7-ma’ruza temir yo‘l avtomatikasining neytral relelari reja


RELELI MARKAZLASHTIRISH BLOKLARI



Download 5,1 Mb.
bet5/6
Sana04.06.2022
Hajmi5,1 Mb.
#634265
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma\'ruza

7.4. RELELI MARKAZLASHTIRISH BLOKLARI
Releli markazlashtirish tizimlarida o‘zaro bog‘lanish, stansiya ob’ektlari-ni boshqarish va ularni nazorat qilish funksiyalari relelardan foydalanilgan elektr sxemalar asosida amalga oshirilgan. Relelar o‘rnatiladigan releli stativlar (7.9-rasm) shtepselli ajratgichlar bilan jixozlangan. Montaj ajratgichlarning orqa tomonida joylashtiriladi, shuning uchun relelarni almashtirishda montajni almashtirish zarurati bo‘lmaydi.
R

7.9-rasm. Releli stativlar
. Релейные стативы

eleni xato o‘rnatish tizimni ishlashi uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun relening har bir turi va unga mos bo‘lgan shtepselli ajratgichni, releni to‘g‘ri o‘rnatili-shini ta’minlovchi, shtepsel kodi bilan jixozlanadi.

Releli tizimlarni qurishda ikkita asosiy prinsipdan foydalaniladi:

  • Erkin montaj prinsipi, bog‘la-nishlarni marshrutlar jadvali bo‘yicha tashkil etuvchi (jadvalli prinsip);

  • Geografik (blokli) prinsipi; uning asosida har bir topologik element uchun relelar guruxini namunaviy blok-larga birlashtirish yotadi (strelkalar, sve-toforlar, seksiyalar). Ular o‘z navbatida stansiya yo‘llarining rivojlanish rejasi asosiga mos ravishda standart kabellar yordamida ulanadi.

Birinchi prinsipni amalga oshi-rishda stansiyadagi montaj va tekshirish ishlari sezilarli darajadagi mehnat sarfini talab etadi. Geografik prinsipni qo‘lla-ganda bir qancha murakkablik va univer-sal bloklarni ishlab chiqishda ortiqcha-liklarni nazarda tutiladi. Ammo, bu xolatda stansiyadagi montaj va tekshirish ishlari, kelajakda kiritiladigan o‘zgarish-lar ham, osonlashadi. Shudan kelib chi-qib birinchi yoki ikkinchi yo‘ldan borish shartlari aniqlanadi:

  • Jadvalli prinsip asosan kichik stansiyalarga mo‘ljallangan;

  • Geografik prinsip ko‘proq katta stansiyalarga mo‘ljallangan.1

Rossiyada blokli marshrut-releli markazlashtirish (BMRM – БМРЦ, 7.10-rasm) keng tarqalgan. Uning asosida geografik qurish prinsipi yotadi. 1960 yillar-dan boshlab uning ko‘p turli modefikatsiyalari ishlab chiqarilgan va xozirgi vaqtda bu tizim Rossiya temir yo‘llarida 100 mingdan oshiq strelkalarni boshqaradi. Tizimni ishlab chiqarishda loyihalashda, qurilishda va foydalanishda releli markaz-lashtirishning oldingi turlaridagi tajribalar xisobga olingan.
БМРЦ, nemislarning SpDrS60 tizimi kabi, yuqori modulli markazlashtirish tizimi xisoblanadi, bu esa loyihalashga sarflarni kamaytiradi, ishlab chiqarishni va rostlashni soddalashtiradi.
Tizimning har bir bloki, yo‘l elementiga mos ta’luqli funksiyalarni amalga oshiruvchi relelarni o‘z ichiga oladi: strelkalar, seksiyalar yoki svetoforlarni. Bloklarni o‘zaro ulanishi, stansiya rejasi bo‘yicha yo‘l elementlar mos ravishda joylashtirilgan, montaj simlari bilan bajariladi.
БМРЦ tizimini o‘ziga xosligi tizim bloklarini ikki guruhga bo‘linishi xisob-lanadi:

  • Yig‘ish guruhi (bloklar, ularni xavfsiz ishlashiga talablar qo‘yilmaydi);

  • Ijrochi guruhi (bloklar, xavfsizlik shartlarini qondirishi kerak).



Y


7.10-rasm. Blokli marshrutli-releli markazlashtirish (БМРЦ) tizimini

ig‘ish va ijrochi guruhlar bloklari o‘zaro stansiya rejasi bo‘yicha ulanadilar.
Yig‘ish guruhi relelarining asosiy funksiyalari quyidagilar xisoblanadi:

  • Marshrut tuzish bo‘yicha operator harakatlarini qayd etish;

  • Marshrut kategoriyasi (poezd yoki manyovr) va uning yo‘nalishini (juft yoki tok) aniqlash;

  • Marshrut trassasini aniqlash va ushbu trassa bo‘yicha strelkalarni o‘tkazishga topshiriqni tuzish;

  • Tuzilgan marshrut bo‘yicha strelkalarning haqiqiy xolatiga mosligini nazorat qilish.

  • Ijrochi guruhi relelarining asosiy funksiyalari quyidagilar xisoblanadi:

  • Tanlangan marshrut trassasi bo‘yicha xavfsizlik shartlarini tekshirish;

  • Marshrutni qulflash;

  • Xavfsizlik shartlarini tekshirish bilan signalni ochish;

  • Poezdni marshrut bo‘yicha o‘tib ketishini nazorat qilish va marshrutni bo‘shatish;

  • Marshrutni sun’iy bo‘shatish.

Ijrochi guruh releli bloklarini 16 turi mavjud. Ular stansiya yo‘l rejasiga mos ravishda sakkizta bloklar aro standart zanjirlar orqali ulanadi. Ijrochi guruh releli bloklarida «N» turidagi (ishonchliligi birinsi sinf) relelari qo‘llaniladi. Bu – НМШ turidagi relelar eski tizimlarda va РЭЛ turidagi relelar (7.4-rasm) takomillashtirilgan tizimlarda.
Marshrut-yig‘ish guruhida releli bloklarning etti turi ishlatiladi. Ular stansiya yo‘l rejasiga mos ravishda to‘rtta bloklar aro zanjirlar orqali ulanadi. Yig‘ish guruhi xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha funksiyalarni bajarmaydi. Shuning uchun ularni tuzishda past sinf ishonchlikga ega bo‘lgan tez ishlaydigan КДРШ turidagi relelar ishlatiladi.2



Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish