32-mavzu. Valyuta munosabatlari, to`lov balansi va uning taqchilligi. Xalqaro savdo


Absorbtsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xoʻjaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi



Download 73,36 Kb.
bet13/18
Sana08.07.2022
Hajmi73,36 Kb.
#758185
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
VALYUTA MUNOSABATLARI, TO`LOV BALANSI VA UNING TAQCHILLIGI. XALQARO SAVDO

Absorbtsiya - yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy xoʻjaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi.
Importga toʻlovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha boʻlsa, bu mamlakatning joriy operatsiyalar boʻyicha balansi taqchilligini bildiradi. Bu taqchillik chet el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga sotish yoʻli bilan moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq boʻlsa joriy operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega boʻladi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro bitimlar oʻz ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aktsiyalar, obligatsiyalar, koʻchmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar.



Kapital harakati balansi

=

Aktivlar sotishdan tushumlar

_

CHetdan aktivlar sotib olishga sarflar

Chet el aktivlarini sotish chet el valyutalari zaxiralarini koʻpaytiradi, ularni sotib olish esa valyutalari zaxiralarini kamaytiradi. Kapital harakati hisobi ham taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega boʻladi.


Toʻlov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy zaxiralarini qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxiralarning asosiylari quyidagilar:

  • chet el valyutalari;

  • oltin;

  • mamlakatning XVFdagi kredit ulushi;

  • qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.

Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda ichki bozorda chet el valyutalari taklifi ortadi, milliy valyutalar taklifi esa nisbatan kamayadi va uning ayirboshlash kursi nisbatan oʻsib milliy iqtisodiyotga inqirozli ta’sir koʻrsatadi.
Aksincha, toʻlov balansining aktiv qoldigʻi Markaziy bank rasmiy valyuta ehtiyojlarining oʻsishi bilan birga borganda ichki bozorda chet el valyutalari taklifini kamaytiradi, milliy valyuta taklifi esa nisbatan ortadi va uning ayirboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga ragʻbatlantiruvchi ta’sir koʻrsatadi.
Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining bunday sotilishi va sotib olinishi rasmiy zaxiralar boʻyicha operatsiyalar deyiladi. Bu operatsiyalar Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari bilan bir xil emas. Rasmiy zaxiralar boʻyicha operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital harakati hisobi va zaxiralar miqdorining oʻzgarishi nolni tashkil qilishi zarur.
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar boʻyicha taqchillikni bartaraf qilishni kechiktirishi va oʻzining rasmiy valyuta zaxiralarini toʻliq sarflashi natijasida toʻlov balansi inqirozi kelib chiqadi. Mamlakat tashqi qarzlarni toʻlash holatida boʻlmaganligi sababli, chet eldan kredit olish imkoniyatidan mahrum boʻladi.
Iqtisodiyot sub’ektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi toʻlov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valyuta qadrsizlanishining kutilishi chet el valyutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni ragʻbatlantiradi. Bu Markaziy bankning milliy valyuta qadrsizlanishining oldini olishga qaratilgan harakatini ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valyuta zaxiralari bir vaqtda toʻlov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el valyutalariga oʻsib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun yetarli boʻlmay qoladi. Bunday holda valyutalarning «xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana boshlaydi.
Respublikamizda davlat budjeti taqchilligi ijobiy tavsifga egaligi, tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishilganligi (2008 yil 4068,8 mln. AQSH dollari miqdorida) va oltin-valyuta zaxiralarimizning yildan-yilga koʻpayib borayotganligi orqali «Oʻzbekiston oʻzining ishonchli va toʻlov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish boʻyicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda»1.



Download 73,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish