Pauropodalar (Pauropoda) kenja sinfi. Pauropodalar juda mayda (1-2 mm), keng tarqalgan ko`poyoqlilar (qarang: 146-rasm). Chiriyotgan o`simlik qoldiqlari va tuproqning ustki qatlamida shuningdek, to`kilgan barglar ostida uchraydi. Boshqa ko`poyoqlilardan bo`g`imlarining kamligi (7-10 ta) hamda ikkala mo`ylovlarining ham ikki shoxli bo`lishi bilan farq qiladi. Tundra va sahro mintaqalaridan boshqa hamma yerda tarqalgan.
Ikki juftoyoqiilar (Diplopoda) kenja sinfi. Har bir tana bo`g`imida ikki juftdan yurish oyoqlarining bo`lishi tufayli bu hayvonlar ikki juftoyoqiilar nomini olgan. Ularning bu xususiyati tana segmentlarining juft-juft bo`lib qo`shilishi bilan bog`liq. Boshida bir juft kalta mo`ylovlari, ikki juft jag`lari va ko`zlari joylashgan. Boshidan keyingi bo`yin bo`g `imida va oxirgi 1 -3 ta bo`g`imlarida oyoqlar bo`lmaydi.
Nazorat uchun savollar:
1. Traxeyalilar kenja tipi xarekteriskasi?
2. Ko`poyoqlilar sinfining o`ziga xos tomonlari?
3. Ko`poyoqlilarning tuzilishini ayting?
4. Ko`poyoqlilarning turkumlari?
Ko`poyoqlilarning tshqi tuzilishi Ichki tuzilishi
Skolopendra
Laboyoq paximer
Hasharotlarning tanasi bosh, ko`krak va qorin bo`limlaridan tashkil topgan. Boshi akron va 4 bo`g`imdan, ko`kragi 3 bo`g`imdan, qorin bo`limi 6-11 bo`g`im va telsondan iborat.
Bosh qismining bo`g`imlari birga qo`shilib ketgan bo`lib, umumiy xitin kutikula bilan qoplangan. Boshi harakatchan, ko`krakdan ingichka buyin orqali aniq ajralib turadi. Boshining oldingi uchi ostki tomonida og`zi joylashgan. Boshining ikki yonida bir juft murakkab ko`zlari, ularning o`rtasida ba`zan bir necha mayda oddiy ko`zchalar yalcka-yakka bo`lib joylashgan. Boshida 4 juft o`simtalari bo`ladi. Ulardan birinchisi antennalar, ya`ni mo`ylovlar akron bilan bog`liq. Mo`ylovlar xilma-xil tuzilgan, shakliga ko`ra qilsimon, ipsimon, arrasimon, taroqsimon, patsimon, tizzasimon, to`g`nog`ichsimon bo`ladi. Birinchi tana bo`g`imi (interkalyar bo`g`im) hasharotlarda to`liq reduksiyaga uchragan. Qolgan uch juft o`simtalar esa 2, 3, 4-tana bo`g`imlariga tegishli. Bu o`simtalar og`iz teshigi atrofida joylashib, og`iz apparatini hosil qiladi.
Hasharotlarning og`iz organlari oziq xili va oziqlanish usuliga muvofiq har xil tuzilgan. Ko`pincha hasharotlar lichinkasi va voyaga yetgan davrida turlicha oziqlanganligi sababli ularning og`iz organlari ham har xil tuzilgan bo`lishi mumkin Og`iz organlarining kemiruvchi, keimiruvchi- so`ruvchi, so`ruvchi, sanchib so`ruvchi, yalovchi va boshqa хillari mavjud. Og`iz organlarining tuzilishi va ishlashi o`rtasida umumiy o`xshashlik bor. Shuning uchun og`iz organlarining barcha ma`lum xillari sodda tuzilgan yagona og`iz organidan kelib chiqqan deyish mumkin.
Suvaraklar, chigirtkalar, qo`ng`izlar, kapalaklaming qurtlari va boshqa hasharotlar uchun xos bo`lgan kemiruvchi og`iz organ eng qadimiy, ya`ni birlamchi hisoblanadi. Chunki quruqlikda paydo bo`lgan qadimgi hasharotlar dastlab birmuncha qattiq organik qoldiqlar — detritlar bilan oziqlangan; keyinchalik ular yirtqichlik va o`simlik to`qimalari bilan oziqlan- ishga o`tishgan. Buning uchun oziqni ushlab turish va uni kemirish zarur bo`lgan. Suyuq oziq (qon, o`simlik nektari va shirasi, chiriyotgan suyuq organik qoldiqlar) bilan oziqlanish butunlay boshqa tipdagi og`iz organ- larining kelib chiqishiga olib kelgan. Kemiruvchi og `iz organining barcha qismlari to`liq bo`lishi, ko`poyoqlilar og`iz apparati bilan o`xshashligi va nihoyat hamma hasharotlar lichinkalari uchun xos ekanligi uning kelib chiqishi birlamchi ekanligidan dalolat beradi. Kemiruvchi og`iz organiga misol qilib suvarakning og`iz organini ko`rsatish mumkin. Suvarak og`iz teshigini old tomondan xitin qoplag `ichdan hosil bo `lgan yagona ustki lab plastinkasi yopib turadi.
Kapalaklarning so`ruvchi og`iz organi - hartumi ham suyuq nektar bilan oziqlanishga moslashgan, lekin kemiruvchi-so`ruvchi og`iz organiga nisbatan kuchli o`zgargan. Bu tipdagi og`iz organida yuqori lab, yuqori jag`lar va pastki lab (2-maksillaIar) redukdiyaga uchragan. Pastki lab faqat plastinkadan iborat bo`lib, unda uch bo`g`imli pastki lab paypaslagichiari joylashgan.
Chivinlar va qandalalarning og`iz qismlari hayvonlar terisini yoki o`simlik po`stini teshib, qonni yoki o`simlik shirasini so`rishga moslashgan sanchib so`ruvchi apparatga aylangan. Chivinlarning pastki lablari uzun tarnovchaga aylangan. Uning ustini xuddi shunga o`xshash ustki lab yopibolishi tufayli naysimon g`ilof hosil bo`ladi. Bu g`ilof ichida ustki va pastki jag`lar hamda gipofarinks hisobidan hosil bo`lgan 5 ta o`tkir qillar joylashgan. Hasharot oziq so`rayotganida qillar g`ilofdan chiqarilib, o`simlik yoki hayvon tanasiga sanchiladi; suyuq oziq g`ilof nayi orqali so`rib olinadi.
Yalovchi tipdagi og`iz organi suyuq oziqni yalab olishga moslashgan bo`lib, pashshalardarivojlangan. Yalovchi og`iz organidafaqat pastki lablar yaxshi rivojlanib, filtrlovchi apparatga ega bo`lgan plastinkasi- mon ikkita o`simtani hosil qilgan. Yuqori lab va gipofarinks pastki labning oldingi devori bilan birga naychani hosil qiladi.
Ko`krak oyoqlar ham bo`g`imlarga bo`lingan bo`lib, asosiy bo`g`imi chanoq, undan keyingi kalta bo`g`imi o`ynog`ich, yo`g `on va yirik bo`g `imi son; ingichka va uzun bo`g`imi boldir, oxirgi bo`g`imi panja deyiladi. Panjalar ham 5 tagacha mayda bo`g`imlardan iborat. Panjalar ikki yoki ba`zan bitta rirnoq bilan tugaydi. Harakadanish usuli va yashash muhiti ta`sirida oyoqlar turli darajada o`zgarishga uchraydi. Yuqorida keltirilgan tavsif yuguruvchi tipdagi oyoqlarga tegishli. Suvaraklar, qo`ng`izlar, qandalalar, pardaqan- otlilar, kapalaklar, chumolilar va boshqa juda ko`pchilik hasharotlarning oyoqlari xuddi shunday tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |