8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu



Download 323,53 Kb.
bet22/36
Sana14.04.2022
Hajmi323,53 Kb.
#550687
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
8-uzb mavzulashgan

26-mavzu





  1. Xiva xonligida yer egaligining qanday turlari bo`lgan?

1 .davlar yerlari(podshohi) 2. xususiy mulk(xususiy yerlar) 3. vaqf yerlari 4. jamoa yerlari
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4

  1. Xiva xonligida xonga tegishli yerlar qanday nomlar bilan atalgan?

1. mulki xolis 2. mulki xossa 3. amloki xossa,
4. mulki maxsusa
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4

  1. Xiva xonligida yirik martabali amaldorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun qaysi turdagi yerlar

berilgan.
A) Mulk B) Tarxon
C) Amloki xossa D) Mulki maxsusa

  1. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?

  1. Xiva xonligida Xonga tegishli yerlardan davlat xazinasiga soliq to‘lanmagan.

  2. Mulk yerlarini meros qoldirish, boshqaga o’tkazish man etilgan. Undan faqat vaqtincha foydalanish mumkin edi

  3. Yer xonlikning asosiy boyligi edi. Barcha yer davlat mulki sanalgan.

  4. Davlat yerlarining yana bir qismi mayda dehqon xo‘jaliklari qo‘lida bo‘lgan. Davlat xazinasiga daromad, asosan, ana shu yerlardan tushgan.

  1. Xiva xonligida 10 tanobdan ortiq yer berilgan xo‘jaliklar (a), 5 tanobdan 10 tanobgacha yer berilganlar(b), 5 tanobgacha yer berilganlar (c) yiliga qancha soliq to‘laganlar?

  1. a-3 tilla, b-2 tilla, c-1 tilla

  2. a-5 tilla, b-2 tilla, c-1 tilla

  3. a-5 tilla, b-3 tilla, c-1 tilla

  4. a-3 tilla, b-2 tilla, c-3 kumush tanga

  1. Xiva xonligida davlat yerini ijaraga oluvchilar nima deb atalgan?

A) koranda B) adra C) bevatan D) vaqfchi

  1. Xiva xonligida xususiy yerni ijaraga oluvchilar nima deb atalgan?

A) koranda B) adra C) bevatan D) vaqfchi

  1. Xiva xonligida vaqf yerini ijaraga oluvchilar nima deb atalgan?

A) koranda B) adra C) bevatan D) vaqfchi

  1. Quyidagi ma’lumotlardan nechtasida xatolik mavjud?

  1. Davlat yerlarining bir qismi xon va uning qarindosh-urug‘lariga hamda oliy martabali ruhoniylarga tegishli bo‘lgan.

  2. Davlat yerlarining bir qismi xususiy mulk shaklida sotilgan. Shu tariqa, yer egaligining mulk (xususiy yerlar) shakli vujudga kelgan. Yerning xususiy mulk qilib sotilganligi haqida davlat nomidan bitim imzolangan. Shundan so‘ng yerning sotib olinganligi haqida mulk egasiga vasiqa berilgan

  3. Ijaraga olingan 15 tanob yerga ishlov beruvchi yersiz dehqonlar 30 kumush tanga miqdorida soliq to‘lagan.

  4. Xiva xonligida shartli (vaqtincha) yer egaligining boshqa ikki o‘zbek davlatlarida mavjud bo‘lmagan otliq deb atalgan shakli ham mavjud edi.

  5. ,,Otliq“ olgan yer egasi xon talab qilgan vaqtda bir otliq askarni qurollantirib xon huzuriga yuborgan.

  6. Otliq“ yerlari har besh yilda bir marta qayta xatlovdan o’tkazilgan A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

  1. Xiva xonligida Ijaraga olingan 10 tanob yerga ishlov beruvchi yersiz dehqonlar qancha kumush tanga miqdorida soliq to‘lagan? A) 10 B) 12 C) 21 D) 23

  2. Xiva xonligida Ijaraga olingan 5 tanob yerga ishlov beruvchi yersiz dehqonlar qancha kumush tanga miqdorida soliq to‘lagan? A) 10 B) 12 C) 21 D) 23

  3. Xonlikda keng tarqalgani vaqf yerlari edi. Uning hajmi sug'oriladigan va aholi yashaydigan yerlarning necha foizga yaqinini tashkil etgan?

A) 20 B) 30 C) 40 D) 50

  1. Xiva xonlari harbiy yurish chog‘larida, asosan, turkman qabilalarining otliqlariga tayanganlar. Harbiy harakatning qanday natija bilan tugasbi ko‘p jihatdan ularga bog‘liq edi. Shuning uchun ham bar bir otliq hisobiga foydalanish uchun necha tanob yer mulki berilgan va u “Otliq” deb atalgan?

A) 20-30 B) 30-40 C) 30-50 D) 40-50

  1. Mehnatkash xalq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini juda og‘ir tabiiy sharoitda yetishtirganlari uchun adolat yuzasidan ijaradorlaming ulushi yetishtirilgan hosilning necha foizini tashkil etgan?

A) 50 % B) 60 % C) 75 % D) 30 %

  1. Xiva xonligida yer solig`i nima dеb atalgan?

A) chibik puli B) alg`ut
C) solg`ut D) mushrifona

  1. Xiva xonligida asosiy soliq to`g`ri berilan javobni aniqlang.

A) chibik puli B) alg`ut
C) solg`ut D) mushrifona

  1. Xiva xonligida kimlar zakot solig`ini to`lashgan?

  1. hunarmandlar

  2. tashqi savdo bilan shug`ulanuvchi savdogarlar

  3. chorvadorlar

  4. dehqonlar

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4

  1. Xiva xonligida rasman 12 kunlik davlat majburiyati nima deb atalgan?

A) hachi B) ichki va obxo`ra qazu
C) qazu D) begar

  1. Zakot miqdori mulk qiymatining qancha foizini tashkil etgan? A) 3 % B) 2,5 % C) 5 % D) 7 %

  2. Ba’zi hollarda barcha soliq yilning boshidayoq yoki bir necha yillik soliq avvaldan undirilishi mumkin edi. Soliqqa tortishning bu shakli qanday atalgan?

A) Bo’nak B) Barot
C) Xosa D) Hachi

  1. Xorazm davlati (keyinchalik Xiva xonligi)

tarixida poytaxt maqomiga ega bo‘lgan shaharlarni aniqlang.
1. Ko‘hna Urganch 2. Vazir 3. Hazorasp
4. Yangi Urganch 5. Xiva
A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,4,5

  1. Ko‘hna Urganch (asl nomi Gurganj) nomi nechanchi asrga oid manbalarda uchraydi?

A) mil. avv. II asr B) mil. avv. IV asr
C) mil. avv. I asr D) mil. avv. V asr

  1. Qachon Xorazmda markazi Gurganj shahri bo‘lgan amirlik tashkil etildi?

  1. IX asrning oxirida

  2. X asrning boshida

  3. X asrning birinchi yarmida

  4. X asrning ikkinchi yarmida

  1. Amir Ma’mun ibn Muhammad qachon qaysi shahardagi xorazmshohlar hokimiyatini ag‘dardi va

o‘zini Xorazm hukmdori - Xorazmshoh deb e’lon qilgan?
A) 995-yilda Kot B) 995-yilda Gurganch
C) 993-yilda Kot D) 997-yilda vazir

  1. Buyuk Xorazmshohlar davlatining ham poytaxti bo‘lgan, biroq Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shini tomonidan vayron qilingan shaharni qaysi?

A) Vazir B) Gurganch
C) Xiva D) Kot

  1. Qachon Abulg`ziy Bahodirxon Yangi Urganchga asos solgan? A) 1645-yil B) 1646-yil C) 1648-yil D) 1650-yil

  2. Qaysi hukmdor hukmronligi davrida Yangi Urganch yaqinida Shohobod nomi berilgan katta kanal qazilgan?

A) Abulg‘oziy Bahodirxon B) Anushaxon
C) Elbarsxon D) Muhammad Rahimxon I

  1. Xiva shahri qachon bunyod etilgan?

A) mil.avv. II asrda B) mil.avv. III asrda
C) mill.avv. IV asrda D) mil.avv. V asrda

  1. Xiva shahri qachondan qachongacha Xiva xonligining poytaxti bo`lgan?

  1. XV asr oxirlaridan XIX asr oxirlarigacha

  2. XVII asr I choragidan 1920- yil fеvraligacha

  3. XVII asr boshlaridan 1920-yil sentabrigacha

  4. XVI asr oxirlaridan 1924-yil dekabrgacha

  1. Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi qachon kеng nishonlandi? A) 1995-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 1998yil

  2. Dunyoda „Ming gumbaz shahri“ nomi bilan mashhur shaharni aniqlang.

A) Vazir B) Xiva C) Buxoro D) Samarqand

  1. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida nechta xon saroyi mavjud bo`lgan?

A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta

  1. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida nechta masjid mavjud bo`lgan?

A) 12 ta B) 15 ta C) 17 ta D) 22 ta

  1. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida nechta madrasa mavjud bo`lgan?

A) 12 ta B) 15 ta C) 17 ta D) 22 ta

  1. Qachon Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turadigan ikki qismga bo`lingan?

A) XVI asr B) XVII asr C) XVIII asr D) XIX asr

  1. Ichanqal`aga kiriladigan to`rtta darvoza nomlari to`g`ri bеrilgan javobni toping?

1.Bog`cha darvoza 2.Polvon darvoza 3.Tosh darvoza 4.Ota darvoza 5.Ko`kcha darvoza
A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4
37. Xiva xonligida kimlarnning hukmronligi davrida Ichan qal`ada keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi?
1. Eltuzarxon 2. Muhammad Rahimxon 3. Olloqulixon
4. Muhammad Aminxon
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4

  1. Xivada Kalta minor nomi bilan mashhur bo`lgan minorani kim qurdirgan?

A) Eltuzarxon B) Muhammad Rahimxon I
C) Olloqulixon D) Muhammad Aminxon

  1. Xivadagi Kalta minor nomi bilan mashhur minora qayеrda joylashgan?

  1. Ichan qal`aning g`arbiy qismidagi Ko`hna ark yonida

  2. Ichan qal`aning sharqiy qismidagi Ota darvoza yonida

  3. Ichan qal`aning janubiy qismidagi Ko`hna ark yonida

  4. Olloqulixon qurdirgan karvonsaroy yonida

  1. Qachon Ichan qal`a me`moray yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olingan va muzey-qo`riqxonaga aylantirilgan? A) 1950-yil B) 1956-yil C) 1961-yil D) 1973-yil

  2. Ichan qal`aning yer maydoni necha gaktarni tashkil qiladi? A) 25 ga. B) 26 ga. C) 27 ga. D) 28 ga.

  3. Ichan qal`ada qancha tarixiy-me`moray obida joylashgan?

A) 50 ta B) 52 ta C) 54 ta D) 56 ta

  1. Ichanqal`a qachon Butunjahon yodgorliklari ro`yxatiga kiritilgan va muzeyga aylantirilgan?

A) 1961-yil B) 1990-yil C) 1993-yil D) 1996-yil

  1. Qachondan muzey-qo`riqxona Xiva “Ichan qal`a muzey- qo`riqxonasi” deb ataladi?

A) 1961-yil B) 1990-yil C) 1969-yil D) 1978-yil

  1. Qaysi Xiva xoni Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida uzunligi devor bilan o`rattirdi?

A) Eltuzarxon B) Muhammad Rahimxon I
C) Olloqulixon D) Muhammad Aminxon

  1. Dishan qal`a qachon devor bilan o`rab olingan? A) 1840-yil B) 1842-yil C) 1843-yil D) 1844-yil

  2. Dishan qal`ada nechta darvoza bo`lgan?

A) 8 ta B) 10 ta C) 12 ta D) 14 ta

  1. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang.

  1. Xorazmshoh ma’muniylar tashkil etgan ilm-fan markazi (Ma’mun akademiyasi)da zamonasining Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi o!nlab allomalari shu ilm maskanida faoliyat yuritdilar.

  2. Amudaryo o‘z o‘zanini o'zgartirib Kaspiy dengiziga emas, Orol dengiziga quyila boshlashi tufayli Gurganj shahri suvsiz qoldi. Natijada, odamlar har tomonga ko‘chib keta boshlagan

  3. Xivaning mashhurligi bunyod etilgan davrlardanoq u orqali Sharq bilan G‘arbni bog’lovchi savdo yo‘li o’tganligi bilan izohlanadi.

  4. Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari O‘rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana - inshootlarni ro‘parama- ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul ,,qo‘sh“ deb ataladi.

  5. Bbinolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal qilingan. Masalan, Bog’cha darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi.

A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,4,5

  1. Xonlikdan, asosan, qorako‘l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari qaysi davlatlarga eksport qilingan?

  1. Eron, Hindiston, Xitoy va Rossiya davlatlariga

  2. Afg’oniston, Hindiston, Xitoy va Usmonli davlatlariga

  3. Eron, Afg’oniston, Xitoy va Usmonli davlatlariga

  4. Eron, Hindiston, Xitoy va Usmonli davlatlariga

  1. Xiva xonligining qaysi davlatlar bilan savdo qiluvchi savdogarlari „buxorochi“ deb atalgan?

  1. Buxoro

  2. Buxoro, Eron

  3. Buxoro, Eron va Afg‘oniston

  4. Buxoro, Eron va Hindiston

  1. Quyidagi ma’lumotlardan qay biri xato?

  1. Ichki savdo-sotiqda Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo‘lgan.

  2. Xivaliklar Eronga ipak, qorako‘l teri, barra qo’zi terisi, kunjut, bug‘doy va turkman otlarini olib borishgan.

  3. Xiva savdogarlari Hindistondan murch, imbir kabi hind mollari bilan birga ipak mato, feruza, salla uchun ishlatiladigan kirmonshoh shollari olib kelishgan.

  4. Rossiya bilan bo‘lgan savdo-sotiq Xiva xonligining iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega edi. Xiva Rossiyaga paxta, jun, ipak chiqarardi. Rossiyadan esa ip, gazlama, movnt, qand-shakar, metall buyumlar, temir, mis, cho’yan keltirardi.

  1. Xiva Rossiyaga 137 ming rublli (a), 1,5 million rublli (b) tovar eksport qilgan yillarni aniqlang.

  1. a-1843-yilda, b-1867-yilda

  2. a-1844-yilda, b-1867-yilda

  3. a-1842-yilda, b-1867-yilda

  4. a-1844-yilda, b-1869-yilda

  1. Yuqoridagi yillarda Rossiyadan tegishli ravishda qancha miqdorda tovar keltirildi?

  1. 260 va 486 ming rublli

  2. 250 va 490 ming rublli

  3. 270 va 476 ming rublli

  4. 270 va 486 ming rublli

  1. Quyidagi ma’lumotlardan nechtasi to’g’ri?

  1. Xivaning Rossiyaga tovar chiqarishi 23 yil ichida 10 baravar

  2. Xivaning Rossiyadan tovar keltirishi 23 yil ichida 1,5 baravar ko'paygan

  3. Olloqulixon qurdirgan devor balandligi 7-8 metr bo’lgan

  4. Qalinligi esa 6-7 metr bo‘lgan A) 1 B) 2 C) 3 D) 4




Download 323,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish