32-mavzu. Valyuta munosabatlari, to`lov balansi va uning taqchilligi. Xalqaro savdo


Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi



Download 73,36 Kb.
bet15/18
Sana08.07.2022
Hajmi73,36 Kb.
#758185
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
VALYUTA MUNOSABATLARI, TO`LOV BALANSI VA UNING TAQCHILLIGI. XALQARO SAVDO

5. Valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi

Xalqaro valyuta munosabatlari oʻta beqaror, noaniq va tez oʻzgaruvchi jarayon boʻlib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin.


Xalqaro valyuta fondi (XVF) oʻziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va toʻlov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning koʻp tomonlama toʻlovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Qat’iy valyuta kurslari amal qilgan davrda XVFning asosiy faoliyati valyuta nisbatlarini ushlab turish, valyuta kurslariga asossiz ravishda ta’sir koʻrsatishning oldini olishga qaratilgan edi. Suzib yuruvchi, erkin valyuta kurslariga oʻtilishi bilan bu faoliyat yoʻnalishi oʻzgarib, 1978 yili XVFning Nizomi qayta koʻrib chiqildi. Unga koʻra, valyutani davlatlararo tartiblashning asosi sifatida XVF nazorat funktsiyalarini kuchaytirish, balanslashtirilmagan xalqaro hisoblashuvlar hamda asossiz kurs nisbatlariga ta’sir oʻtkazish dastaklarini kengaytirish koʻzda tutildi.
XVF mamlakatlarning toʻlov balanslarini va tashqi qarzlarni tartibga solish maqsadida kreditlar ajratadi. Bunda qarz oluvchi mamlakat oʻzining iqtisodiy siyosatida XVFning tavsiyasiga binoan oʻzgartirishlar kiritishi talab etiladi. 1 yildan 3 yilgacha boʻlgan muddatdagi moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish dasturi koʻrinishidagi bunday oʻzgarishlar fond bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va bunga mamlakatning toʻlovga layoqatligi toʻgʻrisidagi oʻziga xos xalqaro guvohnoma sifatida qaraladi.
1970 yildan boshlab XVF xalqaro toʻlov va zaxira vositalari – qarz olishning maxsus huquqlari (SDR)ni chiqara boshladi. SDR naqd pul koʻrinishida boʻlmay, faqat XVF maxsus hisobvaraqlarida kredit yozuvlari koʻrinishida amal qiladi va fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari oʻrtasidagi hisoblashuvlarda foydalaniladi.

Download 73,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish