95
5-SINF DARSLIGI BO‘YICHA
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
1. Uy qurish algoritmi:
• oyna, eshik, romlar qo‘yilsin;
• tom yopilsin;
• fundament quyilsin;
• uy chizmasi ( loyihasi ) chizilsin;
• devor ko‘tarilsin.
2. Uchburchak chizish algoritmi:
• nuqtalar birlashtirilsin;
• B va C nuqtalar qo‘yilsin;
• chizg‘ich
va qalam olinsin;
• daftar sahifasi ochilsin;
•
qalam yordamida katakchada 1-nuqta (A)
belgilansin.
Qo‘llaniladigan resurslar
T
arqatma
vazifalar
Taqdimot
Videodars
Audiodars
Internet-resurs
27-mavzu.pptx
27-mavzu.avi
27-mavzu.mp3
http:\www.dr.rtm.uz.
Yangi
mavzu
O‘qituvchi:
Sinf doskasida sana, mavzu va yangi atamalar yoziladi.
Aziz o‘quvchilar, bugungi darsimizda Sizlar uzoq kutgan dasturlash mavzusini boshlaymiz.
Kirish savollari:
• Dasturlash o‘zi qanday jarayon?
• Hozirgi kompyuterlarda juda ko‘p dasturlar bor, yana yangi dasturlar yaratishning keragi bormi?
• Scratch dasturlash muhiti haqida nimalarni bilasiz?
O‘quvchilar javobi eshitiladi va tahlil qilinadi.
Yangi mavzuni o‘qituvchi ekranda taqdimotdagi slaydlar yordamida namoyish qiladi, o‘quvchilar
esa asosiy tushunchalarni daftarga yozib oladi.
Daftarga yozib oling!
Scratch
(скреч, skrech) dasturi Massachusets universiteti professori Mitchel Reznik va Alan Key
boshchiligida yaratilgan bo‘lib, ta’limga yo‘naltirilgan grafik interfeysli dasturlash muhiti sifatida
o‘rganiladi.
Algoritm
– ijrochi tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalarning izchil ketma-
ketligi.
Algoritmning ijrochisi inson kabi dastgoh (stanok), mashina, robot, dronlar bo‘lishi mumkin.
Dastur
– kompyuter tilida yozilgan buyruq va ko‘rsatmalarning tartibli ketma-ketligi.
96
В
А
Mustaqil ish
90-betdagi savol va topshiriqlarni hamda uy vazifasi topshiriqlarini yozma bajarib kelish.
“Ekspress” usuli. Noto‘g‘ri ketma-ketlikda berilgan ko‘rsatmalar algoritmini to‘g‘ri ketma-ketlikga
keltirishga oid misollar (kartochkalar) tayyorlanadi va o‘quvchilarga beriladi. Eng birinchi to‘g‘ri
bajargan o‘quvchilarga «Barakalla!” deb yozilgan stikerlar beriladi.
O‘zingizni sinab ko‘ring
Mushukcha xaritadagi A nuqtadan B nuqtaga eng qisqa
yo‘l bilan yetishi uchun qanday rangli yo‘lni
tanlashi kerak
bo‘ladi? Mushukcha faqat 4 ta buyruqni tushunadi:
oldinga
yurilsin, yuqoriga yurilsin, chapga yurilsin va o‘ngga
yurilsin
. Mushukchaning manzilga borish ko‘rsatmasini
yozing.
Uy vazifasi
Kasbiy maqsad (motivatsiya).
Dasturchi kasbining mohiyatini anglash va uning kasbiy faoliyatini
tasavvur etish.
Kognitiv maqsad (rivojlantiruvchi).
O‘quvchilarda algoritmik va konstruktiv fikrlashni rivojlantirish.
№
O‘tiladigan modullar
Hosil qilinadigan bilim va ko‘nikmalar
1
Sprayt, skript, stage (sahna),
kostyum
(libos) tushunchalari
Sprayt, skript, stage (sahna), costumes (liboslar)
tushunchalarini tavsiflab bera olish.
2
Sprayt va kostyumlar turlarini tanlash
amallariga oid mashqlar
Dasturni ishga tushirib,
spraytlarni tanlash, ular
kostyumini o‘zgartirish, sahnada joylashtirish
amallarini bajara olish.
3
1-skriptni
hosil qilish va ishga
tushirish amallari
Dasturni ishga tushirib,
bloklarni tanlash va
skriptlar paneliga sudrab o‘tish, bloklarni taxlash
va ishga tushirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Do'stlaringiz bilan baham: