘ma bo‘lgani ma’qul. Mebel va romlar namgarchilikka chidamli, oftobda aynimay-digan bo‘yoq bilan bo‘yalishi lozim. Balkonlarni yorqin rangli bo‘yoqlar bilan ham bo‘yash mumkin, mebelni bo‘yash va jihozlashda ikki xil rang ishlatish tavsiya etiladi, bu ranglar ham o‘zaro bir-biriga muvofiq bo‘lishi kerak, aks holda ko‘zga xunuk ko‘rinadi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish