1-rasm. а, б, в
3.2. O‘lchash vositalari va ularning turlari
Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi.
O‘lchash vositasi deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi.
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi.
O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin.
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |