34
aylantirilib, tosh va boshqa keskichlar bilan yo’nilgan. 12-asrda qo’l bilan
harakatlantiriladigan tokarlik parmalash stanoklari, 14-asrga kelib esa suv
tegirmoni yordamida harakatlantiriladigan stanoklar paydo bo’lgan. Mexanik
stanoklar, asosan, Italiya, Fransiyada tayyorlangan, Rossiyaga ham o’sha erlardan
keltirilgan. 1711 yilda Florensiyadan Rossiyaga usta Zinger tayyorlagan stanok
keltirilgan. Keyinchalik uni Pyotr I ishga taklif qilgan. Saroy ustaxonasida rus
mexanigi A. K. Nartov (1694—1756) stanok konstruksiyasini ishlab chiqishda va
ularni yaratishda qatnashgan. Shuningdek, dunyoda birinchi mexanik supportli va
almashinadigan tishli g’ildirakli tokarlik-vint kesar stanogi (1738) yaratildi.
Keyinchalik
bu stanoklar Germaniya, Fransiya, Shveysariya va AQShda
takomillashdi.
Detallarga ishlov berish aniqligiga ko’ra, normal, yuqori, yuksak, nihoyatda
yuksak va alohida (master-stanok) aniqlikdagi; texnologik belgilariga yoki
ishlatadigan asbobining tipiga ko’ra, tokarlik, parmalash va yo’nib kengaytirish,
silliqlash va o’lchamga etkazish, kombinasiyalangan, tish va rezba ochish,
frezalash, randalash, o’yish hamda protyajkalash va boshqa metall qirqish
stanoklari bo’ladi. Bunda stanoklarning yangi tiplarini loyihalash boshlangan edi.
1970 yilga kelib 1817 tip o’lchamli metall kesish stanogi
yiliga 230
ming donadan
22 – rasm. Metall Qirqish stanoklari. a – tokorlik vint qirqar, b – tokorlik karusel, v – vertikal
parmalash, g – ko`ndalang randalash, d – vertical frezalash, e – doiraviy silliqlash,
35
ishlab chiqarishga erishildi. Metall kesish stanogini ishlab chiqarish bir necha
yo’nalishlarda takomillashmoqda.
Texnologik xususiyatiga ko’ra, metall kesish stanogi
tokarlik, randalash,
yo’nib kengaytirish, parmalash, frezerlash, silliqlash stanoklariga bo’linadi.
Tokarlik stanogida dumaloq buyumlar va detallarning tashqi sirtlari ishlanadi,
rezbalar ochiladi; randalash stanogida yassi sirtlar ishlanadi; parmalash stanogida
dumaloq teshiklar ochiladi; yo’nib kengaytirish stanogida dumaloq buyum va
detallarning teshiklari ko’plab kengaytiriladi; frezerlash stanogida tekisliklar,
shakldor sirtlar ishlanadi, tishlar ochiladi; silliqlash stanogida sirtlarga pardoz
beriladi. Tuzilishiga ko’ra, metall kesish stanogi
gorizontal, vertikal
va qiya
xillarga; bir va ko’p shpindelli, ko’p supportli hamda ko’p keskichli, karusel portal
va boshqa tiplarga bo’linadi. Metall kesish stanogining stasionar, ko’chma, stol
ustiga o’rnatib ishlatiladigan xillari bor. Asosiy ish organi — keskich, parma,
freza, abraziv doira. Bir xil
detalga metall kesish stanogi
bilan bir necha usulda ishlov
berish mumkin. Metall kesish
stanogining
avtomat va yarim
avtomat xillari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: